Mavzu: Boshqaruvda Iqtisodiy usullarni qo’llash Reja Kirish. Asosiy qism


Boshqarishning iqtisodiy usullari



Yüklə 31,09 Kb.
səhifə3/5
tarix06.02.2023
ölçüsü31,09 Kb.
#83060
1   2   3   4   5
Boshqaruvda Iqtisodiy usullarni qöllash

2. Boshqarishning iqtisodiy usullari
Boshqarishning iqtisodiy usullari moddiy manfaatdorlikdan foydalanishga asoslanadi. Iqtisodiy boshqaruv usullarining asosiy vazifasi ishlab chiqariladigan mahsulot (xizmat) birligiga sarflanadigan harajatni kamaytirishga imkon beruvchi xo'jalik mexanizmlarining yangi usullarini, shuningdek, manfaatdorlik muhitini vujudga keltirish va ulardan samarali foydalanishdir. Bu usulda kishilarning shaxsiy va guruh manfaatlarini yuzaga chiqarish orqali ularning samarali ishlashi ta’minlanadi. Bu maqsadda qo'shimcha ish haqi to'lash, mukofotlar berish, bir yo'la katta pul bilan taqdirlash kabilar muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiy metodlar boshqarishning barcha metodlari ichida yetakchi o'rinni egallaydi. Har qanday darajadagi rahbar bu usulning mazmunini yaxshi bilishi va ularni to'g'ri qo'llay olishi kerak.
Boshqarishning iqtisodiy usullari jumlasiga:
kredit va foiz stavkasi;
• soliq va soliq yuki;
• boj to'lovlari;
• subsidiya va danatsiya;
• narx-navo va hokazolar kiradi.
Boshqaruv organlari, xususan, davlat bu usullarni qo'llab, bozorni shakllantirish chog'ida ham, uning o'zini o'zi boshqarish bosqichida ham g'oyat muhim jarayonlarni boshqaradi.
Agar ma’muriy boshqarish usullari o'zini o'zi boshqaradigan bozor mexanizmlariga qarshilik ko'rsatsa, ularga to'sqinlik qilsa, iqtisodiy usullar esa aksincha, ulardan foydalanishga tayanadi. Xo'jalik sohasiga davlatning ta‘siri ham tubdan o'zgaradi. Binobarin, ma’muriy boshqarish usulida davlat korxonalarga o'z ta’sirini qat’iy belgilangan reja orqali o'tkazadi. Natijada bozor korxona va firmalar faoliyatini, davlat esa bozorning o'z qonuniyatlaridan kelib chiqqan holda makroiqtisodiy boshqarishini amalga oshiradi. Bu esa davlatning bozor va korxonalar faoliyatiga minimum darajada aralashuvini ifodalaydi. Davlat kredit tizimi orqali iqtisodiyotga faol ta’sir etadi. Bunda qarzga beriladigan pul miqdorini o'zgartirish uchun foiz stavkasidan foydalaniladi. Bozor qoidasiga ko'ra foiz kamaysa, qarz pulga talab oshadi. Binobarin, kredit ko'proq olinadi va ishlab chiqarishga ko'proq investitsiya qilinadi.Kreditning iqtisodiy o'sishiga aloqadorligini hisobga olgan holda davlat uni arzonlashgirish choralarini ko'radi. Davlatning qo'lida katta pul to'planadi, bu pul bankka qo'yiladi va ishlatilishiga qadar kredit resursini tashkil etadi. Davlatning puli kapital bozoriga chiqib kreditning taklifini ko'paytiradi. Shu tariqa davlat bo'sh turgan pul tarkibini o'zgartirish orqali bozordagi pulga bo’lgan talab va taklifni o'zgartirishga erishadi. Bo'sh pullar:
• hozir qarz berish uchun ajratilgan;
• zahiradagi kredit rezervi sifatida turgan pullarga bo'linadi.
Zahiradagi rezerv pulning kamayishi taklif etilgan pulning ko'payishini bildiradi va aksincha, uning ko’payishi pul taklifini qisqartiradi. Odatda, kredit resursining 20 foizi zahirada bo'lsa, 80 foizi bevosita kredit ishiga ajratiladi, ya‘ni sotishga qo'yiladi.
Davlat soliq tizimi orqali iqtisodiyotga ta‘sir o'tkazadi va boshqarish jarayonida qatnashadi. Soliqlar hamma mamlakatlarda mavjud bo'lib, majburiy to'lov shaklida firmalar, tashkilotlar va aholi tomonidan faqat davlatga to'lanadi.
Davlat jamiyat a'zolariga, ular kim bo'lishidan qatiy nazar, ijtimoiy xizmatlar ko’rsatadi. Bu xizmatlar jumlasiga:
• mudofaa;
• tinchlik va xotirjamlikni, ijtimoiy tartibni ta’minlash;
• obodonchilik va sanitariya-gigiyena ishlarini bajarish;
davlatni idora qilish;
• davlat xavfsizligini ta’minlash;
• ekologik muhitni asrash;
• tabiiy boyliklarni himoya qilish;
• ommaviy savodxonlikni ta’minlash;
• nochorlarga yordam berish, ularni ijtimoiy himoya qilish kabi ishlar kiradi.
Soliqlar boshqarish jarayoniga quyidagi uch vazifani bajarish orqali o'z
ta‘sirini ko'rsatadi:
fiskal vazifa, ya‘ni davlat xazinasi (byudjeti) ga pul tushirish;
• iqtisodiy faollikni rag'batlantirish;
• aholining ayrim toifalariga imtiyoz berib, ularni ijtimoiy himoyalash.
Undiriladigan soliq qiymatining soliq ob’ekti qiymati (hajmi) ga nisbatan hisoblangan miqdori soliq yuki (stavkasi) deyiladi. Qatiy, progressiv, regressiv, proporsional (mutanosib) soliq stavkalari mavjud. Undiriladigan soliq stavkasining me’yori bor. Shu sababli uni cheksiz oshirib bo'lmaydi.Masalan, optimal variantga muvofiq bo'lmagan progressiv soliqqa tortish:
• yuqori daromad olishga qiziqishni;
• yuqori sur’atda unum bilan mehnat qilishni;
• investitsiyalarga bo'lgan intilishni yo'qqa chiqaradi.
Daromadlarni soliqlardan yashirish usullarini izlash yo'llari muqarrar sur’atda paydo bo'lib, bunday vaziyatda ular jamiyatda salbiy baholanmaydi.


Yüklə 31,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin