Boshqaruv qarori samarali bo‘lishi uchun, bir necha omillarni hisobga olmoq zarur.
Qaror qabul qilishdagi iyerarxiya.
Maqsadli funksiyalararo guruh ishlatish.
Qaror qabul qilishdagi to‘g‘ri gorizontal aloqalarni ishlatish.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida rahbar qabul qiladigan qarorning ahamiyati ortib boradi. Iqtisodchilarning fikricha, tsex (bo’lim)ning boshlig’i qabul qiladigan bitta qaror shu tsex (bo’lim)ning besh-olti oylik ishiga ta'sir qilar ekan. Qabul qilinadigan qarorning oqilligi bir necha omillarga bog’liq. Ulardan asosiylari quyidagilardir:

qaror qabul qilish jarayonida axborotning to’laligi va sifati;
qaror qabul qilishda tashkiliy masalalarning oqilona yechilish darajasi (masalan, qaror qabul qilishda mutaxassislarni jalb etish, qaror qabul qilish tizimining takomillik darajasi, qarorni ijrochilargi yetkazish, nazorat qilish va bajarilish darajasi va hokazo).
QARORLARNI BAJARISH
Qarorlarni bajarish - bu oqibat natijasida yuqori bo’g’inda qabul qilingan rejalarni, shuningdek shu rejalar asosida quyi bo’g’inlar (tsex, uchastka, brigada, smena, har bir xodim) uchun tuzilgan reja yoki topshiriqlarni bajarish demakdir. qaror eng avvalo buyruq yoki farmoyish tarzida rasmiylashtiriladi, so’ngra u ma'muriy hujjat tusini oladi. Unda aniq ijrochilar, bajarish muddatlari, nazorat qilish usullari va hokazolar ko’rsatilgan bo’ladi.
Ko’pchilik rahbarlar yaxshi qaror qabul qilishni bilmasliklari tufayli emas, balki ularni amalga oshirishni tashkil qila bilmasliklari sababli o’z lavozimlariga mos kelmay qoladilar. Ba'zida bir masala yuzasidan ikki-uch martalab qaror qabul qiladilar. Qarorlarning bajarilmay qolish sabablari ham mana shundadir.