Mavzu: Bozor iqtisodiyoti, uning vujudga kelishi va rivojlanish shart sharoitlari



Yüklə 44,62 Kb.
səhifə11/13
tarix27.04.2023
ölçüsü44,62 Kb.
#103161
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Iqtisodiyot nazariyasi. Kurs ishi

«Shvedcha model». Uning boshqa modellardan farq qiluvchi xususiyati ijtimoiy yo’naltirilgani, mulkdagi notenglikni qisqartirishga qaratilganligidir. Aholining kam ta’minlangan qatlami himoya qilinadi. Ishsizlikni kamaytirish chora-tadbirlari ko’riladi. Shvetsiyada davlat sektori hissasi yuqori. Yalpi milliy mahsulotda davlat xarajatlari 60% atrofida, uning yarmidan ko’pini uy xo’jaligi, korxonalarga dotatsiya tashkil etadi. Xizmatlarning ko’pi davlat sektori zimmasida, aksariyati bepul. Davlat narxlarga ham aralashadi.
Shvetsiya aholi farovonligi jihatidan jahonda etakchi o’rinni egallaydi.
Davlat iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va daromadlarni qayta taqsimlashda faol qatnashadi. Shvetsiya oxirgi 110 yil davomida aholi jon boshiga yiliga o’rtacha 2,5% miqdorida yalpi milliy mahsulot o’sishiga erishgan.
Bu andazaning shakllanishida Shvetsiyaning tarixan iqtisodiy jihatdan yuksak rivojlanganligi va mehnatkashlar kasaba tashkilotlarining jamiyatda, ayniqsa ishlab chiqarishda katta o’rin tutishi alohida ahamiyatga ega bo’ldi.
Aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan YaMM 25,7 ming dollarga teng bo’lib, jahonda 14-o’rinni egallaydi.

«Frantsuz modeli». Bu model alohida ajralib turadigan xususiyatga ega emas. U «amerikacha» va «nemischa» model o’rtasida bo’lib, davlatning tartibga soluvchilik roli yuqori.
Frantsiyada 1947 yildan besh yillik indikativ reja tuziladi.
Xatto iqtisodiyotning xususiy sektori ham umummilliy rejalarga kiritilgan. Lekin ko’p ukladli iqtisodiyot xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning bu rejada qatnashishi ixtiyoriy. Davlatning qo’llab-quvvatlashidan umidvor firmalar, albatta ana shu rejalarni ko’zda tutib, faoliyat yuritishga harakat qiladi.
«Frantsuz modeli»da davlat tadbirkorligi katta o’rin tutadi. Kapital jamg’arilishiga, investitsiyaga davlat keng miqyosda aralashadi. Frantsiya aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan YaMM mahsulot bo’yicha jahonda 12-o’rinda turadi. Bu 26,3 ming dollarga teng.



Yüklə 44,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin