Mavzu: Bozor iqtisodiyotining mohiyati va uning asosiy belgilari


-rasm. Bozori iqtisodiyotining o’ziga xos xususiyatlari2



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə3/13
tarix28.08.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#140813
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bozor iqtisodiyotining mohiyati va uning asosiy belgilari

1-rasm. Bozori iqtisodiyotining o’ziga xos xususiyatlari2
Xaridorda tovarni ma’lum narxda sotib olish ishtiyoqi bor. Sotuvchilar esa tovarlarni bozorga chiqarib ularni ma’lum narxda xaridorlarga taklif etuvchilardir.
Uy xo’jaliklari, birinchidan, oddiy iste’molchilardan (masalan, oila yoki yakka shaxsdan), ikkinchidan, resurs egalaridan iborat. Ular xaridor sifatida bozordan tovarlar va xizmatlarni olsa, sotuvchi sifatida ish kuchi, yer va pul mablag’ini bozorga chiqarib sotadilar. Ish kuchi mehnat bozorida, yer ko’chmas mulk bozorida, pul esa moliya bozorida sotiladi, bular birgalikda resurslar bozori deyiladi. Uy xo’jaliklari resurs bozoriga tovar chiqarib, u yerdan pul oladilar. Bu pulni tovarlar bozoriga chiqarib, u yerdan iste’mol buyumlari oladilar. Tovar ishlab chiqaruvchi firmalar, fermer xo’jaliklari yoki yakka tartibda ishlab chiqaruvchilardan iborat. Ishlab chiqaruvchilar ham ikki bozorda ish ko’radilar. Ular resurs bozoridan ish kuchi, xomashyo, yer, kredit va boshqa shu kabilarni sotib oladilar. Ayni paytda ular bozorga tovar chiqarib, u yerdan pul oladilar.
Bozordan tovarni sotib olish uchun pul kerak, buning uchun esa nimanidir sotish kerak. Demak, xaridor, albatta, sotuvchi vazifasini ham o’tashi lozim. Uy bekasi bozor qilganda pul bilan chiqib, uyiga tovar bilan qaytadi. U go’yo hech narsa sotmadi. To’g’ri, u shu damda tovar sotmadi, lekin uning hamyonidagi puli oldin sotilgan tovarning haqidir. Masalan, uning oila a’zolari o’z ish kuchini firmaga yoki davlatga sotib, ish haqi olgan. Shu pulni beka bozorga olib chiqadi. Mazkur oila bankka pul qo’ygan bo’lsa, unga ham haq oladi, uyini ijaraga bersa, ijara haqi oladi. Uy bekasi uchun sotish operatsiyasi oldin bo’lib, xarid etish operatsiyasi keyin bo’lgan, xolos. Demak, bozorda oldi-sotdi har xil vaqtda kechishi mumkin.
Bozorda davlatning ishtiroki boshqacharoq. Agar davlatning korxonasi bo’lsa, u ham tovar sotadi. Ammo aksariyat davlat idoralari va mahkamalari bozorda o’z xizmatini sotadi. Bu xizmatning haqi olinadigan soliqlar hisoblanadi. Tushgan pulga davlat bozordan resurslar va tovarlar sotib oladi. Bozorning afzalligi ham shuki, u oldi-sotdidan iborat iqtisodiy aloqalarni o’rnatadi.
Iqtisodiyotning o’zi tarixan turli shakllarda mavjud bo’lgani kabi bozorda xaridor va sotuvchining mavqei ham o’zgarib boradi. Hozirgi bozor tartiblanadigan bozor, unda stixiyalik, noaniq xaridor uchun ishlash kam uchraydi, mijozlar o’rtasida oldi-sotdi aloqalari muhim va uzoq vaqt uzilmay davom etadi. Bozorga tovarlarni tavakkalchilik bilan yetkazish ham kam uchraydi. Tovar chiqarishdan oldin bozor puxta o’rganiladi, nimani, qancha yetkazib berish belgilab olinadi. Ammo bozorda ma’lum darajada noaniqlik saqlanib qoladi. Chunki, xaridor va sotuvchi mustaqil bo’lib, nima qilishni o’zlari hal etishadi, ularning maqsad va o’y-xayollari turlicha.
Erkin bozor deganda xaridorlar ham, sotuvchilar ham ko’p bo’lib, ulardan hech biri monopoliya mavqeiga ega bo’lmay, bir-birini tezda topa oladigan, raqobat to’la-to’kis hukmron bo’lgan, narxlar erkin savdolashuv asosida shakllanadigan bozor tushuniladi.
Keltirilgan ta’rifdan ko’rinib turganidek. erkin bozorda xaridor va sotuvchi munosabati biron bir tazyiqsiz, iqtisodiy tanlov asosida vujudga keladi, ular orasida murosa mavjud bo’ladi. Erkin bozorga misol qilib O’zbekistondagi qishloq xo’jalik mahsulotlari bozorini ko’rsatish mumkin. Bu bozorda millionlab kishilar xaridor, sotuvchilar esa fermer xo’jaligi va minglab tomorqa xo’jaliklaridir. Bu yerda kim nimani sotish, kimdan nimani olish, qanday narxda savdo qilish yuqoridan turib belgilanmaydi, buni bozorning o’zi hal qiladi.
Erkin bozorda xaridor va sotuvchilarning tanlovi ularning saralanishiga va ulardan kuchlilarining monopol bozorni tashkil etishiga olib keladi.
Hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti dunyoning ko’chilik mamlakatlari uchun xos bo’lib, u turli mamlakatlarda har xil darajada va o’ziga xos xususiyatlar bilan amal qilmoqda va rivojlanmoqda. Bu iqtisodiyotning amal qilish mexanizmi ko’lab asrlar davomida tarkib to’ib, shakllanib, hozirgi davrda madaniylashgan shaklni kasb etdi va ko’gina mamlakatlarda hukmron iqtisodiy tizimga aylandi. Mazkur iqtisodiyotning barqarorligi shu bilan izohlanadiki, uzoq davrli iqtisodiy evolyustiya davomida uning amal qilishining asosiy klassik qoidalari saqlanib qoldi.
Oldingi mavzuda aytganimizdek, xususiy mulkchilikning ‘aydo bo’lishi va ijtimoiy mehnat taqsimotining ro’y berishi bozor iqtisodiyotining kelib chiqishi va mavjud bo’lishing umumiy sharoiti hisoblanadi. Xususiy mulkchilik va mehnat taqsimoti ijtimoiy xo’jalikning tovar shaklini taqozo qiladi, tovar ishlab chiqarishning mavjud bo’lishi o’z-o’zidan pul muomalasi, ayirboshlash, taqsimlash va iste’molning bozorga oid xususiyatini ko’zda tutadi. Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bozor iqtisodiyoti taraqqiyotining asosini tashkil etadi.
Bozor iqtisodiyotining samarali amal qilishi uchun muhim shartlardan biri, ishlab chiqarishning mustaqilligi, tadbirkorlikning erkinligi, resurslarning erkin almashinuvidan iborat. Ishlab chiqaruvchi qanchalik mustaqil bo’lsa, bozor ham shu darajada yaxshi rivojlanadi. Erkin ayirboshlash ishlab chiqaruvchiga ular faoliyatining nisbatan samarali yo’nalishlarini ko’rsatib beruvchi erkin narxlarning shakllanishiga imkon yaratadi.
Bozor iqtisodiyoti - bu tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul muomalasi qonun-qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan iqtisodiy tizimdir. Bunday iqtisodiyot erkin tovar-pul munosabatlariga asoslanadi, uning negizida tovar va pulning turli shakllardagi harakati yotadi, iqtisodiy mono’olizmni inkor etadi. Hozirgi zamon iqtisodiy nazariyalarida bozor iqtisodiyoti deganda bozor xo’jaligi sub’ektlari iqtisodiy hatti-harakatlarining erkin, mustaqil ravishda yuz berishi va ularning tovar-pul mexanizmi orqali bir-biriga bog’lanib muvofiqlashuvi deb baho beradilar. Bozor iqtisodiyotida bozor aloqalari butun tizimni, uning hamma bosqichlarini ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol jarayonlarini hamda iqtisodiy munosabatlarning barcha sub’ektlarini qamrab oladi.
Shuni ham e’tiborda tutish kerakki, hozirgi sharoitda o’rtacha rivojlangan iqtisodiyotda 24 mln.dan ortiq turdagi tovarlar mavjud bo’lib, ularning 1/10 qismi har yili yangilanib turadi. Bunday sharoitda ularning turlari, miqdori bo’yicha talab va taklifni tartibga solishni ozorsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Bu esa bozorning vazifasini hech qanday markazlashtirilgan rejalashtirish idoralari muvaffaqiyatli bajara olmasligining yaqqol dalilidir. Bozor iqtisodiyoti esa eng samarali va muammolarni tezlik bilan hal eta oluvchi ijtimoiy-iqtisodiy tizim hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti sub’ektlari tarkibiga tadbirkorlar ham, o’z mehnatini sotuvchi ishchilar ham, ‘irovard iste’molchilar, ssuda ka’itali egalari va qimmatli qog’ozlar egalari ham kiradi. Odatda, bozor xo’jaligining barcha asosiy sub’ektlari uchta guruhga bo’linadi: uy xo’jaliklari, korxonalar (tadbirkorlik sektori) va davlat.
Uy xo’jaliklari - iqtisodiyotning iste’mol sohasida faoliyat qiluvchi asosiy tarkibiy birlik. Uy xo’jaliklari doirasida moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalarida yaratilgan tovar va xizmatlar iste’mol qilinadi. Bozor iqtisodiyotida uy xo’jaliklari mulk egasi hamda ishlab chiqarish omillarini etkazib beruvchilar hisoblanadi. Iqtisodiy resurslarni sotishdan olingan pul daromadlari shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun sarflanadi.
Tadbirkorlik sektori - bu daromad (foyda) olish maqsadida amal qiluvchi iqtisodiyotning birlamchi bo’g’inlaridir. U ish yuritish uchun o’z ka’italini yoki qarz olingan ka’italni ishga solishni taqozo etadi, bu ka’italdan olingan daromad ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish uchun sarflanadi. Tadbirkorlar tovar xo’jaligida tovar va xizmatlarni etkazib beradi.
Davlat - foyda olishni maqsad qilib qo’ymagan, asosan iqtisodiyotni tartibga solish vazifasini amalga oshiradigan, har xil byudjet tashkilotlari va muassasalari sifatida namoyon bo’ladi.
Shuningdek, ba’zi darslik va o’quv qo’llanmalarda bozor iqtisodiyotining yana bir alohida, mustaqil sub’ekti sifatida banklar ajratib ko’rsatiladi3.
Bank - iqtisodiyotning me’yorda amal qilishi uchun zarur bo’lgan pul massasi harakatini tartibga soluvchi moliya-kredit muassasasi.
Shunday qilib, yuqorida keltirib o’tilgan bozor iqtisodiyoti sub’ektlarining o’zaro ta’siri va aloqasini quyidagi chizma orqali ifodalash mumkin (2-rasm).



Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin