5.Davlatlararo mutanosibliklar. Bu mutanosiblikni ikki holat taqozo qiladi. Birinchidan, dunyoning ko’pchilik mamlakatlari xalqaro mehnat taqsimoti orqali bir- biri bilan bog’langan, ikkinchidan, shu bog’liqlik orqali milliy ishlab chiqarishning bir qismi chet elliklar tomonidan xarid qilinadi yoki milliy ishlab chiqaruvchilar o’z iste’molining bir qismini chetdan keltirilgan mahsulotlar hisobiga qondiradi. Bu bog’liqlik qanchalik katta bo’lsa, sof eksport hajmi orqali makroiqtisodiy muvozanatlikka shunchalik kuchli ta’sir ko’rsatadi.
5. Iqtisodiyotni butunlay yangi tartiblar asosida isloh qilish uning rivojida nomutanosibliklar bo’lishi va tanglik holatlarning kelib chiqishini muqarrar qilib qo’yadi. Shu sababli iqtisodiyotni barqarorlashtirish, bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonida uni jonlantirish va bir tekis rivojlantirish yo’lidagi qonuniy bosqichdir. U iqtisodiy rivojlanishda butunlay inqirozga uchrashga chap berish uchun ishlab chiqarish va chiqarilayotgan mahsulot tarkibini o’zgartirishga, ya’ni tanglik holatlarga barham berishga yo’naltiriladi. Respublikada iqtisodiy islohatlarni amalga oshirishning dastlabki davrida barqarorlashtirish siyosatidan ko’zda tutilgan maqsad eng avvalo, makroiqtisodiyotda muvozanatni saqlash, ishlab chiqarishni keskin darajada pasayishining oldini olish va ommaviy ishsizlikning kelib chiqishiga yo’l qo’ymaslikdan iborat bo’ldi. Shu bilan birga bu siyosat pul emissiyasini boshqarish, uning qadrsizlanishining oldini olish, mamlakat to’lov balansini bir me’yorda saqlash kabi maqsadlarni ham o’z ichiga oladi.
Respublikada barqarorlashtirish siyosatini ishlab chiqishda jahon tajribasida sinalgan yondashuvlar hisobga olinib ishlab chiqarish sohalariga ustunlik berildi. Moddiy ishlab chiqarish sohalarining rivojlanishida ularni tarkiban qayta qurish talablari ham ko’zda tutildi. Bunda asosiy e’tibor katta istiqbolga ega bo’lgan, butun xalq xo’jaligining rivojlanish tamoyillarini belgilab beradigan etakchi tarmoq va sohalarga qaratildi.
Iqtisodiyotda zarur tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirguncha ishlab chiqarishning orqaga ketishiga barham berish eng muhim maqsad bo’lib qoladi. Shu sababli respublikada 90-yillarning o’rtalaridayoq makroiqtisodiy barqarorlik sohasida ishlab chiqarish sur’atlarining pasayishini sekinlashtirishga moyillik ko’zga tashlanadi, ayrim ko’rsatkichlar bo’yicha esa o’sishga erishildi. Iqtisodiyotning ikkita etakchi tarmog’i sanoat va qishloq xo’jaligini isloh qilish va qo’llab - quvvatlashga qaratilgan tadbirlar natijasida sanoatda 1995 yildayoq qishloq xo’jaligida 1997 yilda ishlab chiqarishning orqaga ketishi to’xtatildi.
Makroiqtisodiy barqarorlik siyosatida 1997 yil keskin burilish davri bo’ldi, islohatlar amalga oshirilgan davr davomida birinchi marta yalpi ichki mahsulotning o’sishi (105,2%) aholi sonining o’sishidan (101,8%) yuqori bo’ldi1. Bu ijobiy tamoyillar 1998 va undan keyingi yillarda mustahkamlab borildi. Natijada 2002 yilda YaIM - 4,2 foizga, sanoat ishlab chiqarish hajmi - 6,4 foizga, qishloq xo’jalik mahsulotlari - 3,2 foizga ko’paydi. Iste’mol mollari ishlab chiqarish 7,7 foizga chakana tovar aylanishi - 7,8 foizga, aholiga pullik xizmat ko’rsatish hajmi esa 14,0 foizga ortdi. Davlat byudjeti kamomadi YaIM ning bir foizidan oshmadi. Naqd pul emissiyasi 9,4 foizni tashkil etdi. Jami pul massasi, belgilangan darajada - ya’ni YaIMga nisbatan 19 foizdan oshmadi1.
Respublika milliy iqtisodiyotida erishilgan bu ijobiy natijalar tarkibiy qayta qurishlar asosida butunlay yangi xalq xo’jalik majmuasining bunyod etilganligi, birinchi navbatda eng muhim makroiqtisodiy va takror ishlab chiqarish nisbatlarini davlat tomonidan samarali tartibga solishning natijasi hisoblanadi. Bunda asosiy e’tibor iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi, hududlarning tarkibiy tuzilishini takomillashtirishga qaratiladi.
Tarkibiy siyosatning hududiy jihatlarini ta’minlash odamlar turmush darajasida vujdga kelgan hududiy nomutanosiblikni bartaraf etish, resurslar va ishlab chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalanishga erishishda katta ahamiyatga ega bo’ldi.
Respublika iqtisodiyotining tarkibiy tuzilishini qayta qurishda ishlab chiqarilayotgan mahsulot turini o’zgartirish, uning sifatini yaxshilash va mahsulot tayyorlashga ketadigan jami xarajatlarni kamaytirish talablari ham hisobga olinadi.
Iqtisodiyot tuzilishidagi o’zgartirishlar, chetdan mahsulot olib kelishni qisqartirish, xalq xo’jaligining xom ashyo etishtirishga qartilgan bir tomonlama yo’nalishini bartaraf etish va uninig eksport imkoniyatini kengaytirish, tarmoqlar ichidagi va hududiy jihatdan vujudga kelgan nomutanosibliklarni bartaraf etish asosida iqtisodiyotning mutanosib va barqaror rivojlanishini ta’minlash vazifalarini hal etish bilan bog’liqlikda amalga oshirildi.
Shu vazifalardan kelib chiqib, iqtisodiyot ichki tuzilishidagi o’zgarishlar - respublikaning energetika va oziq-ovqat mustaqillligini ta’minlovchi tarmoqlarni rivojlan-tirishga qaratildi. Bunda birinchi navbatda eng muhim o’zak tarmoqlarni - neft va gaz sanoatini, energetikani, rangli metallurgiya sanoatini, mashinasozlik majmuasini, qishloq xo’jalik va agrosanoat majmuasining boshqa sohalarini rivojlantirishga ustunlik beriladi.
Xalq xo’jaligining takror ishlab chiqarish tuzilishini tubdan o’zgartirish asosida umumiqtisodiy barqarorlikka erishishda iste’mol bilan jamg’arish fondi o’rtasidagi eng maqbul mutanosiblikni ta’minlash asosiy o’rin tutadi. Iste’mol fondining eng maqbul darajasiga erishish - ichki bozorda talab bilan taklif o’rtasida mutanosiblikni ta’minlashchda muhim rol o’ygaydi. Shu sababli davlat eng muhim makroiqtisodiy takror ishlab chiqarish nisbatlarini tartibga solib turuvchi omillarga ko’proq e’tibor berdi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish darida iqtisodiyotni barqa-rorlashtirish muammosini hal etishda ishlab chiqarish infratuzilmasining muhandislik kommunikatsiyalari, transport va aloqa tizimi singari tarmoqlarini ustivor rivojlantirishga ham alohida e’tibor beriladi.
Nomoddiy ishlab chiqarish sohasida tarkibiy qayta qurishlar faol investitsiya siyosatini o’tkazish orqali amalga oshirildi. Shu sababli respublika investitsiya bazasini rivojlantirishga katta e’tibor berilib, bunda o’z sarmoyalarimiz, tashqi kreditlar, bevosita investitsiyalar va ularning barcha manbalaridan o’rinli foydalanish ko’zda tutildi. Tashqi investitsiyalarni jalb qilishda bevosita investitsiyalar tarzida, davlat qarzlari, xalqaro moliya va iqtisodiy tashkilotlar, qarz beruvchi mamlakatlar moliyaviy-kredit resurslari shakllarida amalga oshirish mumkinligi hisobga olinadi.
Shunday qilib, respublikada iqtisodiy islohotlar davomida makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini qayta qurish vazifalariga aholining real turmush darajasini yaxshilash uchun zaruriy shart-sharoitlarni vujudga keltirish sifatida qaraldi.
Respublikamizda bozor muvozanatining ta`minlanishi
Iqtisodiy munosabatlar va tashkiliy–boshqaruv tuzilmalarining bir turidan butunlay boshqa yangi turiga o’tish, iqtisodiy islohotlar strategiyasini ishlab chiqish va uning asosiy yo’nalishlarini aniqlab olishni taqozo qiladi. Iqtisodiy islohotlar – bu bozor munosabatlarini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuidir.
Iqtisodiy islohotlardan ko’zda tutilgan maqsad mamlakat aholisi uchun yashash va faoliyat qilishning eng yaxshi sharoitlarini yaratish, ularning ma’naviy-axloqiy etukligiga erishish, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlashdan iborat.
Islohotlarni amalga oshirishdan oldin bozor iqtisodiyotiga o’tishning nazariy modeli yaratildi (bu boradagi ma’lumotlar mazkur bobning 2-§ da bayon etildi).
Bu modelda yangi iqtisodiyotga o’tishning umumiy tomonlari va milliy xususiyatlari nazarda tutiladi, islohotlarning asosiy yo’nalishlari belgilanadi.
Res’ublikada iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat:
- mulkiy munosabatlarni isloh qilish;
- agrar islohotlar;
- moliya-kredit va narx-navo islohoti;
- boshqarish tizimini isloh qilish va bozor infratuzilmasini yaratish;
- tashqi iqtisodiy aloqalar islohoti;
- ijtimoiy islohotlar.
Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning bu asosiy yo’nalishlari I.A.Karimovning «O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida» kitobida bayon qilib berilgan.
Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning boshlang’ich nuqtasi bozor iqtisodiyotining huquqiy negizini yaratishdan iborat bo’ladi.
Res’ublikada iqtisodiy islohotlarning huquqiy negizini yaratish bo’yicha amalga oshirilgan ishlarning bir nechta yo’nalishini ajratib ko’rsatish mumkin.
Birinchi yo’nalish – davlat va iqtisodiy mustaqillikning huquqiy negizlarini yaratish, davlatni boshqarish qoidalarini tartibga soluvchi qonunlarni qabul qilish.38
Boshqaruv tizimining yuqori va quyi darajadagi vazifalari aniq chegaralab qo’yildi. Vakolatli hokimiyatning yagona to’la huquqli organi bo’lgan hokimlik instituti yaratildi, fuqarolarning o’z-o’zini boshqarish sohasida fuqarolar yig’ini joriy qilindi.
Ikkinchi yo’nalish – tizimdagi o’zgarishlarga, yangi iqtisodiy munosabatlarga va shu jumladan mulkchilik munosabatlariga asos bo’ladigan qonunlar tizimini yaratish.39 Res’ublikada bu yo’nalish bo’yicha qabul qilingan qonunlarda mulkdorning huquqi tan olindi, xususiy mulkchilik huquqi e’tirof qilindi, mulkchilikning barcha shakllari uchun teng sharoit yaratildi. Davlat mulkini xususiylashtirishning samarali mexanizmi ishlab chiqildi. Qisqacha aytganda bozor munosabatlarining negizi bo’lgan ko’’ ukladli iqtisodiyotni shakllantirishning barcha huquqiy asoslari yaratildi.
Uchinchi yo’nalish – xo’jalik yuritishning va institustional o’zgarishlarning bozor sharoitlariga mos keladigan yangi mexanizmni yaratishga qaratadigan qonunlar.40 Bozor infratuzilmasini yaratish va uning faoliyatiga xos jarayonlarni tartibga solishni ta’minlaydigan qonunlarni qabul qilishdan oldin, iqtisodiyotning turli sohalarida xo’jalik yuritayotgan sub’ektlarning huquq va iqtisodiy erkinlik borasidagi maqomini belgilab beradigan qonunlar qabul qilindi. Korxonalar to’g’risidagi qonun, koo’erastiya to’g’risidagi, dehqon xo’jaligi to’g’risidagi, xo’jalik jamiyatlari va shirkatlari to’g’risidagi qonunlar shular jumlasidandir.
To’rtinchi yo’nalish – Res’ublikamizni xalqaro munosabatlarning teng huquqli sub’ekti sifatida, ta’riflovchi huquqiy normalarni yaratish.41 Bu yo’nalishdagi qonunlarni qabul qilish natijasida mamlakatimizning tashqi iqtisodiy aloqalarining rivojlanishi tarixida sifat jihatdan yangi bosqich boshlandi.
Beshinchi yo’nalish – kishilarning konstitustion va yuridik huquqlarini, ijtimoiy kafolatlarini va aholini ijtimoiy himoyalashni ta’minlaydigan qonunlarni ishlab chiqish.42 Bu qonunlar bozor munosabatlariga o’tish sharoitida aholining eng muhtoj tabaqalari manfaatlarini qonun kuchi bilan himoya qilishgagina emas, balki ularning ma’naviy imkoniyatlarini namoyon qilish, islohotlar uchun mustahkam ijtimoiy zamin yaratishga ham imkon beradi.
Yuqorida qarab chiqilgan barcha qonunlarda bozor iqtisodiyotining huquqiy asoslarini yaratish ham amaliy, ham iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning huquqiy asosini tashkil qildi.
Iqtisodiy islohotlarning bosh bo’g’ini mulkchilik munosabatlarini tubdan o’zgartirishdir, chunki shu orqali ko’’ ukladli iqtisodiyot va raqobatlashish muhiti shakllantiriladi hamda bozor iqtisodiyotiga o’tishning shart-sharoitlari vujudga keltiriladi. Shu sababli Res’ublikada mulkiy munosabatlarni isloh qilishdan ko’zda tutilgan maqsad davlat mulki mono’olizmini tugatish va bu mulkni xususiylashtirish hisobiga ko’’ ukladli iqtisodiyotni real shakllantirishdan iborat.43
Res’ublikada iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning dastlabki bosqichidayoq qishloq xo’jaligini isloh qilishga ustunlik berildi. Bunga quyidagilar sabab bo’ldi. Birinchidan, Res’ublikamiz iqtisodiyotida agrar soha ustunlikka ega, aholining ko’’chiligi qishloq xo’jaligida band, iqtisodiy o’sish ko’’ jihatdan shu tarmoq ahvoliga bog’liq. Hozirgi kunda agrar sektor hissasiga yal’i ichki milliy mahsulotning 30% dan ko’’rog’i to’g’ri keladi, xalq xo’jaligida band bo’lganlarning 35 foizga yaqini qishloq xo’jaligida ishlaydi va barcha aholining yarmidan ko’’rog’i qishloqda yashaydi.
Ikkinchidan, Res’ublika butun sanoat ‘otenstialining yarmiga yaqinini tashkil qiladigan sanoatning ko’’gina tarmoqlarini (‘axta tozalash, to’qimachilik, engil, oziq-ovqat, kimyo sanoati, qishloq xo’jalik mashinasozligi va boshqalar) rivojlantirish istiqbollari bevosita qishloq xo’jaligiga bog’liq.
Uchinchidan, qishloq xo’jalik mahsulotlari (asosan ‘axta) hozirgi vaqtda valyuta resurslari, res’ublika uchun zarur bo’lgan oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmonlar, texnika va texnologiya uskunalarini chetdan sotib olishni ta’minlayotgan asosiy manbadir.
To’rtinchidan, mustaqillik sharoitida qishloq xo’jaligining oziq-ovqat muammosini hal etishdagi roli ortib boradi.
Mavjud iqtisodiy tizimning izchillik bilan bozor munosabatlariga o’sib o’tishida moliya-kredit sohasini isloh qilish alohida o’rin tutadi. Moliyaviy munosabatlarda davlat byudjeti tanqisligini kamaytirib borish, byudjetdan beriladigan dotastiyalar va subsidiyalarni bosqichma-bosqich qisqartirish, birinchi darajali, eng zarur umumdavlat ehtiyojlari uchungina byudjetdan mablag’ ajratish, xalq xo’jaligini rivojlantirishda investistiya kreditlaridan keng foydalanish islohotlarning asosiy yo’nalishlari hisoblanadi.
Kredit sohasidagi islohotlar bank tizimini takomillashtirish, banklarning mustaqilligini va ‘ul muomalasi uchun javobgarligini oshirishga qaratiladi. Shu maqsadda Res’ublikada Markaziy bank hamda keng tarmoqli tijorat va xususiy banklardan iborat ikki bosqichli bank tizimi vujudga keltirildi. Markaziy bank zimmasiga federal rezerv tizimiga xos bo’lgan vazifalar yuklatildi. Ixtisoslashgan akstiyadorlik – tijorat banklari «G’alla bank», «Tadbirkor bank», «Savdogar bank», «‘axta bank» va boshqa banklar) shakllantirildi.
Iqtisodiyotni isloh qilishning eng asosiy muammolaridan biri narxlarni erkinlashtirishdir. Narxlarning erkin shakllanishi uchun narxlar tizimini isloh qilish ham zarurdir. Dastlab davlat xarid narxlarining amal qilish doirasi qisqartiriladi va keyin ichki narxlar jahon narxlariga muvofiqlashtirib boriladi. Shuningdek, narxlarni erkinlashtirishda xom-ashyo va mahsulot ayrim turlarining, narx-navo bilan aholi va korxonalar daromadlari o’rtasidagi tenglikka erishishga harakat qilinadi.
Res’ublikada islohotlarni asta-sekin va bosqichma-bosqich amalga oshirish ‘rinsti’i, narxlarni erkinlashtirishda yondashishga ayniqsa yorqin namoyon bo’ladi.
Islohotlar boshlanishdan oldingi davrda res’ublikada narx-navoning nomutanosib tizimi tarkib to’gan edi. Xom ashyo va qishloq xo’jalik mahsulotlari narxi ‘asaytirilib, ishlov beruvchi va qayta ishlovchi tarmoqlar tovarlarining narxi sun’iy ravishda oshirib borilgan edi. Bundan ko’rilgan katta zarar res’ublikani dotastiya oluvchi mintaqaga aylantirib qo’ydi.
Narx belgilashdagi nomutanosibliklar tufayli butun tarmoqlar, shu jumladan qishloq xo’jaligidagi ko’’lab korxonalar zarar ko’rib ishladi. Xalq xo’jalik tarmoqlari ko’rgan zarar, ayrim mahsulot turlari (don, un va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari) etishtirishga qilingan xarajatlar va turli ijtimoiy imtiyozlar berishdan ko’rilgan zarar byudjet mablag’lari hisobidan qo’lanar edi. 1991 yil shu maqsadda sarflangan mablag’ res’ublika byudjeti jami xarajatlarining 12% dan ortig’ini tashkil qilgan.
Bularning hammasi narxlar islohotini amalga oshirishga real vaziyatni va aholining mavjud turmush darajasini hisobga olib, oldindan ishlab chiqilgan dastur asosida yondashishni talab qiladi.
Narxlar islohoti boshlangandan 1994 yilgacha hamma turdagi xom ashyo va mahsulotlar bo’yicha erkin narxlarga o’tildi, barcha iste’mol mollari narxi ustidan davlat nazorati bekor qilindi.
Isloh qilishning dastlabki davrida (1992 yil) keng doiradagi ishlab chiqarish-texnik vositasi bo’lgan mahsulotlar, ayrim turdagi xalq iste’mol mollari, bajarilgan ishlar va xizmatlarning kelishilgan narxlari va tariflarga o’tildi. Aholini himoyalash maqsadida cheklangan doiradagi oziq-ovqat va sanoat tovarlari narxlarining chegarasi belgilab qo’yildi.
Narxlar islohotining navbatdagi bosqichida (1993 yil) kelishilgan ulgurji narxlarni davlat tomonidan tartibga solish to’lig’icha to’xtatildi. Narxlarni erkinlashtirishning oxirgi bosqichida (1994 yil oktyabr-noyabr) xalq iste’mol mollari asosiy turlarining narxi erkin qo’yib yuborildi.
Shunday qilib, iqtisodiyotni isloh qilishning birinchi bosqichi narxlarni to’liq erkinlashtirish bilan tugadi.
Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish boshqarishning tegishli tizimini yaratishni talab qiladi. Shunga asosan res’ublikada butun xalq xo’jaligini, tarmoqlar va hududlarni boshqarishning eng maqbul va hozirgi davrga mos bo’lgan tuzilmalari ishlab chiqildi.
Ko’’lab markaziy iqtisodiy organlar va vazirliklar tugatildi (Davlat reja qo’mitasi, Davlat ta’minot qo’mitasi, Davlat narxlar qo’mitasi, Davlat agrosanoat qo’mitasi va boshqa qo’mita hamda vazirliklar) yoki ularning faoliyati tubdan qayta qurildi. Faoliyati tugatilgan ma’muriy a’’aratlar o’rniga bozor iqtisodiyotiga xos yangi boshqarish bo’g’inlari tuzildi.
Res’ublika Moliya vazirligi va Markaziy bankining vazifalari hamda tarkibiy tuzilishi ahamiyatli darajada o’zgartirildi. Masalan, Moliya vazirligi zimmasiga Res’ublika byudjetini vujudga keltirish bilan bir qatorda, davlat soliq siyosatining asosiy yo’nalishlari va qoidalarini ishlab chiqish, valyuta ishlarini boshqarish vazifasi yuklatildi.
Nazorat organlari faoliyatini tartibga solish, davlatning yagona soliq va bojxona siyosatini o’tkazish maqsadida Davlat soliq qo’mitasi va Bojxona qo’mitasi tuzildi. O’tkaziladigan iqtisodiy islohot ishlarini muvofiqlashtirib turish uchun ‘rezident huzurida iqtisodiy islohot, tadbirkorlik va chet el investistiyalari bo’yicha idoralararo kengash tuzildi.
Ko’’ ukladli iqtisodiyotni shakllantirish, tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturlarini ishlab chiqish kabi vazifalarni bajarish uchun Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash davlat qo’mitasi tuzildi.
Tashqi iqtisodiy aloqalarni boshqarish va shu soha korxonalari faoliyatini muvofiqlashtirib turish uchun Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tuzildi.
Res’ublika iqtisodiyotining tarmoqlari va ayrim sohalarini boshqarish tizimida ham chuqur tarkibiy o’zgarishlar ro’y berdi. Tarmoq vazirliklari uyushmalarga, konsternlarga, kor’orastiyalar, uyushmalar va boshqa xo’jalik birlashmalariga aylantirish bilan batamom tugatildi. Trans’ort, turizm, madaniyat,kinolashtirish kabi faoliyat sohalarida milliy kom’aniyalar tuzildi.
Boshqarishning mahalliy darajasida (viloyat, tuman, shahar) ijroiya – boshqaruv vazifalarini bajarish uchun hokimlik joriy qilindi. Quyi bo’g’in boshqaruvida korxona va tashkilotlarga iqtisodiy erkinlik berilib, ular yangicha ish uslubiga o’tdi.
Isloh qilish natijasida tarkib to’gan boshqaruv tizimi bozor iqtisodiyotiga o’tib borish bilan yanada takomillashib va rivojlanib boradi.
Bozor islohotlari bozor infratuzilmasini yaratish chora-tadbirlarini ham qamrab oladi. Bunda moliya, bank-kredit tizimi muassasalari, sug’urta, auditorlik, yuridik va konsalting firmalari hamda kom’aniyalarini, birja tizimini yaratish taqozo qilinadi.
Res’ublikada bozor infratuzilmasini yaratish bir qator yo’nalishlar bo’yicha bordi. Birinchi yo’nalish bo’yicha tovar-xom ashyo birjasi tizimi rivojlandi. Bu, o’z navbatida, brokerlik va dilerlik idoralari, savdo uylari, vositachi firmalar ‘aydo bo’lishiga olib keldi.
Ikkinchi yo’nalishda ka’ital bozorining ishini ta’minlaydigan tuzilmalar vujudga keltirildi. Kredit resurslari bozori va valyuta bozori vujudga keltirildi hamda davlatga qarashli bo’lmagan sug’urta kom’aniyalari tuzildi.
Uchinchi yo’nalish mehnat bozorini shakllantirishdan iborat bo’lib, bu sohada 240 dan ortiq mehnat birjasini o’z ichiga oluvchi katta tarmoq tuzildi.
Bozor islohotlari tashqi iqtisodiy aloqalarga ham tegishlidir. Bu sohada islohotlarni amalga oshirish borasida res’ublikaning zamonaviy tashqi iqtisodiy kom’leksi mutlaqo yangidan shakllantirildi, tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarishning mohiyat e’tibori bilan yangi mexanizmi vujudga keltirildi. Tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug’ullanishi zarur bo’lgan muassasalar (Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, bojxonalar xizmati) bar’o etildi. Res’ublikaning barcha vazirliklari va idoralari, korxonalarida tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug’ullanuvchi maxsus bo’limlar, tashkilotlar va firmalar tuzildi.
Tub iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotni bar’o etish asosiy maqsad emas. Barcha islohotlarning asl maqsadi insonga munosib yashash va faoliyat ko’rsatish sharoitlarini vujudga keltirishdan iborat. Shu sababli iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning butun davri davomida aholini ijtimoiy himoyalash bo’yicha chora-tadbirlar ko’rish ob’ektiv zaruriyatdir.
Res’ublikada aholini ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlari quyidagi yo’nalishlar bo’yicha amalga oshirildi.
Birinchi yo’nalish – narxlar erkinlashtirilishi va ‘ulning qadrsizlanish darajasi ortib borishi munosabati bilan daromadlarning eng kam va o’rtacha darajasini muntazam oshirib borish.
Ikkinchi yo’nalish – Res’ublikaning ichki iste’mol bozorini himoya qilish hamda oziq-ovqat mahsulotlari va sanoat mollari asosiy turlari iste’molini muayyan darajada saqlab turish.
Uchinchi yo’nalish – islohotlarning dastlabki bosqichida aholining kam ta’minlangan tabaqalarini ijtimoiy himoyalash va qo’llab-quvvatlash.
Res’ublika uchun ijtimoiy himoyalash tizimini tanlab olishda xalqning uzoq yillar davomida qaror to’gan ma’naviy ahloqiy qadriyatlari, turmush tarzi va dunyoqarash xususiyatlari hisobga olinadi.
Shunday qilib, islohotlarning barcha yo’nalishlari mavjud iqtisodiy tizimning izchillik bilan bozor iqtisodiyotiga o’sib o’tishiga qaratildi. Bu islohotlar O’zbekistonning mustaqilligini iqtisodiy jihatdan ta’minlash, uni iqtisodiy jihatdan rivojlangan va xalqaro miqyosda obro’-e’tiborli mamlakatga aylantirishga xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: |