Mavzu bozor talabining asosiy omillarining taxlili



Yüklə 0,79 Mb.
tarix13.12.2022
ölçüsü0,79 Mb.
#74466
Rajabov Toʻlqin (1)

MAVZU: Bozor talabining asosiy omillarining taxlili Reja: 1. Bozor mexanizmi va uning elementlari 2. Bozordagi talab. Talab qonuni 3. Bozordagi taklif. Taklif qonuni 4. Talab va taklif muvozanati

Bozor – alohida, mustaqil qaror qabul qiluvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar hamda sotuvchi va xaridorlar o‘rtasidagi o‘ziga xos shakl­dagi munosabatlar yig‘indisidir.Iqtisodiy resurslar cheklanganligini inobatga olib ishlab chiqarish­ni kengaytirish mumkinmi? Ha.

  • Bozor – alohida, mustaqil qaror qabul qiluvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar hamda sotuvchi va xaridorlar o‘rtasidagi o‘ziga xos shakl­dagi munosabatlar yig‘indisidir.Iqtisodiy resurslar cheklanganligini inobatga olib ishlab chiqarish­ni kengaytirish mumkinmi? Ha.
  • Bozor iqtisodiyoti va uni tavsiflash fundamental nima, qanday, kim uchun va qachon ishlab chiqarish kerak degan masalalar turli iqti­sodiy tizimlarda turlicha xal qilinadi.

Bozordagi talab – bozordagi tovar yoki xizmatga bo‘lgan insonlarning ehtiyojini bilvosita ko‘rinishidir. Ehtiyoj biror bir narsaga erishish istagini ko‘zda tutadi. Talab – bu nafaqat istak, balki bozordagi narx bo‘yicha uni olish imkoniyatini bildiradi. Talab – tovar yoki xizmatga bo‘lgan to‘lov qobiliyatli ehtiyojdir.

Taklif xajmi va narxi o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik tak­lif qonuni deyiladi.

  • Taklif xajmi va narxi o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik tak­lif qonuni deyiladi.
  • Taklif xajmining o‘zgarishi – ko‘rib o‘tilayotgan tovarning narxini o‘zgarishi va bozor kon’yunkturasining boshqa omilarining o‘zgarmagan holatida taklif egri chizig‘ining o‘zgarishi tushuniladi. Taklifning o‘zgarishi – tahlil qilinayotgan tovarning narxini o‘z­gar­mas holatida yuqoridagiga qarama-qarshi, ya’ni, boshqa narxga bog‘­liq bo‘lmagan omillarning o‘zgarishi tushuniladi.

Bozor muvozanati – iqtisodiy subyektlarni qoniqtiradigan va unga xech qanday o‘zgartirish kiritishni talab etmaydigan bozor xolati.
Talab yoki taklifning narxga ta’sir ko‘rsatmaydigan omilari ta’siri natijasida muvozanatning birlamchi parametrlari o‘zgarishi va yangi darajaga chiqishi mumkin. Erkin sharoitida bozor mexanizmi muvo­zanat shakllangunga qadar narxlar o‘zgarishini ta’minlab turadi. Mu­vo­zanat nuqtasida tovarning defisiti ham ortiqchasi ham, narxlar tomonidan bosim ham bo‘lmaydi. Real bozor sharoitida talab va taklif doimiy ravishda bir-birini taqozo qilib kelmaydi, biroq muvozanatni ta’minlash tendensiyasi mavjud.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati

  • Pindayk Robert. Mikroiqtisod: Inglizchadan qisqartirib tarjima qilingan/ Pindayk Robert, Rubinfeld Daniel. – T.; 2002.
  • E.Egamberdiev. Mikroiqtisodiyot. O‘quv qo‘llanma. T.: 2005 y.
  • Экoнoмическaя теoрия: учебник / И.К. Стaнкoвскaя, И.A. Стрелец.- 5-е изд., перерaб. и дoп.–М.:Эксмo, 2010.- 480 стр.- (Пoлный курс MBA)
  • To‘xliev N., Xaqberdiev Q., Ermamatov Sh., Xolmatov N. Iqtisodiy bilim asoslari. Qo‘llanma. T. O‘zME. 2004, 96 b.

E’tiboringiz uchun rahmat!!!!


Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin