Mavzu: Bozor tuzilmasi mezonlari monopoliya va mukammal raqobat


Raqobat modellarining tasniflanishi1



Yüklə 55,36 Kb.
səhifə2/7
tarix16.12.2023
ölçüsü55,36 Kb.
#180819
1   2   3   4   5   6   7
Bozorning raqobatbardosh tuzilmasi. Bozor tuzilmalarining tahlil

Raqobat modellarining tasniflanishi1







Mukkamal raqobat

Monopollashgan raqobat

Oligopoliya

Sof monopoliya




Firmalar soni

Cheklanmagan miqdorda ko‘p

Ko‘p

Bir qancha

Bitta




Mahsulot turi

Bir turdagi

Differensiallashgan

Bir turdagi, Differensiallashgan

Yagona, unikal




Bozordagi hokimlik

Yo‘q

Uncha katta emas

Yuqori

Maksimal darajada

Bozorga kirish chiqishdagi to‘siqlar

Yo‘q

Uncha ko‘p emas

Ko‘p

Umuman olib tashlab bo‘lmaydigan




2.Bozor tuzilmalarining tahlil tamoyillari.

Bozor tuzilmalarini tasniflashda quyidagi tamoyillardan foydalaniladi:



  1. Tarmoqdagi firmalar soni (bitta, bir qancha, ko‘p).

Bu tamoyil nafaqat faoliyat ko‘rsatayotgan firmlar soni balki, ular o‘rtasidagi bog‘liqlik, raqobat munosabati qanday ekanligini ko‘rsatib beradi. Agarda tarmoqda firmalar soni ko‘p bo‘lsa, unda firmalar ishlab chiqarayotgan mahsulot bir-biriga nisbatan ko‘p bo‘lmaydi, firmalarning xech biri ustunlikni o‘z qo‘liga ololmaydi va boshqa raqobatchilar uchun xavf solmaydi.
Agarda firmalar bozorga nisbatan yirik va raqobatchilar uchun jiddiy xavf solayotgan bo‘lsa, unda ishlab chiqaruvchilar kam hisoblanadi. Eng kami bu monopoliya bo‘ladi, ya’ni bitta firma.
2. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot xususiyati (bir turdagi, differensiallashgan, yagona).
Mahsulotning sifati uni iste’molchi qanday qabul qilishiga qarab aniqlanadi. Agarda iste’molchi qandaydir bir firma savdo belgisiga xohish-istak bildirmay, barcha tovarlarni absolyut o‘rinni bosuvchi tovarlar deb, qabul qilsa, bu tovarlar bir turdagi tovarlar bo‘ladi. Agarda tovar firma savdo belgisiga, o‘ziga xos dizayni, qadoqlash usuli, reklamasi va tayyorlanish sifatiga ega bo‘lsa, bu tovar differensiallashgan tovar bo‘ladi. Agarda tovarning hech qanday o‘rnini bosuvchisi bo‘lmasa, u iste’molchilar ko‘z o‘ngida yagona, unikal tovar bo‘lib gavdalanadi va bu tovar shu nomni oladi.
3. Firmalarning bozordagi narxlarga ta’sir eta olish darajasi. Bu ko‘rsatkich firmaning bozordagi narxlarga nisbatan o‘rtacha xarajatlarini oshib ketishi bilan aniqlanadi.
Firmaning olgan natijasi qanchalik yuqori bo‘lsa, u shunchalik yuqori darajada bozordagi narxlarga ta’sir eta oladi, natijada qo‘shimcha daromad olishi mumkin.

Yüklə 55,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin