Mavzu: BURG’ILASH MASHINALARINING UNUMDORLIK KO’RSATGICHLARINI HISOBLASH
Nazariy tushunchalar
Zamonaviy burg’ilash stanoklari davriy (sikli) ishlaydigan mashina hisoblanib, u kon ishlarini olib borish texnologiyasi va burg’ilash stanoklarining konstrutiv tuzilishiga bog’liq. Smena davomida burg’ilash jarayonida vaqt asosiy burg’ilash ishlariga va juda ko’p sonli yordamchi operatsiyalarga sarflanadi.
Burg’ilash stanogi unumdorligini aniqlash uchun birlamchi uning texnik burg’ilash tezligini topish lozim. Sharoshkali burg’ilashning ratsional rejimini belgilaydigan asosiy omillarga quyidagilar kiritiladi: dolotaga o’q bo’yicha qo’yilgan bosim kuchi, dolotaning aylanish chastotasi va burg’ilash instrumenti ish joyini burg’ilangan tog’ jinslari zarralaridan samarali
Aylanish chastotasi nв (min-1) va diametri D1 (m) sharoshkali dolotaga o’q bo’yicha bosim kuchi Ро.с (N) qo’yilganda skvajinani burg’ilash texnik tezligi vб.т (m/soat) quyidagi empirik bog’liqlikdan hisoblanishi mumkin
, m/soat (11.1)
bu yerda: Пб – tog’ jinslari burg’ilanuvchanlik ko’rsatkichi
, (11.2)
bu yerda: σсж - 34-450 MPa i σсд -0,01-75 MN/m2 – tog’ jinslarining siqilishga va siljishga mustahkamligi chegaraviy qiymatlari.
Ishlab chiqarish amaliyoti ko’rsatkichlaridan kelib chiqib, sharoshkali burg’ilash stanoklari texnik burg’ilash tezligining o’rtacha qiymatlari tog’ jinslarining M.M. Protodyakonov shkalasi bo’yicha qattiqlik koeffitsienti f ga bog’liq bo’ladi va quyidagi miqdorlarni tashkil etadi: f=6-16 bo’lsa - D1=0,2 m, nв=160-80 min-1 va Рос=0,12-0,22 MN bo’lganda vб.т=0,34-0,13 m/min, tashkil etadi; D1=0,25 m, nв=81 min-1 va Рос=0,18-0,3 MN bo’lganda vб.т= 0,32-0,1 m/min , tashkil etadi ; f=6-20 bo’lsa, D1=0,32 m, nв=80 min-1 va Рос=0,45-0,55 MN bo’lganda, vб.т=0,29-0,15 m/min ni tashkil etadi.
Burg’ilash stanogi smenadagi unumdorligi Qб.с (m/smena) quyidagi formuladan hisoblanadi
, m/smena (11.3)
bu yerda: Ки– burg’ilash stanogini smena davomida ishlatilish koeffitsienti, ko’pincha Ки=0,5-0,8 qiymatlarda qabul qilinadi;
tб va tв – mos ravishda 1 metr uzunlikdagi skvajinani sof burg’ilashga va yordamchi operatsiyalarni bajarishga sarflangan nisbiy vaqt, min/m;
vб.т – burg’ilash texnik tezligi, m/min.
Bundan tashqari burg’ilash stanogining smenadagi unumdorligini quyidagi formula bilan ham aniqlash mumkin
, m/smena (11.4)
bu yerda: Тс- smena davomiyligi, soat;
vб.т – burg’ilash texnik tezligi, m/soat.
O’z navbatida yordamchi operatsiyalarni bajarishga sarflangan nisbiy vaqt quyidagi ifodadan hisoblanishi mumkin:
, min/m (11.5)
bu yerda: t1 - stanok dokratlarini o’rnatish va bo’shatish hisobga olingan holda burg’ilash stanogini bir skvajinadan ikkinchisiga ko’chirish uchun sarflangan vaqt, o’rtacha t1 =0,38-1,44 min/m qabul qilinadi;
t2 – 1 metr skvajina uzunligiga to’g’ri keladigan, dolotani almashtirish uchun sarflanadigan vaqt, min/m;
t3 - vп (m/min) tezlik bilan burg’ilash snaryadini ko’tarib olish uchun sarflanadigan vaqt, min/m;
t4 - gidropatronni ushlatib turish uchun sarflanadigan vaqt, min/m; shpindelli aylantiruvchi-uzatuvchi sxema uchun t4=0;
t5 - burg’ilash snaryadini yigish va yechib tashlash uchun sarflanadigan vaqt, min/m;.
Formuladagi burg’ilash stanogini smena davomida ishlatilish koeffitsienti Ки ning qiymati ko’pincha 0,5 dan oshmaydi va ayrim smenalarda maksimal qiymati 0,8 gacha yetishi mumkin. Zamonaviy burg’ilash stanoklarida yordamchi operatsiyalarni bajarishga sarflangan nisbiy vaqt qiymati tв=2-3 min/m atrofida qabul qilinadi va mos ravishda burg’ilash stanogini smena davomida ishlatilish koeffitsienti Ки=0,75 dan oshmaydi, unumdorlik esa smenada 100-150 m/smenadan ko’p bo’lmaydi; agarda yordamchi operatsiyalarni bajarishga sarflangan nisbiy vaqt qiymati maksimal darajada, ya`ni tв=1 min bo’lsa ham unumdorlik 200-300 m/smenadan ortiq bo’lmaydi.
Topshiriq 11. Sharoshkali burg’ilash stanogining unumdorligini 11.1-jadval qiymatlaridan foydalanib aniqlansin.
11.1-jadval