Mavzu.. Burgilash stanogi gidravlik va pnevmatik sistemalari.
Reja;
Karer burg`ilash mashinalari va stanoklari to’g’ri sida umumiy ma’lumotlar
.Burg`ilash usullari va mashinalari tasnifi. Turli tipli burg`ilash mashinalari va stanoklarining ishlatilish shart-sharoitlari.
Shpurlar (diametri 75 mm gacha va chuqurligi 5 m gacha bo’lgan tsilindrik kon lahimi) va skvajinalar (chuqurligi 5 m dan oshiq va diametri katta yoki har qanday diametrli) hosil qiluvchi kon mashinasiga burg’ulash mashinasi deyiladi.
Burg’ulash mashinalari – bu umumiy tushuncha bo’lib, bular qo’l va kolonkali parmalar, burg’ulash qurilmalari, ochiq konlarda va yer ostida ishlatiluvchi burg’ulash stanoklaridir.
Burg’ulash stanoklarining asosiy ko’rsatgichlari – burg’ulanayotgan skvajinaning diametri, chuqurligi va qiyalik burchagi hisoblanadi.
Burg’ulash stanoklari turini standart skvajina diametrlari belgilab beradi. Konchilik ishlab chiqarishida standart 100, 125, 160, 200, 250, 320 va 400 mm diametrli skvajinalardan foydalaniladi. Ushbu diametrdagi skvajinalarni burg’ilash uchun GOST bo’yicha quyidagi stanoklar ishlab chiqarilgan.
SBSH – sharoshkali dolotali aylantirib burg’ilovchi stanok. Maydalangan kon jinslari havo yordamida chiqaziladi. SBSH stanoklarining beshta modeli ishlab chiqarilgan bo’lib nominal diametri 160 mm dan 400 mm gacha skvajinalarni burg’ilashga mo’ljallangan. Ishlatilish ko’lami – kon jinsinnig qattiqligi f = 6-18.
Hozirgi vaqtda aylantirish bilan burg’ilovchi stanoklarning SBSH-200, SBSH-250, SBSH- 320 va SBSH-400 (Rossiya) kabi turlari keng ko’lamda ishlatilmoqda. SBSH-200 stanogining 4 ta modeli 215 va 244 mm diametrdagi skvajinalarni burg’ilash uchun ishlatilmoqda.
Bu stanoklar 2SBSH-200-32, 2SBSH-200-40; 4SBSH-200-40 va 3SBSH-200-50 (oxirgi sonlar stanokning burg’ilash chuqurligi (metrda) ni ifodalaydi). SBSH-250 stanogining ikkita turi mavjud: SBSH-250 MNA-32 va SBSH-250-55, Burg’ilaydigan skvajinalari diametri 244 va 269 mm.
Diametri 320 mm va chuqurligi 36 m gacha bo’lgan veritkal skvajinalarni burg’ilash uchun SBSH-320 stanoklari xizmat qiladi. Ko’pchilik stanoklar burg’ilash stavini skvajina zaboyiga 300 kN, 2SBSH-200-32 stanogi – 250 kN gacha, SBSH-250-55 stanogi – 350 gacha va SBSH-320 stanogi – 600 kN gacha
kuch bilan uzatishni ta’minlaydi. Barcha stanoklarda skvajinani tozalash uchun vintli kompressorlar bilan ta’minlangan va gusenitsali yurish organiga ega. Stanoklarning massasi 50 t dan 110 t gachani tashkil etadi.
Sharoshkali burg’ilash stanoklarining printsipial tuzilishini SBSH-250MNA-32 misolida ko’rib chiqamiz. Stanok mashina bo’limi 5, gusenitsali
yurish organi 8, kabel barabani 7, machta 3 va uni qotirish uchun tayanchlar 2 dan tashkil topgan.ishchi organining barcha uzellari machtaga joylashtirilgan. Ulardan asosiylari: aylantiruvchi-uzatuvchi mexanizm, shtangalar kassetasi va shtangalarni qotiruvchi-echuvchi mexanizm.
Stanokni ko’chirishda machtani tushirish uchun ikkita gidrodomkrat 4, stanokni ishlatishda machtani ko’tarish uchun uchta 6 gidrodomkrat xizmat qiladi. Stanokning chap tomonida machinist kabinasi 1 joylashtirilgan. Mashina bo’limida moy stantsiyasi, skvajinalarga suv beruvchi nasos va siqilgan havo beruvchi vintli kompressor joylashgan.
Stanokning afzalliklari: stanokning tristorli yuritmali aylantirgichi, kompressor unumdorligini avtomatik moslashtirish tizimi, burg’ilash shtangalarini yechish va qotirish mexanizmlari yordamida burg’ilash stavini ishlatishni qo’l mehnatisiz mashinist kabinasida bajarish imkonini beradi. Quyidagi yetakchi xorijiy firmalarda sharoshkali burg’ilash stanoklarining 80 ga yaqin modellari ishlab chiqariladi: «Djoy», «Marion», «Byusayrus Iri», «Ingersol Rend» (AQSH), «Sandvik» (Finlandiya), «Atlas kopko» (SHvetsiya) va boshqalar. SBU stanoklari
pnevmozarbbergich bilan jihozlangan bo’lib zarbli-aylanma usulda burg’ilaydi. Bu stanoklarda maydalangan kon jinslari skvajinadan havo yordamida chiqariladi.
Ushbu stanoklarning to’rtta turi mavjud bo’lib 100 mm dan 200 mm gacha diametrli skvajinalarni qattiqligi f = 8-20 bo’lgan kon jinslaridan burg’ilaydi.
Zarbli-aylantirish bilan burg’ilovchi SBU-100-35 stanogi. SBU-100-35 stanogining uchta modeli quyidagi indekslar bilan ishlab chiqarilgan: G— gusenitsali, P — pnevmog’ildirakli o’ziyurar va N— salazkaga o’rnatilgan o’ziyurmaydigan. SBU-100-35 stanogi modellarining bir-birlaridan farqlari asosan transport bazalari va chang bostirish tizimidadir. SBU-100N-35 stanogida suv-havo aralashmasi yordamida, SBU-100G-35 va SBU-100P-35 stanoklarida esa yengli filьtr bilan quruq havo yordamida amalga oshiriladi. SBU-100-35 stanoklarining barcha modellarida ishchi organ konstruktsiyasi unifikatsiyalashgan (bir xillashtirilgan) bo’lib, aylantirgich, uzatish tsilindri, yo’naltiruvchi (machta) va burg’ilash snaryadidan tashkil topgan. Stanok ishchi organi qiya burg’ilash uchun
ramaga sharnirli biriktirilgan.
Stanokni siqilgan havo bilan ta’minlash uchun ko’chma compressor stantsiyasi yoki kar’er siqilgan havo tizimidan foydalaniladi. Siqilgan havo kompressorga A2-20 turidani avtomaslenka orqali beriladi. Burg’ilash shtangalari ramada joylashgan stellajga qo’l kuchi yordamida taxlanadi. Stellajning sig’imi 40 dona shtanga. Ko’tarish va tushirish jarayonlari 160 mm diametrli turg’un o’rnatilgan tsilindr 1 ga ega bo’lgan pnevmoporshenli uzatish mexanizmi yordamida bajariladi. Porshen shtok 2 bilan birga 1050 mm yurish o’lchamida pastga 6 kN va yuqoriga 9 kN kuch bilan suriladi. Aylantirgich porshen shtoki 2 bilan bog’langan bo’lib, truba shakldagi yo’naltirgich bo’ylab siljitiladi.
Aylantirgich asinxron elektrodvigatel M1 va ikki pog’onali planetar reduktor (2K -N sxemasi bo’yicha) va shpindeldan tashkil topgan. Aylantirgich shpindeliga pnevmozarbbergich bilan birga shtanga ulanadi. SBU-100G-35 stanogining baza modeli qattiqligi f=6-16 bo’lgan kon jinslaridan diametri 100-125 mm va chuqurligi 35 m gacha bo’lgan vertikal va qiya skvajinalarni burg’ilaydi.stanokning f=12 qattiqlikdagi kon massividagi unumdorligi 36m/smena
gacha ni tashkil etadi.
Tog‘ jinslari massivi orasida sun’iy ravishda silindrsimon bo‘shliq hosil qilish jarayoni burg‘ilash deyiladi. Diametri 75 mm gacha, chuqurligi esa 5 m gacha bo‘lgan burg‘ilangan lahim (kovakcha) shpur deb ataladi. Diametri 75 mm dan yuqori, chuqurligi esa 5 m dan ko‘p diametri cheklanmagan lahim (bo‘shliq) skvajina deyiladi. Shpur va skvajinalar burg‘ilash usullari ikki ko‘rinishga ega. Birinchi ko‘rinishga mexanik usullarda burg‘ilash kiradi, ikkinchisi issiqlik-fizikaviy usuldir (olov purkash, termomexanik plazmali va elektr-termik, gidravlik usullar). Mexanik usulda burg‘ilashda shpur yoki skvajinalar tubidagi qattiq jism mexanik kuch ta’sirida maydalab, parchalab, ilgarilab boradi. Bunda jinslarning kristallografik strukturasi o‘zgarmaydi. Ikkinchi usulda burg‘i uskunasi tog‘ jinsiga bevosita tegmasa-da, tog‘ jinslarining maydalanishi sodir bo‘ladi. Burg‘i asbobining kavjoyda ishlash xarakteri va mexanik burg‘ilashning ta’sir etish kuchiga qarab, uni quyidagi to‘rtta usulga bo‘lish mumkin: aylanma burg‘ilash, aylanma-zarbalab burg‘ilash, burib-zarbalab va zarbalab burg‘ilash. Aylanma burg‘ilashda skvajina tubidagi tog‘ jinslarining yemirilishi burg‘i asbobining vaqt chizig‘i bo‘ylab yo‘naladigan keskichining harakati natijasida yuzaga keladi. Bunday harakat aylanma va ilgarilovchi burg‘i asbobining birgalikda ishlashi natijasidir. Shpur yoki skvajina tubida burg‘i keskichining ilgarilovchi-aylanma harakatini amalga oshirish burg‘i asbobining anchagina katta buruvchi momenti (Mkr ) va katta kuchlanishi (F) ning uzatilishi natijasida yuzaga keladi. Pitrali doloto bilan burg‘ilash usulida doloto tishlarining bevosita skvajina tubida yumalab aylanishi zarbalab burg‘ilash asbobining harakatiga o‘xshaganligi sababli ba’zi tadqiqotchilar bu usulni zarbali burg‘ilash usuliga mansub demoqdalar. Tog‘-konchilik amaliyotida skvajinalarda dolotoning aylanishi katta bo‘lmagan chastotada (1–1,5 s–l) burg‘ilanadi. Natijada kam tezlikda kuch hosil qilib (0,6 m/s kam) burg‘ilanadi. Bu bilan jinslar statik kuchlanish ta’sirida ezilib, yanchilib, aylanma burg‘ilashdagi kabi burg‘ilanadi. 15 Zarbali burg‘ilashda, ponaga o‘xshash o‘tkirlangan asbob skvajina o‘qi yo‘nalishida jinslarga qisqa muddatli zarbali kuchi ta’sirida ilgarilab skvajina tubiga botib boradi. Bu bilan o‘q yo‘nalishdagi statistik kuchaytiruvchi kuch skvajina tubidagi jinslar bilan kontakti juda kichik ochiqlikda bo‘lganida, kontakt hosil qilish uchun kerak bo‘ladi. Burg‘i asbobi skvajina tubiga zarba berganidan so‘ng, ko‘tarilib, biror burchak bilan navbatdagi zarbani jinslarning boshqa joyiga berish uchun uriladi. Asbobni burish uchun zarur bo‘lgan buruvchi moment deyarli kichik o‘lchamga ega. Agar burg‘i asbobini aylantiruvchi mexanizmlar bilan zarba beruvchi mexanizmi bir korpusga joylashtirilgan bo‘lsa, bunday mashinani perforator deb ataydilar. Aylanish mexanizmi, porshen ilgarilab zarba berganidan so‘ng, uning orqaga qaytish energiyasi ta’sirida harakatga keladi. Burg‘i kallagining bunday tuzilish prinsipi perforatorning gelikoidal juftligida amalga oshirilgan. Bu mashinalar zarbalab-burilma kuch hosil qilib ta’sir etuvchi mashinalar qatoriga kiradi. Perforator alohida reduktorli dvigatel yordamida burg‘ilovchi asbobni aylantiradigan bo‘lsa, bunday perforatorning burg‘ilovchi asbobi mustaqil harakatga keltiriladi. Zarbalovchi mexanizm skvajinaga burg‘i asbobi ortidan tushib boradi. Uni botiruvchi deyiladi. Burg‘ilash mashinalari pnevmatik, gidravlik va elektr energiyalar bilan ishlatiladi. Burg‘ilashdan hosil bo‘lgan jinslarning mayda bo‘laklari va burg‘i uni shpur va skvajinalar tubidan siqilgan havo, suv, havo-suv aralashmasi yoki vakuum hosil qilish bilan tozalanadi. Shuning uchun burg‘ilash quyidagicha bo‘ladi: suv bilan yuvib burg‘ilash, suv-havo aralashmasi bilan burg‘ilash va changni so‘rib olish yo‘li bilan burg‘ilash. Shpur va skvajinalarni puflab burg‘ilashda changni so‘rib filtrlovchi qurilma qo‘llaniladi, chang so‘rg‘ichsiz burg‘ilash taqiqlanadi. Suv bilan yuvib burg‘ilashda suv burg‘i o‘qi yo‘nalishida burg‘i shtangasining «markazidan» yoki uning yon tomonidan berilishi mumkin. Suv bilan markaziy yuvish usulida suv burg‘iga burg‘i kallagi orqali maxsus trubkada uzatiladi, yonlama yuvish usulida esa suv burg‘iga mufta orqali uzatilib, burg‘i kallagining old qismida uchrashadi. Ba’zi muallifiar yana zarbali-burilmali burg‘ilash usuli ham mavjud deb hisoblaydilar va bu usulga perforator bilan burg‘ilash usulini kiritadilar. Lekin shuni qayd qilish kerakki, perforator bilan burg‘ilashda aslida zarbali burg‘ilash usuli amalga oshiriladi.
Shartli ravishda, zarbali burg‘ilash mashinalari qatoriga kavjoyda ishlaydigan burg‘ilash mashinalarining 90% i va undan ham kamroq quvvatlilari kiradi: Ny >10NB; Aylanma-zarbali burg‘ilashda kesuvchi qism – koronka (qoplama) jinslarga zarbali kuchlanishni o‘q yo‘nalishidagi ta’siri natijasida botirib bir vaqtning o‘zida burg‘i asbobining aylanishi natijasida jinslar uvalanib boradi. Burg‘ilashning bunday turi shpur yoki skvajina tubidagi jinslarga ko‘p miqdordagi energiyani yetkazadi, shu sababli aylanma-zarbalovchi burg‘ilash yuqori unumdorligi bilan ajralib turadi. Aylanma-zarbalash mashinalarida aylanish mexanizmining ta’sir etuvchi quvvati zarbali mexanizmning quvvatiga nisbatan anchagina yuqori. Bunday burg‘i turi uchun Nd>10N nisbat o‘rinli bo‘ladi. Aylanma-burg‘ilash usuli mahkamlik koeffitsiyenti f=6 – 11 bo‘lgan jinslarda qo‘llaniladi. Bundan yuqori bo‘lgan qattiqlikdagi jinslarni burg‘ilashda shpur yoki skvajina tubidagi jinslarni, asosan, zarbalovchi kuchlanish hisobiga ushalib parchalanishi yuzaga keladi. Bunda asbobni aylantirish uchun kam quvvat sarflab, o‘qli kuchlanishni ham kamaytirishga to‘g‘ri keladi, chunki katta kuchlanish bunday jinslarda burg‘i asbobini botirilishiga imkoniyat yaratmaydi va asbobning ko‘proq yemirilishiga olib keladi. Shunday qilib, juda mahkam jinslarda zarbalab-aylanma va zarbalab burg‘ilash usullarini qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Zarbalab-aylanma burg‘ilashda, burg‘i asbobi aylanish energiyasining ta’sir kuchi sababli shpur yoki skvajina tubining maydalangan jinslar bo‘laklaridan va massivdan ajralmay qolgan bo‘lagini va ko‘p bo‘lmagan miqdorda jinslarni kesish yo‘li bilan massivdan ajratadi. Burg‘ilash usullarining tasnifi sxemasida tog‘ jinslarining fizikaviy-mexanikaviy xususiyatlariga bog‘liq holda burg‘ilash usullarini qo‘llash doirasi keltirilgan . Qattiq, mustahkam tog‘ jinslarida asosan zarbalovchi burg‘ilash usuli qo‘llaniladi. Yumshoq jinslarda esa ularni tig‘li asbob bilan kesib burg‘ilash usuli keng qo‘llaniladi.
Aylanma burg‘ilash usuli. Aylanma burg‘ilashda burg‘i kallagi aylanma harakati natijasida kesish yuzaga keladi, bularga parma va dastgohlar kiradi. Bu uskunalar elektr, pnevmatik va gidravlik yuritkichlar bilan harakatga keladi. Shulardan eng ko‘p tarqalgan dastgohlar elektr yuritkichli turidir. Elektr energiyasi pnevmatik energiyaga nisbatan 15–20 marta arzon. Lekin ko‘mir va gazlarni to‘satdan itqitib chiqaradigan ko‘mir qatlamlari mavjud bo‘lgan shaxtalarda pnevmatik yuritkichlar qo‘llanish zarurligi o‘z isbotini topgan. Juda xavfli joylarda, masalan, neft qatlamini yer osti usulida chiqarib olishda chuqur skvajina burg‘ilash zarurati yuzaga kelganida gidravlik yuritkichli dastgohlar qo‘llaniladi. Bunday dastgohga suv yuqori bosim bilan quvur orqali nasos yordamida uzatiladi. Bunday nasoslar xavfsizlik qoidasida belgilangan joylargagina o‘rnatiladi. Elektr yuritkichdan aylanadigan burg‘i kallagi yumshoq, mahkam bo‘lmagan va o‘rtacha mahkamlikdagi (f 4) jinslarni burg‘ilash uchun qo‘llaniladi. Bunday burg‘i mashinasini qattiq – mahkam jinslarni burg‘ilashda ham qo‘llanish mumkinligini aniqlash bo‘yicha ilmiy tekshirish ishlari olib borilmoqda. Keskichi shtangaga aylanma (buralma) shaklida bog‘langan shpur burg‘ilovchi mashina «parma» deyiladi. Parmalar qo‘llaniladigan yuritkichlar turiga ko‘ra elektrli (elektr parma), pnevmatik va gidravlik turlarga bo‘linadi. Elektr parma qo‘lda ishlatadigan va kolonkali turlarga bo‘linadi. Kolonkali elektr parma mexanik va gidravlik uzatkichlarga ega. Barcha elektr parmalarni zavod portlashga xavfsiz shaklda ishlab chiqaradi. Konchilik sanoatida keng ko‘lamda tarqalgan elektr parma ko‘mir va yumshoq jinslarda (f 3, tosh tuzi, slaneslarda) shpurlar burg‘ilashda keng ko‘lamda qo‘llaniladi. Shpurlarni elektr parma bilan 1,5–3 metrga qadar burg‘ilanadi. Shpurlar diametri esa 40–45 mm. Qo‘lda ishlatadigan elektr parmaning og‘irligi 12–24 kg, shpindelining aylanish chastotasi 5–20 s–1, elektr dvigatelining quvvati 1,6 kW dan yuqori emas. Qo‘lda ushlab burg‘ilaydigan elektr par- 20 maning parmalovchi asbobini kavjoyga ishlatish ishchilar tomonidan qo‘lda amalga oshiriladi, uzatishda sarflanadigan kuchlanish miqdori 200–250 N tashkil etadi. Burg‘ilash tezligi 0,2–1 m/min. Mahkam va qattiq ko‘mir (antratsit) va jinslarda chuqurligi 10 m gacha bo‘lgan shpur va skvajinalar burg‘ilash uchun kolonkali elektr parmalar qo‘llaniladi. Bunday elektr parmalarning og‘irligi 28–148 kg (kolonka va burg‘i asbobisiz), elektr dvigatelining quvvati 1,4–4,8 kW. Parma shpindelining aylanish chastotasi, almashtiruvchi shesternasi mavjud bo‘lganida, keng diapazonda o‘zgarib, 1–17 s–1 ni tashkil etadi. Hozirgi davr parmalovchi burg‘i mashinasining uzatuvchi qurilmasi parmani 16 kN kuchlanish bilan shpur yoki skvajina tubiga uzatadi. Zavodlar pnevmodvigatelli burg‘i mashinalari ham ishlab chiqaradi. Ularning og‘irligi 10–15 kg, shpindeldagi quvvati 1,5– 2 kW va aylantirish momenti 25–30 Nm. Bunday parmalarning qo‘lda ushlab parmalash va pnevmouzatkichli turlari ham ishlab chiqarilmoqda.
Xulosa
Xulosa qilib aytganimzida, Stanokning afzalliklari: stanokning tristorli yuritmali aylantirgichi, kompressor unumdorligini avtomatik moslashtirish tizimi, burg’ilash shtangalarini yechish va qotirish mexanizmlari yordamida burg’ilash stavini ishlatishni qo’l mehnatisiz mashinist kabinasida bajarish imkonini beradi. Quyidagi yetakchi xorijiy firmalarda sharoshkali burg’ilash stanoklarining 80 ga yaqin modellari ishlab chiqariladi: «Djoy», «Marion», «Byusayrus Iri», «Ingersol Rend» (AQSH), «Sandvik» (Finlandiya), «Atlas kopko» (SHvetsiya) va boshqalar. SBU stanoklarimozarbbergich bilan jihozlangan bo’lib zarbli-aylanma usulda burg’ilaydi. Bu stanoklarda maydalangan kon jinslari skvajinadan havo yordamida chiqariladi.
Ushbu stanoklarning to’rtta turi mavjud bo’lib 100 mm dan 200 mm gacha diametrli skvajinalarni qattiqligi f = 8-20 bo’lgan kon jinslaridanburg’ilaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1. Россинский H.A., Нагайченков M.A. Мастер взрывник. «Недра», М., 1998. 2. Иванов К.И., Латышев В.А., Андреев В.Д. Техника бурения при разработке полезных ископаемых. «Недра». М., 1987.
3. Кутузов Б.И. Разрушение горных пород взрывом. Издательство МГТУ, 1994.
4. Единые правила безопасности при взрывных работах. НПО ОБТ, М.,1992. 5. Мангуш С.К., Крупов Г.М. Взрывные работы при подземной разработке полезных ископаемых. М., ЛГИ, 2000.
6. Мангуш С.К. Взрывные работы при проведении подземных горных выработок. Издательство ММГУ, М., 1999.
7. Грабчак А.Г., Брылов А.С. Проведение горно разведочных работ и основы разработки месторождений полезных ископаемых. «Недра», М., 1988.
Dostları ilə paylaş: |