Mavzu: Buxgalteriya balansi va uning tuzilishi Reja: Buxgalteriya balansi haqida tushuncha



Yüklə 21,32 Kb.
səhifə2/6
tarix28.09.2023
ölçüsü21,32 Kb.
#150225
1   2   3   4   5   6
Buxgalteriya balansi haqida tushuncha Buxgalteriya balansi turla-fayllar.org

Buxgalteriya balansi – muayyan sanaga pulda ifodalangan va xo‘jalik mablag‘larining turlari, tashkil topish manbalari bo‘yicha iqtisodiy guruhlashtirish hamda umumlashtirish usulidir.
Buxgalteriya balansi muayyan davrdagi kompaniyaning aktivlari, majburiyatlari va ustav kapitalini umumlashtirib beruvchi moliyaviy hisobotdir.
Buxgalteriya balansi yordamida korxona va tashkilotlarning o‘ziga taalluqli mablag‘lari, qarzga olingan mablag‘lari, vaqtinchalik foydalanishga olingan mablag‘lari to‘g‘risida aniq ma’lumotga ega bo‘lish mumkin, ikkinchidan mablag‘lar holatini nazorat qilish imkoniyatini bersa, uchinchidan mablag‘ turlarini o‘rganish uchun asos hisoblanadi. Demak, buxgalteriya balansi yordamida korxona va tashkilotlar tasarrufida bo‘lgan mablag‘lar harakati ikki jihat bilan, ya’ni mablag‘larni joylanishi va ularni tashkil topish manbalari bilan taqqoslangan holda o‘rganiladi. Buxgalteriya balansi ikki tomondan, uning chap tomoni aktiv, o‘ng tomoni esa passiv deb aytiladi.
Korxona balansining aktivi tarkibiga quyidagi bo‘limlar kiradi:
I.“Uzoq muddatli aktivlar”; II. “Joriy aktivlar”.
Passivda esa quyidagi bo‘limlar joylashgan:
I. “O‘z mablag‘lari manbalari”; II. “Majburiyatlar”.
Aktivlar6= Passivlar+ Xususiy kapital.
Aktivlar. Aktivlar ma’lum bir shaxs yoki biznes tashkiloti tomonidan egalik qilinadigan, o‘z ichiga naqd pul va ma’lum qiymatga ega bo‘lgan jumladan biznesdagi ko‘chmas mulk, transport vositasi, mebel va jihozlar, inventorlar va boshqa tashkilotlarning ulushi sifatidagi investitsiyalarni qamrab oladi.
Aktivlar ma’lum bir shaxs, biznes tashkilot yoki mamlakat tomonidan egalik qilinadigan hamda kelgusida iqsidoiy foyda keltiruvchi iqtisodiy qiymat.
Joriy aktivlar. Likvidlikni o‘zida namoyon qiladigan naqd pul mablag‘lari joriy aktivlar deyiladi. Naqd pullar, bankdagi pullar, belgilangan depozit tushumlar (BDT), inventar jihozlar, debitorlik qarzlar, qabul qilib olingan banknotalar, qisqa muddatlai investitsiyalar, xodimlarga qarz va avanslari joriy aktiv bo‘lib hisoblanadi. Qo‘shimcha qilib aytadigan bo‘lsak, oldindan to‘langan xarajatlar ham joriy aktivning bir ko‘rinishi hisoblanadi.
Passivlar biznesdagi obligatsiyalar, mavjud bo‘lgan qarzlar yoki tashqi ishtirokchilar va kreditorlarning da’volaridir. Passivlarga kreditorlar (mol yetkazib beruvchilardan kreditga mahsulot olganlar), bank qarzlari, to‘lanmagan biznes qarzlari jumladan, vakolatli foydali xarajatlar va soliq xarajatlari misol bo‘ladi. Majburiyat - bu kompaniyaning moliyaviy qarzi yoki o‘z faoliyati davomida paydo bo‘lgan majburiyatlar. Joriy majburiyatlari8 - joriy aktivlari kabi, joriy majburiyatlar balans tuzilgan kundan boshlab firma tomonidan bir yil ichida to‘lanadigan majburiyatlar hisoblanadi.
Joriy majburiyatlar o‘z ichiga turli kreditorlik qarzlari, to‘lanadigan xarajatlar, to‘lanadigan banknotalar, qisqa muddatli qarzlar, xaridorlardan avans va hokazo.
Xususiy kapital barcha qarzlar va majburiyatlar to‘langandan so‘ng umumiy aktivlarning balans qiymati. Bu balans biznes tashkiloti tomonidan boshqariladi.
Buxgalteriya balansi yordamida korxona mablag‘larining joylanishi va ularining tashkil topish manbalarining bir-biriga tengligi ta’minlanadi, ya’ni balans summasi aktiv va passiv tomonlari bo‘yicha hisob-kitob qilinadi.
Buxgalteriya balansi 60-yillarda aktiv va passiv tomonlari bo‘yicha besh bo‘limdan tashkil topgan bo‘lsa, 80-yillarda 3 bo‘limdan va hozirgi paytda ikki bo‘limdan iboratdir.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2002 yil 27 dekabr №140 sonli buyrug‘iga binoan (AV 24.01.2003 yil №1209) mulkchilik shaklidan qat’iy nazar tadbirkorlik faoliyatini olib borayotgan barcha yuridik shaxslar (bank, sug‘urta va byudjet tashkilotlaridan tashqari) yagona shakldagi buxgalteriya balansini tuzadilar.
Namunaviy shakldagi balansni qisqartirilgan holda quyidagi jadval ko‘rinishida keltirish mumkin. Buxgalteriya balansini qisqacha tuzilishini quyida ko‘rish mumkin.

Yüklə 21,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin