Mavzu: Buxgalteriya hisobini tashkil etish va unga qo’yiladigan talablar



Yüklə 132,05 Kb.
səhifə5/13
tarix07.01.2024
ölçüsü132,05 Kb.
#206866
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Buxgaleriya hisobidan mustaqil ish.

Hisob yuritish siyosati:
Hisob yuritish siyosati deganda, xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarining buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotni tamoyil va asoslariga mos ravishda yuritish hamda tuzish uchun qo‘llaniladigan usullar majmui tushuniladi.Xo‘jalik yurituvchi subyektning hisob siyosati subyekt rahbari tomonidan «Hisob yuritish siyosati va moliyaviy hisobot» nomli 1-son BHMS asosida taqdim etiladigan moliyaviy hisobotning yilma-yil qiyoslanishi uchun tuziladi. Xo‘jalik yurituvchi subyektning hisob yuritish siyosati, foydalanuvchilar ehtiyoji uchun ahamiyatli, ishonchli, tushunarli va oddiy bo‘lishi shart. Aynan shunday faoliyat yurituvchi boshqa subyektlarning moliyaviy hisobotlarini taqqoslash imkoniyatini berishi kerak.Buxgalteriya hisobini yuritish va hisobot tuzishni tashkil qilishning aniq yo‘nalishi bo‘yicha subyekttning hisob yuritish siyosati shakllantirilishida O‘zbekiston Respublikasining Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini qo‘llash lozim.
Korxonaning hisob yuritish siyosatini tanlash va asoslashga quyidagi omillar ta’sir etadi:
• mulkchilik shakli va tashkiliy-huquqiy shakl;
• faoliyat turi yoki tarmoq bo‘ysinuvi; • ishlab chiqarish ko‘lami hamda ishchi xodimlar soni;
• soliq solish tizimi bilan munosabat (imtiyoz va sh.k.);
•bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida harakat qilish erkinligining darajasi;
• moliya-xo‘jalik faoliyatining rivojlanish strategiyasi;
• boshqaruv faoliyatining texnik jihatdan qurollanganligi;• korxonani ma’lumotlar bilan ta’minlashning samarali tizimi mavjudligi;
• buxgalteriya xodimlarining malaka darajasi, korxona rahbarlarining tashabbuskorligi;
• moddiy manfaatdorlik va majburiyatlar bo‘yicha moddiy javobgarlik tizimi.
Hisob siyosatini shakllantirishda buxgalteriya hisobini yuritish uchun tanlangan usullar ma’muriy hujjat e’lon qilingan yildan keyingi yilning 1-yanvaridan boshlab qo‘llaniladi. Hisobot yili davomida yangi tuzilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar bundan mustasno. Yangi tuzilgan xo‘jalik yurituvchi subyekt birinchi hisobotini e’lon qilgunga qadar, o‘zi tanlagan hisob yuritish siyosatini rasmiylashtiradi va uni yuridik shaxs maqomini olgan vaqtdan boshlab, 90 kun ichida amalga oshiradi. Kalendar yili davomida hisob yuritish siyosati o‘zgartirilmaydi. Xo‘jalik yurituvchi subyektning hisob yuritish siyosati 1-son BHMAning 16—50-bandlarida va «Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etishning konseptual asoslari»da keltirilgan asosiy tamoyillarga asosan aniqlanishi kerak.
2.O’zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Qonuni va uning ahamiyati.
O’zbekiston Respublikasining 2016 yil 13 apreldagi O’RQ-404-sonli ““Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish haqida”gi Qonuniga muvofiq, “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Qonuni yangi tahriri tasdiqlandi.
Mahlumki, “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi) 1996 yil 30 avgustda qabul qilingan bo’lib, unga faqat ikki marta o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilgan edi.Qabul qilingan yangi Qonunda mamlakatda o’tkazilgan izchil iqtisodiy islohatlar natijasida iqtisodiy hayotda va qonunchilikda yuz bergan o’zgarishlar mohiyatini hamda o’tgan davrda buxgalteriya hisobi tizimida vujudga kelgan masalalarni yechimini topishda yig’ilgan milliy va xalqaro tajribalar hisobga olindi.Avallo shuni tahkidlash joizki, mamlakatimiz buxgalteriya hisobi tizimining huquqiy asosi mavjud bo’lganligi sababli, mazkur Qonun buxgalteriya hisobini tashkil qilish asosini tubdan o’zgartirmadi balki uni amalga kiritilgan yangi qonun hujjatlari va buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari talablari bilan muvofiqlashtirdi hamda amaldagi Qonunning kamchiliklarini bartaraf etdi.
Ushbu Qonunga, shu bilan birga yangi 9 ta yangi modda va deyarli barcha moddalariga (24-moddadan tashqari) tegishli o’zgartirishlar kiritildi.Mahlumki, buxgalteriya hisobining bosh maqsadi - buxgalteriya hisobi mahlumotlari asosida tayyorlanadigan moliyaviy hisobotdan keng doiradagi foydalanuvchilarning manfaatlarini to’laroq qondirishdan iborat bo’ldi.
Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun Qonunda tartibli tizim sifatida buxgalteriya hisobi tushunchasi va uning elementlari, buxgalteriya hisobi subhektlari va obhektlari, masg’ul shaxslarning huquq va majburiyatlarini ajratish hamda buxgalterlar jamoat birlashmalarining huquqiy maqomini aniq belgilash yo’li orqali buxgalteriya hisobini tashkil qilish va yuritish hamda ichki nazorat tizimini tahminlash bo’yicha xo’jalik yurituvchi subhekt va buxgalteriya xizmati rahbarlarining mashuliyatini oshirishga qaratilgan qator normalar kiritildi.
Xususan, Qonunning amaldagi tahririda mavjud bo’lmagan Qonunning maqsadi (1-modda) va buxgalteriya hisobi tushunchasi (4-modda) hamda buxgalteriya mahlumotlarini aniq belgilashni (5-modda) nazarda tutuvchi yangi moddalar kiritildi. Bu esa hisob yuritish tamoyillarini, uning maksadi va vazifalarini yanada to’liq ochib berdi va o’z navbatida, buxgalteriya hisobi tizimining shaffofligi va to’liqligini oshirishga yordam beradi.
3-modda. Buxgalteriya hisobining asosiy printsiplari: Qonunning 3-moddasida zamonaviy huquqni qo’llash amaliyotini hisobga olgan holda eski hujjatning 6-moddasida belgilangan 11 ta asosiy printsiplarning bahzilari boshqa moddalarning alohida normalari sifatida chiqarilganligi va bahzilari esa bir xil mazmun kasb etganligi sababli, uzluksizlik, ishonchlilik va ko’rsatkichlarning qiyoslanuvchanligi qoidalar buxgalteriya hisobining asosiy printsiplari sifatida belgilandi.Masalan, buxgalteriya hisobini ikki yoqlama yozuv usulida yuritish 4 va 15-moddalarda, aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy baholanishi 4 va 17-moddalarda, xo’jalik operatsiyalari, aktivlar va passivlarning pulda baholanishi 17, 18 va 19-moddalarda, hisoblash va hisobot davri daromadlari va xarajatlarining muvofiqligi printsiplari 18-moddada aks ettirilgan bo’lsa, - aniqlik, oldindan ko’ra bilish (ehtiyotkorlik), mazmunning shakldan ustunligi va moliyaviy hisobotning betarafligi kabi qoidalar esa ishonchlilik printsipining mazmunini ifodalaydi. SHu bois, ular alohida mustaqil printsiplar sifatida qayd etilmadi.
6-modda. Buxgalteriya hisobi subhektlari: Qonunchilikka muvofiq hisob yuritishi shart bo’lgan buxgalteriya hisobi subhektlari ro’yxatini aniqlashtirildi. Ushbu moddaga doimiy muassasa ko’rinishidagi solik to’lovchi hisoblangan chet ellik yuridik shaxslarning O’zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko’rsatuvchi filiallari, vakolatxonalari va boshqa tarkibiy bo’linmalari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda hisob yuritishi va hisobot taqdim etishini nazarda tutuvchi qo’shimchalar kiritildi.
7-modda. Buxgalteriya hisobi obhektlari: Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlarining Kontseptsiyasiga ko’ra, moliyaviy hisobotlarning element (obhekt) lari bo’lib aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, zaxiralar, daromadlar, xarajatlar hisoblanadi. SHu bois, Qonunning 7-moddasi ushbu talablarga moslashtirildi. Bundan tashqari, milliy va xalqaro amaliyotda “asosiy aktivlar” tushunchasi qo’llanilmasligi va uning o’rniga “uzoq muddatli aktivlar” tushunchasi ishlatilishi bois buxgalteriya hisobi sohasidagi tushunchalar amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqlashtirildi. Yahni, mazkur moddada ham uzoq muddatli ham joriy aktivlar tushunchasini qamrab oladigan umumiy bo’lgan “aktivlar” tushunchasi kiritildi.
8-modda. Sintetik va analitik hisob: Qonunni tarkibiy jixatdan takomillashtirish hamda sintetik va analitik hisob tushunchalari barcha xo’jalik yurituvchi subhektlar va davlat organlari tomonidan bir xilda talqin qilinishini tahminlash maqsadida, sintetik va analitik hisob alohida modda sifatida ajratildi.
9-modda. Buxgalteriya hisobi va hisobotini tartibga solish: Byudjet kodeksi talablari hamda byudjet tizimining byudjetlari ijrosi hususiyatidan kelib chiqib, ushbu moddaning mazkur qismi aniqlashtirildi va unga quyidagi mazmundagi yangi qism kiritildi: “Byudjet tashkilotlarining hamda davlat maqsadli jamg’armalarining buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotini tartibga solish byudjet hisobi standartlari hamda boshqa qonun hujjatlari asosida amalga oshiriladi.”
Mahlumki, O’zbekiston Respublikasining "O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’g’risida"gi Qonunning 51-moddasida Markaziy bankning bank operatsiyalarini amalga oshirish, buxgalteriya hisobi va bank statistika hisobotini yuritish, yillik hisobotlar tuzish yuzasidan banklar uchun majburiy bo’lgan qoidalarni hamda moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish, buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish yuzasidan mikrokredit tashkilotlari uchun majburiy bo’lgan qoidalarni o’rnatish bo’yicha vakolati belgilangan.
SHu bois, mazkur moddaning banklarga taaluqli qismi quyidagi yangi tahrirda berildi: Banklar va boshqa kredit tashkilotlarining buxgalteriya hisobi hamda hisobotini tartibga solish O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Yüklə 132,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin