Mavzu: Buxgalteriya hisobini tashkil etish va unga qo’yiladigan talablar


Korxonalarda buxgalerya hisobini tashkil qilish va yuritsh



Yüklə 132,05 Kb.
səhifə2/13
tarix07.01.2024
ölçüsü132,05 Kb.
#206866
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Buxgaleriya hisobidan mustaqil ish.

Korxonalarda buxgalerya hisobini tashkil qilish va yuritsh: O‘zbekiston Respublikasida davlat mustaqilligi qo‘lga kiritil-gandan buyon buxgalteriya hisobi tizimini bozor iqtisodiyoti va moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari talablariga mu-vofiqlashtirish maqsadida bosqichma-bosqich isloh qilinmoqda. Buxgalteriya hisobini isloh qilish bozor iqtisodiyoti tizimitamoyillari bo‘yicha o‘tkaziladigan iqtisodiy islohotlarning asosiyelementlaridan biri hisoblanadi. Bozor iqtisodi sharoitida buxgal-teriya hisobi faqat hisob-kitob va statistik vazifalarni bajaribginaqolmay manfaatdor tomonlar obyektiv va asoslangan qaror qabulqila olishi uchun xo‘jalikni boshqaruvchi subyektning faoliyatihaqida axborot oluvchi, ularni qayta ishlab beruvchi sohagaaylanadi. Buxgalteriya hisobi tizimini huquqiy boshqarish – muomalada qatnashuvchilarning buxgalteriya hisobi sohasida qonunchilik me’yorlarida ko‘zda tutilgan huquq va majburiyatlari bo‘libtalab majburiyat, ruxsat etilgan huquq tarzidagi boshqaruv for-masidir.Buxgalteriya hisobi tizimidagi huquqiy boshqarish tarkibiga huquq me’yorlari, huquqiy munosabatlar, yuridik javob-garlik kabi qator elementlar kiradi. O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobi tizimlariuchun «Buxgalteriya hisobi haqida »gi qonun asosiy huquqiy baza hisoblanadi.Qonunda buxgalteriya xizmati mutaxassislari sohabo‘yicha korxonalar rahbarlarining huquq va majburiyatlari bux-galteriya hisobi tizimining asosiy maqsadlari, vazifalari va tamoyillari, buxgalteriya faoliyatini tashkil qilish, asosiy yo‘nalishlariva hisobot tayyorlash kabilar belgilab qo‘yilgan. Mavjud xalqaroamaliyot buxgalteriya hisobini to‘rt darajali me’yoriy boshqarishtizimini ko‘zda tutadi.
Birinchi daraja– qonunchilik aktlari, masalan «Buxgalteriyahisobi haqida»gi qonun.
Ikkinchi daraja– asosiy qoidalar yig‘indisi, ya’ni buxgalteriya standartlari. Bu darajada buxgalteriya hisobi bilan bog‘liqshaxslar bir xilda faoliyat yuritishlari uchun asosiy buxgalteriya tushunchalari va tamoyillari (qoidalari) belgilanadi. Dunyo amalliyotida hozircha 30 dan ortiq standartlar belgilangan.
Uchinchi daraja - mamlakat bo‘yicha turli muassasalardagi har xil tarmoqlarda buxgalteriya hisobini yuritish borasida ishlab chiqilgan turlicha uslubiy ko‘rsatma va tavsiyanomalar.

Yüklə 132,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin