Mavzu: Buxgalteriya hisobining nazariy va amaliy muammolari Reja: kirish i-bob. Korxonalarda buxgalteriya hisobi yuritishning ahamiyati


Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy etishning tashkiliy asoslari



Yüklə 51 Kb.
səhifə9/12
tarix22.05.2023
ölçüsü51 Kb.
#119204
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
buhgalteriya

2.3. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy etishning tashkiliy asoslari
Jahonda keng tarqalayotgan hamda pandemiya darajasiga chiqqan masalalardan biri koronavirus epidemiyasi hisoblanadi. Ushbu kasallik bo‘yicha bugungi kunda dunyo miqyosida bemorlar soni 253 million nafarga yetdi va shundan 5,1 million kishi vafot etdi. Ushbu kasallik oqibatida dunyo iqtisodiyotini rivojlanishi darajasini pasayishi va uning ta’sirini to‘g‘ri hisobga olishda va buxgalteriya hisobida uning ta’sirini inobatga olish maqsadida moliyaviy hisobotning xalqaro standartlaridan keng foydalanishni taqoza qiladi. Chunki iqtisodiyotning o‘sishi darajasini pasayishiga ob’ektiv omillarning ta’sirini, ya’ni koronavirus pandemiyasini ta’sirini alohida ajratib olish zarariyati vujudga keladi.
Ushbu sharoitda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy etilishi natijasida aksiyadorlik jamiyatlarining daromadlilik, rentabellik va foydalilik darajasini past ekanligi yaqqol ko‘rinib qolishiga olib keladi. Bunga sabab bo‘lgan omil sifatida moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy etilishi emas, balki koronavirus pandemiyasining ta’sirini hisoblash lozim. Jahondagi integratsiya jarayoni turli mamlakatlarning moliyaviy hisobotlarini bir xil tushunish va tahlil qilish imkonini berishi uchun hamda moliyaviy risklarning ta’sirini bir xil metodikada hisoblash bo‘yicha muammolarni yechimini topish uchun moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy etish lozim.
Ayniqsa moliyaviy hisobotning xalqaro standartiga o‘tish bo‘yicha keyingi yillarda, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4611 son 2020yil 24 fevraldagi “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarorida shunday ta’kidlab o‘tilgan:
Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tishni jadallashtirish orqali xorijiy investorlarni zarur axborot muhiti bilan ta’minlash va xalqaro moliya bozorlariga kirish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, hisob va audit sohalari mutaxassislarini xalqaro standartlar bo‘yicha tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida:
1. Belgilansinki, aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, sug‘urta tashkilotlari va yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritilgan yuridik shaxslar:
2021 yil 1yanvardan boshlab, MHXS asosida buxgalteriya hisobi yuritilishini tashkil etadi va 2021 yil yakunlaridan boshlab moliyaviy hisobotni MHXS asosida tayyorlaydi, qonun hujjatlarida MHXSga o‘tishning ertaroq muddatlari nazarda tutilgan yuridik shaxslar bundan mustasno;
Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq moliyaviy hisobotni ixtiyoriy ravishda MHXSga muvofiq tayyorlaydigan tadbirkorlik sub’ektlari buxgalteriya hisobining milliy standartlari bo‘yicha moliyaviy hisobot taqdim etishdan ozod etiladi1. Demak aksiyadorlik jamiyatlari 2021 yil 1 yanvardan boshlab, MHXS asosida buxgalteriya hisobi yuritilishini tashkil etadi va moliyaviy hisobotlarini xalqaro standartlar asosida taqdim etadi.
Moliyaviy hisobotning Xalqaro Standartlari (MXHS) va uning Konseptual asosi buxgalteriya hisobining boshlang‘ich asosi ya’ni umumiy buxgalteriya hisobining nazariyasi bilan bog‘liq masalalarning yechimidan boshlanadi va unda uning asosi ishlab chiqilganligini ko‘rishimiz mumkin. MXHSning bugungi kundagi jahon iktisodiyotida tutgan o‘rni va maqomiga qaramay, u nazariy jihatdan buxgalteriya hisobining ajralmas bir qismi ya’ni uni tashkil etish asosi bo‘lib qolaveradi.
Ma’lumki, har qanday nazariyaning vujudga kelishi amaliyotning u yoki bu talabiga bo‘lgan javobdir. Binobarin, buxgalteriya hisobi nazariyasi ham tadbirkorlik (biznes)ning o‘zaro munosabatlarining talabidan kelib chiqadi.
Bugungi kundagi zamonaviy buxgalteriya hisobi nafaqat hisob yuritishning texnik ko‘nikmalariga ega bo‘lishi, balki xo‘jalik sub’ektining boshlang‘ich hisobidan to moliyaviy holatini to‘la taxlil qilish, uni iktisodiyotni erkinlashtirishning murakkab qonuniyatlari bilan bog‘lab boshqarish, vaziyatlarni to‘g‘ri baholash va samarali xulosa chiqarish qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim.
Bugungi kunda Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlaridan tashqari AQSh, Buyuk Britaniya, Kanada kabi yirik davlatlarda buxgalteriya hisobining umumiy tamoyillari hisoblangan SAAR standartlaridan foydalaniladi. Ushbu standartlarning yaratilishi va amaliyotga joriy etilishiga mamlakatning nafaqat buxgalteriya hisobi bilan bevosita shug‘ullanuvchilar, balki barcha iqtisodiy yo‘nalishda faoliyat yurituvchilarning faoliyatiga bevosita ta’sir qiladi va ularni ushbu buxgalteriya hisobi tizimi asosida yuritish tartibini majbur qilib qo‘yadi. Bundan tashqari, mamlakatda buxgalteriya hisobining tashkiliy asosi va uning nazariyasini rivojlantirishda buxgalteriya hisobi xalkaro standartlarining umumiy konsepsiyasini yaratishda yagona yondashuv qoidalarini ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Har bir mamlakatdagi mavjud siyosiy, iqtisodiy va xuquqiy sharoitlar buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tayyorlash tamoyillariga o‘z ta’sirini o‘tkazadi.
Turli mamlakatlarning milliy talablari o‘rtasidagi ziddiyatlar, ularning moliyaviy hisoboti o‘rtasida farqlarni ham vujudga keltiradi. Bunday tafovutlar moliyaviy hisobot elementlarining, ya’ni aktivlar, majburiyatlar, kapital, daromad va harajatlarniig turlicha ta’riflanishiga olib keladi. Ma’lumki, har kanday investor va kreditor yoki boshqa qarz beruvchi biror korxonaga resurslar ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilishi lozim. Foydalanuvchilarning qanday qaror qabul qilishlari qilingan investitsiyalardan kutilayotgan dividendlar, asosiy qarz summasi, foiz to‘lovlari yoki bozor narxlarining oshishi ko‘rinishida daromadlarga bog‘lik. Binobarin, foydalanuvchilarning maqsadi ulushli va qarz instrumentlarini harid qilish, sotish yoki saqlab turish hamda kreditlar va boshka qarz turlarini ajratish yoki so‘ndirish to‘g‘risidagi qarorlar qabul qilishdan iborat. Ular qaror qabul qilishdan oldin o‘zlari investitsiya kiritayotgan tadbirkor to‘g‘risida moliyaviy axborotga ega bo‘lishlari lozim.

Yüklə 51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin