Mavzu: Buxoro viloyatining iqtisodiy geografik tavsifi



Yüklə 0,78 Mb.
səhifə6/11
tarix28.11.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#167827
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Buxoro viloyatining iqtisodiy frdavis

Ijtimoiy sohalari. Har qanday hududning to’liq, atroflicha (kompleks)
rivojlanishi ijtimoiy sohalarga ham bog’liq, chunki bu sohalar kishilarning hayot
kechirishi, ta’limi, sog’ligini yaxshilash, dam olishi va bo’sh vaqtidan samarali
foydalanishga karatilgan. Buxoro viloyatida nomoddiy ishlab chiqarishda jami
band aholining 31,7 foizi xizmat qiladi.
Aholi, mehnat resurslari, ulardan samarali foydalanish, yangi ish o’rinlarini
yaratish, turli xil xizmatlarni amalga oshirish kabilar ijtimoiy rivojlanish doirasiga
kiradi. Masalan, 2009-yilda viloyatda 72.9 ming, 2010-yilda 73,2 ming, 2013-yilda
74,3 ming yangi ish o’rinlari yaratilgan, uning yarmiga yaqini KB va XT-ga to’g’ri
keladi. Bu esa hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, “Qishloq” davlat dasturini
amalga oshirishda katta ahamiyat kasb etadi.
Kishi jon boshiga hisoblanganda, chakana savdo aylanmasi Qorovulbozorda
eng yuqori. Hududiy tarkibda esa, Buxoro shahrini hisobga olmaganda (chunki, u
ayni vaqtda muhim savdo markazi bo’lganligi sababli, bu ko’rsatkich yuqori
bulishi mumkin), G’ijduvon tumani oldinda- 18,0 %. Pullik xizmatlar ham asosan
viloyat markazida yuqori, qishloq tumanlarida esa o’rtacha darajadan past. Buxoro
shahriga jami pullik xizmatlar hajmining 36,4 %, G’ijduvon tumaniga uning 12,1
foizi to’g’ri keladi. Qoravo’lbozor, Kogon, Olot tumanlarida esa bu soha kamroq
rivojlangan.
Aholining salomatligi, uy-joy sharoiti ko’p jihatdan tabiiy gaz, toza ichimlik
suvi bilan ta’minlanganligiga bog’liq. Ayniqsa, cho’l sharoitida suv masalasi
nihoyatda muhimdir. Viloyatda markazlashgan suv tarmog’i bilan 85,0 % aholi
ta’minlangan. Bu ko’rsatkich Qoravulbozor tumanida 100 foiz bo’lgani holda, u
Qorako’l, Jondor, Olot, G’ijduvon tumanlarida ancha past. Mazkur holat, xususan,
ushbu tumanlarning cho’l hududlarida nochorroq. Bu, o’z navbatida, nosog’lom
nozogeografik vaziyatni ham keltirib chiqaradi. Ma’lumki, qadimdan Buxoroga
xos endemik kasalliklar ayni suv muammosi orqali kelib chiqqan (bezgak, teri
kasalliklari va b.). Shuning uchun ham, viloyatda hovo’z madaniyati, sardobalarni
qurish azaldan rivojlangan bo’lgan.Tabiiy gaz bilan ta’minlanish viloyatda o’rtacha
98,8 % va bu ko’rsatkich Buxoro shahri va tumani, Qoravulbozor va G’ijduvonda
100%dir. Ammo, Olot va qisman Shofirkon tumanlarida barcha xonadonlar ham
bunday imkoniyatlarga ega emas. Viloyatda uy-joy har bir kishiga 14,5 kv.
metrdan to’g’ri kelsa, Qorvulbozor, Qorako’l va Romitan tumanlarida bu
ko’rsatkich yuqoriroq.
Aholiga jami 81 ta tibbiyot muassasalari xizmat ko’rsatadi, bemor o’rinlari
har 10 ming kishiga 44,4 ta, shu jumladan, Vobkentda u 73, Qoravo’lbozor
tumanida 56 tani tashkil qiladi. Qolgan hududlarda kasalxona o’rinlari bilan
ta’minlanish darajasi biroz past. Albatta, dunyoga tibbiyot ilmining mashhur
namoyondasi - Abu Ali ibn Sinoni bergan (Avitsena) bu hudud uchun bunday
vaziyatni ijobiy baholab bo’lmaydi. Viloyatda har 10 ming kishiga 30,8 ta vrach,
126,3 nafar o’rta meditsina xodimlari xizmat ko’rsatishadi.Ambulatoriya
poliklinika muassasalar soni 486 tani, Ambulatoriya –poliklinika muassasalari
quvvati bir smenada qatnovlar soni, 21,4 ming kishi, har 10000 aholiga 113,6 kishi
to’g’ri keladi. Jami shifokorlar soni 5,8 ming kishini,bitta shifokorga to’g’ri
keladigan aholi soni 324,2 ming kishini, o’rta tibbiy xodimlar soni 23,7ming
kishi,bitta o’rta tibbiy xodimga to’g’ri keladigan aholi soni 79,2 kishini tashkil
etadi (2018y). Olot, Qorako’l, Buxoro tumanlarida bu ko’rsatkich pastroq,
Peshkuda eng yuqori. Qoravulbozor tumani respublikamizda sil kasalligining
nozogeografik uchoqlaridan biri hisoblanadi.Qishloq vrachlik punktlari hammasi
bo’lib 342 ta yoki har bir tumanga 31,2 tadan. Agar viloyatda jami 1471 ta qishloq
aholi punkti mavjudligi e’tiborga olinsa, vaziyat o’z -o’zidan ma’lum bo’ladi. Shu
nuqtai nazardan, ta’lim geografiyasi, xalq ta’limi muassasalarining hududiy tashkil
etilishida ham ayrim muammolar mavjud. Buxoro viloyatida 2018/2019-o’quv
yilida umumta’lim maktablari soni 539 ta, ularda 313,6 nafardan o’quvchi ta’lim
olgan. Mehnat resurslaridan foydalanish, malakali ishchi kadrlarni tayyorlashda
kasb-xunar kollejlarining o’rni katta. Buxoro viloyatida ularning soni 81 ta,
talabalar – 38,6 ming kishi. Akademik litseylar 6 ta, talabalar soni 3,7 kishi.
Yuqori malakali kadrlar viloyatdagi mavjud 5 ta, jumladan, Buxoro Davlat
universitetida tayyorlanadi.
Mintaqa ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida turizmning ahamiyati katta. Buxoro
shahridagi Ark, Labi Hovo’z , Minorai Kalon, Somoniylar maqbarasi, viloyat
markazi yaqinida joylashgan Bahovuddin Naqshband, Sitorai-Mohi Xossa, Chor
Bakr ansambllari G’ijduvon shahridagi Abduxoliq G’ijduvoniy maqbarasi,
shuningdek, Vobkent, Romitan va boshqa tumanlardagi qadamjo va ziyoratgohlar
ming-minglab sayyohlarni o’ziga jalb etadi. Qolaversa, cho’l landshafti ham o’ziga
xos turistik ahamiyatga ega.

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin