Mavzu: buxoro xonligining ijtimoiy-siyosiy tuzumi va huquqiy tizimi



Yüklə 24,93 Kb.
səhifə1/5
tarix10.05.2023
ölçüsü24,93 Kb.
#110884
növüReferat
  1   2   3   4   5
Jiyan Referat


Referat
mavzu: BUXORO XONLIGINING IJTIMOIY-SIYOSIY TUZUMI VA HUQUQIY TIZIMI


bajardi: Xodiyev Temurbek
BUXORO XONLIGINING IJTIMOIY-SIYOSIY TUZUMI VA HUQUQIY TIZIMI


Reja:
1. Buxoro xonligining tashkil topishi.
2. Buxoro xonligining ijtimoiy tuzumi.
3. Buxoro xonligi davrida markaziy va mahalliy hokimiyat hamda boshqaruv organlari.
4. Buxoro xonligi huquqining asosiy belgilari.
Buxoro xonligining tashkil topishi
XVIII asrning birinchi yarmida davom etgan o'zaro feodal urushlar va qo'zg'olonlar Buxoro xonligini talon-toroj qilib qolmasdan, balki fnamlakatning iqtisodiy va siyosiy qudratini ham pasaytirdi.
Bu davrda xonlik boshqaruvi tizimida ashtarxoniy hukmdorlarining ^avqeyi pasayib, mang'it urug'larining siyosiy faolligi kuchayib oorayotgan edi. So'nggi ashtarxoniylar Abulfayzxon Buxoroda 1711-1747-yillarda nomigagina xon edi. Uning davrida mamlakat asosan mang'it urug'idan chiqqan otaliq Muhammad Hakimbiy tomonidan boshqarilardi.
1747-yilda Abulfayzxon bir guruh fitnachilar tomonidan o'ldirildi Muhammad Hakimbiy ham tez orada vafot etdi. Davlat ishlari Muhammad ■ Hakimbiyning o'g'li Muhammad Rahimbiy qo'liga o'tdi
Muhammad Rahimbiy Buxoroda cheklanmagan hokimiyatga egbo'ldi. Lekin u Chingiz urug'idan bo'lmaganligi sababli o'zini xon deb atashga jur'at etmadi.
O'z hukmronligini qonunlashtirish uchun Muhammad Rahimbiy Abulfayzxonning kichik o'g'li Abdulmo'minga o'z qizini berdi va uni taxtga o'tqazdi. Oradan bir yil o'tgach Muhammad Rahimbiy Abdulmo'minni qatl ettirdi va uning o'rniga juda yosh bo'lgan Ubaydulla Sultonni Buxoro taxtiga chiqardi. Oradan oz vaqt o'tmay Muhammad Rahimbiy uni ham yo'q qilib Buxoroda yakka va mustaqil hukmronga aylandi. Muhammad Rahimbiy hukmronligi davridan boshlab Buxoro xonligi amirlik deb atala boshlandi.
Shunday qilib, Muhammad Rahimbiy 1753-yilda Buxoro taxtini egalladi. U o'ziga qarshi isyon ko'targan Shahrisabz, Urgut, Jizzax, O'ratepa, Xo'jand, Toshkent va boshqa bekliklarda mavqeyini mustahkamlab olgach, o'zini amir deb e'lon qildi. Shu tariqa, Buxoroda mang'itlar sulolasi hukmronligi (1753-1920) qaror topdi. Shundan e'tiboran poytaxti Buxoro bo'lgan davlat Buxoro amirligi deb atala boshlandi.
1756-yil 17-dekabrda 4 o'zbek urug'i (mang'itlar, bahrinlar, xitoy-qipchoqlar, saroylar) amirlari Muhammad Rahimbiyni oq kigizda ko'tardilar. Mang'itlar sulolasidan chiqqan oliy hokim Muhammad Rahimbiy amirlik unvonini olgach, Buxoro amirligini yakka hokimlik asosida boshqardi va yirik zodagonlarning davlatni boshqarish ishlariga aralashishlariga imkon bermadi.



Yüklə 24,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin