Mavzu: Buyuk erkinlik hartiyasi va uning tarixiy ahamiyati



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə4/5
tarix01.06.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#121591
1   2   3   4   5
Buyuk erkinlik hartiyasi va uning tarixiy ahamiyati.

Angliyada qirol Richard I (1189-1199) va Ioann Yersiz (1199-1216) davrida qirol hokimiyati zaiflashib qoldi. Qirol Richard I Angliyada deyarli yashamadi. U taxtga oʻtirgach qilichini yalangʻochlab, Sharq tomonga ot surdi. Qirol Richard I salib yurishlarida va Fransiyaga qarshi boʻlgan urushda qatnashib umr oʻtkazdi. Shuning uchun ham tarixchilar uni solnomalarda “Richard Sheryurak” deb atashadi.

Angliyada qirol Richard I (1189-1199) va Ioann Yersiz (1199-1216) davrida qirol hokimiyati zaiflashib qoldi. Qirol Richard I Angliyada deyarli yashamadi. U taxtga oʻtirgach qilichini yalangʻochlab, Sharq tomonga ot surdi. Qirol Richard I salib yurishlarida va Fransiyaga qarshi boʻlgan urushda qatnashib umr oʻtkazdi. Shuning uchun ham tarixchilar uni solnomalarda “Richard Sheryurak” deb atashadi.

Erkinlik uchun kurashning boshlanishi

Erkinlik uchun kurashning boshlanishi

  • Papa bilan toʻqnashuvdagi muvaffaqiyatsizlik mamlakatda qirolning obroʻ-eʼtiborini juda pasaytirib yubordi. Bu ham yetmaganidek, 1214-yilning 27-iyul kuni Bouvine jangida Angliya qoʻshinlari qaqshatqich magʻlubiyatga uchrab, Fransiyadagi mulklaridan mosuvo boʻldi. Shunday bir sharoitda qirol Ioann xalqqa katta soliq soldi. Qirol va uning amaldorlari tomonidan qilingan har xil tamagirliklar, nohaq soliq yigʻishlar va zoʻravonliklar jamiyatdagi barcha qatlam vakillarining noroziligiga sabab boʻldi.
  • Qirolning bu talablari ayniqsa ingliz zodagonlarini gʻazablantirib yubordi. Birinchi boʻlib Shimoliy baronlar katta soliq toʻlashdan qatʼiy bosh tortdi. Ularga boshqa feodallar ham qoʻshildi. 1215-yilning yozida Ioannga qarshi qoʻzgʻolon koʻtarildi. Qoʻzgʻolonda eng yirik baronlar, ritsarlar, hatto London shahri aholisi ham qatnashdi. Natijada qirol yengildi. 1215-yil 15-iyul kuni qirol Ioann “Buyuk erkinlik xartiyasi” deb nomlangan siyosiy hujjatga imzo chekishga majbur boʻldi.

Buyuk ozodlik xartiyasi qanday hujjat?

Buyuk ozodlik xartiyasi qanday hujjat?

  • Buyuk ozodlik xartiyasi 63 moddadan iborat katta siyosiy hujjat boʻlib, u lotin tilida yozilgan. Xartiya asosan feodallar sinfining manfaatlarini koʻzda tutuvchi koʻpdan-koʻp yon berishlar va imtiyozlarni oʻz ichiga olgan. U baron va feodallarga yerlarini oʻz avlodiga meros qilib qoldirishni hamda qirolga odatdagidek toʻlov toʻlashni taqozo qilar edi. Baronlarga imtiyozli boʻlgan tenglar sudi (perlar sudi) topshirildi. Xartiyaning 38-moddasiga koʻra, tenglar sudining qonuniy hukmidan va mamlakat qonunlaridan tashqari mamlakatdagi birorta erkin kishi qamoqqa olinmaydigan, avaxtaga tashlanmaydigan, mol-mulkidan mahrum etilmaydigan boʻldi. Bu modda avvalo feodallarga tegishli edi.

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin