Mavzu: Byudjet-soliq sektori va uning tarkibi Reja: Kirish


O’zbekistonda budjet-soliq siyosati va uni aniqlash tartibi



Yüklə 418,82 Kb.
səhifə3/7
tarix10.06.2023
ölçüsü418,82 Kb.
#127957
1   2   3   4   5   6   7
Mavzu Byudjet-soliq sektori va uning tarkibi Reja Kirish

2.O’zbekistonda budjet-soliq siyosati va uni aniqlash tartibi

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasining yig‘ilishida 2021soliq va byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining loyihasi atroflicha muhokama qilindi.


2018-yilgi byudjet va soliq siyosatini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari 2017-2021-yillarda mamlakatimizni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalardan kelib chiqqan holda.hakllantirilganligi.a’kidlandi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti loyihasining Davlat byudjeti daromadlari yalpi ichki mahsulotga nisbatan 21,4 foizni tashkil etadi. Davlat byudjetiga tushumlar yalpi ichki mahsulot nominal o‘sishiga mos ravishda 25,9 foiz ortishi kutilayotganligi qayd etildi.
Asosiy moliyaviy hujjatda 2018-yilda yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qat’iy belgilangan soliq stavkalarini pasaytirish, jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliq yuki darajasini fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan hisobraqamlariga ajratma miqdorini 1 foizdan 2 foizgacha oshirish hisobiga kamaytirish.ko‘zda;utilmoqda.
Iqtisodiyot xarajatlarining asosiy qismini tashkil etayotgan 2 trillion 741,8 milliard so‘m hajmdagi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining suv xo‘jaligi obyektlarini saqlash xarajatlari bilan bog‘liq masalaga fraksiya a’zolari alohida e’tibor qaratdi. Bunda joriy yilga nisbatan 9,4 foiz o‘sish bilan yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,9 foiz miqdorida belgilash nazarda tutilmoqda.
Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasining 2018-yilgi prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-2022-yillar davrida sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida belgilangan maqsadli parametrlar asosida prognoz qilingan. Dastur doirasida Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasidan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tadbirlari uchun yilda 553,4 milliard so‘m mablag‘ ajratish rejalashtirilmoqda.
E’tiborga molik jihati, ushbu tadbirlarni amalga oshirish natijasida 276 ming gektar sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holati yaxshilanishiga, shuningdek, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hosildorligi hamda fermer xo‘jaliklarining daromadlari,oshishiga,erishiladi.O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi fraksiyasining yig‘ilishida soliq siyosatining asosiy yo‘nalishlari muhokamasi chog‘ida xo‘jalik yurituvchi subyektlar va aholi daromadlariga soliq yukini yanada kamaytirish, soliq solish tizimini soddalashtirish, mahalliy byudjetlar daromadlar bazasini mustahkamlash, soliq qonunchiligiga soliq nazorati talablarini ta’minlaydigan qo‘shimcha mexanizm va instrumentlarni kiritish yo‘li bilan soliq ma’murchiligini yaxshilash va soliqlarning yig‘iluvchanligini oshirish ko‘zda tutilayotganligiga alohida e’tibor qaratildi.2018-yilgi Davlat byudjeti loyihasida madaniyat sohasi uchun xarajatlar 693,7 milliard so‘mni tashkil etayotgani, jumladan, milliy kino mahsulotlarini ishlab chiqish uchun 30 milliard, mamlakatimizning me’moriy-tarixiy, ijtimoiy-madaniy va turizm salohiyatini asrab-avaylash, shuningdek, yanada ommalashtirish va targ‘ib qilish maqsadida, madaniy va arxeologiya merosi obyektlarida konservatsiyalash va restavratsiya qilish ishlarini o‘tkazish bo‘yicha dasturni moliyalashtirish uchun 38,7 milliard so‘m mablag‘ ajratilayotganligi aytildi.
Muhokamalar chog‘ida «O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan» tamg‘asi ostida jahon bozoriga mahsulot chiqarishga hamda import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarishga ahd qilgan mahalliy ishlab chiqaruvchilarni har jihatdan qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni tizimli davom ettirish,zarurligi,qayd,etildi.
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi yig‘ilishida loyiha xarajatlarining ijtimoiy yo‘naltirilganligi ta’kidlandi. Xususan, arzon uy-joylar barpo etish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, aholining hayot sharoiti yaxshilanishini ta’minlovchi yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish, aholini ijtimoiy himoyalashning manzilliligini va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratildi.
Ta’lim xarajatlari o‘tgan yilga nisbatan 22,9 foiz o‘sishi rejalashtirilgan. Xususan, mazkur mablag‘lar 260 maktabgacha ta’lim muassasasini yangidan qurish va rekonstruksiya qilish, 157 muassasani mukammal ta’mirlash va jihozlash, maktabgacha ta’lim muassasalarini joriy saqlash hamda oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirishga yo‘naltiriladi. Bu esa ta’lim sifatiga o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatishi shubhasiz. Prognoz yilda sog‘liqni saqlash xarajatlari 9,6 trillion so‘mni tashkil etib, oldingi yilga nisbatan 30,9 foiz o‘sgan. Bu esa mazkur tizimni isloh qilish va aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish yuzasidan qabul qilingan dasturlar doirasida barcha tadbirlarning moliyalashtirilishini va aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish imkonini beradi.
Kelgusi yilda tibbiyot muassasalari, birinchi navbatda, oilaviy poliklinikalarni dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni yaxshilash uchun shoshilinch va tez tibbiy yordam muassasalariga 915,4 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirish,ko‘zda,tutilgan.



Yüklə 418,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin