Mavzu: Byudjet-soliq sektori va uning tarkibi Reja: Kirish



Yüklə 418,72 Kb.
səhifə1/7
tarix06.05.2023
ölçüsü418,72 Kb.
#108658
  1   2   3   4   5   6   7
golib kurs


Mavzu: Byudjet-soliq sektori va uning tarkibi
Reja:
Kirish
1.Byudjet-soliq siyosatining iqtisodiy mohiyati va ahamiyati.
2.O’zbekistonda byudjet-soliq siyosati.
3.Byudjet-soliq siyosati barqarorligi.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

KIRISH
Moliyaviy munosadatlarni boshqarishning barcha tizimi davlatning moliyaviy siyosatiga asoslanadi. Shuning uchun ham moliyaviy siyosat moliyaviy boshqaruv tizimida eng asosiy element hisoblanadi. Moliyaviy siyosat davlatning moliyaviy munosabatlar sohasidagi mustaqil faoliyatidir. Bu faoliyat davlatning u yoki bu iqtisodiy va sotsial rivojlanish dasturini amalga oshirish uchun tegishli moliyaviy resurslar bilan ta`minlashga qaratilgan.
Iqtisodiyotning erkinlashuvi, bozor mexanizmini real holatda harakatlanishi ko`p jihatdan shu davlatda budjet-soliq siyosatining qay daraja ekanligiga bog`liq. Bu esa o`z navbatida budjet-soliq mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan davlat siyosatini dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Davlatning budjet siyosatini asosiy belgisi budjet mablag`laridan samarali foydalanish orqali mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga erishish bo`lsa, soliq siyosatining asosiy belgisi bo`lib soliq yukining iste`molchilar bilan ishlab chiqaruvchilar o`rtasida optimal nisbatini belgilashdir.
Byudjetning barqarorligi mamlakat iqtisodiyoti va eng avvalo, uning ijtimoiy sohasi holatini xarakterlaydigan eng muhim ko’rsatkichlardan biridir.
Darhaqiqat, mamlakat milliy xo’jaligini moliyaviy jihatdan tartibga solish, davlat byudjeti daromadlarini rejalashtirish va byudjetdan moliyalashtirish jarayonlari davomida amalga oshiriladi. Rejalashtirish jarayonining o’zidayoq Davlat byudjeti xarajatlarining umumiy hajmi gorizontaliga, ya`ni tarmoq, vazirlik va maqsadli kesimlarda va vertikaliga, ya`ni boshqaruvning turli darajalariga muvofiq ravishda taqsimlanib, iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarning sodir bo’lishi uchun tegishli sharoit yaratiladi. Byudjetdan moliyalashtirish jarayonida esa davlat o’zining ixtiyoriga kelib tushayotgan pul mablag’larini rejalashtirilgan tadbirlar doirasida va undan tashqarida keng manyovr qilish imkoniga ega bo’ladi.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalashni ta`minlash, iqtisodiyot sektorlarining investitsiyaviy jozibadorligi va faolligini oshirish bo`yicha chora-tadbirlarni izchillik bilan amalga oshirilishi makroiqtisodiy ko`rsatkichlar yuqori sur`atlarda o`sishiga va aholi farovonligi oshishiga erishishda qo`shimcha turtki bo`ldi.
Buning natijasida qator yillar mobaynida Davlat byudjeti profitsit bilan ijro etib kelinmoqda, shu jumladan iqtisodiyotga soliq yuki izchil kamayib borayotgan bir sharoitda uning daromad qismi bajarilishi ta`minlanmoqda, shuningdek, uning xarajat qismini ijtimoiy yo`naltirilganligi saqlab qolinmoqda.
Bugungi kunda mamlakatimizni, avvalo, iqtisodiyotimizni isloh etish, erkinlashtirish va modernizatsiya qilish, uning tarkibiy tuzilishini diversifikatsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan, har tomonlama asosli va chuqur o`ylangan holda amalga oshirilayotgan davlat moliya siyosati orqali iqtisodiyotimizni inqirozlar va boshqa tahdidlarning salbiy ta`siridan himoya qilish yaxshi natijalar bermoqda. Bu xususida Prezidentimiz I.A.Karimov quyidagilarni ta`kidladilar: Yillik budjet yalpi ichki mahsuloyga nisbatan 0,1 foiz profitsit bilan bajarildi.


Yüklə 418,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin