Mavzu: Byudjet tashkilotlarida byudjet hisobining tashkiliy-uslubiy jihatlari. Reja


Byudjet tashkilotlarida byudjet hisobining tashkiliy jihatlari va bosh hisobchisining majburiyatlari, huquqlari va javobgarligi



Yüklə 52,64 Kb.
səhifə4/5
tarix16.05.2023
ölçüsü52,64 Kb.
#114372
1   2   3   4   5
budjet hisobi mustaqil ish Barakatulloh

Byudjet tashkilotlarida byudjet hisobining tashkiliy jihatlari va bosh hisobchisining majburiyatlari, huquqlari va javobgarligi.


O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonuniga hamda Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi Yo‘riqnomaga muvofiq byudjet tashkilotining bosh hisobchisi,
hisobchilari mazkur tashkilot rahbari tomonidan qonunchilikka muvofiq lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.
Agarda tegishli qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, tashkilotlarning bosh hisobchilari o‘zlarining tizimidagi tashkilotlarda buxgalteriya hisobini yuritilishini va moliyaviy hisobotlarni to‘g‘ri tuzilishini muntazam nazorat qilib turishlari lozim.
Bosh hisobchi boshchilik qiladigan tashkilotning buxgalteriyasi mustaqil tarkibiy bo‘linma hisoblanadi.
Tashkilot bosh hisobchisi bevosita mazkur tashkilot rahbariga bo‘ysunadi. Buxgalteriya hisobini yuritish, hisobotlarni tuzish va taqdim qilish masalalari bo‘yicha esa, tashkilotning rahbaridan tashqari yuqori tashkilot bosh hisobchisiga ham bo‘ysunadi hamda tashkilotda buxgalteriya hisobini yuritilishiga, moliyaviy hisobotlarni o‘z vaqtida va to‘liq topshirilishiga hamda yuqoridagi Yo‘riqnoma, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni bajarilishiga javobgar bo‘ladi.
Bosh hisobchi buxgalteriya xodimlari uchun xizmat vazifalarini har bir xodim uchun alohida belgilaydi. Buxgalteriyada xizmat vazifalari funksional belgilarga qarab taqsimlanadi, ya’ni xodimlarning har bir guruhiga yoki alohida bir xodimga ishning hajmiga qarab, ma’lum bir soha biriktiriladi.
Tashkilot bosh hisobchisi lavozimga tayinlanishida va undan ozod etilishida belgilangan tartibda tashkilot rahbarining buyrug‘iga muvofiq tuzilgan komissiya tomonidan qabul qilish – topshirish kunida hisob, hisobot va arxiv hujjatlarining holatini ko‘rsatgan holda buxgalteriya ishlarini qabul qilish–topshirish to‘g‘risidagi dalolatnoma tuziladi. Zarur hollarda, ushbu komissiya tarkibiga yuqori tashkilot hamda tegishli moliya organlari bilan kelishilgan holda ularning vakillari ham kiritilishi mumkin.
Quyida buxgalteriya ishlarini qabul qilish–topshirish to‘g‘risidagi dalolatnomani namunaviy ko‘rinishini keltiramiz:
Byudjet tashkiloti bosh hisobchisining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:


  • buxgalteriya hisobini yuqoridagi Yo‘riqnomaga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qilgan holda yuritish, shuningdek, hisob ishlarini zamonaviy texnik vositalar va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda tashkil etish;


  • buxgalteriya hujjatlarini o‘z vaqtida va to‘g‘ri rasmiylashtirilishini hamda amalga oshirilayotgan operatsiyalarning qonuniyligini oldindan nazorat qilish;


  • byudjet mablag‘larini, shuningdek, byudjetdan tashqari mablag‘larni xarajatlar smetasida ko‘zda tutilgan muayyan maqsadlarga to‘g‘ri sarflanishi, shuningdek, pul mablag‘lari va moddiy qimmatliklarning butligi ustidan muntazam nazorat qilish;


  • tizimiga kiruvchi tashkilotlarda buxgalteriya hisobini qonunchilik talablariga muvofiq yuritilishini nazorat qilish;


  • tashkilotda xodimlarning ish haqlarini va unga tenglashtirilgan to‘lovlarini, shuningdek, ta’lim muassasalarida talabalarning stipendiyalarini belgilangan tartibda hamda o‘z vaqtida hisoblab chiqish;


  • smeta ijrosi jarayonida vujudga keladigan yuridik va jismoniy shaxslar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarni o‘z vaqtida amalga oshirish;


  • pul mablag‘lari, hisob-kitoblar va moddiy qimmatliklar, shuningdek, boshqa aktivlarni va majburiyatlarni inventarizatsiya qilishda qatnashish, inventarizatsiya natijalarini o‘z vaqtida va to‘g‘ri rasmiylashtirish hamda ularni buxgalteriya hisobida aks ettirish;


  • moddiy javobgar shaxslarga ularning javobgarligida turgan moddiy qimmatliklarning butligini saqlash va hisobini olib borish yuzasidan tushuntirish ishlarini o‘tkazish;


  • moddiy qimmatliklarni olish uchun berilgan ishonchnomalarni hisobini yuritish va ulardan to‘g‘ri foydalanilishini nazorat qilish;


  • moliyaviy hisobotlarni belgilangan muddatlarda tuzish va topshirish;


  • tashkilot rahbari tasdiqlashi uchun xarajat smetalarini va ularga ilova qilinadigan hisob-kitoblarni tuzish (agar rejalashtirish bo‘limlari yoki ushbu vazifani amalga oshiruvchi lavozim shtatlar jadvalida nazarda tutilmagan bo‘lsa);


  • asosiy vositalar hamda boshqa moddiy qimmatliklarni ularning saqlanish va foydalanish joylarida butligini muntazam nazorat qilish;


  • buxgalteriya hujjatlarini, hisob registrlarini, shuningdek, xarajatlar smetalarini (ilova hisob- kitoblari bilan birga) saqlanishini ta’minlash (agar rejalashtirish bo‘limlari yoki ushbu vazifani amalga oshiruvchi lavozim shtatlar jadvalida nazarda tutilmagan bo‘lsa);


  • qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vazifalarni bajarilishini ta’minlash.




Bosh hisobchi tashkilotning tegishli bo‘linmalari va xizmatlarining rahbarlari bilan birgalikda quyidagilarni muntazam ravishda nazorat qilishi lozim:
Byudjet tashkilotining bosh hisobchisi yuqoridagi vazifa va majburiyatlardan kelib chiqqan holda quyidagi huquqlarga ega:


  • buxgalteriya hisobi va nazorat ishlari to‘g‘ri tashkil etilishini ta’minlash yuzasidan tegishli chora- tadbirlar ko‘rishni tashkilot rahbaridan talab qilish;


    • tarkibiy bo‘linmalarda pul mablag‘lari, tovar-moddiy va boshqa qimmatliklarni qabul qilish, saqlash hamda sarflash yuzasidan belgilangan tartibga amal qilinishini tekshirib turish;


    • mukofotlar hajmlarini pasaytirish (agarda qonunchilikda belgilangan normalardan oshib ketgan bo‘lsa) to‘g‘risida tashkilot rahbariga takliflar kiritish;


    • tashkilotning barcha bo‘linmalaridan buxgalteriya hisobini yuritish uchun talab qilinadigan hujjatlar va ma’lumotlarni rasmiylashtirishni hamda buxgalteriyaga taqdim qilishni talab qilish;


    • qonunchilikda belgilangan boshqa huquqlarni amalga oshirish. Bosh hisobchi quyidagilar uchun javobgar hisoblanadi:


    • buxgalteriya hisobi noto‘g‘ri yuritilib, natijada tartibsiz holatga kelgani va moliyaviy hisobot buzilganda (noto‘g‘ri tuzilganda);


    • pul mablag‘lari, tovar-moddiy va boshqa qimmatliklarni kirim qilish, saqlash va sarflash yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibga zid operatsiyalar bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirilgan va ijroga qabul qilingan hollarda;


    • pul mablag‘lari bo‘yicha operatsiyalar, shuningdek, debitorlar va kreditorlar bilan hisob- kitoblar kechikib hamda noto‘g‘ri amalga oshirilganda;


    • kamomadlar, debitorlik qarzlari va boshqa yo‘qotishlarni buxgalteriya hisobidan chiqarilish tartibi buzilganda;


    • buxgalteriya hisobini tashkil etishga doir boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilganda.




Mansabdor shaxslar tomonidan noqonuniy xatti-harakatlar qilinayotgani ma’lum bo‘lib qolgan hollarda, bosh hisobchi tegishli chora ko‘rishi uchun bu haqda tashkilot rahbariga yozma axborot berishi lozim.
Moddiy javobgar shaxslarni (kassirlar, ombor mudirlari va boshqalar) lavozimga tayinlash, ozod etish va boshqa lavozimga o‘tkazish masalasi bosh hisobchi bilan kelishib hal qilinadi.
Turli tashkilotlar bilan tuziladigan shartnomalarni, agar ular bevosita tashkilotning moliya- xo‘jalik faoliyatiga bog‘liq bo‘lsa, shuningdek, xodimlarga mansab maoshlari, ish haqi ustamalari hamda mukofotlarni belgilash to‘g‘risidagi buyruqlar va farmoyishlarni dastlab bosh hisobchi ko‘rib chiqadi va ularga imzo chekadi. Shundan keyingina mazkur hujjatlar tashkilot rahbari tomonidan imzolanishi mumkin.
Bosh hisobchining pul mablag‘lari, tovar-moddiy va boshqa qimmatliklarni qabul qilish, saqlash va sarflash bo‘yicha qonunchilikka zid bo‘lgan operatsiyalar bilan bog‘liq hujjatlarni ijroga qabul qilishi hamda rasmiylashtirishi taqiqlanadi.
Agarda, tashkilot rahbari tomonidan bosh hisobchiga ijro etishi uchun berilgan farmoyish (buyruq) yuzasidan bosh hisobchi va tashkilot rahbari o‘rtasida ushbu farmoyishni (buyruqni) buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritishning belgilangan tartibiga yoki qonunchilikka muvofiqligi borasida ziddiyat (kelishmovchilik) yuzaga kelsa, bosh hisobchi ushbu farmoyish (buyruq)ni ijro etmay turib, zudlik bilan tashkilot rahbariga mazkur holat yuzasidan asoslangan yozma axborot beradi. Bosh hisobchi tomonidan yozma ravishda axborot berilishiga qaramasdan tashkilot rahbari qayta yozma farmoyish (buyruq) bergan hollarda, bosh hisobchi ushbu farmoyish (buyruq)ni bajaradi. Bunda ushbu harakatni sodir bo‘lganligi uchun javobgarlik to‘liq tashkilot rahbariga yuklatiladi.
Shundan so‘ng, tashkilot rahbari o‘zi qabul qilgan qaror to‘g‘risida yozma ravishda uch kunlik muddat ichida yuqori tashkilotga yoki tegishli moliya organiga habar berishi shart. Shunday xabarni olgan yuqori tashkilot yoki tegishli moliya organi belgilangan tartibda uni ko‘rib chiqadi va tegishli chora-tadbirlarni ko‘radi.
Bosh hisobchiga uning hisob va hisobot bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri vazifalarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lmagan topshiriqlarni berish mumkin emas. Shuningdek, bosh hisobchiga pul mablag‘lari va moddiy qimmatliklar uchun bevosita moddiy javobgarlik bilan bog‘liq bo‘lgan vazifalarni yuklash mumkin emas. Unga banklar va boshqa tashkilotlardan bevosita pul mablag‘larini olish taqiqlanadi.



Yüklə 52,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin