Mavzu: byudjet tashkilotlarida kassa va kassa operatsiyalariSchot № Schotlarning turkumlari va nomlari
Schotlarni tayinlanishi va tuzilishi bo‘yicha turkumlash. Buxgalteriya hisobi schotlarini tayinlanishi va tuzilishiga qarab tasniflashda bu schotlarning nima uchun xizmat qilishi, ularning debet va kredit oboroti hamda qoldig‘ining qanday mazmunga egaligi hisobga olinadi. Bunday turkumlash xo‘jalik muomalalarini aks ettirishda schotlardan to‘g‘ri foydalanish zarurligini aniqlashga yordam beradi. Schotlarning tayinlanishi va tuzilishiga qarab guruhlanishini o‘rganish buxgalteriya schotlarida xo‘jalik muomalalarini ikkiyoqlama yozuv usulini o‘zlashtirishga katta yordam beradi. Buxgalteriya hisobi schotlarini tayinlanishi va tuzilishi bo‘yicha turkumlash, ularning iqtisodiy turkumlanishini buxgalteriya hisobini ilmiy yo‘lga qo‘yish qismida to‘ldiradi. Buxgalteriya hisobi schotlari o‘zlarining tayinlanishi va tuzilishiga qarab quyidagilarga bo‘linadi: 1. Asosiy schotlar. 2. Tartibga soluvchi schotlar. 3. Taqsimlovchi schotlar. 4. Kalkulatsiya schotlari. 5. Tranzit (taqqoslovchi) schotlar. 1. Asosiy schotlar xo‘jalik mablag‘lari va ularning tashkil topish manbalarini hisobga olish hamda nazorat qilish uchun tayinlangandir. Ularning asosiy deb atalishiga sabab ularda aks ettiriladigan buxgal-teriya hisobining obyektlari – xo‘jalik mablag‘lari va ular manbalari xo‘jalik faoliyatining asosi bo‘lib, bularsiz birorta xo‘jalik jarayonini amalga oshirish mumkin emas. Asosiy aktiv schotlarda fondlarning ahvolini va o‘zgarishini, moliyalashtirish, korxonaning majburiyatlari va kreditorlar bilan hisoblashuvlarni hisobga olish uchun tayinlangan. Bularga «Ustav fondi», «Bankning qisqa muddatli ssudalari», «Xodimlar bilan mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisoblashuvlar» va boshqa schotlar kiradi. Yüklə 241,44 Kb. Dostları ilə paylaş: |