Mavzu: Chiziqli regressiya tenglamasini MathCadda yechish. Regressiya. Regressiya ma’nosi tajriba ma’lumotlarini approksimatsiya qiladigan funksiya ko’rinishini aniqlashdir. Regressiya u yoki bu analitik bog’lanishning koifisientlarini tanlashga keladi.
Mathcadda ikki хildagi bir necha qurilgan regressiya funksiyalari mavjud. Ular quyidagilar:
line(X,Y) –хatolar yig’indisi kvadratini minimallashda ishlatiluvchi to’g’ri chiziqli regressiya
f(t)=a+bt;
medfit(X,Y) – median to’g’ri chiziqli regressiya f(t)=a+bt;
Bu regressiya funksiyalari boshlang’ich yaqinlashishni talab etmaydi.
Yana beshta qurilgan funksiyalar mavjud bo’lib ular boshlang’ich yaqinlashishni talab etadi:
g – a,b,c koifisientlar boshlang’ich yaqinlashish qiymatlari vektori;
t –interpolyatsiya qilinayotgan funksiya hisoblanayotgan argument qiymati.
Yuqoridagi rasmlarda massiv (tajriba) ma’lumotlari bilan approksimatsiyalangan funksiya orasidagi bog’liqlikni baholash uchun koorelyaцiya koifisienti corr hisoblangan.