1980 yilda Berkli universitetida (UC Berkeley) Devid Patterson va Karlo Sekvin boshchiligida VLSI interpretatsiya qilishga yo`naltirilmagan protsessorlar ishlab chiqildi;
Ular yangi tushuncha – RISC atamasidan foydalanishni boshladilar, yangi protsessorni esa RISC 1 deb nomlashdi.
Yangi protsessor o`z davridagi qolgan protsessorlardan yangi buyruqlar to`plami bilan farq qilar edi. Bu to`plam orqali tizimning samaradorligiga erishish asosiy maqsad edi;
VLSI (Very-large-scale integration) – yagona chipga minglab tranzistorlarni to`plagan holda integral sxemani yaratish jarayoni hisoblanadi;
Murakkab buyruqlarning shakllanishi
Kompyuter bilan bog`liq bo`lgan yangi tushunchalar va g`oyalar kirib kela boshladi. Shulardan biri bu buyruqlarni bajarilishi va samaradorlik o`rtasidagi bog`liqlik edi;