Mavzu: Cyber Plat toʻlov tizimi va undan amalda foydalanish usullari. Mundarija: I. Kirish II. Asosiy qism



Yüklə 30,95 Kb.
səhifə2/9
tarix12.10.2023
ölçüsü30,95 Kb.
#154385
1   2   3   4   5   6   7   8   9
5-амалий Cyber Plat toʻlov tizimi va undan amalda foydalanish usullari

Elektron tolov tizimlari



1.Elektron to’lov tushunchasi.
Elektron to’lov tizimi–bu umumiy to’lov tizimlarining bir ko’rinishi bo’lib,elektron to’lovlarni tarmoq yoki chip orqali tranzaktsiya(ingl– transaction,lot.transactio–kelishuv, shartnoma) operatsiyasini amalga oshiradi. Elektron pullar – elektron to’lovlarning asosi sifatida pul, tovar va xizmatlar muamolasini faollashtirilishiga katta ta’sir o’tkazadi.1980 yillarda- muamolaga ilk bor magnit va debet kartalar kiritilib, fiat (naqd) pullar elektron tizimga o’tkazila boshlandi.
1990-yillardan boshlab elektron to’lov umumiy to’lov tizimining jiddiy elementiga aylanib, pul miqdorini o’zida saqlovchi smart-kartalar muomalaga kiritildi. Magnit va smart-kartalar naqd pullarni to’liq almashtirmagan bo’lsada, kartalardagi pul miqdori sezilarli darajada ko’paya boshladi.Elektor to’lovlar pul muamolasidagi xarajatlarni kamaytirishda, kartalar egalariga tezkorlik, qulaylik va anonimlikni ta’minlashda katta ahamiyat kasb etdi.
2000-yillarga kelib elektron pullar elektron tijoratda eng asosiy rolni bajarishni boshladi. AQSH Federal Rezerv bankining Maslahat Kengashi elektron pulga “elektron shaklga o’tkaziladigan pullar” deb tushuncha berdi. Elektron pullar standart bank hisob-raqami shaklidagi bank yoki moliya institutining kafolatiga ega bo’ldi. Aynan shu davrda dasturiy paketlar shakllangan.
2010-yillarda yangi Bitcoin nomli piring (ingl. peer-to-peer, P2P – tengma-teng) pul tizimi yaratildi. Bunda R2R texnologiyasi qo’lliniladigan, nazoratchi organ, markaziy bank yoki pressing markazlar aralashmagan, tranzaktsiya va pul emissiyasi tarmoq ishtirokchilari tomonidan amalga oshiriladigan jamoaviy harakat sodir etiladi.Bu kriptovalyutaning odatiy elektron puldan yana bir farqli jihati shundaki, u birorta ham mamlakat valyuta tizimiga bog’lanmagan.
Hozirgi kunda elektron pul tizimlari naqdsiz pulni muomala qilishning eng ommabop turiga aylandi. Yirik davlatlar butun dunyoga tarqalgan va ommaviy tusga ega bo’lgan elektron pul muamolasi bilan bog’liq bank kartalarni chiqarishgan. Dunyodagi eng mashhur, kredit va debet bank kartalari bilan ishlaydigan tizimlar bu: VISA, MasterCard, VISA Electron va Maestrodir.Bundan boshqa kartalar bilan ishlaydigan bir qancha tizimlar ham mavjud albatta, faqat ular qamrab olgan amal qilish doirasi nisbatan torroq.Qo’shimcha qilish joizki, VISA kartalari bo’yicha yillik savdo aylanmasi 4,8 trillion AQSH dollarni tashkil qiladi. VISA kartalari dunyoning 200 dan ortiq mamlakatlarida qabul qilinadi. Dunyoda to’lov kartalarining 57% VISA kartalari tashkil qiladi, asosiy raqobatchilari MasterCard 26% va American Express 13% ni tashkil qiladi.MasterCard Worldwide – dunyoning 210 mamlakatlaridagi 22 ming moliyaviy tashkilotlarni birlashtirgan xalqaro to’lov tizimi hisoblanadi. Bosh ofisi AQShning Nyu-York shahrida joylashgan.Internet-banking tizimida ishlaydigan to’lov tizimlari ishlatish doirasi, hududlarni qamrab olishi va to’lov imkoniyatiga qarab bir-biridan farqlanadi. Ularning ayrimlari MDH davlatlari hududida amal qilsa, ba’zilari xalqaro tranzaktsiyalarni amalga oshirishda ishlatiladi.Shulardan eng mashhur elektron tizimlardan biri Webmoney hisoblanadi. Bu tizi aksariyat internet-do’konlarning elektron to’lovlarida ishlatiladi va o’zining o’ta mustahkam xavfsizlik tizimi bilan ajralib turadi.
Elektron to'lov tizimi (EPS) - bu Internetda foydalanuvchilar o'rtasida hisob -kitoblarni ta'minlaydigan tashkilot. Jarayon ishtirokchilari - jismoniy va tijorat korxonalari, banklar va boshqalar. moliyaviy tuzilmalar.Rossiyada EPS faoliyati davlat tomonidan tartibga solinadi. Asosiy normativ hujjat- "Milliy to'lov tizimi to'g'risida" gi qonun.



Yüklə 30,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin