Mavzu. Dasturiy ta’minot uchun talablar. Tizimli testlash jarayo
Dasturiy ta’minotni tizimli testlashni kim va qanday amalga oshiradi???
Tizimli testlash yetarlicha ko’p resurs talab qiladigan jarayon bo’lganligi sababli, uni o’tkazish uchun ko’pincha aloxida testlovchilar jamoasi ajratiladi, bundan tashqari ko’pgina holatlarda Dtni ishlab chiqish va shu fazagacha testlash jarayonida ishtirok etgan testlovchilarga bog’liq bo’lmagan tashkilot tomonidan amalga oshiriladi va shunday qilish tavsiya etiladi. Shu narsani eslatib o’tish lozimki, ma’lum bir turdagi dasturiy ta’minotlarniishlab chiqishning xar bir bosqichida testlashni mustaqil testlovchilar o’tkazishimajburiy bo’lib xisoblanadi. Dasturiy ta’minotni tizimli testlash “qora quti” usuli orqali amalga oshiriladi. Bunday testlashda dasturiy ta’minot tuzilmasi xech qanday axamiyatga ega emas.