Mavzu: Davlat byudjetining xarajatlarining tasnifi va mohiyati. Reja


O'zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan va viloyat byudjetlari va Toshkent shahrining shahar byudjetidanamalga oshiriladigan xarajatlar



Yüklə 29,18 Kb.
səhifə4/5
tarix30.11.2022
ölçüsü29,18 Kb.
#71610
1   2   3   4   5
Davlat byudjetining xarajatlarining tasnifi va mohiyati

3.O'zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan va viloyat byudjetlari va Toshkent shahrining shahar byudjetidanamalga oshiriladigan xarajatlar.
Yuqoridagi paragrafda davlat byudjetidan amalga oshiriladigan xarajatlarning tarkibi va ularning oxirgi yillardagi tuzilishi korib chiqildi. Ushbu xarajatlar respublika byudjetidan, Qoraqalpogiston Respublikasi respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan, Toshkent shahrining shahar byudjetidan hamda tumanlar va shaharlar byudjetlaridan amalga oshiriladi. Davlat byudjeti xarajatlari- ning byudjet tizimi byudjetlari o’rtasida taqsimlanishining huquqiy asosini tashkil qiluvchi O’zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining 70-moddasi bilan respublika byudjetining xarajatlari, 71-moddasi bilan viloyatlar byudjetlari hamda Toshkent shahrining shahar byudjeti xarajatlari, 71-moddasi bilan tumanlar va shaharlar byudjetlari xarajatlari tarkibi belgilab qo’yilgan. Respublika byudjetidan davlat ahamiyatiga ega bo’lgan quyidagi xarajatlar amalga oshiriladi:
Davlat byudjetining respublika byudjeti xarajatlari tarkibi




1 O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi, 70-modda. Qonun hujjatlari ma‘lumotlari milliy bazasi, 01.01.2018-y., 03/18/454/0493-son; 05.01.2018 y., 03/18/456/0512- son.
Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qoʼllab-quvvatlash xarajatlari

  1. maktabgacha ta‘lim, umumiy o’rta ta‘lim, o’rta maxsus kasb-hunar ta‘limi, oliy ta‘lim, oliy o’quv yurtidan keyingi ta‘lim, maktabdan tashqari ta‘lim, kadrlarning malakasinioshirish va ularni qayta tayyorlash muassasalari, bolalar uylari, ta‘lim muassasalarini axborot-uslubiy jihatdan ta‘minlash muassasalari, vazirliklar va idoralar tasarrufidagi ta‘lim muassasalari, boshqa yordamchi muassasalarni saqlab turish, shuningdek qonun hujjatlarida O’zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan ta‘lim tizimi tadbirlarining xarajatlari;

  2. respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi, OITSga qarshi kurashish respublika markazi, Davlat sanitariya- epidemiologiya nazorati, karantin va o’ta xavfli infektsiyalar profilaktikasi, ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy o’quv yurtlarining klinikalari, qon quyish xizmati va sud-tibbiyot ekspertizasi respublika muassasalari, respublika vazirliklari va idoralari tasarrufidagi boshqa davolash-profilaktika muassasalari hamda yordamchi tashkilotlarni saqlab turish, shuningdek, qonun hujjatlarida O’zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan xizmatlar haqini to’lash xarajatlari; qonun hujjatlariga muvofiq ayrim toifadagi fuqarolarga tibbiy xizmatlar ko’rsatilganligi uchun respublika ixtisoslashtirilgan markazlari xarajat- larining o’rnini qoplash (subsidiyalar); qabul qilingan davlat dasturlariga muvofiq fuqarolarning sog’lig’ini saqlash tadbirlarini amalga oshirish xarajatlari;

  3. respublika vazirliklari va idoralari tasarrufidagi madaniyat, jismoniy tarbiya va sport muassasalarini saqlab turish, tele- va radiodasturlar yaratish hamda ularni tarqatishga doir xizmatlar ta‘minoti va ularga haq to’lash, hukumatning alohida qarorlariga ko’ra ommaviy axborot vositalarini saqlab turish, kino- va videomahsulotlar yaratish, madaniy meros obyektlarida restavratsiya ishlarini bajarish, tasdiqlangan kalendar rejalarga muvofiq madaniyat va sportni rivojlantirish bo’yicha qonun hujjatlarida O’zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan maqsadli tadbirlar xarajatlari;

  4. fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsiya ishlarining davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida grantlar bo’yicha amalga oshiriladigan ilmiy-texnik loyihalar, noyob ilmiy obyektlarni va fanga xizmat ko’rsatuvchi muassasalarni saqlab turish, ilmiy loyihalar ekspertizasini o’tkazish hamda qonun hujjatlariga muvofiq O’zbekiston Respublikasining respublika byudjeti hisobidan amalga oshiriladigan fanga doir alohida tadbirlar xarajatlari;

  5. davlat arxivlarini saqlab turish xarajatlari;

  6. respublika vazirliklari va idoralari tasarrufidagi urush hamda mehnat faxriylari uchun pansionatlar va sanatoriylarni, aholini ijtimoiy muhofaza qilish muassasalarini saqlab turish, shuningdek, qonun hujjatlarida O’zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan, aholini ijtimoiy muhofaza qilishga doir maqsadli tadbirlar xarajatlari;

  7. davlat mukofotlari, davlat pul mukofotlari bilan taqdirlanganligi munosabati bilan bir yo’la beriladigan davlat pul mukofotlari va mukofotlarini to’lash xarajatlari;

  8. bolalikdan nogironlarga va bola tug’ilganda beriladigan nafaqalarni, qonun hujjatlarida ayrim toifadagi shaxslarga belgilangan kompensatsiyalarni to’lash uchun vakolatli organga mablag’lar ajratish xarajatlari;

Chernobil AES halokati oqibatlarini tugatishda ishtirok etgan shaxslarni va radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni o’tagan pensiya yoshidagi shaxslarni ijtimoiy qo’llab- quvvatlash, ayrim toifadagi shaxslarga qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlar va kompensatsiyalarni to’lash xarajatlari jamoat ishlarini moliyalashtirish
Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat byudjetining xarajatlari uning daromadlari bilan uzviy bog’langandir. Bunday o’zaro bog’liqlik xarajatlarning miqdoriy jihatdan daromadlarga muvofiq kelishi va ularning bir-biriga o’zaro ta’sir ko’rsatishi orqali ifodalanadi. Bir tomondan, aksariyat hollarda, davlat byudjeti xarajatlarining hajmi davlat byudjeti daromadlarining hajmi bilan cheklanadi. O‘z navbatida, davlat byudjeti daromadlarining hajmi esa davlatning iqtisodiy imkoniyatlari bilan aniqlanadi. Shuning uchun ham bu yerda davlat byudjeti xarajatlarining shunday hajmini va milliy xo’ja- likda pul fondlarini shakllantirishda davlat byudjeti mablag’-laridan foydalanishning shunday muddatlarini o’rnatish kerakki, ular minimal xarajatlar qilib maksimal samaraga erishish orqali davlat oldidagi ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni muvaffaqiyatli bajarilishini ta’minlasin. Boshqa tomondan esa, ishlab chiqarishning o’sishiga ijobiy ta’sir qilish, ilmiy-texnika taraqqiyotini tezlashtirish va milliy xo’jalikdagi proportsiyalarni optimallashtirish orqali davlat byudjetining xarajatlari uning daromadlari darajasining ortishiga o’z ta’sirini ko’rsatadi.
Davlat byudjeti xarajatlari hajmining yildan-yilga ortib borishi ularni milliy xo’jalikning samaradorligi nuqtai nazaridan baholashni dolzarb muammoga aylantirib qo’yadi. Bunda milliy xo’jalikning yakuniy natijasini baholab, faqat unga tegishli bo’lgan daromadlarning qo’shimcha ravishda o’sganligiga e’tibor berish bilan cheklanish maqsadga muvofiq emas. Bunda, bir vaqtning o’zida, jamiyatning ijtimoiy taraqqiyot darajasi, ijtimoiy muam- molarning qay darajada hal etilganligi ham nazardan chetda qolmasligi kerak. Albatta, milliy xo’jalikning yakuniy natijasi davlat byudjeti xarajatlarining umumiy hajmiga, ularning tarkibiy tuzilishiga, davlat byudjeti mablag’laridan to’g’ri, tejamli va samarali foydalanishga bevosita bog’liq. Shuning uchun ham hozirgi sharoitda davlat byudjeti xarajatlarining ilmiy asoslangan holda rejalashtirilishiga, davlat byudjeti mablag’laridan foydalanish ustidan o’rnatilgan moliyaviy nazorat tizimiga alohida e’tibor berish lozim.Milliy xo’jalikni moliyaviy tartibga solishning muhim vositalaridan biri ham davlat byudjetining xarajat-laridir. Moliyaviy tartibga solish deyilganda, milliy xo’jalikdagi oqilona nisbat (proportsiya)larni ta’minlash maqsadida davlat byudjeti mablag’larini tarmoqlar va hududlar bo’yicha taqsimlash va qayta taqsimlashning shakllari va metodlari majmui tushuniladi. Milliy xo’jalikni moliyaviy tartibga solishning ob’yektiv zarurligi katta o’zgaruvchanlik bilan xarakterlanadigan, uning murakkab organizmi turli qismlarida moliyaviy resurslarni jamg’arish sur’atlarining turlichaligi bilan izohlanadi. Davlat byudjeti resurslarini sarf qilish orqali davlat pul mablag’larini taqsimlashda vujudga kelgan proportsiyalarni o’zgartirishi va buning oqibatida ba’zi bir tarmoqlarning (hududlarning) rivojlanishini tezlashtirishi va boshqalarining rivojla- nishini rag’batlantirmasdan, milliy xo’jalikning rivojla-nishini tartibga solishi mumkin. Davlat byudjeti mablag’larining katta qismini muhim ishlab chiqarish-hududiy komplekslarni rivojlantirishga sarflash sekin- astalik bilan chuqur sifat o’zgarishlarining sodir bo’lishiga – ijtimoiy ishlab chiqarish tarkibiy tuzilmasining o’zgarishiga olib keladi.
Mamlakat iqtisodiyotini moliyaviy jihatdan tartibga solish davlat byudjeti daromadlarini rejalashtirish va byudjetdan moliyalashtirish jarayonlari davomida amalga oshiriladi. Rejalashtirish jarayonining o’zidayoq davlat byudjeti xarajatlarining umumiy hajmi gorizontaliga (tarmoq, vazirlik va maqsadli yo’nalishlarga) va vertikaliga (boshqaruvning turli darajalariga muvofiq ravishda) taqsimlanib, iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlar-ning sodir bo’lishi uchun tegishli sharoit yaratiladi. Byudjetdan moliyalashtirish jarayonida esa davlat o’zining ixtiyoriga kelib tushayotgan pul mablag’larini rejalashtirilgan tadbirlar doirasida va undan tashqarida keng xarajat qilish imkoniga ega bo’ladi. Mablag’larni konkret taqsim-lovchilarga davlat byudjeti kreditlarini ochish, davlat byudjeti mablag’-larini berish va ulardan samarali foydalanishni nazorat qilib, moliya organlari iqtisodiyotning rivojlanishi ustidan kuzatuv olib boradilar va zarur holatlarda taqsimlanayotgan davlat byudjeti mablag’larining proportsiyalarini o’zgartiradilar.
Daromadlarni davlat byudjetidagi xarajatlarning aniq turlari va yo’nalishlari bo’yicha biriktirilishi printsipi bo’lmaganligi uchun bu yerda davlat byudjeti resurslarini keng miqyosda o’tkazish va shunga muvofiq ravishda davlatning ixtiyoriga kelib tushuvchi pul mablag’laridan har qanday zarur yo’nalishlarda foydalanilishi mumkin.Davlat byudjeti xarajatlarining tarkibi va uning tuzilmasi davlatning tabiatiga, u tomonidan bajarilayotgan funksiyalarga, milliy xo’jalikning ehtiyojlariga bog’liq hamda davlat byudjeti mexanizmi orqali ishlab chiqarish va iste’molning ba’zi bir omillariga davlatning ta’sirchanligini ta’minlash kabilar bilan belgilanadi.Davlat byudjetining xarajatlaridan foydalanish byud-jetdan moliyalashtirish orqali amalga oshiriladi. Shu munosabat bilan, byudjetdan moliyalashtirish deyilganda rejada ko’zda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun sub’yektlarga byudjetdan mablag’larni taqdim etish tizimi tushuniladi. U pul mablag’larini taqdim etishning o’ziga xos bo’lgan shakl va metodlari bilan xarakterlanadi hamda ma’lum bir printsiplarga tayanadi. Byudjetdan moliya- lashtirishning printsiplari, shakllari va metodlari bu tizimning tarkibiy elementlari bo’lib hisoblanadi va uning amal qilish natijalariga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Muhim ijtimoiy-iqtisodiy vazifalar hal etilayotgan paytda byudjetdan oqilona va samarali moliyalashtirish tizimining ahamiyati yanada ortadi.Byudjetdan moliyalashtirishning oqilona tizimini tashkil etishda, eng avvalo, moliyalashtirish printsiplari muhim rol o’ynaydi. Hozirgi amaliyotda foydalanilayotgan byudjetdan moliyalashtirishning printsiplarini umumiy va xususiy guruhlarga bo’lish mumkin. Umumiy printsiplar byudjetdan mablag’ oladigan barcha sub’yektlarning faoliyatiga tegish-lidir. Xususiy printsiplar esa sub’yektlar faoliyatining tashkil etilishiga bog’liq ravishda davlat byudjeti mablag’larining taqdim etilish tartibini belgilab beradi.
Byudjetdan moliyalashtirishning umumiy printsiplari quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:

  1. minimum xarajatlardan maksimum samara olish;

  2. davlat byudjeti mablag’laridan foydalanishning maqsadli xarakterdaligi;

  3. ko’zda tutilgan rejalarning bajarilishi va oldin berilgan mablag’lardan foydalanilganligini inobatga olgan holda davlat byudjeti mablag’larini taqdim etish.



XULOSA
Davlat byudjeti kishilik jamiyati taraqqiyotining ma’lum bir bosqichida paydo bo’lgan. Davlat byudjeti tashkil etishga ehtiyoj, eng avvalo, siyosiy tashkilot sifatida davlatning vujudga kelishi bilan bevosita bog’liqdir. Har bir davr ijtimoiy tuzumiga tegishli bo’lgan ishlab chiqarish munosabatlarining asosiy belgilari davlat faoliyati va davlat byudjetiningtaqsimlash mexanizmi sifatidagi mazmunini belgilab beradi.
Hozirgi sharoitda davlat byudjeti ijtimoiy (ishlab chiqarish) munosabatlarning bir qismini ifoda etib, davlatning ixtiyoriga mamlakatda yaratilgan yalpi ichki mahsulot va milliy daromadning muayyan qismini to’plash va uni jamiyat taraqqiyotining turli sohalarini (iqtisodiyot, maorif, sog’liqni saqlash, fan, madaniyat, ijtimoiy ta’minot, boshqaruv, mudofaa va boshqalar) mablag’ bilan ta’minlash imkonini beradigan muhim taqsimlash vositasi (instrumenti)dir.
Mohiyatiga ko’ra davlat byudjeti mamlakat moliya tizimining tarkibiy qismi bo’lib, shunga mos ravishda moliya tizimiga doir barcha belgi (xususiyat)larga ega va unga tegishli bo’lgan barcha funksiyalarni bajaradi. Bir vaqtning o’zida, davlat byudjeti faqat o’ziga xos bo’lgan xarakterli xususiyatlarga ham egadirki, ular o’z navbatida, davlat byudjetini moliya tizimining boshqa bo’linmalaridan ajratib turadi va unda markaziy o’rinni egallashga asos bo’ladi. Uning ana shunday xususiyatlaridan biri bevosita davlatga tegishli ekanligidir. Haqiqatdan ham har bir mamlakatda davlat barcha moliyaviy munosabatlarning tashkilotchisi bo’lsa-da, uning bu xislati, ya’ni mamlakatning moddiy va moliyaviy resurslarni asosiy taqsimlovchi sifatidagi roli faqat byudjetda katta kuch bilan namoyon bo’ladi.
Davlat byudjeti juda keng qamrovli va murakkab tushuncha bo’lib, uni boshqarishda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, tegishli kodeks, qonun, farmon, qaror va qonunosti hujjatlari huquqiy asos bo’lib xizmat qiladi. Ularning ichida eng muhimlaridan biri “O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti Kodeksi” hisoblanadi”.



Yüklə 29,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin