Kun tartibi: Birinchi masala yuzasidan Eshitildi Kengashni kengash raisi Z.Nosirova ochib, kun tartibidagi masala bilan barchani tanishtirdi.
(rahmat) Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan sizlarni diqqatlaringizni monitorga qaratishlaringizni iltimos qilaman va slayd orqali mavzuni yoritishga e’tibor berishlarizni so’rayman. (mavzu bo’yicha slayd ko’rsatiladi) Tamoyillar O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan kutilayotgan natijalarni, shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglari tomonidan davlat o‘quv dasturini amalga oshirishda ta’minlanishi kerak bo‘lgan rivojlantiruvchi muhitning xususiyatlarini, maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berish va rivojlantirishdagi yondashuvlarni tavsiflaydi – deb boshladi o‘z so‘zini tashkilot direktori .
DMTTda t a’lim va tarbiya jarayonini tashkil etishda hamkorlik tamoyillari quyidagilardan iborat: ● Bolalikni o‘ziga xos qadriyat ekanligini tan olish.
● Bolaning huquqi, individualligi va rivojlanish imkoniyatlarini hisobga olish. ● Bolalar, shu jumladan, alohida ehtiyojli bolalar ta'lim jarayonining faol ishtirokchisi sifatida tan olinadi va faoliyat turini tanlash, rejalashtirishda ishtirok etish, bilimga bo‘lgan tabiiy qiziqishlarini qondirish orqali ularning ta’lim olishi va rivojlanishiga hissa qo‘shadi. ● Har bir bolaning har tomonlama rivojlanishi va farovonligini ta'minlash.
● Bolaning sog‘lig‘ini saqlash, mustahkamlash va xavfsiz muhitni ta'minlash. ● O‘yin orqali ta’lim olish va rivojlantirish.
● MTTning oila, mahalla, maktab bilan hamkorligi.
● Milliy, tarixiy va madaniy an’analar, ma’naviy boyliklarni tan olish va boshqa xalqlar madaniyatiga hurmatda bo‘lish. Ushbu tamoyillar maktabgacha ta’lim tashkiloti ta’lim va tarbiya jarayonining asosini tashkil etadi, pedagoglarga davlat o‘quv dasturini rejalashtirish va amalga oshirishda, har bir bolaga ta’lim berish va rivojlantirish bo‘yicha asos deb hisoblanadi. Slayd tugagach tashkilot direktori Raxmat barchaga sizlar bilan ushbu mavzuni yanada mustaxkamlash maqsadida treninga taklif etaman. Trening qoidalari tushuntiriladi. Treningni olib boorish uchun uslubchi D.Azamovaga navbat berildi.
Mavzu : MTT ta’lim va tarbiya jarayonining tamoyillari
Maqsad : Ta’lim tashkiloti pedagoglarining ushbu mavzu yuzasidan bilimlarini mustaxkamlash, kasbiy saloxiyatlarini oshirish, hamkorlik ishlarini rivojlantirish.
Kutilayotgan natija: ishtirokchilar o’z ish faoliyatlari doirasida hamkorlik tamoyillarini chuqur o’zlashtirib, yangiliklar kiritadilar.
Treningni borishi.
Aqliy xujum birinchi bo’lib Aleks Osboron tomonidan tavsiya etilgan, bu jarayonda bir mavzuni barcha ishtirokchilari muvaffaqiyotli o’zlashtira oladilar.
Gurux a’zolariga rivojlantiruvchi savollar berildi. Sardorlar tomonidan taqdimot qildilar
Ta’lim tashkiloti
Maxalla MFY
Maktab
Jamoatchilik
Seminarlar
Diganostika
Sardorlar har bir bo’lim vazifasi va ularni natijasini ochib berdilar. Yuqoridagilarga asoslanib kengash