Reja:
1. O‘zbekiston Respublikasida standartlashtirish xizmati.
2. O‘zbekiston Respublikasi standartlashtirish Davlat tizimi.
3. O‘zbekiston Respublikasida standartlashtirish bо‘yicha texnik qo`mitalar
.
4. Standartlashtirish bo’yicha me’yoriy hujjatlar
5. Standartlashtirish tо‘g‘risidagi Respublika qonuni.
6. Foydalanilgan adabiyotlar
Tayanch iboralar: standartlashtirish xizmati, standartlashtirish
davlat tizimi, me`yoriy hujjat, qonun, texnik qo`mitalar.
1. O‘zbekiston Respublikasida standartlashtirish xizmati
Respublika standartlashtirish bo‘yicha ishlarning tashkil etilishini, muvofiqlashtirilishini va ishlarning maqbul darajada olib borilishini ta’minlash maqsadida tegishli idoralar va tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladigan faoliyatlar standartlashtirish xizmatini tashkil etadi.
Quyidagi idoralar standartlashtirish ishlarining tashkil etilishini va olib borilishini ta’minlaydilar:
tarmoqlararo yo‘nalishga belgilangan mahsulot bo‘yicha –O‘zstandart agentligi;
qurilish va qurilish sanoati, loyihalash va konstruktsiyalash bo‘yicha – O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo`mitasi;
tabiiy resurslardan foydalanishni yo‘lga qo‘yish, atrof – muhitni ifloslanishdan va boshqa zararli ta‘sirotlardan muhofaza qilish sohasi bo‘yicha
O‘zbekistonda Davlat tabiatni muhofaza qilish qo`mitasi;
tibbiyot yo‘nalishidagi mahsulotlar, tibbiy texnika buyumlari, dorivor moddalar va respublika sanoati ishlab chiqaradigan mahsulot tarkibida inson uchun zararli moddalar miqdorini tartibga solish sohasida – O‘zbekiston
Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi;
O‘zbekiston Respublikasida standartlashtirish bo‘yicha ishlarni
vazirliklar, texnikaviy qo`mitalar,
korxonalar, birlashmalar va boshqa manfaatdor tashkilotlarning istiqbolli rejalari asosida tuzilgan yillik reja bo‘yicha O‘zstandart Agentligi amalga oshiradi.
Respublika standartlashtirish rejasiga birinchi navbatda milliy standartlar talablari bilan uyg‘unlashtirishni, kishilarning hayoti va sog‘ligi uchun xavfsizlikni, atrof – muhitning muhofaza qilishini, iste’molchilar
huquqining himoya qilinishi, milliy sotsial – iqtisodiy va milliy texnikaviy dasturlarning amalga oshirilishini ta’minlaydigan milliy standartlarni ishlab chiqish kiritiladi.
O‘zstandart, agentligi Davarxitektqurilishqo‘m, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo`mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi (biriktirilgan sohalar bo‘yicha) respublika standartlarini ko‘rib chiqadilar, tasdiqlaydilar, ularning qo‘llanish muddatini cho‘zadilar va bekor qiladilar hamda unga o‘zgartirishlar kiritadilar. Respublikada ishlab chiqilgan standartlar va ularga o‘zgartishlar tasdiqlanishi darajasidan qat’iy nazar O‘zstandart davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi, viloyatlar va shaharlarda standartlashtirish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish, muvofiqlashtirish va uning muqobil darajasini ta’minlash ishlarini O‘zdavstandart, O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo`mitasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo`mitasi va Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli hududiy idoralari va boshqarmalari amalga oshiradi.
Sanoat va qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida standartlashtirish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish va ularni muvofiqlashtirish uchun zaruriyat bo‘lgan hollarda, vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar va boshqa xo‘jalik tuzilmalarida bo‘linmalar (xizmatlar) va (yoki) fan texnikaning tegishli sohalaridagi yuqori ilmiy – texnikaviy imkoniyatlarga ega bo‘lgan tashkilotlarda standartlashtirish bo‘yicha tayanch tashkilotlari tuziladi.