Mavzu: Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish yoʻnalishida amalga oshirilayotgan islohotlarning mohiyati. Reja


-rasm. Mamlakatimizda davlat hokimiyati sub'ektlari



Yüklə 24,26 Kb.
səhifə2/3
tarix10.05.2023
ölçüsü24,26 Kb.
#110394
1   2   3
Abdinabiyeva Umida

1-rasm. Mamlakatimizda davlat hokimiyati sub'ektlari

Prezidentlik instituti va uning shakllanishi. Prezident so'zi lotincha bo'lib, “oldinda o'tiruvchi” degan ma'noni bildiradi. O'zbekiston tarixida prezidentlik boshqaruvi birinchi bor 1990 yil 24 martda ta'sis etildi va O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga Islom Karimov saylandi. 1991 yil 18 noyabrda “O'zbekiston Prezidenti saylovi to'g'risida”gi Qonun qabul qilindi. Bu qonunga 1997 yil 26 dekabr va 1999 yil 19 avgustda hamda 2003 yil 24 aprelda, 2007 yil 11 aprelda o'zgartish va qo'shimchalar kiritildi. Mustaqillik yillarida prezidentlik instituti to'la shakllandi. O'zbekiston Konstitusiyasi 19-bobining 89-moddasiga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat boshlig'idir va davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta'minlaydi. Prezidentlik lavozimiga 35 yoshdan kichik bo'lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida 10 yil O'zbekiston hududida muqim yashagan O'zbekiston fuqarosi saylanishi mumkin. Ayni bir shaxs surunkasiga ikki martadan ortiq prezident bo'lishi mumkin emas. Prezident fuqarolar tomonidan umumiy, teng va to'g'ridan-to'g'ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo'li bilan 7 yil muddatga saylanadi.
Islom Karimov 2005 yil 28 yanvarda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo'shma majlisidagi “Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizasiya va isloh etishdir” mavzusidagi ma'ruzasida davlat qurilishi va boshqaruv sohasidagi eng muhim vazifa bo'lgan mamlakat Parlamentining roli va ta'sirini kuchaytirish, hokimiyatning qonunchilik, ijro va sud tarmoqlari o'rtasida yanada mutanosib va barqaror muvozanatga erishish yo'llarini belgilab berdi. Shunga ko'ra, 2006 yili O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining moddalariga tuzatishlar kiritish to'g'risida (89-moddasiga, 93-moddasining 15-bandiga, 102-moddasining ikkinchi qismiga)” loyihasi matbuotda e'lon qilinib, xalqning fikr mulohazalari o'rganildi va natijada ushbu qonun Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi tomonidan 2007 yili 29 martda ma'qullandi. Islom Karimov 2007 yil 11 aprelda “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizasiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to'g'risida”gi Konstitusiyaviy Qonunga imzo chekdi. 2010 yil 27 yanvardagi Oliy Majlis palatalari qo'shma majlisidagi ma'ruzasida ham aynan davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish masalalariga alohida to'xtalib o'tildi. Ana shu “O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining moddalariga tuzatishlar kiritish to'g'risida (89-moddasiga, 93-moddasining 15-bandiga, 102-moddasining ikkinchi qismiga)”gi Qonunga ko'ra, Konstitusiyamizning 89-moddasi yangi tahrirda qabul qilindi.
Bugungi kunda Konstitusiyamizning 89-moddasida “O'zbekiston Respublikasining Prezidenti davlat boshlig'idir va davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta'minlaydi” degan qoida belgilab qo'yildi. Natijada Prezidentning ijro etuvchi hokimiyat boshlig'i sifatidagi norma olib tashlandi, parlament faoliyatiga oid “muxolifat”, “ko'pchilik” kabi tushunchalar kiritildi.
93-moddaning 15-bandi quyidagicha tahrir qilindi: “15) viloyatlar hokimlarini hamda Toshkent shahar hokimini qonunga muvofiq tayinlaydi hamda lavozimidan ozod etadi. Konstitusiyani, qonunlarni buzgan yoki o'z sha'ni va qadr-qimmatiga dog' tushiradigan xatti-harakat sodir etgan tuman va shahar hokimlarini Prezident o'z qarori bilan lavozimidan ozod etishga haqli”.
102-moddaning ikkinchi qismi quydagicha tahrir etildi: “Viloyat va Toshkent shahar hokimi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qonunga muvofiq tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi”. Ushbu qonun 2008 yil 1 yanvaridan kuchga kiritildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ilgari egallab turgan Vazirlar Mahkamasi Raisi lavozimining tugatilishi davlat hokimiyati va boshqaruvini liberallashtirish va demokratlashtirish yo'lida muhim qadam bo'ldi.
Demak, mustaqillik yillarida mamlakatimizda prezidentlik instituti shakllanib, u yanada takomillashdi, uning huquqiy negizlari mustahkamlandi. (2.1.1-jadval).
Islom Karimov davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish, prezidentlik institutini yanada liberallashtirish, dunyodagi rivojlangan davlatlar boshqaruvi tizimiga mos tizimga o'tish bo'yicha bir qator takliflarni ilgari surdi. Bu takliflar O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 96-moddasiga taalluqlidir.
Mamlakat Prezidenti turli sabablarga ko'ra, o'z vazifasini bajara olmaydigan holat yuzaga kelgan taqdirda noaniqlik, ushbu moddani turlicha talqin etishga yo'l qo'ymaslik maqsadida uning yangi tahririni quyidagi mazmunda bayon etish taklif qilindi: “Mamlakatning amaldagi Prezidenti o'z vazifalarini bajara olmaydigan holatlarda uning vazifa va vakolatlari vaqtincha O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining zimmasiga yuklatiladi, bunda uch oy muddat ichida, “O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to'g'risida”gi Qonunga to'liq muvofiq
Davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish sohasida mamlakatimizda ikki palatali parlamentning barpo etilishi natijasida Prezident vakolat muddatiningo'zgartirilishi va unga tegishli ayrim vakolatlarning Senat va Bosh vazirga o'tkazildi. 2007 yilda O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasidan mamlakat Prezidenti bir vaqtning o'zida ijro etuvchi hokimiyat boshlig'i ekanini belgilaydigan norma chiqarib tashlandi, davlat boshqaruvida siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirishga oid, ya'ni Oliy Majlis Qonuchilik palatasidagi siyosiy partiya fraksiyalariga hukumat dasturlariga yoki uning ayrim yo'nalishlariga qo'shilmagan taqdirda o'zini muxolifat deb e'lon qilishi huquqiy jihatdan mustahkamlandi. 2009 yil 1 iyuldan kuchga kirgan “Saylov to'g'risidagi qonun hujjatlarining takomillashtirishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni mazkur yo'nalishdagi islohotlarni yanada chuqurlashtirishda muhim ahamiyatga ega bo'ldi.


Qonun chiqaruvchi hokimiyat (Parlament). Oliy qonun chiqaruvchi hokimiyat har bir davlatda o'ziga xos xususiyatga ega va turlicha ataladi (masalan, AQShda – Kongress, Shvesiyada - Riksdag, Xitoy Xalq Respublikasida – Xalq vakillari umumxitoy majlisi). O'zbekistonda bunday hokimiyat Oliy Majlis deb nomlanadi. Uning maqomi, tizimi, tuzilishi, vazifalari, ish faoliyatiga oid qoidalarni belgilashda dunyodagi ilg'or davlatlarning va umuman, oliy qonun chiqaruvchi organni tashkil qilish bo'yicha xalqaro tarixiy tajriba chuqur o'rganilgan va inobatga olingan.
O'zbekistonda Oliy Majlis ayni paytda hokimiyatning qonun chiqaruvchi va vakillik organi hisoblanadi, uning tarkibidagi deputatlar xalq mafaatlarini ifodalaydi. Oliy Majlis 5 yil muddatga saylanadi. 25 yoshga etgan O'zbekiston fuqarolari saylanish huquqiga ega.
O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatning 2010 yil 12 noyabrda o'tka-zilgan qo'shma majlisidagi “Mam-lakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiya-si” mavzusidagi ma'ruzasi hamda mam-lakatni demokratik yangilash va moder-nizasiya qilishda Oliy Majlis Senati va mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining rolini kuchaytirish borasidagi vazifalari muhim ahamiyatga ega bo'ldi.
Aslida parlament fransuzcha “parler”- gapirmoq so'zidan kelib chiqqan bo'lib, rasmiy so'zlashish joyi ma'nosini anglatadi. Parlament davlatning oliy vakillik organi hisoblanadi va qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. Parlament qonun bo'yicha belgilangan sondagi deputatlardan iborat bo'lib, hududiy saylov okruglari bo'yicha ko'ppartiyaviylik asosida belgilangan yoshga to'lgan fuqarolardan saylanadi. Parlamentarizm tajribasi shuni ko'rsatadiki, parlament bir palatali va ikki palatali bo'lishi mumkin. Ma'lumki, demokratik mamlakatlarning aksariyatida parlament ikki palatalidir. XX asarning so'nggi o'n yilligida ikki palatali parlamentlar soni 45 tadan 75 taga ko'paydi. Hozirgi zamonda ikki palatali tizim parlamentarizm taraq-qiyotining asosiy tendensiyasiga aylandi. 2000 yilning 14 martida Parij shahrida bo'lib o'tgan jahon senatlarining maxsus anjumanida parlamentning ikki palatali bo'lishi mamlakat hayotida ijobiy rol o'ynaydi, degan xulosaga kelindi.
1990-1994 yillarda mamlakatimiz parlamenti Oliy Kengash nomi bilan atalib, bir palatali, 150 deputatdan iborat edi. 1995-2004 yillarda parlament Oliy Majlis nomi bilan atalib, bir palatali va uning 250 deputati mavjud edi.
Mustaqillik yillarida xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlariga 60 deputat, tuman va shahar Kengashlariga esa 30 nafar deputat saylanishi yo'lga qo'yildi.
2005-2009 yillarda Oliy Majlis ikki palatali parlament bo'lib, uning quyi Qonunchilik palatasi 120 deputat, Senat (yuqori palatasi) esa 100 senatordan tashkil topdi, jami 220 deputatdan iborat bo'lib keldi.
Ikki palatali milliy parlamentni tashkil qilish masalasi I.A.Karimov tomonidan 2000 yil 25 mayda Oliy Majlisning 2-sessiyasida ilgari surildi. “Shuni yaxshi anglab olishimiz zarurki, hayot o'zgarishi bilan, odamlarimizning avvalgi siyosiy va ma'naviy ongi ulg'ayishi bilan, bizning parlamentimizning tashkil etilishida ham, uning faoliyatida ham tegishli o'zgarishlar bo'lishi tabiiydir. Shu holatlarni nazarda tutib, men doimiy asosda ishlaydigan ikki palatali parlament tizimiga o'tish taklifini kiritmoqchiman, ya'ni biz 2004 yilda bo'ladigan saylovlarda parlamentni ikki palatali qilib tashkil etishimiz lozim”.
Oliy Majlisning 2001 yil 6 dekabrda qabul qilgan O'zbekiston Respublikasi referendumini o'tkazish to'g'risidagi qaroriga ko'ra, 2002 yil 27 yanvarda referendum o'tkazildi. Shu asosdagi “Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etili-shining asosiy prinsiplari to'g'risida”gi Konstitusiyaviy Qonunning qabul qilinishi qonun chiqaruvchi hokimiyatni tubdan isloh qilishning huquqiy asoslarini belgilab berdi.
2002 yil 12 dekabrda Oliy Majlisning 10-sessiyasi xalqimizning xohish irodasi bilan “O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to'g'risida” va “O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to'g'risida”gi Konstitusiyaviy Qonunlar hamda ularni amalga oshirish to'g'risida qarorlar qabul qildi. Shuningdek, 2003 yil 24 aprelda “O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga o'zgartish va qo'shim-chalar kiritish to'g'risida” Qonun qabul qilindi. Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida to'plangan parlamentarizm tajribasi, O'zbekiston xalqining qadriyatlari va mentalitetini hisobga olgan holda, ishlab chiqilgan ushbu qonunlar ikki palatali parlamentimiz vakolatlarini va faoliyatining tashkiliy shakllarini aniq belgilab berdi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan – Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palata) iborat.
O'zbekistonda mustaqillik yillarida xalqaro huquq andozalari va ilg'or xorijiy davlatlar talablariga mos yangi saylov qonunchiligi yaratildi. O'zbekistonda saylov qo-nunchiligi, ya'ni parlament 4 bosqichdan iborat taraqqiyot yo'lini bosib o'tdi:
Birinchi bosqich. Konstitusiyamiz qabul qilingunga qadar davr bo'lib, bu davrda O'zbekiston Respublikasining Prezidenti saylovi va Referendum to'g'risidagi bir qa-tor qonunlar qabul qilindi.
Ikkinchi bosqich. Konstitusiyamiz qabul qilingandan to 1997 yilgacha davom etdi. Bu davrda milliy saylov tizimi shakllantirildi.
Uchinchi bosqich. 1997 yildan to 2003 yilgacha bo'lgan davrni o'z ichiga oladi. Bu bosqichda amaldagi saylov qonunlariga ayrim o'zgartishlar kiritildi. Markaziy saylov komissiyasi to'g'risidagi qonun qabul qilindi.
To'rtinchi bosqich. 2003 yildan 2005 yilgacha bo'lib, bu davrda ikki palatali parlamentni shakllantirish bilan bog'liq saylov qonunlariga o'zgartishlar kiritildi va 2004 yil 26 dekabrda Oliy Majlis quyi Qonunchilik palatasiga saylov o'tkazildi.



Yüklə 24,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin