Mavzu: Delphi dasturlash tili, uning ishchi muhiti va asosiy tushunchalari



Yüklə 91,65 Kb.
səhifə2/2
tarix15.04.2023
ölçüsü91,65 Kb.
#98538
1   2
delphi

Delphi dasturini ishga tushirish
Delphi tizimida ishni boshlash uchun uni dasturlar menyusidan topib ishga tushiramiz.
Pusk=>Programmы=>Borland Delphi=>Delphi
Delphi oynasi ko’rinishi odatdagidan ancha boshqacharoq bo’lib, u o’z ichiga beshta oynani oladi:

  • bosh oyna - Delphi Project1;

  • forma oynasi - Form1;

  • ob’ekt xossalarini taxrirlash oynasi-Object Inspector;

  • ob’ektlar ro’yxatini ko’rish oynasi - Object tree View;

  • dastur kodlarini tahrirlash oynasi - Unit.pas.




Bosh oyna ekranning yuqori qismida joylashgan bo’lib, uning birinchi qatorida sarlovha, ya’ni proektning nomi joylashgan. Ikkinchi qatorda buyruqlar menyusi gorizantal ko’rinishda joylashgan. Keyingi qatorning chap tarafida uskunalar paneli va o’ng tarafida komponentalar politrasi joylashgan.
Buyruqlar menyusi quyidagilarni o’z ichiga olgan:
-File (fayl) bo’limi fayllar ustida ish bajarish uchun kerakli buyruqlarni o’z ichiga olgan;
-Edit (taxrir) bo’limi fayl ichidagi ma’lumotlarni taxrirlash uchun kerakli buyruqlarni o’z ichiga olgan;
-Seerch -View Compile -Run formani ishga tushirish.
-Options
-Tols servis xizmatidan foydalanish.
-Help yordam chaqirish.
Forma oynasida ilovalar yaratiladi. Object Inspector oynasi ob’ekt xossalarini taxrirlash uchun xizmat qiladi. Ob’ekt xossalari bu - ob’ektga berilgan xarakteristika bo’lib, uning ko’rinish, joylashishi va holatidir. Masalan, Width va Height xossalari forma o’lchamini, top va Lift esa formaning ekrandagi holati, Caption - sarlovha matnini aniqlaydi.
Vizual dasturlash texnologiyasida ob’ekt deganda muloqat oynasi va boshqarish elementlari (kiritish va chiqarish maydoni, buyruq tugmalari, pereklyuchatellar va boshqa) tushuniladi.
Delphida dasturlash ikkita o’zaro ta’sir etuvchi bir-biri bilan bog’liq jarayon asosida tashkil qilinadi:
-dasturni vizual loyihalash jarayoni;
-dastur kodlarini kiritish (yozish) jarayoni.
Kodlarni yozish uchun maxsus kod oynasi mavjud bo’lib, u dastur matnini kiritish va taxrirlash uchun mo’ljallangandir. Bu kodlarni yozish oynasida dasturlash Pascal tilining rivoji bo’lgan va kengaytirilgan Object Pascal tilida tuziladi.
Kodlarni yozish oynasi boshlanishda o’z ichiga hali bo’sh formani akslantiruvchi dastur matnini yozib chiqaradi. Dastur loyihasini ishlashi mobaynida dasturchi kerakli dastur operatorlarini kiritib, formani loyiha bo’yicha akslantiradi. Delphida dasturlash forma oynasini tashkil etishdan boshlanadi.
Oddiy dastur ilovasini yaratish ketma-ket File=> New=> Applisation buyrug’ini berish bilan boshlanadi. Bu buyruqni berishdan oldin ikkita asosiy ishni bajarish lozim:
-papka tashkil etish;
-tizimni to’g’rilash.
Papka tuzing, masalan, My_Delhp nomli. My_Delhp papkasi ichida yana o’z dasturngizni saqlash uchun papka ochish, masalan Pgm_1.
Delphi muhitining standart nastroykasiga o’zgartirish kiritish uchun Tols=>Environment Options menyu buyrug’ini berish va muloqat darchasidan krakli o’zgarishlarni bajarish lozim.

Kompilyastiya etapida tayyorlangan dastur matni Object Pascal tiliga o’tkaziladi. Kompanovka etapida esa kerakli qo’shimcha yordamchi dasturlar va ostdasturlar unga birlashtiriladi. F9 tugmasini bosish bilan Save UnitAs dialog oynasi paydo bo’ladi va sizdan Unit.pas moduli uchun fayl nomini va joylashadigan papkani ko’rsatishingizni so’raydi. Agar joy ko’rsatilmasa Delphi avtomatik ravishda dasturngizni Bin papkasiga joylashtiradi. Yaxshisi siz bu papkani o’z ishchi papkangiz nomiga almashtiring, masalan My_Delph. Dastur kompilyastiya qilinishi paytida Delphi sistemasi pas, dfm va dcu kengaytmali modullar tuzadi. .pas kengaytmali fayl kodlarni yozish oynasida kiritilgan dastur matnini, .dfm forma oynasi tashkil etuvchilarini, .dcu kengaytmali fayl esa .pas va .dfm kengaytmali fayllarning birgalikdagi mashina kodiga o’tkazilgan variantini saqlaydi. Bu .dcu kengaytmali fayl komplyator tamonidan tashkil qilinadi va yagona ishchi (bajariluvchi) .exe kengaytmali fayl tashkil qilishga baza yaratadi.
Savollar

  1. Delphi dasturi haqida tushuncha bering

  2. Delphi dasturini ishga tushiring.

  3. Forma oynasida ilovalar yarating

  4. Kompilyastiya nimaq




Yüklə 91,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin