Depressiyaning kelib chiqishi va uning oqibatlari.
Suitsidal xulq-atvorli mijozlar va ular bilan ishlash texnikasi.
Depressiya va suitsidal xavfi mavjud bo‘lgan mijozlarga maslahat.
Xalqaro tashkilotlar atigi bir necha yildan keyin ruhiy kasalliklar sog‘liq tizimi uchun eng yirik muammoga aylanishini bashorat qilishgan.
Bunga sabab nima? Insonlar tobora ko‘proq ruhiy kasalliklarga chalinmoqdalarmi, yo-da tibbiyot ularning ko‘proq turini aniqlab, kasallik sifatida tan ola boshladimi? Nyu Yorkdagi One World Counselling psixologik yordam markazi mutaxasisi Gulshoda Osterga ko‘ra, yaqin orada ruhiy muammolar hozirda eng ko‘p tarqalgan, deya hisoblanadigan yurak hastaliklaridan so‘ng ikkinchi o‘ringa chiqishi haqidagi bashoratlarga qo‘shiladi.
Statistik ma‘lumotlarga ko‘ra, hozirda o‘rtacha har 4 insondan bittasi ruhiy muammoga yuza tutadi. Bu holat keng tarqalganligiga qaramay, unga chalinganlarni kamsitish yoda ularga yovqarash hanuz saqlanib qolgan. Tushkunlikka tushganlar "zaif inson" sifatida ko‘riladi. Insonlar tobora ko‘p chalinayotgan ruhiy holatlar orasida esa hozirda eng ko‘p tarqalayotgani - depressiya, ruhiy tushkunlik. Inson borki, hayotida kayfiyati tushib, qayg‘uga botgan vaqtlari bo‘ladi. Lekin shifokorlar bong urayotgan depressiya bilan shunchaki qayg‘uga botish orasida farq nima va qanday aniqlanadi?
Ruhiy vaziyat qachon muammoga aylanadi? O‘z hayoti mobaynida har qanday inson ba‘zi hodisalarga javoban qayg‘uga tushishi normal holat. Lekin qayg‘uli ruhiyat saloamtlik muammosiga aylangan vaqti ham bo‘ladi.
Klinik ruhiy tushkunlik - depressiya nima? Inson normal holatda hayotning past-balandliklariga bardosh berib, o‘zi va yaqinlari g‘amini yeyishni davom ettiradigan, o‘z mavjud potentsiallaridan foydalanish va jamiyatga foyda keltira oladigan vaziyatda bo‘ladi. Har qanday inson qayg‘uga botgan yo-da asabiylashish holatini boshdan kechiradi. Lekin bu alomatlarning ruhiy kasallikka aylanganligining dastlabki belgisi - bu holatning uzoq, mutassil davom etishi va turtki sifatida biron hodisa yuz bermagan vaqtda ham ro‘y berishidir. Bu alomatlar shaxsning kundalik hayotiga salbiy ta‘sir ko‘rsatadigan darajaga yetgan vaqti jiddiy psixologik ruhiy muammoga aylangan hisoblanadi.
Masalan, klinik tushkunlikka duchor bo‘lgan odam o‘ta chuqur va uzoq muddatli qayg‘uga tushadi, odamovi bo‘lib, g‘ayratdan qoladi. Odatda bu alomatlar asta-sekinlik bilan bir necha hafta yo-da oylab rivojlanib keladi, lekin ba‘zida birdaniga shiddat bilan paydo bo‘lishi ham mumkin. Klinik ruhiy tushkunlik muammosi bilan samarali yo‘lda kurashish uchun ular klassifikatsiya qilinadi. Kasallik asosan ikki keng guruhga bo‘linadi - asabiy va psixologik.
Asabiy guruhga inson normal holatining anchayin sezilarli turlari kiradi, masalan depressiya, kuchli mutassil xavotir yo-da biron harakatni qayta-qayta qilaverish. (masalan, qo‘lni qayta-qayta yuvaverish, hamma narsaning hamisha o‘z o‘rnida bo‘lishiga intilish kabi). Bu kabi alomatlarni o‘z hayoti mobaynida taxminan har 10 kishidan bittasi boshdan kechiradi. Psixologik turdagi tushkunlikni esa taxminan har 100 kishidan biri boshdan kechirib, ular shaxsning voqelikni qabul qilishi, va shu asosda fikrlashi, qarorlar qabul qilishiga ta‘sir ko‘rsatadi. Ularga shizofreniya va bipolyar kasalliklari kiradi.
Ruhiy kasalliklar keng tarqalgan bo‘lsa ham, ko‘plar undan halos bo‘la oladilar va u bilan qanday yashash yo‘llarini o‘rganadilar.