Mavzu: Devorni yupqalashtirish bilan cho‘zishning texnologik hisob-kitoblari Reja: devorni yupqalashtirish bilan cho’zish Cho‘zishning texnologik hisob-kitoblari



Yüklə 50,8 Kb.
səhifə1/2
tarix27.12.2023
ölçüsü50,8 Kb.
#199833
  1   2
Devorni yupqalashtirish bilan cho‘zishning


Mavzu: Devorni yupqalashtirish bilan cho‘zishning
texnologik hisob-kitoblari

Reja:
1 Devorni yupqalashtirish bilan cho’zish
2 Cho‘zishning texnologik hisob-kitoblari

Devorni yupqalashtirish bilan cho’zishda buyumning diametri


unchalik ko’p o’zgarmaydi, bunda devorning qalinligi o’zgaradi, ya‟ni
S1>S2>S3> Sn majburiy yupqalashish sodir bo’ladi (11.1-rasm).
Yupqalashtirish bilan ch o’zishning afzalliklari:
1) materialning 10-20% gacha tejalishi;
2) burmalanishdan saqlagich talab qilinmaydi;
3) oddiy harakat qiladigan presslarda amalga oshiriladi;
4) anchagina qisqa bo’lgan texnologik sikl ta‟minlanadi;
5) mustahkamlanish hisobiga buyumlarning sifati yaxshilanadi
Cho’zish bitta matritsada ham, ikkita matritsada ham amalga
oshiriladi, yo’l qo’yiladigan qalinlik material matritsaning silindrik
45 belbog’chasidan chiqayotganda uning mustahkamligi bilan belgilanadi.
Deformatsiya darajasi devor qalinligining o’zgarishi bilan aniqlanadi:
Cho’zish konusli (11.2-rasm, a) yoki radial (11.2-rasm, b)
matritsalarda amalga oshiriladi. Silindrik buyumlarni cho’zish konus puanson bilan bajariladi (11.2-rasm, d).

11.2-rasm. Yupqalashtirish bilan cho‘zish uchun matritsa va
puansonning konstruksiyasi. a- konus matritsa; b- radial matritsa;
d- konus puanson
Puansondagi burchak qanchalik katta bo’lsa, undan yarim fabrikatni chiqarib olish shunchalik oson bo’ladi. Agar cho’zish ikkita matritsa orqali olib borilsa, u holda ularni bir-biridan shunday masofada qo’yish kerak bo’ladiki, bunda cho’zish jarayoni birinchisida tugasin va ikkinchisida boshlanmasin. Aks holda qo’shimcha kuchlanishlar paydo
bo’ladi, bu yorilishlarni chaqiradi. Odatda bunday cho’zish mexanik xususiyatlarning kuchli o’zgarishi bilan boradi: σv =380 - 330 MPa.
Devorni yupqalashtirish bilan cho‘zish kuchlanishi va kuchi
Quyidagi yo’l qo’yilishlardan kelib chiqish bilan kuchlanishni
aniqlaymiz:
1) reaktiv kuchlardan hosil bo’ladigan radial siquvchi
kuchlanishlarning gorizontal tarkib toptiruvchilari matritsa va
puansonning kontakt yuzalarida kattaliklari bo’yicha bir xil bo’ladi;
2) kuchlanishlar bo’ylama bo’ladi - zagotovkaning kesimi bo’ylab bir tekis taqsimlanadi;
3) material mustahkamlanmaydigan bo’ladi;
4) puansonning konusliligi e‟tiborga olinmaydi.
Jarayonga deformatsiyalangan holatning yassi sxemasi sifatida
qaraladi (11.3-rasm).


Yüklə 50,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin