diniy ekstremizmga qarshi kurashning manaviy- marifiy asoslari va usullari
5-ilova Diniy ekstremizm
6-ilova “Hizbut-tahrir" chilar
7-ilova Vahhobiylar Dindan siyosiy niqob sifatida foydalanib hokimiyatga intilish
kuchayganligini ko’ramiz. Shu sababli ilmiy tilda diniy ekstremizm so’zi tez-
tez ko’zga tashlanmoqda.
Diniy ekstremizm – ekstremizmning din niqobida namoyon bo’lish
shakli bo’lib, u mavjud muammolarni hal qilishda o’ta keskin chora-
tadbirlarni, fikr-qarashlarni yoqlovchi nazariya va amaliyotni anglatadi. Diniy
ekstremizm namoyon bo’lishiga ko’ra hududiy, mintaqaviy, xalqaro
shakllarga bo’linadi. Bunday qarashlar juda qadimiy ildizlarga ega bo’lib,
hech qachon chegara bilmagan, millat va hududni tan olmagan. Diniy
ekstremizm barcha dinlar doirasida rivojlangan.
"Demokratiya kufr nizomi, buni hayotga tatbiq qilib bo’lmaydi,
xalifalikni tiklash bilan haqiqiy islomiy hayotni qaytarish mumkin",- deb
da’vo qiladi.
Dinni Payg’ambarimiz (s.a.v.) davridagi "asl holati"ga keltirish lozim,
degan niqob ostida harakat qilib, shu yo’lda kurash olib boradilar.
Vahhobiylikka Muhammad ibn Abdulvahhob (1703-1792) tomonidan asos
solingan. U ulug’ sahobalar qabriga qo’yilgan sag’ana toshlarni buzishni,
qabrlarni ziyorat qilmaslikni, avliyolarga nazr qilmaslikni, tamaki chekmaslik,
qahva ichmaslik, rasm chizmaslikni targ’ib qildi. U o’z da’vatlarini yoyishda
ko’proq qilichga tayanar edi va Ibn Saud boshchiligida Saudiya Arabistonini
birlashtirishga katta hissa qo’shdi.