Internet saytlari
1. www.bilim.uz.
2. www.philosophy.nsc.ru.
3. www.history.ru.
4. www.islom.uz
5. www.hidoyatsari.uz
112
113
Jizzax Davlat Pedagogika Instituti Tarix fakulteti Milliy g’oya,
ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo’nalishi IV – bosqich ta-
labasi Xojiboyev Egamberdi tomonidan bajarilgan “ Diniy eks-
tremizmga qarshi kurashning ma'naviy- ma'rifiy asoslari va
usullari” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga
T A Q R I Z
Talaba Xojiboyev Egamberdi tomonidan bajarilgan― Diniy ekstryemizmga
qarshi kurashning ma'naviy- ma'rifiy asoslari va usullari‖ mavzusidagi bitiruv
malakaviy ishi tahlil qilindi va ish yuzasidan quyidagilar alohida qayd etiladi:
Bitiruv Malakaviy ishning tarkibiy tuzulishi kirish qismi, ikki bob, besh
bo’limdan, xulosa qismi va adabiyotlar ro’yhatidan iborat.
Kishilik jamiyati o’z taraqqiyotida turli tahdidlarni boshdan kechirgan va
kechirmoqda. Diniy ekstremizm ham ana shunday tahdidlardan biri hisoblanadi.
Har bir davlat va millat tinch-totuv yashashni ta’minlashni xohlar ekan, yovuz
kuchlarga qarshi kurashish maqsadga muvofiqdir. Ushbu bitiruv malakaviy ish
mavzuida ham diniy ekstremizmga qarshi kurashishning ma’naviy-ma’rifiy asoslari
va usullari nazariy tahlil etilgan. Talaba ishda diniy ekstremizmning jamiyatga
tahdidini, ularga qarshi kurashish zarurligini, kurashда tayanish kerak bo’lgan
manbalarini va usullarini atroflicha tahlil eta olgan.
Jumladan, кirish qismida mavzuning tarkibiy tuzulishi, ishining prеdmеti
va ob’yekti, mavzuning o’rganilganlik darajasi, mavzuning dolzarbligi, maqsad va
vazifalari ifodalangan.
Birinchi bobda diniy ekstrеmizm tushunchasining mohiyati va mazmuni,
vujudga kelishi, insoniyat taraqqiyotida diniy ekstrеmistik harakatlarning jamiyatga
salbiy ta'siri masalalari bayon etiladi. Diniy ekstremistik harakatlarga qarshi
kurashishning zaruratga aylanishi, bu jarayonda tayanish kerak bo’lgan ma’naviy-
ma’rifiy asoslar va usullar keng tavsiflangan. Bunda prеzidеntimiz Islom
Karimov tomonidan e'tirof etilgan:‖G’oyaga qarshi g’oya, fikrga qarshi fikr,
jaholatga qarshi ma'rifat‖ tamoyilining alohida e’tirof etilganligi ishning samarasini
oshirgan. Bu tamoyilni amaliyotga joriy etishda milliy va diniy qadriyatlarni
to’laqonli, xolis о’rganish,shuningdеk boyitib borish, ajdodlarimiz xotirasini yod
etish, yovuz g’oyalarga qarshi ezgu g’oyalar bilan, manfur fikrlarga qarshi oq’ilona
fikrlar bilan javob qaytarish va har qanday jaholatga qarshi ma'rifat bilan javob
bеrmoq’lik zaruriyati bayon etilgan.
Ikkinchi bobda diniy ekstremizmga qarshi kurashishda foydalaniladigan
usullar ijtimoiy jarayondagi xayotiy misollar bilan yoritilgan. Jamiyatda
mafkuraviy bo’shliqqa yo’l qo’ymaslik, vatanparvarlik, xalqparvarlik va
millatparvarlik g’oyalarini yoshlar ongiga aynan oila- mahalla- maktab
hamkorligiga amal qilib, tizimli va chuqur singdirib borish ilmiy-nazariy
asoslangan. Shuningdеk, istiqlol mafkurasi va milliy g’oya tamoyillarinini tеran
tushuntirlsh tahlil etilgan. Diniу manbaalarini obеktiv o’rgatish, ulardagi turli
zo’rovonlik va tinchlikka rahna soluvchi g’oyalarga qarshi bayon etilgan diniy
114
bag’rikеnglik va insonparvarlik tamoyillarini ham mufassal o’rgatish va ommaga
tashviq’ot qilishning nazariy asoslari ifodalangan.
Bitiruv malakaviy ishida juz’iy kamchiliklar mavjud, ammo ular ishning sifat
darajasiga salbiy ta’sir ko’rsatmaydi. Shuning uchun, yuqoridagilarga asoslanib,
Bitiruv Malakaviy ishini himoyaga tavsiya etaman.
Jizzax tuman XTMFMT va TEB ga
Qarashli 59-sonli umumta’ltm maktabi
o’qituvchisi: O.Mamatov
|