1.3.”G’oyaga qarshi g’oya, fikrga qarshi fikr, jaholatga qarshi
ma'rifat” tamoyili diniy ekstrеmizmga qarshi kurashning ma'naviy-
ma'rifiy usuli sifatida
Inson, ma’naviyat, dunyoviy qadriyat, diniy qadriyat, milliy qadriyat,
Vatan, istiqlol kabi tushunchalarni insoniyatning hayot tarzini to’laroq
tushunish, hamda anglash uchun qo’llash mumkin. Bular bir-biri bilan uzviy
bog’liq bo’lib, o’zaro taqozo etiladi.
Ijtimoiy taraqqiyot uchun yuqorida qayd etilgan tushunchalar obyektiv,
ilmiy va mukammal o’rganilishi kerak.Barchasini ma’naviy qadriyatlar sirasiga
kiritsa bo’ladi. Ana shularni atroflicha bilish jamiyatga tahdid soluvchi yovuz
kuchlarga qarshi kurashish uchun juda ham zarur. Yurtboshimiz Isloom
Karimov 1998 yilda ―Tafakkur‖ jurnali bosh muharririning savollariga javob berar
ekan, xalqaro diniy ekstremizm va terrorizmning tajovvuziga qarshi kurashishda:
‖G’oyaga qarshi faqat g’oya, fikrga qarshi faqat fikr, jaholatga qarshi faqat
ma’rifat bilan bahsga kirishish, oldini olish mumkin‖
43
,- degan tamoyilni ilgari
surgan edi.
Mustaq’illigimizning dastlabki kunlaridan boshlab xalq’imiz diniy
ekstremizm va terrorizm kabi turli yot g’oyalarning zarari, ularning jamiyat
taraqqiyotiga salbiy ta’siri haq’ida to’laqonli anglab yetgandi. Shuning uchun
hurmatli yurtboshimiz Islom Karimov rahnomaligida bu borada turli ijobiy
faoliyatlar olib borildi.
1995 yil 15-16 sentyabr kunlari Toshkentda BMT ning Markaziy Osiyoda
Xavfsizlik va hamkorlik masalalariga bag’ishlangan seminar kengash bo’lib
o’tdi Seminar ―Tinchlik, Barqarorlik, Hamkorlik‖ shiori ostida o’tgan. Diniy
ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishda barcha davlatlar birlashishiga
yurtboshimiz urg’u bergan. Bir davlatda yuz bergan boshqa barcha davlatlarda
ham dahldorlik hissini uyg’otishi zarurligini alohida ta’kidlandi. Yurtboshimiz
barcha muammolarni oldindan ko’ra olgan va halqaro tashkilotlar bajarishi kerak
bo’lgan faoliyatni bajarishga harakat qilgan. Buni 1993, 1995, 1997, 1998, 2000,
43
Karimov I.A. ―Jamiyatimiz mafkurasi xalqni, millatni – millat qilishga xizmat etsin‖, ―Тafakkur‖ jurnali, 1998y, 2-
son, 4-bet.
59
2001, 2008, 2010, 2011 va boshq’a yillarda ham tizimli davom etganligini ko’rish
mumkin.
1997 yildayoq ―O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid,
barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolati‖ nomli asarida bu zararli
oqimlarning mamlakatimiz va jamiyatimiz uchun naqadar xavfli ekanini va
ularga qarshi kurashish zarurligini alohida qayd etgandi:
terrorchilikka qarshi kurash bo’yicha Xalq’aro Markaz barpo etish
tashabbusi;
Eron, Afg’oniston, Tojikiston va boshqa turli davlatlarda tashkil etilayotgan
diniy ekstremistlarning terroristik qo’poruvchiliklarini tinch yo’l bilan bartaraf etish
prinsiplari haqidagi Toshkent Dekloratsiyasi;
narkotik moddalar va uyushgan jinoyatchilikka terrorchilikka, diniy
ekstremizmga qarshi kurashda umumiy yondashuv mavzusida Toshkent anjumani.
Yer yuzida, jumladan, Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni
ta’minlashdagi vazifalar etib quyidagilar belgilangan:
Markaziy Osiyo davlatlari o’rtasida hamjihatlikni mustahkamlash;
Jamoatchilikning hushyorligini oshirish;
Terrorchilik va diniy ekstrepmizmga qarshi kurashishda yagona Markaz
tashkil etish;
Mintaqa malakatlari o’rtasidagi hamkorlik va do’st-birodarlik
jarayonlarini kuchaytirish va boshqalar.
Yurtimiz doimo tinch-totuvlikni o’z siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri
deb bildi. Bugungi kungacha O’zbekiston Prezidentining sa’y- harakatlari tufayli,
nafaq’at o’z hududida, balki butun mintaqada, shuningdek, jahonda tinchlik va
barqarorlikni saqlashga katta hissa qo’shib kelmoqda. Aynan prezidentimizning
tashabbuslari bilan 1997 yil Afg’oniston muammolari bo’yicha BMT ning ―6+2‖
guruhi tuzildi. Bu muloqot ―Afg’onistonning do’stlari va qo’shnilari‖ deb ataluvchi
bu guruh oltita qo’shni davlat - O’zbekiston,Tojitkiston,Turkmaniston, Eron,
Xitoy, Pokiston, shuningdek BMT Xavfsizlik qo’mitasi a’zolari bo’lgan AQSH va
Rossiya Federatsiyasi kirgan. Bu davlatlarning hamjamiyatli faoliyati aks
60
etadigan Toshkent Deklaratsiyasi nomini olgan hujjat 1997 yilda qabul
etilgandi.Keyinchalik bu guruhlar hamkorligi qayta ko’rib chiqildi. Ularning
faoliyatini isloh etish, ular amalga oshiradigan faoliyatlar qamrovini kengaytirish
lozitmligi bildirildi. Zero, bundan barcha mamlakatlar manfaatdor edilar. Diniy
ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish o’z navbatida boshqa turli irqiy, etnik,
ijtimoiy, mintaqaviy, milliy va boshqa bir qator muammolarni ham bartaraf etishni
taqozo etadi. Buni ham birinchi bir butun dunyoga jar solib qayta-qayta
takrorlagan prezidentimiz Islom Karimov bo’ladi. Jumladan yurtboshimiz barcha
mintaqaviy va umumjahon tashkilotlari tomonidan tuzilgan guruhlar ishi sust
ketayotganligini, buzg’unchilik harakatlari esa kuchaya borayotganligini aytdi.
Bunda ish va so’z birligiga alohida e’tibor berish kerak.
Shundan keyin 6+3 formatdagi muloqot guruhi ham bevosita Islom
Karimov tashabbusi bilan 2008 yilda tashkil etildi. Bu guruh ham BMT shafeligida
faoliyat olib boradi.
2010 yilda 20 sentyabr kuni BMT Bosh Assambleyasining Mingyillik
rivojlanishiga bag’ishlab sammiti chaqiriladi va bunda BMT Bosh kotibi Pan
Gu Munning taklifiga binoan prezidentimiz Islom Karimov ham ishtirok etdi.
Bunda AQSH, NATO, Rossiya kabi yirik tashkilot va davlatlarning boshqa
davlatlar ichki muammolariga noqonuniy aralashmaslik kerakligi, ammo yot
buzg’unchi g’oyalarga qarshi kurashda birlashish zarurligi ta’kidlandi. Biror
mamlakat muammolarini qurolli harbiy harakatlar bilan sira hal etish mumkin
emasligi aytildi. Asosan tinch yo’l bilan zarur bo’lganda chetda turmasdan
aralashish va oqilona tarzda davlatlar manfaatiga dahl qilmasdan muammolarni hal
etish lozim:
― ...2010 yilning iyunida o’irg’izistonda ro’y bergan fojeali voqyealar va
ularning tub sabablarini o’rganishni BMT tashkilotidan so’rashimiz, bu o’z
navbatida kelajakda bunday zo’rovonliklar bo’lishini oldini olishga yordam
berishini ta’kidladi‖
44
.
44
Karimov I.A.‖Tarixiy xotira va inson omili – buyuk kelajagimizning garovidir‖, o’quv qo’llanma,-Тoshkent,-2012y,
31 bet.
61
Ma’naviy qadriyatlar kishilik jamiyatining taraqqiyot bosqichlarida juda
katta mehnatlar negizida yuzaga keladi,asrlar davomida to’planib keladi va
vorisiylik bilan ajdodlardan avlodlarga o’tkaziladi. Ma’naviy qadriyatlarning
yoshlar ongini shakllantirishdagi ustuvorligi quyidagicha izohlanadi:
1.Ma’naviy qadriyat insonlarning talab va ehtiyojlari asosida aql-zakovot
bilan yaratilgan, ularning tasavvuri, tafakkuri, kelgusi orzu-istagi, e’tiqodi, axloq
qoidalarini o’zida mujassam etgan, amaliy hayotda sayqal topgan ma’naviy
boylik bo’lib, tarbiyaning tayanch vositasi hisoblanadi.
2.Ma’naviy qadriyatlar tarixiy taraqqiyot bosqichiga ega, hayotda sinalgan,
ijtimoiy taraqqiyotda ahamiyatli, ajdodlardan-avlodlarga o’tuvchi ijtimoiy
hodisalardir.
3.Ma’naviy
qadriyatlar jamiyat rivojining negizi, halqning tarixiy
taraqqiyotida erishilgan barcha yutuq’larini ifodalovchi va saqlovchi qudratli
omildir. Ma’naviy qadriyatlar milliy, diniy va dunyoviy turlarga ajratiladi.
Barcha ma’naviy qadriyatlar asosini yovuzlikka qarshi kurash va ezgulikka chorlash
tashkil etadi. Demak, barcha dunyoviy, diniy, milliy qadriyatlar yot g’oyalar
sirasiga kiruvchi diniy ekstremizmga qarshi kurashning asosini tashkil etadi.
Diniy qadriyatlar asrlar mobaynida insonlarning e’tiqodini shakllantirib,
ularning tafakkuriga kuchli ta’sir ko’rsatib kelmoqda. Jahon dinlariga aylangan
islom, buddaviylik, xristianlik va boshqa dinlarda ma’naviy-ma’rifiy qadriyatlar
ulug’langan. Din avval ham, hozir ham inson ma’naviy kamolotining asosiy
yo’llari va mezonlarini belgilab bergan. ―Ma’naviyat muayyan ma’noda dinning
botiniy jihatidir‖
45
. Din shaxsiy va ijtimoiy ong shakllaridan biri sifatida qadimgi va
hozirgi zamon sivilizatsiyalari tarixida mislsiz o’rin tutgan va tutib kelmoqda. U
insoniyat taraq’qiyotiga qudratli ta’sir ko’rsatadigan ma’naviy-axloqiy kuch bo’lib,
Insoniyatning eng teran va eng go’zal ruhiy-ma’naviy ehtiyojlariga xizmat
qiladi. Din jamiyatda muhim ijtimoiy, ma’naviy va ruhiy vazifalarni bajarib,
axloqiy munosabatlarga, ijtimoiy hayotga, adabiyot va san’atga kuchli ta’sir
ko’rsatadi. Dinning falsafiy, nazariy vazifasi – insonga yashashdan maqsad,
45
Karimov I.A.,Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch.-Т.: Ma’naviyat, 2008, 11bet.
62
hayot mazmuni, dunyo hodisalariga o’z munosabatini bildirishdir. Hamisha
ham din ijtimoiy guruhlarda birlashtirish vazifasini o’tab kelgan.Misol uchun,
insoniyat tarixida eng qadimiy dinlardan biri zardo’shtiylik O’rta Osiyo
hududlarida shakllangan va jamiyatning yangi taraqqiyot bosqichiga o’tishiga,
o’lkaning turli qabilalarini birlashtirishga va bu orqali ularni ilk buyuk
davlatchilik g’oyasi atrofida uyushtirishga olib keladi. Jamiyatning ichki
ijtimoiy barqarorligini ta’minlash, ichki nizolarni bartaraf etish kabi tarixiy
missiyani bajarishga xizmat qilish uchun muqaddas ―Avesto‖ ta’limoti vujudga
keldi. ―Avesto‖ katta ilmiy-nazariy, ijtimoiy-falsafiy, tarixiy, axloqiy-ta’limiy,
ma’rifiy qiymatga ega bo’lib, unda hayot dialektikasi yaxshilik bilan yomonlik,
nur bilan zulmat, rivojlanish bilan tanazzul o’rtasidagi doimiy kurash
qonuniyati yorqin aks etgan. Bundan tashqari, ―Avesto‖ da yosh avlod tarbiyasi,
kamoloti, ota-ona, jamoa, qo’ni-qo’shni oldida, muallimlarning burchi hamda
vazifalari, o’quvchining maktabda, ko’chada, ustoz, ota-ona, keksalar, kattalar
huzurida o’zini tutish mezonlari ko’rsatilgan.‖Kichiklikda bilim olsang, yigit
bo’lgach, boshing egilmaydi‖
46
,-deb o’rgatgan, yoshlar ma’naviy tafakkurini
shakllantrigan. ―Avesto‖ da bayon etilgan ma’naviy boylik bugun chetdan kirib
kelayotgan, yoshlarimiz ko’nglini zabt etishga qaratilgan ma’naviy tahdidlarga
qarshi kurashda qo’l kelishi shabhasiz. Yoshlar ruhiy dunyosini izdan chiqarishni
maqsad qilib olgan mafkuraviy, g’oyaviy va informatsion hurujlarning asl
mohiyatini ochib berishda, yoshlarimizning odob- axloqini shakllantirishda, ularni
ezgulikka, hayot mohiyatini to’g’ri tushunishga, ota-onaga hurmat, yurtiga mehr-
muhabbat kabi mehrga undaydigan, ma’naviy olamini yuksaltirishga yordam
beradigan ma’naviy mezonlarning o’rni beqiyos.
Insonning barcha yuksak ideallari, haq, haqiqat, adolat haqidagi
tushunchalari diniy dunyoqarashga tayangan. Bu islom diniga ham oiddir. Islom
dinining hayotiy tamoyillari ilm egallashga intilish, ezgulik q’ilish, el-yurtga foyda
keltirish, savob va ehsonga undash, yomonlarni yo’ldan qaytarish, halollik,
46
Ahmedshina F. ―Diniy qadriyatlar va ularning shaxs ma’naviyatiga tarbiyaviy ta’siri‖. // Barkamol avlod va ijtimoiy
taraqqiyot.-Тoshkent,2010, 85 bet.
63
birovning haqqiga xiyonat qilmaslik kabi ko’pgina ma’naviy qadriyatlardan
iboratdir. O’sib kelayotgan yosh avlodga islom dinining mazmun-mohiyatini,
islom madaniyatining ezgu g’oyalarini keng targ’ib etish o’z dolzarbligini yo’qotgan
emas.
Islom Karimov o’zining ―Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch‖ asarida
dunyoda islom diniga qiziqish va intilishning ―...asosiy sababi muqaddas
dinimizning haqqoniyligi va pokligi, insonparvarligi va bag’rikengligi, odamzotni
doimo ezgulikka chorlashi, hayot sinovlarida o’zini oqlagan qadriyat va
an’analarni ajdodlardan avlodlarga yetkazishdagi beqiyos o’rni va ahamiyati bilan
bog’liq‖dir deb ta’kidlaydi va uni pok saqlash, turli xil g’arazli huruj va
hamlalardan, tuhmat va bo’htonlardan himoya qilish, uning asl mohitini unib-
o’sib kelayotgan yosh avlodimizga to’g’ri tushuntirish, islom madaniyatining ezgu
g’oyalarini keng targ’ib etish vazifasi hamon dolzarb ekanligiga e’tibor qaratadi.
Shuning bilan bir qatorda, asarda islom dini va diniy aqidaparastlik o’rtasidagi
farqni hali ongi yetarli darajada shakllanmagan, tajribasiz, g’o’r yoshlar anglay
olmasliklari natijasida ularning ma’naviy hayotiga salbiy ta’sir ko’rsatishi
mumkinligi ta’kidlanadi.
Yoshlar ta’lim-tarbiyasida din va xurofot o’rtasida farq’lar va ularning
qalbida xalq’ning buyuk farzandlari islom dinining rivojlanishiga va uning pok
saqlanishiga ulkan hissa qo’shganlari bilan faxrlanish tuyg’ularini shakllantirish
zarur. Butun dunyo tan olgan Imomi A’zam, Imom Buxoriy, Iso Termiziy,
Imom Moturidiy, Burhoniddin Marg’inoniy, Abduholiq G’ijduvoniy va Bag’ouddin
Naq’shband singari buyuk mutafakkirlar va allomalar islom ma’naviyati va
ma’rifatining, islomiy qadriyatlarning rivojlanishiga va boyishiga ulkan hissa
qo’shdilar. Ularning o’rta a sr a rab-musulmon jamiyati, davlati, oilasi, umuman
ra’iyatlarining siyosiy madaniy, ijtimoiy, axloqiy, huquqiy munosabatlari,
dunyoviy qadriyatlari, talab va majburiyatlariga siyosiy hamda huquqiy-diniy
asoslar yaratib berishda xizmatlari kattadir. Shulardan biri, islom madaniyati va
ma’naviyati tarixi bilan chambarchas bog’lanib ketgan,‖Amir ul-mo’minin‖
(Hadis ilmida mo’minlarning amiri), ―Imom ud-dunyo‖ (Dunyodagi barcha
64
mo’minlarning va musulmonlarning imomi), ―Shayx ul-islom‖ (Musulmonlarning
ustozi) nomlari bilan mashhur va ma’lum bo’lgan Imom al-Buxoriydir. U bir necha
asrlar davomida musulmon olamida eng aziz va mo’tabar inson sifatida behad
hurmat bilan tilga olingan buyuk siymolardan bo’lib, ―Alь-jomi’ as-sahih‖
(―Ishonarli to’plam‖) asarini yozgan. Unga 600 ming hadisdan 7275 ta eng
ishonaprlisi tanlab olingan, islom olamida muq’addas Qur’ondan keyin turadigan
noyob manba hisoblanadi. Bu asar mustaq’illikdan so’ng o’zbek tiliga tarjima
qilinib, uch marta ko’p nusxada chop etildi. Alloma tavalludining 1200 yilligi
xalqaro miqyosda keng nishonlandi. Samarqand yaqinidagi Imom Buxoriy
maqbarasi va masjid majmuasi qayta tiklanib, u yerdagi hadisshunoslik markazi
ochildi.
Buyuk olim ikkinchi ―Al-adab ul-mufrad‖ deb nomlangan asariga
―Ishonarli to’plam‖dan Muhammad (s.a.v.) payg’ambarimizning axloq-odobga oid
qarashlarini o’zida aks ettirgan hadislar saralab olingan. Unga ona va ota hurmati,
qarindoshlarga munosabat, qo’shnilarga munosabat, qizlarga g’amxo’rlik, bola
tarbiyasi, qo’shnilarga munosabat, yetimlarga g’amxo’rlik kabi ijtimoiy
masalalarga oid hadislar kiritilgan. Ana shu asarning arab tilidagi matni 2009 yilda
Rossiyaning yirik madaniy markazi bo’lmish Sankt-Peterburg shahrida taniq’li
arabshunos Elnur Zaripov tarjimasida rus tilida nashr etildi‖
47
.
Islom madaniyatiga e’tibor mustaqillitk yillarida keng tus oldi. Diniy
marosimlar tiklandi. Ramazon hayiti va Qurbon hayiti xalq’ning haqiqiy
ommaviy bayramlariga aylandi. Qur’oni Karim o’zbek tiliga tarjima q’ilindi. Buyuk
allomalar Bahouddin Naqshband, Hoja Ahror Valiy, Mahmud Zamahshariy,
Imom Moturudiy, Abduholiq G’ijduvoniyning yubiley tantanalari keng
nishonlandi, hamda ularning nomi bilan bog’liq qadimiy yodgorlik majmualari obod
va yangilari barpo qilindi.
Ming yillar davomida bo’lganidek, hozirda ham O’zbekiston xilma-xil
dinlar, madaniyatlar va turmush tarzlari tutashgan markaz bo’lib kelmoqda.
47
Shodiyev E.‖Islom dini durdonalari‖,//O’zbekiston adabiyoti va san’ati. –Toshkent.:2009 yil, 25 denkabr,
№36, 4-bet.
65
Respublikada 16 konfessiyaga mansub 2186 ta diniy tashkilot, jumladan, 1987
masjid ro’yxatdan o’tgan (1989 yilda 89 ta edi), Toshkent Islom universiteti, 10 ta
o’rta-maxsus bilim yurtlari, hamda Protestant va Provaslav seminariyalari faoliyat
ko’rsatmoqda. Mustaq’illitk yillarida yuzlab cherkovlar, senagoglar va ibodat uylari
barpo etildi, ta’mirlandi. Ularga Samarq’and, Toshkent, Navoiydagi proavslav
ibodatxonalari, Toshkent shahridagi katolik kosteli, Samarq’anddagi arman-apostol
cherkovi, Toshkentdagi Budda ibodatxonasi va boshq’alar kiradi
48
. Nufuzli xalq’aro
tashkilot – Islom konferensiyasi tashkilotining ta’lim, fan va madaniyat
muassasalari bo’yicha tuzilmasi AYSESKO tomonidan 2007 yilda Toshkent
shahrining Islom madaniyati poytaxti deb e’lon qilingani ham mamlakatda islom
qadriyatlari va ma’naviyatini rivojlantirib kelinishiga berilgan yuksak bahodir.
Islom dini milliy istiqlol maqsad va vazifalari bilan uyg’unlikda milliy
taraqqiyotning muhim omillariga aylanishi uchun mustaq’illikning birinchi
yillaridanoq ―... musulmonchilikning ulug’ madaniy qadriyatlari huquqini qayta‖
tiklash,‖... bu bebaho xazinani chuqurroq idrok qila borgani sayin xalqning hayoti
ma’naviy jihatdan boyroq va axloqiy jihatdan pokizaroq bo’la‖ borishiga
(I.Karimov) ishonibfaoliyat yuritishga ahamiyat ortdi. ―Islom dini, deydi Prezident,
- biz uchun ham imon, ham axloq, ham diyonat, ham ma’rifat ekanligini
unutmaylik‖
49
.
Mustaqillik yillarida olimlar va jamoatchilik tomonidan islom ma’rifati
xazinasidan yoshlar ma’naviyatini shakllantirishda foydalanish zaruriyati haqida
ochiq-oydin fikrlar aytila boshlandi. Islom dini, umuman, dinlarning inson va
jamiyat hayotiga ta’siri, ma’naviyat rivojiga qo’shgan hissasi masalalariga
e’tibor ortdi. Islom qadriyatlari, qoidaloari va talablari, millatchilik kayfiyatlaridan
yuqori turishini, barcha millatlarni birlashtirib, teng, do’st, yoru birodar qilib,
tinch-omon yashashlari uchun sharoit yaratib berishni zarurat deb biladi. Lekin
hozirda islomni siyosiylashtirishga, siyosat quroliga aylantirishga intilgan
48
Ochilova B.M.,Qadriyatlar falsafasi, o’quv-uslubiy majmua./ o’quv qo’llanma/ -Т.:‖Yurist mediya markazi‖
nashriyoti, 2010 y.,209-bet.
49
Ahmedshina F. ―Diniy qadriyatlar va ularning shaxs ma’naviyatiga tarbiyaviy ta’siri‖. // Barkamol avlod va ijtimoiy
taraqqiyot.-Toshkent,2010, 89 bet.
66
kuchlar mavjud. Islomni dastlabki ko’rinishda saqlab qolish, uni fundamental
asosiga qaytarish jarayoni, bu yo’lda radikal, ekstremistik harakatlar qilish, kuch
ishlatish, qon to’kish, hatto qurolli harakatlar olib borish, terrorchilik shakllarini
qo’llashi keng jamoatchilikni tashvishga solmoqda. Bunday harakatlar chin islom
tamoyillariga ziddir. Yoshlarga diniy eustremizm va diniy fundamentalizmning
diniy e’tiqod, islom ma’naviy qadriyatlari bilan hyech qanday aloqasi yo’qligini
nazariy va amaliy tahlillar asosida o’rgatish kerakligi anglanildi. Chunki necha
ming yillik diniy ma’naviyat an’analari umuminsoniy qadriyat ekanligi va uning
shaxs kamolotidagi o’rni va rolini bilmasdan turib yoshlar diniy ma’naviyat haqida
to’g’ri va to’liq ma’lumotga ega bo’lmasliklari aniq. Ularning ham diniy, ham
dunyoviy bilimlarga qiziqishi hayot zaruratiga aylansa, shaxs ma’naviy kamoloti
uchun yangi imkoniyatlar yaratiladi, unga o’z hayotini to’g’ri asoslarga
qo’yishiga yordam beradi. Bu esa, o’z navbatida, yoshlarni din niqobi ostida g’arazli
maqsadlarni amalga oshirish uchun siyosiy hokimiyatni egallashga intilayotgan
ba’zi kuchlarning ta’siridan saqlashga ko’kaklashadi. Shu kuchlarning sohta
g’oyalar mazmun-mohiyatini, islom dinini nega qurol olishga
urinayotganliklarini, odamlarni chalg’itish yo’li bilan hokimiyat tepasiga
kelishdan qanday maqsad ko’zlayotganliklarini anglab olishlariga olib keladi.
Islom fundamentalizmi, ekstremizmi, umuman diniy ekstremizm va
g’ayriislomiy diniy tashkilotlar o’z maq’sadlariga erishishning asosiy usuli sifatida
terrordan pok diniy qadriyatlarni saqlab qolish uchun emas, balki dinni nikob
qilib siyosiy hokimiyatni egallash uchun foydalanmokda.
Islomiy ekstremistik partiyalarning asl maqsadi amaldagi konstitutsiyaviy
demokratik tuzumni o’zgartirib, islomiy davlatni qurish va uni davlatning shariat
qonunlariga ko’ra boshqarishni tadbiq etishga qaratilgan
50
.
Bugungi davr terrorizmi eng zamonaviy vositalar yordamida ilg’or va
rivojlangan mamlakatlarga qarshi ko’poruvchilik qilishda o’zini namoyon
etmokda. Uning pirovard maqsadi uzluksiz va mutassil qo’poruvchilik
harakatlari bilan jahon siyosatini belgilab berayotgan davlatlar va kuchlar-ning
50
Zakrullayev A., Ro’yalar kurashi. Movaraunnaxr, Т., 2000, 23-bet.
67
dunyodagi boshqa xalqlar bo’lgan munosabatini tubdan o’zgartirishga majbur
etishdir. Ular "O’z norozilik va g’azabimizni ifoda etishda bizning yagona qurolimiz
terrordir", deya da’vo qiladilar
51
.
Bu jarayonga hushyorlik bilan qarash lozim. Chunki, hamma vaqt sof
islomiy nazariya, insoniyatni komillikka da’vat etuvchi buyuk ta’limot bo’lishi
bilan birga, uni sohtalashtiruvchilar, undan o’z shaxsiy manfaatlari yo’lida
foydalanuvchilar ham mavjudligini, ayni ana shu salbiy hodisalar jamiyat
taraqqiyotida kutilmagan fojealarni keltirib chiqarishini hayot ko’rsatmokda.
Dinni qalban chukur his etgan, chin insoniy fazilatlarni qadrlash qobiliyatiga ega
bo’lgan odam hyech qachon ekstremistlar singari dinni qurol qilib olmaydi,
uning insoniy va axlokiy tuyg’ulari, tarbiyasi bunga yo’l qo’ymaydi
52
.
Yoshlarni ham shu ruhda tarbiyalasak ular hyech qachon diniy ma’naviy
qadriyatlarni dinsizlik bilan almashtirmaydilar. Bu esa yoshlar dunyoqarashini
shakllantirishni dunyo sivilizatsiyasining din va diniy tamoyillarini teran tahlil
qilish va shu yo’l bilan uni anglash asoslarida olib borishni taqozo etadi.
Bugungi kunda bu masalalarga ilmiy yondashish zarurati kuchaymoqda.
Diniy- ma’rifiy ishlar ko’lamini kengaytirish, yoshlarni imonlilik, chinakkam
insonparvarlik ruhida tarbiyalash zarur. Ammo bu masalalari faqat dinshunos
olimlarnigina emas, balki barcha olimlar, murab-biylarning qarshisida turgan
muhim vazifalarga aylanmokda. Yoshlarning ma’naviy irodasini mustahkamlashda,
hayot ma’nosini to’g’ri anglab olishlarida diniy va ilmiy dunyoqarashning
uyg’unlashuvi talab qilinmokda. Xozirgi davrda shaxsning tafakkur tarzi va
ma’naviy dunyosini to’g’ri shakllantirishda uning hayotda to’g’ri yo’l topishida,
yuksak ma’naviy kamolot darajasini oshirishi muhimdir. Odamlar, ayniqsa,
yoshlar diniy va ma’naviy-ma’rifiy qadriyatlar hakida ilmiy izlanishlar natijalaridan
bexabar bo’lib qolish hollarini ozaytirish darkor. Ko’pincha ular o’z bilim,
tajribalari asosida, chuqur tahlil qilinmagan, tekshirilmagan, isbotlanmagan xilma-
xil diniy qarashlarga e’tiqod kilishlari mumkin.
51
Xonazarov K,., Terrorchilar tenglik tarafdorimi? "Tafakkur", 2009, 4-son, 14-bet.
52
Ochilova B., Shaxs ma’naviy kamolatida ixlosmandlik va ibrat birligi. Uzbekistan, T, 2004, 121-122-bet.
68
Qur’oni Karim, hadislar, shariat qoidalari, islom huquqi asoslarida odlinga
surilgan ma’naviy-axlokiy g’oyalar zamirida ruhiy poklanish, imon, vijdon, e’tiqod,
go’zallik bilan bog’liq bo’lgan dunyoviy muammolar o’rtaga qo’yilgan. Jamiyat
hayoti va shaxsiy hayotdagi barcha muammolarni hal etish uchun avvalo, inson o’zi
ruhan va vijdonan pok, halol, iymonli, e’tiqodli, ilmli bo’lishi kerak degan g’oya
islom dinining o’zagini tashkil etadi. Yoshlar chin ma’noda diniy va dunyoviy
qadriyatlardan qanchalik ko’p saboq, olsa, ularga ishonsa va ularga amal qilsa,
ularning tafakkurlari shunchalik boyib boradi, o’zlari ma’naviy kamol topa
boradilar.
Islomiy qadriyatlar — iymon, e’tiqod, ibodat, ixlos, taqvo, do’st, ota-ona,
qarindosh-urug’chilik, farz, vojib, sunnat, mustahab, halol, mehr-oqibat, insof-
diyonat va shunga o’xshash juda ko’p qadriyatlardan iboratdir. Milliy qadriyatlar
shu islomiy qadriyatlarga hamohangdir. Ma’naviy yetuk inson halollik, poklik,
mehr-oqibatlilik, adolat, Vatanni va elni e’zozlash, mexnatsevarlik, botirlik, kamtar-
lik, to’g’rilik, mardlik, qarindosh-urug’chilik, hushyorlik, g’ypyp, farosat kabi
fazilatlarga ega bo’lishi shart deb hisoblanadi. Shunday qilib, islomiy va milliy
qadriyatlar yoshlar kamolotida katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lganligi uchun
ham asrlar sinovidan o’tib bizgacha yetib kelgan va yangi avlod tarbiyasiga ijobiy
ta’sir ko’rsatmokda.
Yoshlar diqqatini islom ma’naviy madaniyatining ravnaq topishiga, insof
va adolat, insonparvarlikni targ’ib etuvchi g’oyalar bilan ko’plab axloq’iy-ma’naviy
masalalarni hal etishga ko’maklashgan, islom dinining asosini to’g’rilik, ezgulik va
insoniylik tashkil etishini isbotlagan, butun dunyoga mashhur bo’lgan buyuk
allomalar ilmiy izlanishlariga qaratish lozim. Ularning ilmiy maktablari islom
dunyosida keng ma’lum bo’lgan va islom ma’naviy qadriyatlarining tarqalishiga
ijobiy ta’sir ko’rsatib kelgan va kelmokda. Shuning uchun ham "Zaminimizda
yashab o’tgan buyuk allomalarimiz, mutafakkir bobolarimizning ibratli hayoti va
69
faoliyati, bemisl ilmiy-ijodiy kashfiyotlari butun ham jahon ahliini hayratga
solayotganligini g’urur bilan ta’kidlash lozim"
53
.
Bundan maqsad ularning timsolida "...ma’rifat, ilmu fan, madaniyat, din
kabi sohalarning barchasini o’zida uyg’unlashtirgan xalqimizning ma’naviy olami
naqadar boy va rang-barang ekanini isbotlab borish"dir (I.Karimov). Chunki inson
faqat diniy dunyoqarash yordamidagina imonli, insofli bo’ladi, haqiqat va adolatni
tan oladi deb bo’lmaydi. Buni diniy mafkura hukmron bo’lgan davrlarda ham sodir
etilgan, dinga, imon-e’tiqod talablariga zid ishlar qilingan tarixiy davrlar isbotlaydi.
Shunday og’ir sharoitlarda ham ma’naviy jasorat ko’rsatib ezgulik, insonparvarlik
g’oyalariga sodiq’ qolgan shaxslar hayoti yoshlarimizga, umuman, barchaga yuksak
namunadir. O’rta asrlardagi g’oyat hatarli va tahlikali vaziyatda o’z hayotini xavf
ostiga qo’yib, avlodlarga ibrat bo’ladigan ma’naviy jasorat namunasi ko’rsatgan
Imom Moturidiy islom olamida "Musulmonlarning e’tiqodini tuzatuvchi" degan
yuksak sharafga sazovor bo’lgani bunga yaqqol misoldir.
Xo’sh, Imom Moturidiy nomini ulug’lashimizning sababi nimada? Imom
Moturidiyning faoliyati va ta’limoti haq’ida gapirar ekanmiz, avvalo, bir masalani
aniqlab olish lozim: uning merosini nima uchun ulug’laymiz, nima uchun
qadrlaymiz, nima uchun bugun ham bu merosning hayotiy ta’sirini sezamiz?
Aytish mumkinki, Imom Moturidiy hazrpatlari ana shunday tarixiy zarurat
natijasida maydonga chiqqan mumtoz siymo, ulug’ allomadir. Buyuk bobomiz
yashagan davarda ham har turli diniy firq’a va oqimlar o’rtasida g’oyaviy qarama-
qarshiliklar, ziddiyat va nizolar kuchayib, qonli mojarolar avj olgan edi.
Musulmonlar uchun bag’oyat hatarli va tahlikali ana shunday bir vaziyatda
hazrati Moturidiy zo’r matonat, avlodlarga ibrat bo’ladigan fidoyilik namunasini
ko’rsatadi. Ul zot Alloh taolo o’ziga ato etgan beq’iyos aq’l-zakovot va ilm bilan
to’g’ri yo’ldan adashgan oq’imlarga q’arshi kurash olib bordi. Ammo, shuni alohida
qayd etish kerak-ki, ul zot g’animlarga qarshi qilich yalong’ochlab jang qilib emas,
balki ilm-murosalar bilan, yaxshilik ila ibrat bo’lish orqali kurashish kerakligini
uqtiradilar.
Ularning
qarashlari
asosida
hurmatli
yurtboshimiz
Islom
53
Karimov I.A.,Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch.-Т.: Ma’naviyat, 2008, 41bet.
70
Abdug’aniyevich Karimovning ―fikrga qarshi fikr, g’oyaga qarshi g’oya‖
tamoyillari yotadi.Aniqroq qilib aytganda: ―Alloma bugungi kunda ham o’z
ahamiyati va ta’sirini yo’qotmagan hayotbaxsh kuch, ya’ni g’oga qarshi g’oya,
jaholatga qarshi ma’rifat yo’lini tanladi va umrining oxiriga qadar shu yo’lda sobit
qoldi‖
54
.
Alloma johil kuchlarning tahdid va tajovuzlaridan qo’rq’may, hidoyat
yo’lini yo’qotgan firqalarga qarshi keskin raddiyalar bitdi. Hazrat
Moturidiyning asarlaridagi ilmiy asos va mantiq qudrati shu qadar kuchli ediki, uni
hatto allomaning muxoliflari ham oxir-oqibatda tan olishga majbur bo’ldilar.
Aslida alloma nafaq’at o’z davrida, balki kelajak avlodlar uchun ham dinning
sofligini saqlashga, din ichida firqalarga ajralib ketishlarga qarshi kurashgan,
bilib-bilmay turli oqimlarga bo’linib ketishlarning oldini olishga harakat qilgan.
Shu bilan ul zot butun islom olami, o’z xalqi, o’z Vatani oldidagi yana bir ulkan
xizmat, ya’ni bebaho dinimizni qanday tushunish va qanday tushuntirish ilmini
rivojlantirdi va boyitib berdi. Hazarti Moturidiy X asrdayoq diniy g’oyalarni
g’arazli maqsadlar yo’lida qurolga aylantirish, mutaassiblik va johillik botqog’iga
botib qolish qanchalik hatarli ekanini asoslab bergani biz uchun ayniqsa muhimdir.
Bu so’zlar naqadar haqqoniy, shuning uchun ham ular o’zining ahamiyatini
yo’qotmagan. Alloma Islom dinining bag’rikengligini va insonparvarligini olamga
ko’rsatib bera oldi.
Islom dini huquqshunosligini betakror bilimlar bilan boyitgan alloma
Burhoniddin Marg’inoniydir:‖Islom huq’uq’shunosligining ulkan namoyandasi,
shayxulislom Burhoniddin Marg’inoniyning nomi Imom Buxoriy, Imom Termiziy,
Imom Motrudiy, Mahmud Zamahshariy, Najmiddin Kubro, Bahouddin Naqshband,
Hoja Ahrori Valiy singari ulug’ siymolar qatorida turadi‖
55
.
Burhoniddin Marg’inoniy yashagan zamon- Sharq Uyg’onish davrining
birinchi bosqichi bo’lmish X-XI asrlarda Movarounnahr zaminida ilmu fan
gurkirab rivojlangan, jamiyat taraqqiyoti uchun islom huquqini to’g’ri anglash
54
Karimov I.A. Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas’ulmiz.-Т.: O’zbekiston,2001 y.125 bet.
55
Karimov I.A. Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas’ulmiz.-Т.: O’zbekiston,2001 y.113-114 bet.
71
va amal qilish muhim ijtimoiy zaruratga aylangan edi. Ul zot o’z asarlarida
(Musulmon olamining buyuk asari ―al-Hidoya‖) o’sha zamonlardagi musulmon
olamidagi turli sohalarga oid muammolarning huquqiy tahlilini bergan. Shu sababli
turli murakkab vaziyatlarning qonuniy hal etilishiga, adolatning qaror topishiga
yordam bergan. Barcha xizmatlari asosida ul zot ―Hidoyat yo’lining sarboni‖ deya
katta hurmat-e’tibor topgan. Agar bir allomaning zamondoshlaridan biri aytgan
―Ey aql egasi, ―Hidoya‖ni o’qib, mag’zini chaqqin, chunki u seni hidoyat yo’liga
boshlab, eng oliy maqsadlarga yetkazgay‖, degan so’zlarini eslasak,
o’ylaymanki, u zoti sharifning avlodlar oldidagi tarixiy xizmatlarini yana bir bor
yaqqol tasavvur qilgan bo’lamiz. Ko’p asrlik tariximiz shundan dalolat beradiki,
eng murakkab davrlarda ham xalqimizning mushkul sinovlardan o’tishi,
hayotning turli to’fon va bo’ronlariga mardona bardosh berib, qaddi-qomatini
tik tutib yashashiga katta madad baxsh etadigan kuch-yuksak ma’naviyat va
adolatga intilish tuyg’usi bo’lgan. Barcha yuksak cho’qqilarga intiluvchi insonlar
uchun komil ma’naviyat va adolat asosiy tamoyil bo’lgan. Jamiyat taraqqiyoti
uchun barcha sohalar kabi diniy ta’limotlarda ham musulmonlar o’rtasida
ziddiyat keltirib chiqarish emas, balki ular o’rtasiga murosai modaroni hosil
qilish asosiy vazifa bo’lgan. Millatlar va turli din vakillari o’rtasiga nifoq solish
dinda ham harom deb sanalgan va diniy ekstremizm va terrorizmni huqukiy nuqtai
nazardan o’z davrining islom faqihlari ham oqlamaganlar, noqonuniy deb
topganlar.
Hozirgi davrda yoshlarga ma’naviy ta’lim va tarbiya, zaruriy bilim va
ma’lumotlar berish, vaziyat bilan amaliy tanishtirish, ogohlik orqali ularning
ma’naviy kamolotiga ko’maklashish, shuur va ruhiga ijobiy ta’sir etish dolzarbdir.
Ma’naviy ogohlik shaxsning ichki intilishi va qalb istagi bilan amalga oshadi,
yuksak ma’naviyat egasi bo’la olish, o’zini anglash imkonini beradi. O’z-o’zini
anglab yetgan, aqli raso, g’oyaviy-siyosiy jihatdan yetuk shaxsni ma’naviy
chalg’itish, tili, millati, madaniyati, milliy qadriyatlarini oyoq osti qilishga undab
bo’lmaydi. Miloddan avvalgi V asrda yashab o’tgan mashhur yunon faylasufi
Suqrot o’zini anglagan inson o’zi uchun nima foydaliligi va nimalarga qodir
72
ekanligini yaxshi tushunadi. U qo’lidan keladigan ish bilan shug’ullanish
asosidao’z ehtiyojini qondiradi va saodatga erishadi. Har qanday xato va
baxtsizliklardan holi bo’ladi. Buning natijasi o’laroq u o’zga odamlarni qadrlay
oladi va ulardan ezgulik yo’lida foydalana boshlaydi. Oqibatda o’zini
kulfatlardan saq’laydi
56
,- deb bejiz aytmagan.
Yoshlar ma’naviyatini shakllantirishda islomiy qadriyatlarni hurmat
qilishning ahamiyati katta. Islomiy qadriyatlarning demakki barchasi: halollik va
fidoiylik bilan yashash, e’tiqodda sobit bo’lish, vijdon va iymon bilan hayot
kechirish, or-nomusli, mehr-okibatli, muruvvatli bo’lish, yaxshilik, ezgulik, savob
ishlarni qilish va shu kabi juda ko’p va xayrli talablari yoshlarni iymon-e’tiqod
bilan yashashga, o’kib o’rganishga, mehnat qilishga undaydi. Bunday iymon-
e’tiqodni islomiy va xalqaro qadriyatlar uyg’unligida shakllantirish yoshlarning
ma’naviy-madaniy, badiiy-estetik, axlokiy-ruhiy holatiga ijobiy ta’sir ko’rsatishi
shubhasiz. Agar insonda xudoga, oliy qadriyatlarga, ezgulikka ishonch yo’qolsa,
uning yashashidan hyech qanday ma’ni qolmaydi, u tirik murdaga, tafakkuri
mute qulga yoki qattol, xirsi jilovlanmagan yovuz shaxsga, zo’ravon va
yulg’ichga aylanadi
57
.
Mustaqillik yillarid a din, shu jumladan, islom dini, islomiy
qadriyatlarning mohiyati va ahamiyatiga yangicha yondashishning asl maqsadi,
ularga oid ko’plab tushunmovchiliklar, anglanmaganliklardan kelib chiqqan
muammolarni holisona, mafkuraviy qaramlikdan, aqidaparastlik va avtoritar
ateistik g’oyalardan holi ravishda ko’rib chiqish, tadqik etish edi. Bu murakkab,
muayyan vaqt va tajriba talab etadigan jarayon bo’lgani uchun unga siyosiy
vaziyatga moslashib, vaqtinchalik kayfiyat va ehtiroslarga berilib emas, balki
yuksak mas’uliyat bilan ilmiy metodologiya asosida yondashish talab etiladi.
Islomiy qadriyatlar mohiyati, ahamiyati va har bir musulmonga ta’siri haqida
qilinayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari va ular-ning natijalari hozirgi zamon talablariga
to’la javob bermayapti. "Islom dini, rasm-rusmlari, qoida qadriyatlari, islomiy
56
Haqiqat manzaralari, - Toshkent.: Yangi asr avlodi. 2009 y.-63 bet.
57
Erkayev A., Fan bilan dinni birlashtirishga exltgyoj bormi? Tafakkur, 4-son, 23-bet.
73
tarbiya bo’yicha katta-kichik kitoblar — ko’llanmalar, dasturilamallar, yo’l-
yo’riqlar, iymon-e’tiqodga oid tegishli to’plamlar ko’plab bosilib chikdi. Bu yaxshi.
Yana ham ko’plab yaratilishi kerak... Bunday islomiy kitoblar juda zarur va kerak"
(I.Karimov).
Diniy qadriyatlar va uning shaxs ma’naviy kamolotidagi o’rni haqida
gapirganda, dinning inson hayoti, odamlar o’rtasidagi munosabatlar tizimidagi o’rni
beqiyosligini alohida ta’kidlash lozim. Din, diniy qadriyatlar, amaliy tajriba, axloqiy
qadriyatlarga tayanib insonning to’g’ri diniy dunyoq’arashini shakllantiradi, inson
ma’naviyatiga chuqur singib, uning yashash maq’sadini muayyanlashtiradi. Aslida
dinning vazifasi muayyan dunyoqarashni shakllantirish orqali kishilarning ongiga va
shu yo’l bilan ularning amaliy faoliyatiga hamda hayotiga ta’sir etish, diniy
bag’rikenglik tamoyillarini rivojlantirishdir.
Yoshlar ma’naviyatini to’g’ri shakllantirishda dinning diniy xazinasidan
keng foydalanishning ahamiyati ortmoq’da. "Bunday noyob va bebaho boylikni har
tomonlama chuqur o’rganish, uning ma’no-mazmunini farzandlarimizga yetkazish
masalasi barchamiz, birinchi galda, ziyolilarimiz, butun jamoatchiligimiz uchun
ham q’arz, xam farz bo’lishi shart, deb hisoblayman. Nega deganda,o’zimiz —
bugun shu yurtda yashayotgan vatanparvar insonlar bu vazifani o’z zimmamizga
olmasak, chetdan kelib hyech kim hyech qachon bu ishni qilib bermaydi"
(I.Karimov).
Kishilarning osoyishtaligi va xavfsizligiga rahna soladigan diniy
ekstremizm va diniy terrorizmning barcha ko’rinishlari buzg’unchilik- fasod
ishlardan sanaladi. Qur’onning ―Baqara‖ surasi 205-oyatidagi ―Alloh esa
buzg’unchilik- fasodni sevmaydi‖
58
, -degan oyat tushunchasi islomning diniy
ekstremizm va terrorizmga bo’lggan salbiy munosabatini bildiradi.
Mutaassiblik, ekstremizm va terrorchilik odatda begunoh odamlarning qoni
to’kilishiga olib keladi. Qur’onda esa bunday holatlar ―Biror jonni o’ldirmagan yoki
Yerda (buzg’unchilik va qaroq’chilik kabi) fasod ishlarni qilmagan insonni
58
Yusupov O. tahriri ostida, Diniy bag’rikenglik va mutaassiblik (yuzta savolga- yuzta javob)-T.:‖Toshkent
Islom Universiteti‖, 2007, 53-bet
74
o’ldirgan odam xuddi hamma odamlarni o’ldirgan kabidir‖
59
(Moida, 32) deya
qoralanadi.
Imom Buxoriy rivoyat qilishlaricha, Payg’ambarimiz ―Musulmon kishi
shuki, uning tilidan va qo’lidan musulmonlar ozor chekmaydilar‖,
60
- deya
marhamat qilganlar. Bu hadisda tildan yetadigan ozor qo’ldan yetadigan zarardan
avval zikr etilmoqda. Chunki qo’l bilan boshqalarning faqat bu dunyosi- salomatligi,
oilasi, mulkiga zarar yetkazilsa, til bilan- insonlarni turli buzg’unchi g’oyalarga
targ’ib qilish orqali to’g’ri yo’ldan chalg’itib, ikki dunyosini barbod etish mumkin.
Bundan anglashiladiki, Payg’ambarimiz kishilarga qanday shaklda bo’lmasin, ozor
yetkazish katta gunoh ekanini ta’kidlaganlar.
Islom dini manbalari ―Qur’on‖ Karim, Hadisi shariflar, Shariat arkonlari,
Fiqh kabilardir. Ularni to’liq va mukammal, asosiysi holislik nuqtai nazari bilan
o’rganish kerak. Biz ularni teran o’rgansak, yot va yovuz qarashlar, nazariyalar va
g’oyalarga qarshi aniq’, o’z vaqtida va to’g’ri rad javobini bera olamiz. Aynan
yoshlarga buning mazmun-mohiyatini singdirish zaruriyatdir.
Alloh
taoloning
o’zi
firq’alarga bo’linmaslik haq’ida shunday
deydi:‖Hammangiz bir bo’lib Allohning arkoni (Qur’oni)ga yopishinglar, turli
firqalarga bo’linib ketmanglar‖
61
. Oyatga mazmuniga ko’ra, islomda hizblar tuzish
Alloh ko’rsatmasiga ziddir. Ba’zi hizbchilar Payg’ambarimizning6 ―Kimki
imomsiz, ya’ni xalifasiz hayotdan o’tsa, u johiliyat zamonida o’tganlardek o’libdi‖,-
degan hadislarini o’z faoliyatlarini asoslash uchun dalil sifatida keltiradilar. Ana
shu hadisni ro’kach etib, juda ko’plab insonlarni umriga zavol bo’lmoq’dalar.
Avvalo xalifalik davri tugaganiga ancha davrlar bo’ldi. Payg’ambarimiz Rasulliloh
(s.a.v.) ham o’zlaridan keyin 4 xalif bo’lishligini aytganlar, ulardan keyingi qancha
vaqt o’tgan bo’lsa barchasini johillikka tenglash o’zi xurofotdir. Bundan tashqari
juda ko’p din ulamolari, dunyoviy ilm sohiblari, umuman qanchadan –qancha
insonlar yashab o’tgan shuncha davrni johillik deb xulosa chiq’arish gunohdir
62
.
59
O’sha joyda, 53 bet.
60
O’sha joyda, 53 bet.
61
Begmatov A. Aqidaparastlik manbalari. // Islom:bag’rikenglik va mutaassiblik.-Т.:Univer, 1998 y.-52 bet.
62
Begmatov A. Aqidaparastlik manbalari. // Islom:bag’rikenglik va mutaassiblik.-T.:Universitet, 1998.- 62-bet.
75
Islomda shunday tahlil etilgan: ―Mening ummatim yoppasiga adashib zalolatga
tushib qolmaydi, sizlar ko’pchilik tomonda bo’lingiz!‖ (―Sunani ibn Moja‖, 8-
bob)
63
,- degan sahih hadis fikrimizning isboti bo’ladi. Turli diniy ekstremistik
tashkilotlar, partiyalar paydo bo’lganlariga yarim asr bo’lgan bo’lsalar ham, ular
birorta davlatda tan olinib, rasmiy ro’yxatdan o’tkazilmaganlar.
Ajdodlar va avlodlarni birlashtirib, ulardan qolgan ma’naviy-ma’rifiy
meroslarni hamda zamonaviy bilimlarni puxta egallagan yosh avlodni tarbiyalash
muhim ahamiyat kasb etmoqda. Chunki, endilikda islom faqat diniy e’tiqodgina
emas, balki, umuman, musulmon jamiyati fuqaro-larining turmush tarzi, ruhiyati,
qadriyatlari bilan bog’lik, bo’lgan huquqiy, axloqiy, ilmiy, tarbiyaviy, madaniy,
kommunikativ funksiyalarni bajara boshladi
64
.
Davlat dinni nazorat qilish emas, balki, uni mamlakatdagi o’zgarishlarga
moslashtirish, dinga ishonuvchilarni jamiyatni integratsiyalash va siyosiy
konsensus
yo’lida
milliy
mustaqillikni,
ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyotni
mustahkamlashga jalb qilishga intiladi. Islom qadriyatlarining yoshlar ongi va
qalbidan o’rin olishi, dindagi yuksak insoniy fazilatlarga ixlosmand qilib
tarbiyalashdan davlatning o’zi ham manfaatdor
65
.
Dinlarning, shu jumladan islom dinining shaxs va jamiyat taraqqiyotidagi
o’rni va roli muhim bo’lganini, insoniyatning ma’naviy-madaniy xazinasi
ekanligini, ijtimoiy-ma’naviy hayotimizdagi ijobiy ahamiyatini qadrlab, ularning
insoniy va ma’rifiy tomonlaridan yoshlar tarbiyasida keng foydalanishimiz zarur.
Chunki din va diniy-ma’naviy qadriyatlar yoshlar dunyoqarashi va ma’naviy
kamolatida muhim o’rin tutadi, uning axloq’iy me’yorlarini tartibga soladi.
Dunyoviy qadriyatlar ham diniy qadriyatlar singari ezgulik sari insonlarni
boshlaydi. Jamiyat rivojida xayotning yaxshilanib, uyg’unlashib borishi natijasida
kishilik jamiyatining moddiy va ma’naviy turmush tarziga ijobiy ta’sir etadigan,
turli xalklar g’oyaviy mushtarakligi asosida vujudga kelgan, ma’naviy fikrlar
mahsullari umumlashib, bir-birini boyitib, yagona umuminsoniy qadriyatlarga
63
Begmatov A. Aqidaparastlik manbalari. // Islom:bag’rikenglik va mutaassiblik.-T.:Universitet, 1998 y. 65-bet.
64
Ochilova B., Shaxs ma’naviy kamolatida ixlosmandlik va ibrat birligi. Uzbekistan, Т, 2004, 121-122-bet.
65
O’sha joyda, 127 bet.
76
aylanadi. Umuminsoniy va milliy qadriyatlar yagona tarbiyaviy asosga ega.
Xalkimizning urf-odatlari, marosimlari, dinimiz va turli allomalar yaratgan boy
ma’naviy meros Sharq xalq’larining qadriyati hisoblanadi. Milliy qadriyatlar
mazmunan o’sha millatning g’oyalari, qarashlari, e’tiqodi, ma’naviy turmush tarzi,
orzu-istaklari, kelajak maqsadini ifoda etadi.
Islom dini butun borligi bilan insonlarni ilmga, hidoyatga yetaklaydi.
Qur’oni Karimning birinchi nozil bo’lgan surasi ham «Iqra», ya’ni ―O’qi‖, deb
boshlanadi. Qur’onning 96- ―Al-Atik‖ surasida esa: ―O’qi, Parvardigorning behad
karamli, uning o’zi qalamga o’rgatgan, insonga uning bilmaganlarini o’rgatgan‖
66
so’zlari bitilgan.
Muborak hadislarda ham ilm, ma’rifatlilik ulug’lanadi. Masalan, ―Ilm
o’rganish har bir mo’min uchun farzdir», so’zlari muborak hadisi sharifda bitilgan.
Ilm tufayli odamlar nodonlik, jaholat botqog’idan chiqib, o’z iymonlarini kamolotga
yetkazadilar‖
67
.
Faylasuflarning qarashlariga tayanadigan bo’lsak, shaxs ma’naviyatini
shakllantirishda asosiy manbalar: fan, adabiyot, san’at, maorif, din ma’naviy-ruxiy
qadriyatlar hisoblanadi.
Jamiyatning har bir a’zosini ma’naviy tarbiyalash hakida Abu Ali ibn Sino:
- «Fozil jamoaning har bir a’zosining ma’naviy madaniyati uning jismoniy va ruxiy
madaniyati orqali shakllantiriladi», - degan edi. Abu Rayhon Beruniy, ta’lim-
tarbiyada umuminsoniy va milliy qadriyatlarga bo’lgan e’tiqod, muhabbat asosida
shaxsni ma’naviy kamolotga yetkazish mumkinligi g’oyasini ilgari suradi.
Mustaqillik va Vatanimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar milliy
ongimizda juda katta burilish yasadi. Bu ulkan o’zgarishlar insonlar ongi tomonidan
har xil darajada qabul qilinadi. Millatimizning tili, dini, urf-odatlari, an’analari
ma’naviy qadriyatning tarkibiga kiradi.
Shaklan
milliy,
mazmunan
umuminsoniy
qadriyatlarni
o’zida
mujassamlashtirgan xalq an’analari ma’naviy meros jahon madaniyatining ajralmas
66
O’sha joyda, 31 bet.
67
O’sha joyda, 31 bet.
77
qismidir. Bu qadriyatlarning vorisiyligi doimo ta’minlanishi lozim. Zero,
xalqimizning ma’naviy merosini chuqur bilmasdan, milliy o’zligini anglash va
milliy g’urur tuyg’usini qaror toptirish, yoshlarimiz ongida diniy ekstremizm
va terrorizmga qarshi tura oladigan ma’naviy immunitetni shakllantirish
mumkin emas. Bu juda uzoq’ vaqtni va kukchli mehnatni talab etadi.Ma’naviy-
ma’rifiy ishlar o’ta murakkab jarayondir. Bu jarayonni amalga oshirishda milliy va
diniy qadriyatlarning o’rni juda salmoq’li hisoblanadi. Ma’naviyatimiz, milliy
mafkura, milliy g’oya, milliy urf-odatlar barchasi milliy qadriyatlarimiz tarkibiga
kiradi.
Milliy qadriyatlar - millat uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan etnik jihat
va xususiyatlar bilan bog’lik, qadriyat shakllari hisoblanadi. Respublika
"Ma’naviyat va ma’rifat" markazining to’rt asosiy bo’limidan ikkitasi aynan:
"Umuminsoniy qadriyatlar va milliy qadriyatlar" va "Milliy urf-odatlar,
an’analarni o’rganish va ma’naviy-ma’rifiy istiqbol tadqiqari", - deb nomlanishi
ham bejiz emas. Bu markaz tomonidan o’tgan yillar davomida ma’naviy-
ma’rifiy ishlarni yuksaltirish uchun ulkan vazifalar bajarildi. Milliy
qadriyatlarimizga alohida z’tibor kuchaytirildi. Modomiki, mamlakatimizda
odamlarda ma’naviyatni tarbiyalash ishi davlat miqyosidagi vazifa darajasiga
ko’tarilgan ekan, buning zamirida jiddiy gaplar yotadi. Biznnng maqsadimiz
madaniy-ma’naviy meros, sharqona umuminsoniy va milliy qadriyatlar asosida
umummilliy ma’naviyatni barqarorlashtirish va boyitishdir. Milliy qadriyatlar
mustahkam bo’lsa, ma’naviyat ham barqaror bo’ladi.
Ma’naviyat deganda, avvalo tug’ilib o’sgan muqaddas yerga, oila,
qarindoshlar, yoru-birodarlar va qo’ni-qo’shni, maxalla-kuyga, xalqqa, shuningdek,
Vatanga hurmat, ajdodlar xotirasi, iymon e’tiqod, hamkorlik va birodarlik kabi
muborak an’analarni» qadriyatlarni anglash tushuniladi. Milliy ma’naviyagimizni
buyuk ajdodlarimiz qoldirib ketgan kimmatbaho ma’naviy va madaniy
meroslar zamirida ko’rishimiz mumkin.. Turkistonning buyuk mutafakkirlari xalqni
bilimli qilish, ongini o’stirish, o’zligini kamol toptirish borasida ma’rifatning turli
vositalaridan unumli foydalanganlar. Zero, qalbiga ma’naviyat urug’i qadalgan
78
inson iymonli bo’ladi. Iymon esa, bu halollik, poklik, to’g’rilik va xaqlikdir.
Agar iymon butun bo’lsa, milliy o’zlik anglangan bo’ladi. Milliy o’zlik,
ma’naviyat va milliy qadriyatlar bir, so’z bilan aytganda, insonning asosiy
maqsadi bo’lgan baxt va saodatdir. Abu Nasr Forobiy insoniy baxt-saodatni
quyidagicha izohlaydi: "Insoniy vujuddan maqsad - eng oliy baxt-saodatga
erishuvdir, avvalo u baxt-saodatning nima va nimalardan iborat ekanligini bilishi,
unga erishuvini o’ziga g’oya va eng oliy maqsad qilib olishi, butun vujudi bilan
maftun bo’lishi kerak. Keyin u baxt-saodatga olib boradigan ish - amal va
vositalarning nimalardan iborat ekanligini bilib olishi zarur.So’ngra esa baxt-
saodatga erishtiradigan ishlarni shaxsan bajarishga kirishmog’i lozim bo’ladi"
68
.
Milliy qadriyatlar va ma’naviyatni yoshlar ongiga chuqurrok singdirish
borasida millatimizdagi mutafakkirlarning faoliyatlaridan o’rinli va maq’bul
foydalanish katta samara beradi. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar milliy qadriyatlar bilan
qo’shib olib borilmasa, natija salmoqli bo’lmasligi mumkin.
O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 12-moddasida ijtimoiy
hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida
rivojlanadi, hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o’rnatilishi mumkin
emas, deyilgan. Shunga binoan, har bir diniy konfessiya o’z mafkurasiga ega
bo’lishi mumkin.
Lekin bu mafkura xalqqa tazyiq bilan singdirishga yo’l qo’yilmaydi.
Jamiyatimizda diniy tashkilotlar faoliyati xalqimizda milliy g’urur va iftixor,
vatanparvarlik va fidokorlik, komil insonni shakllantirishga qaratilgan.
O’zbekistonda e’tiqod erkinligi va diniy bag’rikenglikni mustahkamlashda
qonunchilik ham takomillashib bordi. «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar
to’g’risida»gi qonun 1991 yilda qabul qilingan bo’lib, 1993 yilda kiritilgan ba’zi
qo’shimcha va o’zgartirishlar bilan 1998 yilga qadar amalda bo’lib keldi. So’nggi
yillar davomida mazkur qonunni davr talablari asosida tubdan o’zgartirish
zarur bo’lib qoldi va 1998 yilning 1 may oyida Respublika Oliy Majlisi
tomonidan qonunning yangi tahriri qabul qilindi.
68
Forobiy Abu Nasr Fozil odamlar shahri.-T.:‖O’zbekiston milliy ensiklopediyasi‖, 2012 y.-33bet.
79
2000 yil 13-15 sentyabrda Toshkentda o’tgan dinlararo muloqot YUNESKO
Kongressi Markaziy Osiyodagi madaniy, diniy va etnik xilma-xilligini
muhokama qildi. Unda 40ga yaqin davlatdan 80dan ortiq turli din va
konfessiyalarga mansub vakillar, yirik mutaxassislar ishtirok etdilar. Kongressdan
so’ng 18 sentyabr kuni Buxoro shahrida «Tasavvuf va dinlararo muloqot»
mavzusida xalqaro simpozium bo’lib o’tdi.
Unda «tasavvuf»ga bag’rikenglikni targ’ib etuvchi, tinchlikka
chaqiruvchi Islom dinining noyob, o’ziga xos ko’rinishi degan ta’rif berildi.
Aynan 2000 yil sentyabrida Toshkent islom universitetida dinlarni qiyosiy
o’rganish bo’yicha YUNESKO kafedrasi ochildi. YUNESKO rahbariyati bu
tashabbusni qo’llab-quvvatladi. Fan, ta’lim va madaniyat sohasidagi eng nufuzli
xalqaro tashkilot rahbari shaxsan o’zi kelib kafedrani ochishi fikrimiz isbotidir.
Kafedraning asosiy vazifasi dinlararo muloqot va diniy bag’rikenglikni yanada
mustahkamlashga ko’maklashishdir. Shuningdek, 2001 yil sentyabrida Toshkentda
o’tgan Osiyo – Tinch okeani mintaqasi YUNESKO «bag’rikenglik tarmog’i»ning
ikkinchi yig’ilishida bag’rikenglik tamoyillari o’zbek xalqining urf – odatlari
bilan chambarchas bog’liqligi ta’kidlandi.
O’zbekistonning an’anaviy diniy bag’rikenglik o’lkasi ekani, islom fani
va madaniyatiga qo’shgan ulkan hissasini e’tirof etib, nufuzli xalqaro tashkilot
– Islom konferensiyasi tashkiloti (O’zbekiston unga 1996 yildan a’zo)ning ta’lim,
fan va madaniyat bo’yich a Boshqarmasi (ISESCO) Toshkent shahrini 2007 yilda
islom madaniyati poytaxti deb e’lon qildi.
Xalqaro hamjihatlik yo’lida har bir inson, jamoa va millatlar
bashariyatning turli-tuman madaniyatlardan iborat ekanini anglashi va hurmat
qilishi juda muhimdir. Bag’rikengliksiz demokratiya asoslari va inson
huquqlarini mustahkamlab bo’lmaydi. Tinchliksiz taraqqiyot va demokratiya
bo’lmagani kabi, bag’rikengliksiz tinchlik bo’lmaydi.
Globallashuv jarayoni g’oyaviy, mafkuraviy jarayonlarga o’z ta’sirini
ko’rsatib, xozirgi sharoitda u mafkuraviy ta’sir o’tkazishning nixoyatda kuchli
vositasiga aylanib, jahondagi xar xil siyosiy kuchlar va markazlarning
80
manfaatlariga xizmat qilmoqda. Xozirgi vaqtda ko’z o’ngimizda dunyoning
geopolitik, iqtisodiy va ijtimoiy, ahborot kommunikasiya manzarasida chuqur
o’zgarishlar ro’y berayotgan, turli mafkuralar tortishuvi keskin tus olayotgan
bir vaziyatda, barchamizga ayonki, – deb ta’kidlaydi Prezident I.A.Karimov, –
fikrga qarshi fikr, g’oyaga qarshi g’oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan
kurashish har qachongidan ko’ra muxim ahamiyat kasb etmoqda.
Dunyoviy va milliy qadriyatlarimiz sirasiga Mustaq’il O’zbekiston
respublikasining Konstitutsiyasi ham kiradi. Konstitutsiyasida insonlarning dinga
bo’lgan munosabati alohida moddalarda ifodalangan:
18-modda. O’zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq
va erkinliklarga ega bo’lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi,
e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqyeidan qat’iy nazar, qonun oldida tengdirlar.
Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilab qo’yiladi hamda ijtimoiy alodat
prinsiplariga mos bo’lishi shart.
31-modda. Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson
xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hyech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik
huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo’l qo’yilmaydi
69
.
Dunyoviy, milliy qadriyatlar sirasiga marosimlar, qarashlar, nazariyalar
kiradi. Bularda moddiylik ham, ma’naviyliklari ham mavjud. Ularning negizida
insonlar hayotini ezgulik sari yo’naltirish, jamiyatni taraqqiyot sari boshlash
yotadi. Agar aksi bo’lsa, bunday g’oyalardan insoniyat, jamiyat, tabiatga zarar
yetkaziladigan bo’lsa, ular tanqid qilinadi va ulardan bosh tortiladi.
Jumladan, fanda tahlil etilgan ilmlar yaxshilik yo’lida foydalaniladi,
ulardan egoistik manfaat yo’lida zararli maq’sadlarda foydalanilsa jinoyat sanaladi
va jazo qat’iy belgilanadi.
Milliy qadriyatlarimizda: masalan alla- onalar orqali butun insoniyatga
muhabbat tuyg’usini bolada shakllantirishdir. Har bir farzand tug’ilganda
69
Karimov S., Ahmedov I. ―Dinshunoslik‖ fani bo’yicha o’quv-uslubiy majmua.,-Jizzax. 2013-2014 o’quv yili
uchun.127-bet.
81
daraxt ekish, insonlarda tabiatga mehr-muhabbat, tabiatni asrash, e’zozlash
tuyg’usini rivojlantirish g’oyasi yotadi.
Axloqiy qadriyatlarda inson haqqoniy ishlarini birovdan yashirmaydi,
taomi halol bo’lsa, boshqalar olida uyalmay iste’mol qiladi kabi fikrlari mavjud.
Agar harakatingiz to’g’ri bo’lsa, ishlaringiz adolatli bo’lsa, demak ularni
birovlardan sir tutmaysiz, aksincha ularni hammaga ko’rsatishga, boshq’alar
oldida g’urur tuyishga intilasiz. Aksi bo’lsachi? Masalan diniy ekstremistlar, diniy
aqidaparastlar va diniy terroristlar, ularning faoliyatlari halol bo’lmaganligi,
harakatlari noto’g’ri, g’oyalari adolatsizliklardan iborat bo’lganligi uchun,
jamiyatga rahna soluvchi va tinchlikka xavfli bo’lganligi uchun sir saqlaydilar,
yashirin faoliyat ko’rsatadilar. Demak, yolg’onlardan iborat ekan. Insoniyatni
ijodkorlikka emas, mutelikka eltuvchi g’oyalar. Kimlardir diniy axloqni e’tirof
etadilar, hatto halollik haqida va’z o’qiydilar, ammo o’zlari axloq’siz faoliyat
ko’rsatadilar. Faqat Alloh bandalarni yaratdi, ulardan jon olishga ham Xudo
qodir,- deb aytiladi. Ammo diniy ekstremistlar, aqidaparastlar va terroristlar o’z
g’arazli niyatlari yo’lida ko’plab insonlarni qirg’inbarot qilmoqdalar. Bu
qanday g’oyalarga mos keladi. Bu bilan xuddi fashistlar g’oyasiga o’xshaydilar.
Demak, barcha keltirilgan ma’lumotlardan xulosa shuki, diniy
ekstremizm o’z mohiyatiga binoan insoniyat va jamiyat uchun butkul zarar. Tinchlik
va tarraqiyotni izdan chiqarar ekan. Ham diniy, ham dunyoviy ta’limotlarda diniy
ekstremistik harakatlar va diniy aqidaparastlar to’liq qoralanadi. Bunday kishilik
jamiyati va butun olam uchun tahdid soluvchi kuchlarga qarshi kurashish
zarurat ekan. Ana shu kurashda ma’lum tayanadigan asoslar, usul va vositalar kerak
bo’ladi. Yuqorida qayd etilgan fikrlarga asoslanib diniy ekstremizmga qarshi
kurashish uchun quyidagilarni asoslar deb qayd etish mumkin:
Islom dinida asosiy muq’addas kitob ―Qur’on‖da diniy oq’imlar rad etiladi.
Jumladan:
Kishilarning osoyishtaligi va xavfsizligiga rahna soladigan diniy
ekstremizm va diniy terrorizmning barcha ko’rinishlari buzg’unchilik- fasod
ishlardan sanaladi. Qur’onning ―Baqara‖ surasi 205-oyatidagi ―Alloh esa
82
buzg’unchilik- fasodni sevmaydi‖
70
, -degan oyat tushunchasi islomning diniy
ekstremizm va terrorizmga bo’lgan salbiy munosabatini bildiradi.
Mutaassiblik, ekstremizm va terrorchilik odatda begunoh odamlarning
qoni to’kilishiga olib keladi. Qur’onda esa bunday holatlar ―Biror jonni
o’ldirmagan yoki Yerda (buzg’unchilik va qaroqchilik kabi) fasod ishlarni qilmagan
insonni o’ldirgan odam xuddi hamma odamlarni o’ldirgan kabidir‖
71
(Moida, 32)
deya qoralanadi. Demak, islom dinining muqaddas kitobi ―Qur’on‖ diniy
ekstremizmiga qarshi kurashishda asosiy manba diniy manba bo’lar ekan.
Demak, Burhoniddin Marg’inoniy, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom
Moturidiy, Mahmud Zamahshariy, Najmiddin Kubro, Bahouddin Naqshband, Hoja
Ahrori Valiy singari ulug’ siymolar asarlarida diniy ekstremizm va diniy
aqidaparastlik to’liq qoralangan ekan, ularning asarlari va ta’limotlari g’oyaviy
kurashlarda asosiy manbalar bo’ladilar.
Endi dunyoviy manbalar tarkibini umumiy xulosa sifatida tahlil etaylik:
Umumjahon miqyosida e’tirof etilgan hujjatlar: 1789 yilgi Fransiyada
qabul etilgan ― Inson va fuqaro huquqlari deklaratsiyasi‖da barcha odamlarning
erkinliga va huquqiy tengligi, ulargao’zgalarning dahl etmasligi e’tirof etilganligi
bilan tarixiy ahamiyatga egadir. Deklaratsiyada ijtimoiy shartnoma ruhida har
bir davlat ittifoqining maqsadi insonning tabiiy va ajralmas huquqlarini
ta’minlashdan iborat ekanliga ta’kidlangan.
XX asrning yangi tarixiy sharoitida inson huquqlari va erkinliklari,
ularga birovning sababsiz dahl etmasligi masalasida insonparvarlik muammolari
yuzasidan xalqaro hamkorlik rivojlandi va mustahkamlandi, Inson xuquklari
umumjahrn deklaratsiyasi (1948), Inson huquqlarini va asosiy erkinliklarini himoya
qilish to’g’risida Yevropa konvensiyasi (1950), Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy
huquqlar to’g’risidagi xalqaro pakt (1966), Fuqarolik va siyosiy huquqlar
to’g’risidagi xalqaro paktga fakultativ protokol (1966), Xelsinki Kengashiing
Yakunlovchi hujjati (1975), Yevropada xavfsizlik va hamkorlik Kengashi
70
Yusupov O. tahriri ostida, Diniy bag’rikenglik va mutaassiblik (yuzta savolga- yuzta javob)-T.:‖Toshkent
Islom Universiteti‖, 2007, 53-bet.
71
O’sha joyda, 53 bet.
83
qatnashchilari bo’lgan davlatlar Vena uchrashuvining yakunlovchi hujjati (1989) va
boshq’alar hujjatlar jamiyat va insonlar tinchligiga xavf soluvchi kuchlarga qarshi
kurashish uchun nazariy – qonuniy asoslar sanaladi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, hamda boshqa davlatimiz
miqyosida diniy ekstremizm va boshqa davlatimiz tinchligiga rahna soluvchi
kuchlar, nazariyalarga qarshi qabul qilingan rasmiy hujjatlar, qarorlar, farmoyishlar
asosiy manbalar sirasiga kiradi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimovning bir
qator asarlari masalan, ―O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid,
barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari‖, ―O’zbekistonning o’z istiqlol va
taraqqiyot yo’li‖, ― O’zbek xalqi hyech qachon, hyech kimga qaram bo’lmaydi‖,
―Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch‖, ―Qadr-qimmatim, tayanchim va
iftixorimsan, mustaqil O’zbekiston‖ va h.k. nazariy- metodologik asos bo’ladi.
|