Mavzu:Diniy madaniy an'analarning jamiyat taraqqiyotiga ta'siri Talaba:B.Alisherov
Reja
1.Sharq va G`arb mamlakatlarining o`rta asrlar madaniyatida dinning ustuvorligi. 2. Sharq va G`arb diniy madaniyatining o`ziga xosligi. 3. Diniy madaniyatlardagi yutuqlar va ularning jahon madaniyatidagi o`rni.
VI-XVI asrlar davri tarix fanida o’rta asrlar deyilib, qadimgi va an`anaviy madaniyatlar o’rtasidagi davrni bildiradi. Bu davr madaniyatida mifologik tafakkur va an`analarning kuchli ta`siri hamda yangi davrning texnogen madaniyatidagi aqliy-mantiqiy tafakkur, ilmning amaliy xususiyatlari seziladi. Arab xalifaligi va Evropa mamlakatlari o’rta asrlar madaniyatidagi xususiyatni islom va xristianlik belgilaydi. O’rta asrlar madaniyatining shakllanish qiyofasini islom va xristianlik belgilashi bilan birga, ularning o’zi ham mifologik tushunchalar asosida shakllanib, an`anaviy madaniyatning ko’plab jihatlarini o’zlashtirdi, o’z navbatida o’rta asrlar madaniyati negizida keyingi davrlar madaniyatining shakllanishi uchun yangi madaniyat kurtaklari va yangicha tafakkur tarzi vujudga keldi. Yana shuni ham inkor qilmaslik kerakki, o’rta asrlarda o’zining tafakkur tarzi va dunyoqarashi jihatidan o’tmishda va keyingi davrlarda vujudga kelgan diniy madaniyatdan keskin farq qiluvchi diniy madaniyat yaratildi. Diniy madaniyat ko’p mazmunlidir, negaki uning asosida turli xalqlarning madaniyat merosi mavjud: arab, turk, german, slavyan xalqlarining ibtidoiy (arxaik) madaniyati; antik meros va qadimgi Sharq sivilizatsiyasi meroslarini tanlash va ijodiy qayta ishlab o’zlashtirgan.
Musulmon madaniyatining o’ziga xos xususiyatlaridan biri ilm va kitobga muhabbatdir. Yangi arabiy janr-adabning shakllanishi bilan ilmga bo’lgan ishtiyoqni qondirib, turli fanlarning mazmunini ommabop shaklda ifodalash imkoni yaratildi. Ta`lim olish xuddi qadimgi Xitoydagi kabi nufuzga ega bo’ldi. Musulmon Sharqida ma`lumotli kishi hokimiyatning eng yuqori pog’onasiga chiqishida oqsuyaklar bilan teng turgan. Ko’pincha Sharq hukmdorlari saroyida shoirlar, faylasuflar, ilohiyotchilar, tarixchilar, qonunshunoslar, tabiblar, mirzolar, munajjimlar saroy xizmatchisi sifatidaga ma`lumotli kishilarga katta ehtiyoj bo’lgan. Ma`lumotli kishi grammatikani, ritorikani, geografiyani, tarixni yaxshi bilishi, kiyinishni farqlashi, she`r yozish qobiliyatiga ega bo’lishi, o’z joyida askiya, hikoya ayta bilishi, zarur bo’lgan.
Ko’chmanchilar orasida turli musiqa asboblarida kuyga solib aytiladigan (baxshi va otinlar tomonidan) xalq og’zaki ijodining yirik badiiy shakllari- epos, dostonlar yaratish ustuvorlik qildi. Shahar, ritsarlik, dunyoviy, monaxlik va so’fiylik kabi submadaniyatlarning paydo bo’lishi madaniyatni sezilarli boyitdi, yanada rivojlanishida ko’plab yo’nalishlar yaratdi hamda Renessans (Uyg’onish) deb atalgan yuksak taraqqiyotga zamin tug’dirdi. Uyg’onish davri madaniyati- diniy madaniyat taraqqiyotining va yangi texnika madaniyati rivojining ko’prik bog’lovchisidir. Jamiyatdagi shaharliklar orqasida «gumanizm» deb nomlanuvchi yangi g’oya shakllandi. Bu nom inson haqidagi yangi dunyoviy fandan (studia humanitatis) kelib chiqqan bo’lib, ilgarigi «ilohiyat haqidagi fanni» (studio divinus) asta-sekin siqib chiqardi. Insonparvarlik g’oyasi quyidagi xususiyatlarga ega:
Antroposentrizm, ratsionalizm, sientizm- Uyg’onish davri madaniyati yaratgan asosiy qadriyatlar keyingi asrlar Yevropa madaniyati asosini belgiladi. Uning keng rivojlanishi natijasida XVII asrda «ilmiy inqilob», XVIII asrda Ma`rifatparvarlik g’oyalarining tarqalishi va sanoat inqilobi boshlanishiga, nihoyat, XIX-XX asrlar davomida madaniyatning klassik texnikaviy shaklidagi yutuqlarga olib keldi. XVII asrda fan Yevropaliklar hayotiga, jamiyat ishlab chiqarishining barcha tizimlarini rivojlantirish va me`yorida faoliyat ko’rsatishning tabiiy va zaruriy sharti bo’lib maxsus ijtimoiy institut sifatida jadal kirib keldi. Davlat bu turdagi faoliyatning barcha qiyinchiliklarini o’zining zimmasiga oldi. XVII asrda ilmiy inqilob matematika va mexanikada sodir bo’lib, aniq fanning ikki yo’nalishi, ya`ni, aksiomatik va tajribaviy faoliyatlar birlashdi. Zamonaviy fanda eksperiment (tajriba) bilishning usuli va quroli sifatida nazariy fanning antik va o’rta asrlar shaklida tubdan farq qiladi. Eksperimentga tayanuvchi olim antik davr donishmand-faylasufi yoki o’rta asrlardagi ilohiyotshunosdan farqli olamga mutlaqo boshqacha munosabatni o’ziga tanladi.
Ommaviy madaniyat kishilarni hayotni befarq kuzatuvchi tomoshabinga aylantiradi. O’zlari ham mavjud hayotni go’yo sarob kabi tasavvur qiladilar. Ommaviy madaniyat umumiy iste`molchilik ehtiyoji bilan bog’liq. Buning asosida iste`mol talab tovar sifatida xaridorgir bo’lish ma`naviy ehtiyoji yotadi. Oqibatda hozirgi zamon madaniyatidagi ma`naviy qadriyatlar tor doiradagi ehtiyojlarni qondirish vositasiga aylanadi. Madaniyatning chuqur ma`no-mohiyati, xotira cheksizligi «odatli», «umumiy» qimmatlar bilan, haqiqiy ijod avvaldan ma`lum, mavjud namuna asosidagi «asarlar» yaratish va ishlab chiqarish (kinoseriallar, sayez TV va adabiy asarlar) bilan almashinadi. Shaxs o’zining ijodiy qobiliyati milliyatidan ayrilib, tayyor «madaniy mahsulotlar» iste`molchisiga aylanib qoladi. Xususan yoshlar uchun ommaviy madaniyatning xatarli oqibatlarini Prezidentimiz bir necha bor qayd etgan edilar. Jumladan, «Fidokor» gazetasi muxbirining savollariga javoblarida: «Dunyoda bir qarashda beozor, siyosatdan holi bo’lib tuyulgan shunday mafkuraviy ta`sir vositalari ham borki, ularga kunda ko’pda yetarlicha e`tibor beravermaymiz», deb keyingi yillarda ko’plab namoyish, etilayotgan jangarlik filmlar, yalang’och asarlar yoshlar ruhiyatiga salbiy ta`sir ko’rsatayotganligini, ular insonni o’zligidan, tarixidan, madaniyatidan judo etishga qaratilganligini ta`kidlab,... har qanday kasallikni oldini olish uchun avvalo kishi organizmida unga qarshi immunitet hosil qilinadi.
Yevropa va Shimoliy Amerikaning ko’plab mamlakatlarida XIX asrning o’rtalarida industrlashtirish yoki sanoat burilishi nihoyasiga yetdi. Ratsionalizm va utilitarizm (manfaatparastlik) ning madaniyatdagi belgilovchilik o’rni fan va texnika taraqqiyotiga yangi turtki berdi. Oddiy to’quv dastgohi «Jenni» dan J.Uattning bug’ mashinasi (1784yil) va R.Fultonning bug’ kemasi, Stefensonning parovozidan (1814yil) birinchi yer osti temir yo’liga (1863 yil) o’tilishi injenerlik fikrining o’sishini ko’rsatdi. Bug’ va elektrlashtirish, telefon va telegraf davri, astronomiya, geologiya, biologiya, ximiya sohalarida ajoyib kashfiyotlar bo’lgan vaqt insoniyat madaniyatini yangi bosqichga ko’tardi. P.Sorokinning xulosasi bilan aytganda «faqat birgina XIX asrdagi kashfiyot va yangiliklarning o’zi oldingi asrlardagi kashfiyotlarning hammasini jamlagandan ham ko’pdir».1 Xususan, bu asrdan 8527 ta kashfiyot makon, zamon va materiya ustidan texnika hukmronligining cheksiz o’sganligidan dalolatdir. Ispan faylasufi X.Ortegi-i Gassetning yozishicha: «Biz haqiqatdan ham XIX -asrda ro’y bergan inson taqdiridagi radikal o’zgarishlar oldida turibmiz. Zamonaviy inson uchun ham jismonan, ham ijtimoiy jihatdan mutlaqo yangi manzara, yangi faoliyat yaratildi. Bu yangi dunyoning qiyofasini uchta muhim jihat belgilaydi. Bu demokratiya, ekspremental fan va industrializatsiya. Ikkinchi va uchinchi jihatlarni «texnika» nomi bilan umumlashtirish mumkin»2. XX asrda texnika surati haddan tashqari o’sdi. Keyingi yuz yilda yer yuzida sanoat ishlab chiqarishi 50martadan oshdi, bu o’sishning 4g’5 qismi 1950 yildan keyingi davrga to’g’ri keldi. Haqli ravishda XX asr insoniyat tarixiga ilmiy-texnika inqilobi asri bo’lib kirdi.
Har bir inson ikki yo’ldan birini tanlamog’i yo iste`molchi tarzda oqim bilan suzmog’i, yohud o’ziga, o’zligiga nisbatan talabchan bo’lib girdobdan chiqmog’i lozim. Insoniyat tobora texnika taraqqiyoti va ommaviy kommunikatsiyaning sotsial va ekologik jihatdan nazoratga olish, bugungi odam ma`naviy qiyofasini bir xillashtirish (standartlash) ga qarshi jiddiy to’siq qo’yish zaruriyatini anglamoqda. Ushbu masalani o’ta keskinligiga e`tiborni qaratish, mavjud muammolarning echim yo’llarini belgilashda 1990 yillarda BMT-Bosh Assambleyasi e`lon qilgan Madaniyatning umumjahon o’n yilligi muhim bosqich bo’ldi. «o’n yillik» ning asosiy maqsadi- iqtisod va texnika tezkor rivojlanayotgan hozirgi davrda umuminsoniy madaniy qadriyatlarning birinchi darajali ahamiyatini tiklashdan iborat bo’lib, bunda quyidagi vazifalarni hal etish masalasi amaliy qo’yildi: Barcha tomonidan taraqqiyotni madaniyat yuksalish muhimligini tan olish, moddiy ishlab chiqarish bilan ijodkorlikning aloqadorlik yo’llarini belgilash, madaniy o’ziga xoslik va madaniyatlar muloqotini tan olish, individual va jamoa timsolida ijodiy potensial va tashabbuskorlikni qo’llab-quvvatlash, xalqaro madaniy hamkorlikni rivojlantirish va boshqalar. Mustaqillik tufayli O`zbekistonning asosiy maqsadi madaniyatlarni yanada rivojlantirish va bir-birini boyitishga yo’naltirilgan BMT boshchiligida o’tkazilgan qator xalqaro dasturlarda jumladan, «Umumjahon madaniy merosi», «Buyuk Ipak yo`li» dasturlarida bevosita va faol ishtirok etdi. Bugungi kunda Respublikada umumjahon ahamiyatiga molik maqomidagi Samarqand, Buxoro, Xiva va Shahrisabz yodgorliklari mavjud, shulardan keyingi uchtasi mazkur maqomga 1991yildan so’ng erishdi.
«Buyuk Ipak yo`li» - bu nafaqat tarix, u bugungi kun hamdir. 1993 yilning mayida Yevropa komissiyasi Bryusselda Markaziy Osiyo, Kavkaz hamda Yevropa ittifoqi davlatlari vakillarini to’pladi. Maqsad-ajdodlardan qolgan qadim yo’llarni tiklash orqali Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqasidagi mustaqil davlatlarni jahon iqtisodiyotiga integratsiyasini ta`lim etish; Uchrashuvda Yevropa-Kavkaz-Osiyo transport yo’lagini tashkil etish to’g’risida deklaratsiya qabullandi. I.A.Karimov ta`kidlaganlaridek, TRASEK (transport yo’lagi) loyihasini amalga oshirish-Buyuk ipak yo’lini qayta tiklash ayrim shaxslar faoliyatining mahsuli emas, u zamon, jahon taraqqiyotining ob`ektiv zaruriyatidir. YuNESKOning amaliy qadamlaridan biri- «Ipak yo’li - muloqot yo’li dasturi asosida Samarqandda Markaziy Osiyo sivilizatsiyalari tarixini o’rganishga qaratilgan xalqaro Markaziy Osiyo tadqiqotlari institutining tashkil etilishi bo’ldi. Mustaqil davlatimizning milliy madaniyatini tiklash, rivojlantirish va umuminsoniy qadriyatlar asosida boyitish yo’lidagi yutuqlari tufayli 1997yili O’zbekiston YuNESKO Ijroiy Kengashining a`zosi etib qo’llandi, PrezidentimizI.A.Karimov «Ibn Sino» medali bilan taqdirlandi. Yurtimizda jisman va ma`nan sog’lom avlodni tarbiyalash, ta`lim tizimini takomillashtirish yoshlarda tarixiy ong va mustaqil tafakkurni shakllantirishga katta e`tibor qaratilmoqda. 2000 yil O`zbekistonda «Sog`lom avlod yili», 2005 yil “Sihat-salomatlik yili”, 2006 yil “Homiylar va shifokorlar yili”, 2007 yil “Ijtimoiy himoya yili” deb belgilandi. Buni mohiyati shundaki, kechayotgan islohotlarning mohiyati insonga qaratilgan va u inson uchun amalga oshirilmoqda. Binobarin sog’lom avlod-millat, yurt kelajagi demak.