Mavzu: Diniy urf- odatlarni shaxs dunyoqarashi va tafakkuriga tasiri



Yüklə 73 Kb.
tarix31.01.2023
ölçüsü73 Kb.
#81906
marjon


Mavzu: Diniy urf- odatlarni shaxs dunyoqarashi va tafakkuriga tasiri


Reja:
Kirish

  1. Diniy urf- odatlar

2.Diniy madaniyatlarning rivojlanishi.
3.Urf- odatlarining insonlar dunyoqarashiga tasiri.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar

Markaziy Osiyo xalqlarining madaniyati juda qadimiy bo‘lib, uning tarixi bir necha ming yillarni o‘z ichiga oladi. Xalqimiz madaniyati ham jahon madaniyati bilan baqamti, yonma-yon yuzaga kelgan va rivojlangan. Bironta xalq madaniyati o‘z mamlakati doirasidagina, tor milliy biqiqlikda emas, balki boshqa xalqlar madaniyati bilan o‘zaro aloqadorlikda, o‘zaro bog‘liqlikda, o‘zaro ta’sir va aks ta’sir etish asosida rivojlanadi.


Tarixdan ma’lumki, o‘zbek xalqi madaniyati faqat milliy asosda emas, shu bilan birga umuminsoniy qadriyatlar ta’siri ostida ham o‘sdi, rivojlandi.Unga Xitoy, Yunon, Rim, Arab madaniyati, jahondagi boshqa madaniyatlar o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatdi. O‘z navbatida Markaziy Osiyo xalqlari ham boshqa xalqlar madaniyatining yuksalishiga, umumjahon madaniyati taraqqiyotiga o‘zining faol ta’sirini ko‘rsatdi. Shunday ta’sirni milliy madaniyatimizning diniy madaniyat shakllanishi va rivojlanishiga ko‘rsatgan salmoqli ta’sirida ham ko‘rish mumkin. Har bir xalq, har bir millat madaniyatining shakllanishi ko‘plab omillarga bog‘likdir. Shunday muhim omillardan biri din hisoblanadi. Din insoniyat ma’naviy hayotining, madaniyatining tarkibiy qismidir. Qadim-qadim zamonlardan boshlab atrofidagi olamni, odamni tushunib yetish uchun, murakkab hayot yo‘llarida adashmay yo‘l topish uchun, turli mashaqqatlarni yengib o‘tish uchun odamzotga ishonch, e’tiqod tuyg‘usiga ehtiyoj tug‘ildi. Ana shu ishonch tuyg‘usini unga turli
ko‘rinishdagi diniy qarashlar berdi. Demakki, din odamzodga uni yaratgan, ayni zamonda to‘g‘ri, haqiqiy, odil hayot yo‘lini ko‘rsatadigan va o‘rgatadigan ilohiy qudratga ishonch va ishonishni ifoda etadigan maslak, qarash, ta’limotsifatida vujudga kelgandi. Shu bois har bir xalq, millat ishongan, e’tiqod qilgan diniy qarashlarda, u yaratgan diniy madaniyatda o‘sha xalqning orzu-intilishlari, maqsad-muddaolari, xohish-istaklari ham ma’lum ma’noda o‘z ifodasini topgan. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, nafaqat diniy madaniyat milliy madaniyatlarning rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi, balki milliy madaniyatlar ham o‘z navbatida diniy madaniyatning shakllanishi, rivojlanishi, boyib borishiga o‘z hissasini qo‘shadi. Ushbu fikrga misolni islom madaniyati takomilida ham ko‘rishimiz mumkin. Islom diniga e’tiqod qiladigan turli-tuman millatlar uni asrlar davomida o‘zining milliy an’analari bilan omuxtalashtirib, uyg‘unlashtirib, boyitib bordi. Xususan, uch ming yillik tarixga ega bo‘lgan Qadimiy Turon, Movarounnahr va Turkiston hududida ravnaq topgan davlatlar xalqlari ham ushbu vazifani oshig‘i bilan ado etdi. Bu haqda istagancha misol keltirish mumkin.
Bizga ma’lumki, muayyan din o‘z ta’limot tizimini vujudga keltirgach, o‘ziga e’tiqod qiluvchilar jamoasini shu ta’limot doirasida saqlashga harakat qilgan va hozirda ham shunday. Bu
ijtimoiy hodisa dinning birlashtiruvchilik vazifasi deb ataladi. Din hamisha muayyan ijtimoiy, etnik va ma’naviy hayotning o‘z ta’sirida bo‘lishiga intiladi. Bu ta’sirning muntazamligini ta’minlash maqsadida din xalqlarning ijtimoiy hayotiga, axloqiy munosabatlariga, shuningdek adabiyoti va san’atiga ham ta’sir o‘tkazadi. O‘z navbatida, muayyan din ta’sirida bo‘lgan millat mutafakkirlari o‘zining ilmiy, ijodiy faoliyati bilan diniy madaniyat taraqqiyotiga o‘z hissalarini qo‘shishadi. Bunga yurtimizdan yetishib chiqqat buyuk allomalarning islom madaniyatiga qo‘shgan buyuk hissalari yorqin misoldir.
Diniy madaniyatning shakllanishida milliy urf-odat, an’ana va marosimlarning ham o‘rni katta. Har bir xalq o‘ziga xos urf-odat, an’analari bilan birgalikda shakllanadi. Ularning eng xalqchil, yashovchan ko‘rinishlari har qanday siyosiy,, iqtisodiy, ijtimoiy, diniy evrilishlarga ham bardosh berib yashashda davom etadi. Shu xalq, millat bor ekan ular ham mavjuddir. Eng asosiysi, ular shu millat e’tiqod qiladigan diniy madaniyat bilan uyg‘unlashib, yaxlit milliy diniy madaniyatni shakllantiradi. Milliy va diniy madaniyatlar uyg‘unligini ilm-fan, adabiyot va san’at, hunarmandchilik va me’morchilik ravnaqida ham ko‘rish mumkin. Ayniqsa islom dini kirib kelishi bilan ko‘plab masjid, madrasa va maqbaralar ham milliy, ham diniy madaniyatimizning bebaho namunalaridir. Moddiy va
ma’naviy hayot tamoyillari bir-birini inkor etmaydi, aksincha, o‘zaro bog‘lanib, bir-birini to‘ldiradi. Xuddi shuningdek milliy va umuminsoniy madaniyatlar ham bir-birini boyitib boradi. Yuksak taraqqiyotga erishishni orzu qiladigan har bir inson va jamiyat o‘z hayotini aynan ana shunday dialektik va uzviy bog‘liqlik asosida qurgan va rivojlantirgan taqdirdagina ijobiy natijalarga erisha oladi. Ana shu haqiqatdan kelib chiqqan holda, yurtimizda iqtisodiy o‘nglanish, iqtisodiy tiklanish, iqtisodiy rivojlanish jarayonlarining ma’naviy poklanish, ma’naviy yuksalish harakatlari bilan tamomila uyg‘un ravishda rivojlanib borishini asosiy maqsad qilib belgiladi. 
Istiqlol milliy va diniy qadriyatlarimiz tiklanishiga keng imkoniyatlar yaratdi. Din milliy ma’naviyatni shakllantirishga bevosita ta’sir qiluvchi mezonlardan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Bu diniy va dunyoviy ilmlar o‘rtasidagi nozik munosabatlarning mohiyatini har tomonlama to‘g‘ri tushuntirib berish, dinlar haqidagi mantiqiy asoslangan bilimlarni shakllantirish va dunyoviylik tushunchasini chuqurlashtirib borishni taqozo etadi. Zero, dunyoviy va diniy qadriyatlar bir-birini to‘ldirmas ekan, bugungi kunning og‘ir va murakkab savollariga to‘laqonli javob berish oson bo‘lmaydi.Boy tariximiz va umumbashariy taraqqiyot rivojiga ulkan hissa qo‘shgan olimu fuzalolar dunyoqarashining o‘zagini diniy va
dunyoviy ilmlar uyg‘unligi tashkil etib, ularning ilmiy merosi, falsafiy qarashlarini o‘rganish milliy taraiiiyotimizda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Xullas, qadimiy va go‘zal diyorimiz nafaqat Sharq, balki jahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo‘lganini xalqaro jamoatchilik tan olmoqda va e’tirof etmoqda. Bu tabarruk zamindan ne-ne buyuk zotlar, olimu ulamolar, siyosatchi va sarkardalar yetishib chiqqani, umumbashariy sivilizatsiya va madaniyatning uzviy qismiga aylanib ketgan dunyoviy va diniy ilmlarning, ayniqsa, islom dini bilan bog‘liq bilimlarning tarixan eng yuqori bosqichga ko‘tarilishida ona yurtimizda tug‘ilib kamolga yetgan ulug‘ allomalarning xizmatlari beqiyos ekani bizga ulkan g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi.O‘zbekistonda diniy madaniyatning rivojlanish tarixi va hozirgi davrdagi ahamiyati. O‘zbekistonning diniy madaniyati tarixining ibtidosi asrlar qa’riga singib ketgan bo‘lib, uni anglab yetish uchun avvalo uning tarixiy takomilini batafsil ko‘zdan kechirib chiqishimiz kerak bo‘ladi.
Islomgacha bo‘lgan diniy madaniyatimiz takomili, shubhasiz zardushtiylik dini va uning muqaddas kitobi “Avesto”da o‘z ifodasini topgan. “Avesto” matnlari mazmunidan biz ota-bobolarimizning ona zaminga, xalqimiz uchun asosiy tiriklik manbai bo‘lgan oqar suvga, olovga ixlosi, e’zozini aniq his
qilamiz. Yana amaliy yaratuvchilik faoliyati, ayniqsa, yerga ishlov berish va chorva hayvonlarini parvarishlash, ajdodlarimiz tarafidan nihoyatda muqaddas bir yumush, oliy ibodat deb qabul qilinganining ham guvohi bo‘lamiz. Shuning natijasida bu davrdagi inson ruhida uning hayoti uchun muhim bo‘lgan Ona tabiatga mehr, yer, suv, olovni e’zozlash, yaratuvchilik mehnatini ulug‘lash kabi ma’naviy fazilatlar paydo bo‘ldi. Qolaversa “ezgu o‘y, ezgu so‘z, ezgu amal” birligi qoidasi ham shu davrdan kelayotgan yana bir ulug‘ ma’naviy qadriyatdir. Shunday qilib, islomgacha o‘lkamiz xalqlari juda uzoq tarixiy jarayonni boshdan kechirdilar, buyuk ma’naviy kamolot yo‘lini bosib o‘tdilar.
Arab xalifaligi VII-VIII asrlar davomida Mag‘ribu Mashriqning keng hududlarini, shu jumladan, Markaziy Osiyo yerlarini ham o‘z tasarrufiga kiritdi. Xalifalikka kirgan xududlarga asta-sekin musulmon madaniyati shakllana boshladi. Musulmon madaniyatining ko‘rki hisoblangan naqshinkor bezaklar bilan ziynatlangan salobatli masjidu madrasalar, xonaqoyu maqbaralar, diniy va ilmiy kitoblar, ko‘lyozmalarga boy kutubxonalar va boshqa inshootlar qad rostlay boshladi. Ular shu xalqlarning avvalgi moddiy madaniyati xarobalari o‘rnida barpo etildi.
Markaziy Osiyolik olimu fuzalolar Islom ilmi rivojiga buyuk hissalarini ko‘shar ekanlar, Allohning yakkayu yagonaligi, Allohning bir ekanligi to‘g‘risidagi tavhid bilan ham mashhur bo‘ldilar. Fanning bu jabhasida zamon ulamolari va fuzalolari orasida buyuk qobiliyat egasi Abu Mansur Moturidiy nomi alohida ajralib turadi. Uning mashhur asarlari jumlasiga “Tavxid” asarini nisbat berish mumkin. Islom madaniyatida tasavvuf ta’limoti ham muhim ahamiyatga ega. Tasavvuf - bu odamlarni halollik, poklik, tenglik, inson qadr –qimmatini ulug‘lash, o‘z mehnati bilan kun ko‘rish, boshqalar kuchidan foydalanmaslik va ijtimoiy adolat qoidalariga da’vat etuvchi ezgu ta’limotdir.
Xuroson va Movarounnahr aholisi o‘rtasida tasavvuf-falsafiy ilmi taraqqiyotida Yusuf Xamadoniy katta obro‘-e’tibor va hurmat qozongan. Shuningdek, Yurtimizda ildiz otgan Yassaviya (Ahmad Yassaviy), Kubroviya (Najmiddin Kubro), Naqshbandiya (Xoja Bahovuddin Naqshband) ta’limotlari mohiyatan olijanob g‘oyalar ruhi bilan sug‘orilgan. Jumladan, “Yassaviya” tariqatining bir qator asosiy qoidalari (odoblari)ga nazar tashlar ekanmiz, bunda insonlarning Alloh visoliga yetishish yo‘lida tinimsiz izlanishlari hayotning turli-tuman sinov-sinoatlariga dosh berishlari, o‘z e’tiqodlarida sobit, ezgulik, haq yo‘lida hamisha sa’y-xarakatlarda bo‘lishlari
kerakligiga alohida urg‘u berilganligi ayon bo‘ladi. Shu bois Yassaviy “Hikmat”larida poklik, halollik, to‘g‘rilik, mehr-shafkat, o‘z kuchi, peshona teri va halol mehnati bilan kun kechirish, Alloh taolo visoliga yetishish yo‘lida insonni botinan va zohiran har tomonlama takomillashtirish kabi ilg‘or umuminsoniy qadriyatlar ifoda etilgan.
Temur va temuriylar davri O‘rta Osiyo madaniyatida alohida davr hisoblanib, bu davr madaniyati Temur asos solgan kuchli davlatchilik tamoyillari asosida shakllangan ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bilan bog‘liqdir. Bu davrda ilm-fan, madaniyatning barcha sohalari kabi diniy madaniyat ham taraqqiyotga erishdi. Avvalo Amir Temurning o‘zi din ahliga – avliyo va ulamolarga alohida ehtirom ko‘rsatgani, din peshvolariga homiylik qilgani tarixiy manbalar guvohlik beradi. Qad rostlagan ko‘plab masjid va madrasalar ham o‘sha davrdagi diniy madaniyat taraqqiyotidan guvohlik beradi.
Temuriylar davrida ayniqsa tasavvuf adabiyoti yanada rivojlandi. Shu davr mutafakkirlaridan Sa’dudin Taftazoniy(1322-1392), Mir Sayyid Sharif Jurjoniy(1339-1413)lar islom falsafasi, mantiq, she’riyat va arab tiliga bag‘ishlangan ko‘plab asarlar yaratishdi. O‘zbek xalqi ma’naviy dunyosining shakllanishiga g‘oyat kuchli va samarali ta’sir ko‘rsatgan ulug‘ zotlardan yana biri – bu
Yurtimiz tarixida, uning ma’naviy sarchashmalarida sezilarli iz qoldirgan, ularni o‘z pok ruhoniy ta’limotlari ila boyitgan ulug‘ salaflarimiz - Ahmad Yassaviy, Bahovuddin Naqshband, Najmiddin Kubro, Abduxoliq G‘ijduvoniy, Kaffol Shoshiy, Xoja Ahror Valiy singari bobokalonlarimiz aziz nomlari tiklanib, asarlari chop etilib, bebaho meroslaridan bahra olayapmizki, bu biz uchun katta baxtdir. Diniy urf-odatlarning shaxs dunyoqarashi va tafakkuriga ta’siri. Din voqelikni o‘ziga xos aks ettiruvchi ijtimoiy hodisadir. Din insonga to‘g‘ri, haqiqiy hayot yo‘lini ko‘rsatadigan va o‘rgatadigan ilohiy qudratga ishonchni ifoda etadigan ta’limotdir. Dinning mohiyati turlicha izohlansada, uning asosida ishonch, e’tiqod tuyg‘usi yotadi. Zero bunday tuyg‘udan mahrum xalq, odam yo‘q. Hech bir xalq dinsiz, e’tiqodsiz, biron-bir narsaga ishonchsiz yashay olmaydi. Har bir din turlicha urf-odat, marosim va bayramlar orqali o‘z qavmidagi odamlar turmushini tartibga solish, nazorat qilish, insonlarning ma’naviy-axloqiy dunyoqarashini shakllantirish, tafakkurini yuksaltirishga harakat qiladi. Har qanday jamiyatda din ma’lum ijtimoiy, ma’naviy va ruhiy vazifalarni bajaradi. Uning ijtimoiy hayotga ta’siri kuchlidir. Dinlar o‘z marosim va bayramlarining qavmlar tomonidan qat’iy tartibga amal qilgan holda bajarilishini shart qilib qo‘yadi,

shuningdek, o‘z qavmlarining birligini, jamiyat va shaxsning o‘zaro aloqada bo‘lishini ta’minlashga intiladi.


Avvalo shuni ta’kidlash lozimki, xalqimiz garchi islom diniga e’tiqod qilsada, uning turmush tarzida zardushtiylik dinidan qolga urf-odatlar, marosim oradan necha asr o‘tgan bo‘lsada saqlanib qolmoqda. Bu ayniqsa olovga bo‘lgan munosabat, ya’ni o‘t, olovni ulug‘lashda yaqqol namoyon bo‘ladi. Masalan, kelin-kuyovni olov orasidan olib o‘tish, olov atrofida aylantirish kabi udumlar hamon saqlanib qolmoqda. Shuningdek, xasta kishiga sog‘lik tilab yoki vafot etganlar arvohiga bag‘ishlb turli xil sham yoqishlar ham otashparastlik (zardushtiylik) elementlaridir. Qolaversa, yerga, donga (non) ga bo‘lgan alohida ehtirom ham zardushtiylik davridan beri yashab kelayapti. Ushbu holatlar, bir tomondan, xalq ongiga singib ketgan urf-odatlarning qanchalik darajada yashovchanligini ko‘rsatsa, boshqa tomondan, ushbu urf-odat va marosimlarning xalq ma’naviyati, madaniyati hamda shaxs dunyoqarashi va tafakkuriga hamon ijobiy ta’sir ko‘rsatib kelayotganligi uchun ulardan voz kechishni hohlamayotganligidan dalolat beradi. Masalan, zardushtiylikda ulug‘langan ona tabiatga mehr, yer, suv, olovni e’zozlash, yaratuvchilik mehnatini ulug‘lash kabi g‘oyalar hech qachon o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi va bugun

ham xalqimizda ushbu fazilatlarning shakllanishiga o‘z ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi.


O‘tganlarning ruhiga duoi-fotiha qilinadi.
Нayit kuni hamma uchun bayram hisoblanadi. Ko‘chalarda odamlar gavjum, kimdir qarindosh-urug‘larinikiga yana kimdir ota-onasi oldiga borib, bayram munosabati bilan ularni qutlab, ko‘ngillarini ko‘taradilar. Ko‘cha-kuyda turli o‘yin-kulgi tomoshalar, turli xil xalq o‘yinlari o‘tkaziladi.
Islom dini marosimlari asosan 2 guruhga bo‘linadi: 1. Hursandchilik ko‘rinishidagi marosimlar. 2. G‘amginlik ko‘rinishidagi marosimlar. Avvalo shuni ta’kidlash lozimki, kundalik turmushda urf-odat va marosim tushunchalari bir-biri bilan aynan bir tushunchalardek tuyulsada, lekin ular o‘rtasidagi hayotiy farqlar mavjud hamda asosiy tafovut shundaki urf-odat hayotiy voqealarga to‘laligicha singib ketgan. Masalan: salom berish — kun tartibiga aylangan. Marosim esa ma’lum bir voqea tarzida nishonlanadi. Masalan: To‘ylarda yor-yor aytish kabi. Marosim ham turli dinlarda har xil bo‘ladi. U tarixiy davrga xosdir. Islom dinidagi marosimlar orasida ham sof diniy, umuminsoniy va ibtidoiy marosimlar bor.
Islomning boshqa dinlardan keskin farqi unda g‘oyat ko‘p marosimlar mavjudligi bo‘lib, marosimlar asrlar bo‘yi xalq ommasi hayotiga keng singib ketgan, barchani o‘z ta’siriga
olgan, jamotchilik fikri va ijtimoiy psixologiyaga ta’sir qilib, turmush tarzi belgilangan, tartib-intizomga solib, odamlarni jamoaviylik, hamkorlikka o‘rgatgan, ulardan ma’lum darajada vaqt va sarf-harajat sarflashni talab etgan, musulmonlarning dunyoqarashi va iymon-e’tiqodini kengaytirib borgan. Islom marosimlari muayyan demokratik harakterga ega, ya’ni ularga rioya qilishda jamiyatdagi turli tabaqa, sinf va guruh, boylaru kambag‘allar birdek huquqqa va majburiyatga egalar, ammo imkoniyatlar darajasi turlicha.
Marosimlar:
1. Islom marosimlari o‘z mazmuni va mohiyatiga ko‘ra umumbashariy, umummilliy, oilaviy turli mazhab va yo‘nalishga xos bo‘lib, yuqorida ta’kidlanganidek shodiyona yoki marsiyaviy harakterda bo‘ladi.
2. Islom marosimlari majburiy, majburiy bo‘lmagan guruhlarga ajraladi:
A) majburiy, ya’ni «farz» hisoblangan marosimlarga kalimai shahodat keltirish, namoz o‘qish, ro‘za tutish, zakot to‘lash, hajga borishlar kirib, ular rukn hisoblanadi va arkoni-din deyiladi;
B) majburiy bo‘lmagan marosimlar «sunnat» deyiladi, ularga nikoxdan o‘tish, o‘g‘il bolalarni sunnat qildirish (qo‘lini halollash), qurbonlik, mavlud, ashurlik, xatmi-qur’on, vafot
etganlarni eslash uchun uch, yetti, yigirma, qirq, yil muddatlarini o‘tkazish va h.k.
Aqiqa (arabcha – “chaqaloq sochini olish, qurbonlik so‘yish” – musulmon oilalarida yangi tug‘ilgan bolaga ism qo‘yish va “qorin sochi” (bolaning tug‘ilgandagi sochi)ga qaychi urish bilan bog‘liq odat. Johiliyat davridagi turli ma’bud va ma’budalarga atab qilishadigan qurbonliklar o‘rniga musulmon oilasida farzand tug‘ilganligining shukronasi sifatida bir qo‘y so‘yib (imkoniyatga qarab) Aqiqa marosimini o‘tkazishlik joriy etilgan. So‘yiladigan qo‘y sog‘lom, nuqsonsiz bo‘lishi lozim. Islom an’anasida Aqiqani chaqaloq tug‘ilgan kunning 7 yoki 14 yoxud 21 kunlari o‘tkazish tavsiya etiladi.
Xulosa qilib aytganda, islom dini urf-odatlari, marosimlarida eng avvalo, mehr-oqibat, saxovat, rahm-shafqat, insof-diyonat, adolat g‘oyalari ustuvorlik qilgan. Odamlarni yaqinlarini e’zozlashga, o‘zgalarni hurmat qilishga da’vat etgan. Ayniqsa nochor, mehr-shafqatga muhtoj, g‘arib kimsalar xolidan xabar olish, ularni yakkalab qo‘ymaslikka, kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilingan. Xaromdan xazar qilishga chaqirilgan. Manmanlik, isrofgarchilik qattiq qoralangan. Ana shu xususiyatlarning o‘zi shaxsda ijobiy dunyoqarash va teran tafakkurning shakllanishi uchun eng oliy namunalardir.
Diniy madaniy an’analarning ahamiyati va ularning o‘zaro ta’siri. Xalqimizning ko‘p asrlik tarixi shundan guvohlik beradiki, bizda diniylik va dunyoviylik, milliylik va umuminsoniylik hamisha yonma-yon mavjud bo‘lgan, ular bir-birini to‘ldirgan, bir-birini boyitgan. Shu boisdan qadimiy va go‘zal diyorimiz nafaqat Sharq, balki jahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo‘lgan. Bu tabarruk zamindan ne-ne buyuk zotlar, olimu ulamolar yetishib chiqqan, umumbashariy sivilizatsiya va madaniyatning uzviy qismiga aylanib ketgan dunyoviy va diniy ilmlarning, ayniqsa, islom dini bilan bog‘liq bilimlarning tarixan eng yuqori bosqichga ko‘tarilishida beqiyos hissa qo‘shganlar.Shunday ekan ulug‘ ajdodlarimiz merosida aks etgan diniy va dunyoviy bilimlar majmuiga teng ko‘z bilan qarashimiz, ularni uyg‘unlikda olib o‘zlashtirishimiz lozim, faqat shundagina ma’naviy mukammallikka erishish mumkin bo‘ladi. Bunday noyob va bebaho boylikni har tomonlama chuqur o‘rganish, uning ma’no-mazmunini anglab yetish barchamiz uchun ham qarz, ham farz bo‘lishi shart.
Diniy ta’limotlar, diniy g‘oya, diniy qadriyatlar hayot tarzi sifatida jahon xalqlari hayotida muhim o‘rin tutadi. Din va diniy e’tiqod insonning ruhiy ehtiyojlarini qondirsa, ilm, fan,

kashfiyotlar odamlarning ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan.


Har qanday diniy e’tiqod kabi islom ham barcha davrlarda, shu jumladan, dahriylik keng targ‘ib etilgan sho‘ro tuzumi zamonida ham, ijtimoiy munosabatlar va ma’naviy-ruhiy hayotga o‘z ta’sirini o‘tkazib turgan muhim omillardan biri bo‘lib qolaverdi. Ijtimoiy munosabatlar va ma’naviy-ruhiy hayotning uyg‘unligi esa, har qanday jamiyatning ichki siyosiy barqarorligini belgilovchi asosiy omillardan ekani sir emas. Shu nuqtai nazardan qaraganda, din va siyosat o‘rtasidagi muayyan bog‘liqlikni inkor etib bo‘lmaydi. Buning sababi esa islomning xalqimiz ongu shuuri va mentalitetiga shu qadar singib ketganidadir. Uni hech qanday kuch, hech qanday tashviqot bilan chiqarib bo‘lmaydi.
Bundan kelib chiqadigan mantiqiy xulosa shuki, islom dini va musulmonchilik degan tushuncha bizning mintaqamiz uchun faqat o‘tmish yoki bugunning tajribasigina bo‘lib qolmasdan, u kelajak voqeligi hamdir. Islomning jamiyat hayotidagi roli tom ma’nodagi hurfikrlilik qaror topayotgan mustaqillik davrida o‘zini yanada yaqqolroq namoyon etayotgani ham shunday xulosa chiqarishga asos bo‘ladi.
Hoh dunyoviy, hoh diniy ilm yo‘lida zahmat chekkanlar esa jisman yo‘q bo‘lsalar ham ma’nan tirikdirlar. Bunga Imom
Buxoriy va Muso Xorazmiy, Imom Moturidiy va Abu Nasr Forobiy, Imom Marg‘inoniy va Ibn Sino, Imom Termiziy va Beruniy, Imom Zamahshariy va Ahmad Farg‘oniy, Hoja Ahror Valiy va Ulug‘bek va boshqalar yaqqol misol bo‘ladilar. Bu buyuk zotlar yaratgan asarlar insonlarning hayot yo‘lini asrlar osha nurafshon etib kelmoqda. Ular meros qilib qoldirgan asarlarni o‘qib-o‘rganib kishilar ma’nan oziqlanib har on va har lahzada ularni eslab turadilar. Ularga bo‘lgan muhabbat insonlar qalbida abadiy yashab kelmoqda.

Xulosa


Foydalanilgan adabiyotlar:
1.A Ochildiyev. Dinshunoslik asoslari T.2013.
2.A.Mo`minov . Dinshunoslik. Toshkent . 2004
3.X.Yo`ldoshov. Dinshunoslik.(ma`ruza matnlari) 2000
4.Xusanov. S. Dinshunoslik. (o`quv- uslubiy qo`llanma.) Toshkent 2005
5.S.Jabborov. Jahon dinlari tarixi. 2002
Yüklə 73 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin