Kuzatish deganda, ma’lum bir maqsadli rejani amalga oshirish uchun narsa va hodisani ongda ataylab idrok etish tushuniladi.
Kasbiy kuzatish esa Muhandis xodimlarining operativ xizmat vazifalarini amalga oshirishida muhim voqea va hodisalarni maqsadga muvofiq tarzda idrok etish jarayonidir.
zarur bo‘lganda maxsus texnik vositalar va eslab qolish orqali kuzatilayotgan ob’ektning xatti-harakatlarini to‘liq esda saqlashi, kerak bo‘lsa aniq qayd etishi;
qayd etilgan faktlarni kuzatilayotgan ob’ekt to‘g‘risida olingan avval ma’lumotlar bilan qiyoslashi va xulosalar chiqarishi.
Muhandis xodimlar kasbiy kuzatuvchanlikni rivojlantirishda quyidagilarni e’tiborga olishi zarur: – kuzatuvdan oldin o‘rganilayotgan Shaxs , narsa yoki hodisa haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘lish;
vazifani aniq maqsad asosida belgilab olish (xayolan bo‘lsa-da) va kuzatuv rejasi hamda tartibini tuzish;
kuzatilayotgan ob’ektda nafaqat topilishi kutilgan narsani, balki uning teskarisini ham izlash;
kuzatish predmetini qismlarga bo‘lib o‘rganish bilan birga, butun jarayonni kuzatishni esdan chiqarmaslik;
bir martalik kuzatishga ishonmaslik, ob’ektni turli nuqtai nazar va turli vaziyatlarda tekshirish;
kuzatish davomida har bir elementga nisbatan «nega?», «nima uchun?» kabi savollar qo‘yish, o‘z fikr va xulosalari asosida taxmin qilish;
kuzatuv ob’ektlarini solishtirish, ularni bir-biriga qara- ma-qarshi qo‘yish va ulardagi o‘xshash hamda farq qiluvchi tomon- larni topish;
kuzatish natijalarini ushbu predmet haqida ma’lum bo‘lgan ma’lumotlar bilan qiyoslash;
kuzatish natijalarini aniq ifodalash va tegishli shaklda qayd etish;
kuzatishga turli mutaxassislarni jalb etish, kuzatish natijalarini solishtirish va hamkasblari bilan muhokama qilish;
Kasbiy kuzatuvchanlikni rivojlantirishning muhim yo‘nalishi omili tegishli psixologik qonuniyatlarga asoslangan kasbiy kuzatish texnikasini egallash sanaladi.
Adabiyotlar:
Qodirov K.B. Kasb tanlashga tayyorgarlikning psixologik jixatlari va kasbiy tashxis. - Toshkent, 2001. 41 bet
Sunnatova R.I., Rarpiev U. Kasbga yo’naltirish maslahatlari: metodlar, muammolar, imkoniyatlar. - Toshkent, 2001. 16 bet