Unrerase dasturi va uning ishlash tamoyili Fayl yoki katalog o’chirilganda, uni MS-DOS butunlay o’chirmaydi, balki uning nomidagi birinchi simvolini ASCII jadvalidagi 229 kodli simvol bilan almashtiradi. Keyingi o’qishlarda bu fayl joylashgan joy bo’sh joy sifatida qabul kilinadi.
O’chib ketgan faylni tiklash uchun bu dastur dastlab ko’rsatilgan katalogda bu fayl borligini aniklaydi. Keyingi qilinadigan harakatlar faylning o’lchami va joylashuvi bilan bog’liq.
Agar fayl bir nechta ketma-ket keluvchi klasterlarni egallaydigan bo’lsa, bularning hammasini tiklanayotgan faylga beradi.
Agar fayl bir nechta tarqoq keluvchi klasterlarda joylashgan bo’lsa, dastur bulardan bir-biriga yakin keluvchi bo’sh klasterlarni fayl uchun birlashtiradi. Bunday xolda kerakli klasterlarni qo’lda ajratish kerak.
O’chirilgan fayllarni muvaffakiyatli tiklashning asosiy shartlariga quyidagilar kiradi:
Dasturni ishga tushirish uchun Unerase yozib, Enter bosiladi. Ekranda o’chgan kataloglar va fayllarning ro’yxati paydo bo’ladi. Bu ro’yxat birinchi jadvalda kursatilgan ko’rinishda bo’ladi. Name ustunidagi nomlar turli xil kurinishda chikarilgan bulishi mumkin. Kuyidagi xollar uchrashi mumkin:
nom to’liq chiqarilgan - Bu fayl SmartSan utiliti yordamida saqlab qo’yilgan va 100% tiklash extimoli bor;
"?" simvoli bilan boshlanadi. Bu fayl o’chirilgan bo’lib 1-simvoli ko’rsatilgandan keyin tiklashga beriladi;
nom bosh xarflar bilan berilgan bo’lsa, bu katalog bo’lib, unga Enter tugmasi bosilsa, undagi fayllar ro’yxati ekranga chikadi.
katalog nomi "?" bilan boshlansa, bu o’chirilgan katalog bo’ladi.
Bashorat (prognoz)lar kuyidagicha bulishi mumkin .
SmartSan utiliti yordamida eslab qolingan fayllar excellent prognoziga ega bo’lib, bu fayllarning nusxasi aloxida katalogda saqlanadi. Diskda bo’sh joy ko’p bo‘lganda, bu utilit yaxshi samara beradi.