Mavzu: Doimiy magnit. Magnit maydon induksiya vektori. Tok elementi
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI FIZIKA YO`NALISHI 205-GURUH TALABASI SIDDIQOVA SHODIYANING ELEKTR VA MAGNETIZM FANIDAN TUZGAN TAQDIMOTI.
Mavzu: Doimiy magnit. Magnit maydon. Magnit maydon induksiya vektori.Tok elementi.
Reja: 1.Magnit maydon haqida tushuncha. 2.Magnit maydon induksiya vektori haqida. 3.Tok elementi.
Magnit maydon harakatdagi zaryad yoki elektr toki hosil qiladi. Magnit maydoni harakatlanayotgan zaryadlangan zarraga yoki tokli o`tkazgichga ta`sir qiladi. Magnit maydonning elektr maydoni bilan bog`liqligini birinchi bo`lib tajribada Daniyalik fizik X.Ersted aniqlagan.U tokli o`tkazgichga magnit maydonining magnit strelkasiga ta`sirini o`rgangan.
Magnit maydoni harakatsiz zaryadli zarralarga ta`sir qilmaydi. Magnitning magnit ta`siri eng kuchli bo`lgan joylari magnit qutblari deb ataladi. Har qanday magnitda ikkita: shimoliy (N) va janubiy (S) qutblari bo`ladi.
Magnit maydonni xarakterlaydigan kattalik vektor bo`lishi va bu vektorning yo`nalishi ramka yoki magnit strelkasi egallaydigan yo`nalishga bog`liq bo`lishi kerak. Magnit maydonni xarakterlaydigan bu vektor kattalik magnit induksiya vektori deb ataladi.Magnit induksiya vektorining ramka turgan joydagi yo`nalishi uchun ramka tekisligiga o`tkazilgan normalning musbat joylashadigan yo``nalishi qabul qilingan.Normalning uchidan qaralganda ramkadagi tok soat strelkasi harakatiga teskariyo`nalgan holda ko`rinsa,
bu yo`nalishni normalning musbat yo`nalishi deb qabul qilinadi. Boshqacha aytganda, normalning musbat yo`nalishi qilib parma dastasining harakat yo`nalishi ramkadan oqayotgan tokning yo`nalishi bilan mos bo`lgan parma (o`ng vint)ning ilgarilanma harakat yo`nalishi qabul qilingan.
Magnit maydon induksiya chiziqlari deb shunday chiziqlarga aytiladiki, ularga o`tkazilgan urinmalar maydonning har bir nuqtasida vektor bilan bir xil yo`nalgan bo`ladi.
Magnit maydonni xarakterlovchi miqdoriy kattaliklar: Magnit maydon induksiyasi va kuchlanganligidir. Elektr maydonda sinovchi zaryad o`rnida magnit maydonda tok elementi ishlatiladi. Tok elementi i-tok kuchi va shu tok o`tayotgan dl-o`tkazgich uzunligi ko`paytmasiga teng bo`lgan kattalikdir.
Magnit maydonni xarakterlovchi asosiy maydon induksiyasi- Tok elementiga magnit maydon tomonidan ta`sir etuvchi kuchni ifodalaydi: dF=idl*B Bir jinsli magnit maydonda to`g`ri tokli o`tkazgichga ta`sir etuvchi kuch.