O'zbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichlari.
Har bir xalq hozirgi darajasiga yetgunga qadar juda katta taraqqiyot bosqichini bosib o'tgan.Bundan o'zbek xalqi ham mustasno emas.
Markaziy Osiyo hududlarida azaldan yashab kelgan o'g'uz, qipchoq, uyg'ur, nayman, uyshin, barlos, yuz, qirq, ming kabi ko'plab qabilalar o'zbek xalqining shakl-lanishida muhim o'rin tutgan.
Otashzabon shoir Turdi Farog'iy:
— Tor ko'ngullik beklar, «man-man» demang, kenglik qiling,
To'qson ikki bovli o'zbek yurtidir, tenglik qiling, —deb yozganida o'zbek xalqining tashkil topishida 92 urug' vakillari ishtirok etganligini nazarda tutgan edi.
Darhaqiqat, O'zbekistonning qayeriga borsangiz, dar-xon, kenagas, jaloyir, bahrin, nayman kabi joy — urug' nomlariga duch kelishingiz mumkin.Bu nomlar shu joylarda muayyan qabila vakillarining yashab o'tganligidan aks-sado berib turadi.
Birgina «qipchoq» atamasini olib ko'raylik.Qipchoq-mahalla, Qipchoqqishloq, Qipchoqovul, Qipchoqariq singari nomlar har bir tumanda, hatto har bir jamoa xo'jaligida mavjud. Bu nom o'zbek xalqining shakllanishida qipchoq qabilalarining munosib o'rin tutganligidan dalolat
berib turibdi. Bu gapni o'g'uz, qorluq-chigil-uyg'ur qa-bilalariga nisbatan ham aytish mumkin.
Naql qiladilarki: «0'tmishini unutgan, avlod-ajdodlarini bilmagan kimsalarning quldan farqi yo'q». Aziz o'quvchi! Xalqimizning kechmishini, uning tarixini puxta bilib olish-ga intiling.Zotan, kelajak Sizdan shuni talab qilmoqda.
Jamiyat oilalardan tashkil topganidek, tillar ham turli-tuman oilalarga bo'linadi.Til oilalari shu oilaga asos bo'lgan til nomi bilan yuritiladi.O'zbek, uyg'ur, qirg'iz, qozoq kabi tillarning turkiy til deyilishiga sabab shuki, ularning ham-masi qadimgi turkiy tildan ajralib chiqqan. Demak, hozirgi barcha turkiy tillar (o'zbek, uyg'ur, qirg'iz, qozoq, turk-man, ozarbayjon, usmonii turk, tatar, xakas, yoqut va boshq.) uchun qadimgi turkiy til umumiy til (bobo til) sanaladi.
Hozirgi turkiy tillarning shakllanish tarixini ko'pchilik olimlar bir necha davrlarga bo'ladilar. 1. Oltoy davri. 2. Eng qadimgi turk davri. 3. Qadimgi turk davri. 4. O'rta turk davri (hozirgi barcha turkiy xalqlar va ular tillarining shakllani-shi hamda rivojlanishi davri) va boshqalar.
Mutaxassislarning fikricha, turkiy tillar qadimda mo'g'ul va tungus-manjur tillari bilan birgalikda bitta oilani tashkil etgan va bu til oltoy tili deb atalgan. Keyinchalik oltoy tili tarmoqianib ketgan.Afsuski, bu davrdan xabar beruvchi yozma yodgorliklar bizgacha yetib kelmagan, Iekin qadimgi turkiy til davriga oid bir qancha yozma manbalarga egamiz. O'rxun-enasoy, uyg'ur (qisman moniy), sug'd yozuvlari shular jumlasidandir. Mazkur yozuvlar hozirgi turkiy tillarning barchasi uchun umumiy sanaladi.
Dostları ilə paylaş: |