Mavzu Dunyo xalqlarining milliy mentaliteti Reja-fayllar.org
Germaniya. Nemis xalqining etnik evolyusiyasi millodiy 1-ming yillik o‘rtalarida Reyn va Oder daryolari oralig‘ida yashagan qadimgi german qabilalari: frank, saks, bavar, aleman, tyuring, tevton va kimvr qabilalari ittifoqlari tashkil etadi. Protestant,lyuteran va katolik diniga e’tiqod qiladi.
Nemis xalqi azaldan o‘zining trishqoq, mehnatsevar va tadbirliligi bilan boshqalardan ajralib turgan, dangasalik, beparvolik va loqaydik kabi salbiy jixatlar bu tabiatiga xos emas. Bu kabi salbiy illatlarni kutilmagan baxtsiz hodisadek nohush qabul qiladi, umuman yoqlamaydi. Shuingdek, adolat, to‘g‘rilik va vaqtni qadriga yetish kabi ijobiy jihatlarni qadrilaydi. Nemis xalqi tabiatdan mehnatsevar bo‘lish bilan birga bilim olish, hunar o‘rganish va texnik ijodkorlik jihatlari bilan boshqa xalqlardan ajralib turadi.
Nemis tilida yengil qayg‘urish degan ibora yo‘q har qanday muammoga sovuqon aql, jiddiy izlanish va ijodkorlik bilan yondashuv ularning tabiatiga xos muhim hususiyat sanaladi. Muvafaqiyatning kaliti bilimda, ijodkorlik, izlanuvchanlik va mehnatsevarlik esa har jumboqqa yechim topadi, degan qarash mavjud. Shiddat bilan oqayotgan daryo yo‘lini to‘sib bo‘lmaydi, biroq insoni ijodkorligini boshqarib bo‘lmaydigan jarayon degan fikrga qo‘shilmaydi, bilim va tajriba oz-ozdan yig‘ilib, mukammalashadi, degan qarashni ma’qul ko‘radi. Shu sababli, nemislar ruxsat etilmagan barcha narsa taqiqlangan degan tamoyilga amal qilib, hayotlarini juda murakkab-lashtirmaslik uchun qoidalarni buzmaslikni afzal ko‘radilar. Ularning hayotida eng kichik ko‘rsatma ham ahamiyatli bo‘lib, chekish yoki chim ustidan yurishga ruxsat berilsa, sizga albatta maxsus belgi orqali xabar beriladi.
Nemislar o‘zlarining tezkorligi, tashkilotchiligi, qat’iy irodasi va temir intizomi hamda ozodaligi bilan faxrlanadilar. Axir, bu tartibni (Ordnung) yaratadi, u nafaqat poklik, balki to‘g‘rilik, odob, maqsad va boshqa ko‘plab ajoyib narsalarni o‘z ichiga oladi. Xorijda yurgan nemis fuqarosi zich qurilgan bino, iflos va axlat bosgan ko‘chalarni va yuvilmagan mashinalarga qarab bu yurtda yashovchi odamlarga achchinadi. London metrosida uzoq vaqt poezd kutayotgan nemis, bu aqldan ozgan inglizlar hamma narsani tartibga solish o‘rniga, nima uchun befoyda narsalarga e’tibor berib, bu ahvolga qanday qilib chidashlari mumkinligiga hayratlanadi.
Shu bilan britaniyaliklarga xos barcha jihatlar nemislarga qandaydir shubhali ko‘rinadi: ingliz tili, qushlarning qichqirig‘idek eshitilsa, so‘zlari esa faqat turli hiyla-nayrangdan iboratdek, tinmay turli but va sanamlar nomini tinmay takrorlayotgandek ta’surot uyg‘otadi. Kamiga shaxarlarining nomini ham ataylab boshqa millatlar eslay qololmaydigan tarzda uylab topilgandek taasurot uyg‘otadi.
“...Agar nemis xalqi har qanday tig‘iz vaqtda ham o‘zlaridan biror bir hayratlanarlik, insonda ijobiy taassurot uyg‘otuvchi mujiza yaratishni orzu qilsa, ingliz va fransuzlar bo‘sh vaqtlarini “o‘zlarini aqli va dono” ekanliklarini isbotlashga sarf qilishadi”-deb hisoblashaadi.
Demak, nemislar bu jihatlari bilan o‘zlarini o‘zgalardan ustivor ko‘rishlaridan darak bermaydimi ?
Bir kuni Buyuk Britaniya Bosh vaziri Devid Kemeron o‘z mamlakatidagi zavodlardan biriga tashrif buyurib, ishchilarga qarata xulosasini aytibdi: “Biz hammamiz bir oz nemis bo‘lishimiz kerak”, Buyuk Britaniyada iqtisodiyot tanazzul yoqasida, sanoat ishlab chiqarishi pasaydi. Faqat Germaniyada iqtisod o‘sib bormoqda, ishsizlik esa eng past darajada. Qachon nemislar bizdek fikrlaydi, bilmayman degan ekan- Kemeron.
Deutsche Bank, DZ Bank, KfW va Commerzbank likvidli aktivlarining yuqoriligi bilan xalqaro moliya tizimida o‘z o‘rniga ega bo‘lgani tufayli dunyoni sanoati rivojlangan mamlakatlar safidan o‘rin olgan.
Nemis ta’lim tizimi asosan Federal yerlar (FE) huqumatining konpetensiyasiga kirib, ta’lim dasturi asosida boshqariladi. Lekin, markaz tomonidan umumiy rahbarlik ham mavjud: ta’lim vazirligi ta’lim siyosati konsepsiyasini ishlab chiqish bilan birga ta’lim tizimini kengaytirish hamda rivojlantirishni molyalashtiradi.
Mamlakat o‘n oltita federal xududdan iborat, maktab ta’limi davlat nazoratida bo‘lib, konstitutsiya va ta’lim to‘g‘risidagi qonuniga muvofiq tashkil etiladi. Lekin, har bir xududiy birlk o‘zining ta’lim to‘g‘risidagi qonuniga ega, shu sababli maktab ta’limida ayrim farqlar bor.
Germaniya-ta’lim va kasbga yo‘naltirish, ilm hamda ilmiy tadqiqotlar markazi bo‘lib, aniq, tabiiy, tibbiyot va nanotexnologiya soxasida erishgan yutuqlari uchun Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan. Xorijiy ilmiy muassaslarning ko‘p ilmiy loyihalariga ham moliyaviy yordam berib keladi, turli davlatlardan kelgan o‘quvchilarning ta’lim olishiga ham ko‘maklashadi.
Nemis pedagoglari faoliyatiga iste’dodsiz o‘quvchining o‘zi yo‘q, degan fikr bilan yondashadi, ular uchun o‘quvchining ochilmagan qirralarini kashf etish, yangilik va ixtirolarga qiziqtirishga intiladi. “Fikrlayapmanmi, demak, yashayapman!” degan edi, Rene Dekart. Germaniyaning qo‘yi ta’lim tizimida pedagoglar avvalo o‘quvchini fikrlash, mustaqil fikri bo‘lishiga erishishni maqsad qiladi. Ta’lim jarayonida esa ota-ona va o‘qituvchi o‘rtasidagi uzviy hamkorlikka tayanadi.
Germaniyada Yevropaning boshqa davlatlariga qaraganda bepul oliy ta’lim olish imkoniyati ko‘proq, nodavlat jamg‘armalar hamda hukumat grantlari asosida xorijliklar ham nemis universitetlarida tahsil olishi mumkin. Universitetlarda bakalavr bosqichi to‘rt yarim yilgacha, magistra-tura bir yildan to‘rt yilgacha, doktorantura ikki yildan besh yilgacha. Odatda, bakalavriat va magistratura talabalari o‘qish yakunida davlat imtihoni (Statspruefung) topshiradi va dissertatsiya himoya qiladi. Talaba o‘qish uchun qishki yoki yozgi o‘quv mavsumini tanlash huquqiga ega. Yozgi mavsum aprel-sentyabr, qishkisi esa oktyabr-mart oylarini o‘z ichiga oladi.
Germaniya Geydelberg, Kyoln, Frayburg, Tyuringen kabi ko‘hna an’analarga ega universitetlar vatani hisoblanadi. Eng qadimiysi Geydelberg universitetiga 1386 yilda asos solingan, u ko‘hna qit’aning eng nufuzli oliy ta’lim dargohi sifatidagi ro‘yxatda yetakchilik qiladi. O‘rta asrdan ushbu universitetda o‘qish yevropalik aslzodalarning orzusi bo‘lgan, u mo‘jazgina Geydelberg shahrida joylashgani mazkur universitetning nufuziga soya solmagan. Mazkur dargohda Gegel va Yaspers hamda o‘nga yaqin Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan jahon tanigan olimlar ta’lim olgan. Hozirda universitet yurisprudensiya, biologiya, kimyo, tibbiyot yo‘nalish-larida kuchli kadrlar tayyorlaydi. Bu yerda o‘qiydigan 25 ming talabaning 12 foizi xorijliklardir