Mavzu: E. Grig ijodi kirish. I. Bob. Edvard grig hayoti va ijodi


2.2.Grigning turli shaxarlarda yaratgan asarlari



Yüklə 481,06 Kb.
səhifə7/10
tarix13.04.2023
ölçüsü481,06 Kb.
#97101
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
E.Grig ijodi

9

2.2.Grigning turli shaxarlarda yaratgan asarlari

1881-yilda Grig o'zining fortepianoda ikki juft qo’ida chalishi uchun mo‘ljallangan inashhur “Norveg raqslari”ni yozadi (op.35). 1884-yilda fortepiano uchun “Xolberg zamonlaridan” suitasi yaratiladi. U XVIll asming ma rifatpaiA'ar yozuvcliisi Ludvig Xolbergning yubileyiga yozilgan edi. Suita preludiya. sarabandalar, gavot, ariya, rigodonlardan tashkil topgan bo‘lib, bayon tarzi, garraonik tuzilishi, omamentikasi bilan XVIII asr davridagi asarlarga xos bo'lgan nozik uslubiy yangilik sifatida qabul qilinadi.


80-yillarda Grig yirik shakldagi kamer — ijrochilik asarlari: violonchel va fortepiano uchun sonata (1883), skripka va fortepiano uchun uchinchi sonata (1887)ni yaratadi. 80-yillarda “Lirik pyesa- lar”ning ikkinchi (1883), uchinchi va to'rtinchi (1886) daftarlari yaratiladi. Ulami kompozitoming “musiqiy kundaligi” deb ham yuritishadi.
Grigning orkestr uchun yozgan eng so'nggi yirik asari xalqchil mav- zularda yaratilgan “Simfonik raqsiar"i (1898) bo'ldi. 0‘z tabiatiga, xalq raqslaridan foydalanishiga. umumiy kompozitsiya yaxlitligiga ko'ra, “Simfonik raqslar” “Norveg raqslari” turkumini davom ettiradi. Hayotining so'nggi yillarida o'zining donishmandona va link qissasi “Mening birinchi muvaffaqiy atim”ni hamda dasturiy maqolasi “Motsart va uning zanionamiz uchun ahamiyati”ni e’lon qiladi. Ularda kompozitoming ijodiy kredosi: o'ziga xoslikka intilish, o‘z uslubini, o'zining musiqadagi o'mmi belgilash, klassik san’atning oliy darajadagi ideallariga sodiqlik juda yorqin ifoda etilgan. 1907-yilning aprelida Grig Norvegiya, Daniya. Germaniya shaharlari bo'ylab katta konsertlar beradi. Grig 1907-yii 4-sentabrda Bergen shahrida vafot etadi.

10
Grigning ijodi keng qamrovfi va ko‘p qirralidir. U quyidagi yirik shakldagi asarlarni yaratdi: fortepiano uchun konsert, skripka va fortepiano ucnun uchta sonata, violonchel va fortepiano uchun sonata, kvartet. Bir vaqtning o'zida u cholg'u miniaturasiga murojaat qildi: “Poetik manzaralar”, “Albom sahifalari", “Lirik pyesalar” buning natijasidir.

Kompozitomi kamer-vokal miniaturasi janrlari bo'lmish —romans, qo'shiq o'ziga jalb qildi, ularda poetik obrazlar, inson taassurotiari va his-tuyg'ularining ulkan dunyosi o'z aksini topdi. Grigning juda ko'plab qo'shiqlarida yorqin va jonli yozilgan tabiat manzaralari mavjud (“0‘nnonda”, "Kulba”. “Dengiz yorqin nurlarda jilvalanar”). Vatan mavzusi ko‘tarinki, lirik gimnlarda (“Norvegiyaga”) sadolanadi. Grig qo'shiqlari da inson hayoti turlicha ko'rsatiladi: sof o'&mirlik (“Margarita”), sevgi quvonchi (“Seni sevaman”), mehnat go'zalligi (“Lngeborg”), inson hayotida uchraydigan iztiroblar (“Alla", “Ona kulfati”), o‘lim haqidagi o‘ylar (“So'nggi bahor”), uncha murakkab bo‘lmagan fortepiano pyesalari ko‘rmishidagi (op. 17), fortepianoda to‘rt qo‘l ijrosi uchun suita turkumi ko'rinishidagi (“Norveg raqslari”) va orkestr uchun (“Norveg raqslarining orkestr uchun tahriri op. 35, norveg xalq ohanglariga “Simfonik raqslar”) qayta ishlangan xalq qo'shiq va raqslari Grig ijodiga xos turlardir.
Norveg xalq musiqasi bilan chuqur aloqadorlik kompozitor us- lubining individualligini belgilab berdi. Uning asarlarida Norvegiyada keng tarqalgan xalq raqslari — xalling va springdans ritmlari eshitilib turadi. Xalling — yakka tarzda ijro etiluvchi erkakcha raqs bo'lib, kuch- qudrat va jasoratni namoyish etadi. Springdans — yengil, turli-tuman ritmik naqshlari bo'lgan “sakrama” raqsdir.
Grig asarlarining kuyi norveg musiqasiga xos ohanglar bilan yo'g'rilgan, bular — ladning birinclii bosqichidan yetakchi ton orqali kvinta tomon yurish, katta septima sadolanishi bilan melodik aylanmalardir (Solveyga qo’shig’i)


Yüklə 481,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin