Mavzu: EKG tipidagi ekskavatorlar ishchi mexanizmlari turlarini o’rganish
Reja:
Kirish
Asosiy qism
EKG tipidagi bir cho’michli ekskavatorlar ishchi uskunalari tuzilishi va ishlash prinsipini o’rganish
EKG tipidagi bir cho’michli ekskavatorlar kuch beruvchi mexanizmlari tuzilishi va ishlash prinsipini o`rganish
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Bir cho’michli ekskavatorlar ikkita asosiy qismdan tashkil topgan: pastki yurish qismi va yuqorigi burilish qismi.
Yurish qismi mashina og’irligini va ish vaqtida hosil bo’ladigan qo’shimcha og’irliklarni qabul qilib zaminga uzatadi, hamda ekskavator harakatlanishini ta’minlaydi.
Burilish qismi kuch berish qismlari, mexanizmlar va ishchi uskunalari joylashgan buriluvchi platformadan tashkil topgan.
Buriluvchi platforma tayanch-burilish qurilmasi orqali yurish ramasiga o’tiradi va vertikal o’qda gorizontal tekislik bo’ylab burilish imkoniyatiga ega bo’ladi. Buriluvchi platformaning gorizontal tekislikda burilish burchagiga bog’liq ravishda ekskavatorlar to’liq buriluvchi yoki to’liqsiz buriluvchi deb ataladi. Ochiq kon ishlarida ishlatilayotgan barcha bir cho’michli ekskavatorlar to’liq buriluvchi ekskavatorlardir.
Ochiq kon ishlarida ishlatiladigan bir cho’michli ekskavatorlar ishchi uskunalarining turlari asosan – to’g’ri kurakli ekskavator va draglayndir. Ba’zi hollarda teskari kurakli ekskavator, greyfer va strug ishlatiladi.
To’g’ri kurakli ekskavatorlarning asosan to’rtta turi ishlab chiqariladi: suriladigan rukoyat bilan kuch beruvchi, tirsak-richag bilan kuch beruvchi, “Superfront” ishchi uskunasi bilan kuch beruvchi va gidravlik kuch beruvchi ekskavatorlar.
To’g’ri kurakli suriladigan rukoyat bilan kuch beruvchi –EKG-5A ekskavatorining tuzilishini ko’rib chiqamiz (1-rasm). Ekskavator ishchi uskunalardan, kuzov 1 bilan birga buriluvchi platforma 14 va gusenitsali 16 yurish organidan tashkil topgan.
Ekskavator ishchi uskunalariga cho’mich 9, strela 5 va rukoyat 12 kiradi. Cho’mich tagidan ochiluvchi. Strela platformaga tayanchli sharnir orqali o’rnatilgan va ikki oyoqli ustun 2 ga kanat 5 yordamida burchak ostida tortib qo’yiladi.
Cho’mich kon jinsini qamrayotganda buriluvchi platformada joylashgan ko’taruvchi baraban yordamida kanat 7 orqali ko’tariladi.
Rukoyat 12 ni zaboyga surish ya’ni rukoyatga kuch berish uchun kuch berish mexanizmidan foydalaniladi. EKG-5A ekskavatori tishli-reykali kuch berish mexanizmi 4 ga ega bo’lib strelada joylashgan. Tishli reyka rukoyat pastki tomoniga mahkamlangan. Kuch beruvchi shesternya esa kuch beruvchi valga joylashtirilgan. Rukoyat kuch beruvchi val o’qida burilish imkoniyatiga ega bo’ladi.
1-rasm. EKG-5A ekskavatorining umumiy ko’rinishi
Buriluvchi platformada ko’tarish barabanidan tashqari burish mexanizmlari, kuch berish uskunalari va ekskavatorni boshqarish mexanizmlari joylashgan.
Buriluvchi platforma rolikli aylana yordamida tishli venets 17 o’rnatilgan yurish telejkasi ramasiga o’tiradi va 360 gradusga burilish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Tishli-reykali kuch berish mexanizmi bilan PO «Uralmash» (Rossiya) zavodida ishlab chiqarilgan ekskavatorlar jihozlangan. EKG-8I, EKG-12,5 kabi ekskavatorlar esa ‘O «Ijorskiy zavod» (Rossiya) zavodida ishlab chiqariladi va ular kanatli kuch berish mexanizmi bilan jihozlanadi. Ushbu ekskavatorlarda rukoyatning oldinga va orqaga harakati kanat yordamida bajariladi. Kanatni tortish platformada joylashtirilgan lebedka, rukoyat va strelada joylashtirilgan yarim blok va bloklar orqali amalga oshiriladi.
Tirsak-richagli kuch beruvchi ekskavatorlarda rukoyat strela bilan kinematik bog’lanmagan bo’lib strela ustunlari oralig’ida harakatlanadi.
Karyer gidravlik ekskavatorlari EG-12AU va EG-20U cho’michlari sig’imi 12 va 20 m3. Ishchi uskunalarining barchasi alohida gidravlik yuritmalarga ega.
Gidravlik ekskavator (2-rasm) larda strela 1, rukoyat 2 va cho’mich 3 bir-birlari bilan sharnirli bog’langan. Strela ekskavator korpusi bilan ham sharnirli bog’langan. Ekskavatorning ishchi uskunalari bir-birlari bilan mos ravishda 4, 6 va 5 gidrosilindrlari bilan ta’minlangan.
EG-12AU ekskavatori gidrosilindrlariga bosim ostidagi moyni yetkazib berish uchun har birining zo’riqmasi 900 l/min bo’lgan ikkita nasos qurilmasi va 660 kVt li elektr yuritma bilan ta’minlangan. Gidrotizimdagi umumiy bosim 30 MPa ni tashkil etadi.
2-rasm. EG-12AU gidravlik ekskavatori
Ekskavator-draglayn (3-rasm) lar cho’michi 4 ko’taruvchi 1 va tortuvchi 5 kanatlarga osiladi. Draglayn strelasi tayanch 6 va yo’naltiruvchi blok 3 ga ega. Ekskavatorning burilish mexanizmi to’g’ri kurakli ekskavatorlarniki kabi tuzilishga ega.
Draglaynlar gusenitsali yoki qadamlovchi mexanizmga ega bo’lgan yurish organi bilan ishlab chiqariladi. Ekskavator ish vaqtida tayanch rama bazasi 7 da o’tiradi.
3-rasm. Ekskavator-draglayn (a) va uning cho’michi (b)
Ekskavator platformasida ko’tarish, tortish va burilish mexanizmlari lebedkalari va yuritmalari joylashadi.
To’g’ri kurakli ekskavatorlarda cho’michga zo’riqma kuchini berish kuch berish mexanizmlari yordamida bajariladi. Kuch berish mexanizmi yuritmasidan hosil qilinuvchi kuch kanatli-polispast tizimi yoki tishli-reykali mexanizm yordamida egarli podshipnik orqali suriluvchi cho’mich rukoyatiga uzatiladi.
Kuch berish mexanizmining strelada joylashishi ekskavator burilish qismining inersiya momentini va ag’darilish momentini va natijada posangi og’irligini oshiradi, bu esa o’z navbatida cho’mich sig’imini yoki qamrash radiusini kamaytirishni talab etadi. Buriluvchi platforma bilan birga aylanayotgan massalar radiusi va inersiyasining dinamik momenti oshishi natijasida burilish mexanizmi detallaridagi inersion yuklamasi ortib ketadi. Bunday holatda platformaning tezlanish va tormozlanish vaqti oshadi, natijada ish sikli davomiyligi ko’payadi.
Kanat-polispast tizimida kuch beruvchi ekskavatorlarda kuch berish mexanizmining lebedkasi burilish platformasida joylashadi (EKG-10 va boshqalar). Strelada esa faqat yo’naltiruvchi bloklar va egarli podshipnik joylashadi.
Tishli-reykali kuch berish tizimi juda og’ir sharoitlarda ishlatiladigan ekskavator modellarida ishlatiladi.
Tirsak-richagli kuraklarda zo’riqma kuchi yuritish mexanizmidan kuch beruvchi shtanga orqali rukoyatga uzatiladi. Kuch beruvchi shtanga rukoyat va tebranuvchi ustun bilan umumiy sharnirda birlashgan egarli podshipnikda harakatlantiriladi (suriladi). Bunday holda mexanizm yuritmasi ( dvigatel va reduktor) ikki oyoqli ustunda yoki buriluvchi platformada joylashadi (EVG-35.65M). Kuch beruvchi balkaning siljishi kanatli-polispast tizimida yoki tishli-reykali tizimda amalga oshiriladi.
4-rasm. EKG-5A ekskavatori strelasining yig’ilgan tasviri
1-korpus; 2-bosh blok; 3-strelani osuvchi boldoq; 4-bufer; 5-strela tortuvchisi; 6-strelani mahkamlovchi palets; 7-egarli podshipnik; 8-kuch berish mexanizmi dvigateli; 9-tishli g’ildirak; 10-tishli uzatma; 11-cho’mich tag qismini ochuvchi mexanizm dvigateli.
Tishli-reykali kuch berish tizimida dvigatel 8 ning aylanish momenti saqlovchi mufta shesternyasi va tishli g’ildiragi orqali yetaklovchi val shlitsasiga o’tirgan shkiv stupitsasiga uzatiladi. Shkivni o’rab turuvchi uning kolodkalari o’qga o’rnatilgan g’ildirak tanasiga presslangan va mufta bilan tortilgan. Ortiqcha yuklanishlarda shkiv kolodkaga nisbatan sirpanadi. Rukoyat harakatini tezlashtirish va uning surilishini chegaralash uchun komandoapparat xizmat qiladi. Komandoapparat kuch beruvchi val bilan zanjirli uzatma orqali bog’langan.
Kremal’er shesternya (5-rasm) 2 shlitsalari bilan bog’langan kuch berish vali aylanish momentini tishli g’ildirak 1 orqali oraliq valdan oladi. Valga o’rnatilgan egarli podshipniklar 4 ning cho’yandan ishlangan yo’naltiruvchi 7 va 8 polzunlari tishli reykali rukoyatning harakatini ta’minlaydi.
Rossiyaning Ijorskiy zavodida ishlab chiqarilgan to’g’ri kurakli EKG-8I, EKG-12,5 va shunga o’xshash ekskavatorlarida kanatli kuch berish mexanizmi ishlatiladi. Rukoyatning chiqishi va orqaga qaytishi platformada joylashgan lebedka hamda strela va rukoyatda joylashgan bosh blok va yarim bloklar yordamida bajariladi.
5-rasm. EKG-5A ekskavatorining tishli-reykali kuch berish mexanizmi:
a - oraliq val; b - kuch beruvchi val va egarli uzel
Dostları ilə paylaş: |