Mavzu ekologik ekspertizaning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida tushuncha


Ekologik ekspertizaning yangi fan va o‘quv predmeti sifatida shakllanish va rivojlanishi



Yüklə 49,64 Kb.
səhifə2/3
tarix07.01.2024
ölçüsü49,64 Kb.
#208516
1   2   3
Ekologik ekspertizaning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida tushuncha.

1.1. Ekologik ekspertizaning yangi fan va o‘quv predmeti sifatida shakllanish va rivojlanishi.
Ekologik ekspertiza fani o‘quv predmeti sifatida quyidagi maqsadlarni ko‘zda tutadi:
- tabiat bilan jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarning asosiy qonuniyatlarini bilish asosida ekologik ekspertizani o‘tkazishning muhim ekanligini tushuntirish;
- ekologik ekspertizada tabiat muhofazasi to‘g‘risidagi va ekologik ekspertiza to‘g‘risidagi qonun xujjatlari talablariga qat’iy amal qilish zarurligini doimo xisobga olishga o‘rgatish;
- mo‘ljallanayotgan xo‘jalik va boshqa faoliyatni amalga oshirish to‘g‘risida qaror qabul qilinmasdan oldin bunday faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini ekologik ekspertizadan o‘tkazganda tabiatdan foydalanish va tabiatni muhofaza qilishning murakkabligi, ko‘p omilligi, tarmoqlarnaro va fanlararo muammo ekanligini har tomonlama hisobga olgan tadqiq etish malakalarini egallashga erishishi;
- rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik va boshqa xil faoliyatning atrof tabiiy muhit va fuqarolar sog‘ligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini, ularning xavflilik darajasini aniqlash bo‘yicha ekologik ekspertiza o‘tkazganda masalaniekoloogik xavfsizlikni va ekologizatsiyalashni ta’minlash zarurati nuqtai nazaridan xal etish lozimligini tushuntirish;
- ekologik ekspertiza o‘tkazishda atrof tabiiy muhitini muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha nazarda tutilayotgan tadbirlarning yetarli va asosligini aniqlash prinsiplari, metodlari va yo‘llarini bilishga va ularni amaliyotda qo‘llashga o‘rgatish;
- ekologik ekspertiza endilikda shakllanib borayotgan va tez rivojlanayotgan fanlar jumlasiga kiradi. Uning asosiy qoidalari va konsepsiyalari tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga erishishga yo‘naltirilgan. Ushbu fan tadqiqotlarida ekologik ekspertiza mehanizmi orqali quyidagi ekologik-iqtisodiy muammolari yechimiga asosiy e’tibor beriladi: inson salomatligi, ekologik muvozanatni saqlash, ekologizatsiyalash, tabiatdan oqilona va uni ishdan chiqarmaydigan qilib foydalanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ekologik xavfsizlik va boshqalar.
Ekologik ekspertiza fanining nazariy va amaliy bilimlari iqtisodchi-ekologlar, ekolog-ekspertlar, iqtisodchilarni professional tayyorlashning muhim shartlaridan hisoblanadi. Ekologik ekspertiza fani xozirgi ekologik siyosatni to‘g‘ri tushunishga va amalga oshirishga, mamlakatni barqaror rivojlantirishda tabiat muhofazasining ekologik-ekspert yo‘nalishining mohiyatini bilib olishga ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Ushbu fanning vazifalari mamlakatning tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan ob’ektiv ehtiyojlariga muvoofiq boshqaruvining barcha bo‘g‘inlarida ekologik ekspertiza xizmatlariga talabning oshib borayotganligi bilan belgilanadi. Iqtisodiyotni ekologizatsiyalash, ekologik barqaror rivojlanishga o‘tish zarurati ekologik ekspertizaning ahamiyatiniyanada oshiradi. Shu munosabat bilan ekologik ekspertiza fani oldida turgan asosiy vazifalarga quyidagilar kiradi:
- tabiat bilan jamiyat o‘zaro aloqalarining ekologik ekspertiza yo‘nalishini chuqur va har tomonlama tadqiq etish;
- ekologik ekspertizaning O‘zbekistonning barqaror rivojlanish va iqtisodiyotni ekologizatsiyalash yo‘nalishlariga o‘tishi bilan bog‘liq bo‘lgan nazariy va amaliy masalalarining yechimini topish;
- ekologik ekspertiza ob’ektlarining tabiatdan foydalanish va atrof tabiiy muhitga ta’sirini va ekologik xavflilik darajasini kompleks taxlil etish;
- ekologik ekspertiza uchun taqdim etilayotgan materiallarning tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun xujjatlariga muvofiqligini aniqlash metodlarini ishlab chiqish;
- ekologik ekspertizani istiqbolda rivojlantirishning ekologik-iqtisodiy ustivorlik va iqtisodiyotni ekologizatsiyalashga asoslangan yo‘nalishlarini aniqlash, ularni ilmiy asoslash va rivojlantirish;
- ekologik ekspertiza o‘tkazish orqali tabiatdan ratsional foydalanish va tabiatni muhofaza qilish imkoniyatlarini davlat boshqaruvi va bozor instrumentlari orqali tartibga solishning samaradorligini o‘rganish;
ekologik ekspertizaning dolzarb va ustivor yo‘nalishlarini aniqlash va ekspert tadqiqotlarining samaradorligini oshirish metodlarini ishlab chiqish.
Ushbu kursni o‘rganish tabiat muhofaza qilishni boshqaruvning tarmoq ma’muriy metodlari qatoriga kiradigan ekologik ekspertizaning ahamiyati, mohiyati, mazmuni va asosiy yo‘nalishlari va rivojlanishi istiqbollarini chuqur o‘rganish va asosiy qoidalarini bilib olishga va ekologik-ekspertiza bilimlarini amaliyotda qo‘llashga xizmat qiladi.
Ekologik ekspertiza yangi fan va o‘quv predmeti sifatida tabiatdan foydalanish iqtisodi va ijtimoiyiqtisodiy ekologiya fanlari tutashgan chegaralarda va ekologik huquq fani bilan uzviy bog‘liq hamda endilikda shakllanmoqda va rivojlanmoqda. Bunda 2000 yilda «Ekologik ekspertiza to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi qonunining qabul g‘ilinishi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Ekologik ekspertiza fani mo‘ljallanayotgan yoki amalaga oshirilayotgan xo‘jalik yoki o‘zga faoliyat (ob’ekt)ning tabiatga va inson salomatligiga ta’sirini baholash, ularning ekologikiqtisodiy asoslanganligini aniqlash va ekologik xavfsizlikni ta’minlash maqsadida o‘tkaziladigan ekologik ekspertiza faoliyatining xususiyatlarini o‘rganidigan va uni tashkil etishning ilmiy asoslarini ishlab chiqadigan fandir.
Ekologik ekspertiza fanining predmeti ekologik ekspertizani tashkil etish va o‘tkazish jarayonida yuzaga keladigan ekologikiqtisodiy munosabatlar hisoblanadi. Uning ob’ekti bo‘lib turli miqyos va darajadagi ekologikiqtisodiy – tizimlar xizmat qiladi.
Davlat ekologik ekspertizaning sub’ekti sifatida uch tomon ishtirok etadi: byurtmachi, pudratchi, iste’molchi.
Ushbu fanning asosiy ilmiy-tadqiqot metodlari qatoriga tizimli tahlil, guruhlash, ekologikiqtisodiy baholash va qiyosiy tahlil, sintez, alans, normativ, ekspert baholash va boshqalar kiradi.
Ekologik ekspertiza ko‘plab iqtisodiy-ijtimoiy, tabiiy, texnika, huquqiy, geografiya, tibbiyot va boshqa fanlar bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, ularning nazariy- amaliy yutuqlaridan keng foydalanadi.
Ekologik ekspertiza fani predmeti sifatida o‘ziga xos maqsad va vazifalarga egadir. Uning asosiy qoidalari va konsepsiyalari tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga erishishga yo‘naltirilgan.
1.2. Korxonalarda taqdim etiladigan materialar.
Korxonalar loyihalarining ekologik ekspertizasi quyidagilarni ekspertizadan o‘tkazishni o‘z ichiga oladi:
1. Korxonaning uzoq muddatli davrda tabiiy resurslar va tabiiy sharoitga ta’sirini baholash. Bunday baholash ekologik normativlar majmuasi talablariga amal qilish asosida amalga oshiriladi.
2. Korxonaning istiqbolda rivojlanishi asosiy yo‘nalishlarining atrof tabiiy muhitga ta’sirini va ekologik xavf-xatar darajasini har tomonlama hisobga olish.
Ko‘p hollarda korxonalarning atrof-muhitga ta’siri mahalliy (lokal) xarakterga ega bo‘ladi. Shu sababdan asosiy e’tibor ushbu hududda ekologik muvozanatni saqlab qolishni ta’minlashga qaratiladi.Korxonalar loyihalarining ekologik ekspertizasi ushbu soxada katta tajribaga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassis ekspertlarning kichik guruhi (3-5 kishi) tomonidan korxona joylashgan joyda o‘tkazilishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi antropogen faoliyati turlarining atrof-muhitga ta’sirining ro‘yxatini tuzib, ularni uchta kategoriyaga ajratgan. Shunday faoliyat turlari jami 132 nomdan iborat bo‘lib, ular quyidagi kategoriyalarga bo‘linadi.
I. kategoriya (33 faoliyat turi) - yuqori xavf-xatar.
II. kategoriya (34 faoliyat turi) - o‘rta xavf-xatar.
III. kategoriya (65 faoliyat turi) - past xavf-xatar.
Ushbu ro‘yxatga kiritilgan faoliyat turlarining 26,4% 1- kategoriya - yuqori xavf-xatar, 43,6% II -kategoriya - o‘rta xavf-xatar, 30% III -kategoriya - past xavf-xatar guruhlari tarkibiga kiradi.
Ko‘rsatilgan ro‘yxatni tarmoqlar bo‘yicha taqsimlaganda, ular quyidagi xususiyatlarga ega ekanliginn aniqlash mumkin:
I kategoriya “yuqori xavf-xatar” guruhi tarkibiga kiradigan antropogen faoliyat turlari tarmoklar bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:
1. Transport: respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan avtomagistrallar, tezyurar transport shosselari, yuk terminallari, aeroportlar, temir yo‘l depolari; respublika ahamiyatiga ega temir yo‘llar; respublika ahamiyatiga ega neft va gaz quvurlari; respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan tozalash inshootlari va kuvurlar.
2. Irrigatsiya inshootlari: suv omborlari va to‘g‘onlar.
3. Tog‘ - kon sanoati: foydali kazilmalarii qazib olish va qayta ishlash, radioktiv chiqindilarni to‘plash va ko‘mish joylari; neft va gaz konlarini qidirish va o‘zlashtirish; zaharli chiqitlar shlamlari to‘plangan joyi; chiqitlarni qayta ishlovchi korxonalar.
4. Elektroenergetika: respublika va davlatlararo elektr uzatkich liniyalari; issiqlik elektr stansiyalari va boshqa 300 megovat issiqlik quvvatidagi yoqish uchun qurilmalar; yadro reaktorli inshootlar.
5. Qora va rangli metallurgiya: metall quyish (litey) ishlab chiqarishi.
6. Kimyo sanoati: neftni qayta ishlash zavodlari; galvanik elementlar va batareyalar, akkumulatorlar ishlab chiqarish; radioktiv moddalar (izotoplar) ishlab chiqarish; rezina va rezina texnika buyumlari ishlab chiqarish.
7. Biotexnologiyadan foydalanuvchi ishlab chiqarish.
8. Mashinasozlik sanoati: xalkaro kelishuvlarga asosan tartibga solinadigan ftor uglevod va boshqa moddalar ichida bo‘lgan jixozlar yoki anrim qurilmalar; muzlatkich jixozlar; konditsionerlar ishlab chitsarish.
9. Qurilish materiallari sanoati: oyna va asbest ishlab chiqarish, sement ishlab chiqarish.
10. Tabiatdan foydalanish va tabiat muhofazasi: Orol dengizi xavzasi muammolari (xalqaro dasturlar), xalqaro kelishuvlar bilan tartibga solinadigan yovvoyi hayvonlar olami namunalari yoki ularning qayta ishlangan mahsulotlari savdosi.
II kategoriya «o‘rta xavf-xatar» guruhiga kiradigan antropogen faoliyat turlari tarmoklar bo‘yicha quydagicha taqsimlangan:
1. Transport: viloyat ahamiyatiga ega avtomobil va temir yo‘llar, viloyat ahamiyatidagi gaz kuvurlari; viloyat ahamiyatidagi gaz va neft kuvurlari.
2. Neft va neftni qayta ishlash sanoati: neft va neft mahsulotlari bazalari.
3. Infratuzilma: respublika va viloyat ahamiyatidagi suv taqsimlash inshootlari; yer osti suvlaripi chiqarish magistrallari; magistral kanallari va zovurlar.
4. Energetika: gidroelektrostansiyalar; viloyat ahamiyatidagi elektr uzatish liniyalari; issiqlik elekter stansiyalari va yoqilg‘i yoquvchi quvvati 300 megavatdan kam bo‘lgan boshqa qurilmalar.
5. Oziq-ovqat sanoati: vinochilik va fermentlashtirilgan ichimliklar ishlab chiqarish, oziq-ovqat sanoati (tulik), o‘simlik va hayvon yoglarini ishlab chiqarish va qayta ishlash; tamaki sanoati.
6. Yengil sanoat: teri oshlash va bo‘yash, poyafzal ishlab chiqaruvchi korxonalar; qog‘oz va karton mahsulotlari ishlab chiqarish; mebel ishlab chiqarish; ofis materiallari va badiiy bezak ishlari uchun materiallar ishlab chiqarish; chinni buyumlari ishlab chiqarish; yigiruv va to‘qish ishlab chiqarishi; natural va sun’iy gazlamalar ishlab chiqarish; paxtani qayta ishlash sanoati; yog‘ochni qayta ishlash; kanop sanoati; yog‘ochni qayta ishlash; selyuloza va qog‘oz maydalagichlarni ham qo‘shib.
7. Mashinasozlik va metallsozlik: galvanotexnika; extiyot qismlar; kuzov yig‘ish yoki ishlab chiqarish; lazer optikasini ishlab chiqish; elektrotexnika jixozlarini ishlab chikish; radiotexnika va elektron sanoati; dvigatel va mashinalarni yig‘ish va ta’mirlash; elektr jihozlarini yig‘ish va ta’mirlash.
8. Kimyo sanoati: kino va foto plyonkalar ishlab chiqarish; izolyatsiya materiallarini ishlab chiqarish; kosmetik preparatlarini ishlab chiqarish; buyoklar ishlab chiqarish; plastmassadan mahsulotlar ishlab chiqarish.
9. Xizmat kursatish tarmoki: yengil va yuk avtomobillariga xizmat kursatish korxonalari; dastur mahsulotlarini ishlab chiqarish; kimyoviy tozalash.
10. Qurilish industriyasi: asbestli mahsulotlarni ishlab chiqarish; har xil yog‘och plitalarni ishlab chiqarish; tarkibida kurg‘oshin qo‘shilmalari bo‘lmagan buyumlarni oynadan ishlab chiqarish.
11. Rangli metallurgiya: zargarlik buyumlar ishlab chiqarish, oltin bilan ishlash, noyob metallar koplamalari bilan ishlash.
12. Tipografiyalar.
13. Yangi yerlarni o‘zlashtirish.
III kategoriya «past xavf-xatar» guruhiga kiradigan antropgen faoliyat turlari tarmoqlar bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:
1. Transport: mahalliy ahamiyatdagi avtomobil’ yo‘llari, viloyat ahamiyatidagi gaz quvurlari, ichki xo‘jalik ahamiyatidagi temir yo‘llar, ko‘prik va ko‘prik yo‘llar.
2. Neft - kimyo: benzin kolonkalari.
3. Infratuzilma: xo‘jaliklararo ahamiyatli suv olish tarmoqlari; nasos stansiyalari; radio va televedinie eshittirish tizimlari; ta’lim va tarbiya soxasi; dam olishni tashkil etish; chakana savdo kioskalariga, xizmat ko‘rsatish muassasalari, dam olish va ko‘ngil ochish muassasalari, shuiingdek ularni jihozlash, restoranlar va umumiy ovqatlanish korxonalari, chakana savdo korxonalarini jihozlash yoki rekonstruksiyalash.
4. Qishloq xo‘jaligi: chorvachilik va parrandachilik; oziq- ovqat importi va eksporti, bog‘dorchilik, g‘allachilik; ichki xo‘jalik yerlarini o‘zlashtirish.
5. Yengil va mahalliy sanoat: sopol buyumlarni ishlab chiqarish, hunarmandchilik, teridan (charmdan) buyumlar va kiyim ishlab chiqarish; muzika asboblarini ishlab chiqish va ta’mirlash; pichoq, kul instrumentlari va umumiy yunalishdagi temir buyumlar ishlab chiqarish; gazlamadan kiyimlar ishlab chiqarish; paxta tayyorlash punktlari;
6. Oziq-ovqat sanoati: go‘sht sanoati (mol so‘yish va qayta ishlash), meva va sabzavotlarni qayta ishlash, qadoqlash, konservalash; sut mahsulotlari ishlab chiqarish; non korxonalari;
7. Qurilish: qurilish materiallari va sopol buyumlar ishlab chiqarish (piit, plitkalar, pardozlovchi materiallar va boshqalar), sport inshootlarini kurish va sport investorlarini ishlab chiqarish;
8. Xizmat ko‘rsatish soxasi: temir-tersak yig‘ish maydonchasi, soat ishlab chiqarish va ta’mirlash; rezina texnika buyumlarini ta’mirlash (vulkanizatsiya, shinalar va boshqalar), avtomobillarga xizmat ko‘rsatish stansiyasi:
Ushbu rasmny ro‘yxat ekologik ekspertiza munosabatlarida ekologik vaziyatning xususiyatlarini har tomonlama hisobga olishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, uni tashkil etish, tartibga solish, nazorat qilish fuiksiyasini kuchaytirishga, samarasini oshirishga xizmat qiladi.
Ekologik ekspertiza amaliyotida faqat ekologik asoslangan xo‘jalik qarorlarini amalga oshirishni ta’minlaydi.
Xo‘jalik faoliyati tashabbuskori ekologik ekspertizaga quyidagi xujjatlarni taqdim etadi: a) amaldagi ko‘rsatma xujjatlarga muvofiq bajarilgan ekologik normallashtirish materiallari; b) amaldagi ko‘rsatmalarga muvofiq tuzilgan atrof muhitga ta’sirini baholash (AMTB) materiallari.
Davlat ekologik ekspertizasi ushbu xujjatlarni ko‘rib chiqadi va shunga asoslanib ularning yetarliligi, ob’ektliligi va ta’sirini baholashning chuqurligi, bashoratlarning asoslanganligi va tadbirlarning realligi to‘g‘risida xulosa chiqaradi.
Ekologik ekspertiza ob’ektlarini to‘g‘ri joylashtirish maqsadlarida tarmoqlar, ishlab chiqarish va texnologiyalarni ularning tabiatga nuqtai nazaridan klassifikatsiyalash amalga oshiriladi. Bu klassifikatsiya ekologik ekspertiza munosabatlarida tabiatdan foydalanishni tartibga solishni nazorat qilishning asosi bo‘lib xizmat qiladi.
Ekologik ekspertiza ob’ektlari atrof tabiiy muhitga ta’siri bo‘yicha quyidagi uchta kategoriyalarga bo‘linadi: 1) yuqori xaavf-xatar; 2) o‘rta xavf-xatar; 3) apst xavf-xatar. Bularni hisobga olish ekologik ekspertiza samarasini oshirishga xizmat qiladi.
1.3.

Yüklə 49,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin