Mavzu; Elektr energiyasi sifati


SHAMOL ENERGIYASIDAN FOYDALANISH



Yüklə 100,53 Kb.
səhifə5/5
tarix03.05.2023
ölçüsü100,53 Kb.
#106952
1   2   3   4   5
Shoxruh

SHAMOL ENERGIYASIDAN FOYDALANISH.


Shamolning katta kuchi hisobiga ekoligik toza texnologiyali elektr energiya ishlab chiqarish hozirgi vaqtda katta ahamiyatga ega. Kosmosdan olingan rasmlarning ko’rsatishicha, mustaqil hamdo’stlik davlatlari territoriyasining havo okeani doimiy shamol ta’sirida turadi. Undan energiya manbai sifatida foydalanib, turli shamol elektr stansiyalari yaratish fikri maqsadga muvofiq keladi. Buning uchun shamoldan foydalanishga maqbul joylarni tanlash va ularni tavsiflash uchun tegishli ma’lumotlarni to’plash kerak. Shamol elektr stansiyalari uchun yangi temir yo’llar qurish, yoqilg’i qazib ollish va uni tashib keltirish kerak bo’lmaydi va hokazo. Shamol tegirmonlari birinchi marta XII asrda tilga olingan. Bu tegirmonlar asta-sekin dunyoning barcha mamlakatlariga tarqalgan. Dastlab, ular guruh-guruh qilib qurilgan. Bunday tegirmonlar keyinchalik yanada takomillasha bordi.
Agar asrimizning boshida Rossiya Federatsiyasida mavjud bo’lgan shamol tegirmonlar o’rniga shu zichlikda yirik energoagregatlar o’rnatilsa, ular ishlab chiqargan energiya bilan aholisi 500 million bo’lgan hozirgi eng rivojlangan davlatni energiya ta’minoti me’yoridan 8 marta ko’p ta’minlash uchun yetgan bo’lar edi. Shamol energetikasini, avvalambor, qayerda doimiy shamol bo’lsa, o’sha joyda rivojlantirish maqbul. Jumladan, bizning Respublikamizda Farg’ona viloyatining O’zbekiston tumanidagi Yaypan va Bekobod shaharlari yaqinida shamol elektr stansiyalarini joylashytirish mumkin va hokazo. Shamol energiyasidan foydalanib elektr energiya ishlab chiqarishda Daniya mamlakatining tajribasi ayniqsa, diqqatga sazovordir. Bu mamlakatga birgina 1990-yilda shamol elektr stansiyalari hisobiga 4 millliard kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan edi. Hozirda hatto o’zining ixtiyorida yetarlicha organik yoqilg’i resurslari bo’lgan va elektr stansiyalari ancha zahira quvvatiga ega mamlakatlar (Amerika Qo’shma Shtatlari, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Kanada, Germaniya, Norvegiya, Shvetsiya va boshqalar) ham shamol energetikasini rivojlantirish uchun ancha mablag’ ajratishni maqsadga muvofiq deb hisoblaydilar
Chunki shamol elektr stansiyalar texnologiyasi ekologik jihatdan toza, iqtisodiy jihatdan foydali va kam joyni egallashi bilan qulaydir. Amerika Qo’shma Shtatlarining Janubiy Kaliforniya shtatida 20 ming dona shamol agregatlari ishlaydi. Ular ishlab chiqaradigan elektroenergiya qariyb 2 ta atom elektr stansiyalarining ishlab chiqargan elektr energiyasiga teng. Shamol elektr stantsiyalarining kelajagi porloq. Hozirgi vaqtda shamol elektr stansiyalarida ishlab chiqarilayotgan 1 kilovatt soat energiyaning tannarxini Amerika Qo’shma Shtatlari (AQSh) da 0,07 dollarga kamaytirishga erishildi. Shamol elektr stansiyalarini shamolning tezligi 20 kilometr/soat bo’lgan joylarda o’rnatish yaxshi natijalar beradi. Bunday hollarda 1 kilovatt soat elektr energiyaning tannarxi 0,05 dollardan oshmaydi. Shamol energiyasi bitmas-tuganmasdir. Shuning uchun bugungi kunda u dunyo energetikasining bir qismi bo’lib, uning ahamiyati kelgusida shubhasiz, o’sadi.

Foydalanilgan adabiyotlar 1. http://www.pomreke.ru/energy-future/. 2. www.Energotrade.ru 3. http://www.pomreke.ru/energy-future/. 4. www.Energotrade.ru 5. www.ZiyoNet.uz 6. www.regimov.net 7. www.matlab.exponenta.ru


Yüklə 100,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin