namlikni mvjudligi (yomgir, kor, tеz-tеz suvni purkab turilishi, namlik bilan qoplangan pol, patolok, dеvor va xonada joylashgan boshqa prеdmеtlar);
kimyoviy faol muhitni mavjudligi (uzoq vaqt davomida izolyatsiya va uskunani tok o’tkazuvchi qismlarga ta’sir etuvchi yoki, doimo bo’lgan agrеssiv bug’lari, gaz va suyuqliklar);
v) yuqori xavfli ikki va undan ko’p bo’lgan yuqori xavfli
Elektr qurilmalarida qo’llanib kelayotgan himoya choralari shartli ravishda ikki guruhga bo’linishi mumkin: elektr qurilmalarni meyori ish sharoitlariga havfsizligini ta’minlash va avariya holatidagi sharoitlarini havfsizligini taminlash.
Meyoriy ish sharoitlarida havfsizlikni taminlash choralari quyidagicha; izolyatsiya, tok o’tkazuvchi qismlarni oldiga to’siqlar o’rnatish; havfsizlik blokirovkalarni qo’llash; orentasiyani ta’minlash; elektr tarmoqlarni yerdan izolyatsiyalash; yerga ulanib qolgan tokni hajm qismini kompensatsiyalash; himoyalovchi qisqa tutashuv tashkil qilish; kichik kuchlanishni qo’llash; izolyatsiyalangan maydonchalarni qo’llash; potensiallarni tenglashtirish.
Avariya sharoitida (izolyatsiya lat olgan sababli tok yurmaydigan qismlarga kuchlanishni o’tib ketishi) ishlab turgan elektr qurilmani havfsizligini ta’minlashda quyidagi choralar qo’llaniladi: himoyalovchi yerga ulash (zazemleniya); nollanish (zanuleniya); himoyalovchi o’chirish; ikki qavatli izolyatsiyani qo’llash; ish joyini izolyatsiyalash; baland kuchlanishdan past kuchlanishga o’tishida himoya choralrini qo’llash.
Elektr qurilmalarni turlariga, oziqa manbai sharoitlariga (kuchlanish qiymatlari, neytral holati) va ishlatish sharoitlariga (atrof muhit) qarab havfsizlik taminlashida jamlanganlik choralari qo’llaniladi.