Sichqoncha va klaviatura yordamida harakatlanish. Sichqoncha qurilmasi Excel dasturida ishlash uchun asosiy vositalardan biri bo`lib,
uning yordamida turli buyruqlarni berish amali qulay tarzda bajariladi. Quyida
sichqoncha qurilmasi imkoniyatlarini izohlab chiqaylik:
Chertish: Sichqoncha chap tugmasini bir marta bosish.
Qo`sh chertish: Sichqoncha chap tugmasini ikki marta tezlik bilan bosish. Ba`zida
bu amalni bajarish uchun shug`ullanish kerak bo`ladi.
Olib o`tish: Biror ob`yekt ustida sichqoncha chap tugmasini bosib turgan holda
sichqoncha ko`rsatkichi kerakli joyga olib boriladi hamda bu amalni tugatish
uchun qo`yib yuboriladi.
Joylashtirish: Biror-bir ob`yekt ustida sichqoncha ko`rsatkichini olib kelish va
chap tugmani bosmaslik.
Tanlash: Biror-bir ob`yekt ustiga sichqoncha ko`rsatkichini olib kelish va chap
tugmani bir marta bosish.
Excel 2007 da yangilik Kerakli ob`yet ustida sichqoncha o`ng tugmasini bosilganda kontekst menyu hosil
bo`ladi va bu menyuda shu ob`yektgagina tegishli bo`lgan buyruqlar aks ettiriladi.
Excelda ishlashni osonlashtirish maqsadida biror-bir ob`yektning kontekst
menyusini chaqirilganda shu ob`yekt bilan bajarilishi mumkin bo`lgan amallar
tugmalari to`plami (mini-panel) ham
hosil bo`ladi va bulardan kerakli amalni
tezkor bajarish uchun foydalanish
mumkin.
Lekin barcha foydalanuvchilar ham
barcha amallarni faqtgina sichqoncha
yordamida bajarishni ma`qul
ko`rishmaydi. Faqatgina klaviaturadan
yoki klaviatura hamda sichqonchadan
birgalikda foydalanishni xush ko`ruvchilar uchun quyidagi imkoniyatlar mavjud:
Tezkor tugmalar kombinatsiyalari
Klaviatura yordamida harakatlanish va boshqarish.
Tugmalar yordamchi ma`lumotlari
Ushbu imkoniyatlar haqida keyingi boblarda so`z yuritiladi.
Tezkor tugmalar kombinatsiyalari deb bir yoki bir nechta tugmalarni bosish orqali
chaqiriladigan amallar buyruqlariga aytiladi hamda ularning
ko`pchiliklari
Ctrl tugmasi bilan birgalikda bajariladi. Ularni eslab qolish oson
bo`lishi maqsadida ko`pgina kombinatsiyalar ularning ingliz tilidagi atamalariga
mos holda mos harflarga bog`lab qo`yilgan. Masalan chop etish oynasini chaqirish
uchun Ctrl+P(Print) tugmasi bosiladi. Bu amalni bajarish uchun birinchi yozilgan
Ctrl tugmasini bosib turgan holda P tugmasini ham bosiladi va ikkala tugma
birgalikda qo`yib yuboriladi. Ko`pincha ishlatiladigan Excel kombinatsiyalari
quyidagi jadvalda keltirilgan.