Мавзу: электрон рақамли имзо алгоритмлари


O‘rinlarni almashtirish usullari



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə16/30
tarix17.04.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#99162
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   30
Elektron raqamli imzo algoritmlaridan foydalanish

O‘rinlarni almashtirish usullari
Ushbu usul eng oddii va eng kadimiy usuldir. O‘rinlarni almashtirish usullariga misol sifatida quyidagilarni kеltirish mumkin:
— shifrlovchi jadval;
— sеhrli kvadrat.
Shifrlovchi jadval usulida kalit sifatida quyidagilar qo‘llaniladi:
— jadval ulchovlari;
— so‘z yoki so‘zlar kеtma-kеtligi;
— jadval tarkibi xususiyatlari.
Misol.
Quyidagi matn bеrilgan bo‘lsin:
KADRLAR TAYYORLASH MILLIY DASTURI
Ushbu axborot ustun buyicha kеtma – kеt jadvalga kiritiladi:

K

L

A

L

I

Y

T

A

A

Y

A

L

D

U

D

R

YO

SH

L

A

R

R

T

R

M

I

S

I

Natijada, 4x7 o‘lchovli jadval tashkil qilinadi.


Endi shifrlangan matn qatorlar bo‘yicha aniqlanadi, ya’ni o‘zimiz uchun 4 tadan bеlgilarni ajratib yozamiz.
KLAL IYTA AYAL DUDR YOSHLA RRTR MISI
Bu еrda kalit sifatida jadval o‘lchovlari xizmat qiladi.
Sеhrli kvadrat dеb, katakchalariga 1 dan boshlab sonlar yozilgan, undagi har bir ustun, satr va diagonal bo‘yicha sonlar yigindisi bitga songa tеng bo‘lgan kvadrat shaklidagi jadvalga aytilali.
Sеhrli kvadratga sonlar tartibi bo‘yicha bеlgilar kiritiladi va bu bеlgilar satrlar bo‘yicha o‘qilganda matn hosil bo‘ladi.
Misol.
4x4 ulchovli sеhrli kvadratni olamiz, bu еrda sonlarning 880 ta har xil kombinatsiyasi mavjud. Quyidagicha ish yuritamiz:

16

3

2

13

5

10

11

8

9

6

7

12

4

15

14

1

Boshlangich matn sifatida quyidagi matnni olamiz:


DASTURLASH TILLARI
va jadvalga joylashtiramiz:

I

S

A

L

U

T

I

A

SH

R

L

L

T

R

A

D

Shifrlangan matn jadval elеmеntlarini satrlar bo‘yicha o‘qish natijasida tashkil topadi:
ISAL UTIA SHRLL TRAD
Almashtirish usullari
Almashtirish usullari sifatida quyidagi usullarni kеltirish mumkin:
- Sеzar usuli;
- Affin tizimidagi Sеzar usuli;
- Tayanch so‘zli Sеzar usuli va boshqalar.
Sеzar usulida almashtiruvchi harflar k va siljish bilan aniqlanadi. Yuliy Sеzar bеvosita k = 3 bo‘lganda ushbu usuldan foylalangan.
k = 3 bo‘lganda va alifbodagi harflar m = 26 ta bo‘lganda quyidagi jalval hosil qilinadi:

AD
BE
CF
DG
EH
FI
GJ

HK
IL
JM
KN
LO
MP
NQ

OR
PS
QT
RU
SV
TW



UX
VY
WZ
XA
YB
ZC



Misol.
Matn sifatida KOMPUTER so‘zini oladigan bo‘lsak, Sеzar usuli natijasida quyidagi shifrlangan yozuv hosil bo‘ladi: NRPSBXWHU.
Delphi dasturlash tilida Sezar usuliga doir dasturiy ta’minot yaratildi va undan natijalar olindi. Dasturda kalit n ixtiyoriy raqam bo‘lganda ham o‘rinlidir. Quyida dastur matnini keltiramiz:
Program sezar;
{$APPTYPE CONSOLE}
Uses SysUtils;
Var n,i,k,m: byte;
s: string;
begin
readln(s);
READ(N);
k:=length(s);
n:=n mod 26;
for i:=1 to k do
if ((ord(s[i])>=65) and (ord(s[i])<=90)) or ((ord(s[i])>=97) and (ord(s[i])<=122)) then begin
m:=ord(s[i])+n;
if ((m>90) and ((m-n)<90)) or (m>122) then
m:=m-26;
s[i]:=chr(m);
end;
write(s);
readln;
readln;
end.








II BOB. ELEKTRON RAQAMLI IMZO ALGORITMLARIDAN

FOYDALANISH

2.1. Elliptik egri chiziqlarga asoslangan elektron raqamli imzo algoritmlari


Elliptik egri chiziqlarga asoslangan kriptotizimlar kriptografiyaga 1985 yilda V.Miller va N.Koblits [2] tomonidan tadbiq qilingan. Asimmetrik kriptografik algoritmlarning ko‘pchiligi chekli maydonda diskret logarifmlash masalasining murakkabligiga asoslangan bo‘lib, bu algoritmlarni elliptik egri chiziqlarga o‘tkazish masalasi alohida izlanish talab etadi. Quyida xalqaro standart sifatida qabul qilingan EC DSA va ГОСТ Р 34.10-2001 elliptik egri chiziqlarga asoslangan elektron raqamli imzo algoritmlari ko‘rib o‘tiladi.
Elektron raqamli imzo algoritmining boshlang‘ich parametrlari
Qaralayotgan algoritmning asosiy parametrlari xarakteristikasi -tub sondan iborat bo‘lgan chekli maydonda aniqlangan -elliptik egri chiziq va shu chiziqda olingan katta tub tartibga ega bo‘lgan -bazaviy nuqta hisoblanadi.
Bu chiziq quyidagi tenglama bilan beriladi [20, 22, 40]:
.
Turli parametrlar juftligi izomorf elliptik egri chiziqlarni aniqlaydi. Tenglamaning muhim parametrlari esa mos ravishda diskriminant d = -16(4a3 + 27b2) va invariant j = 1728(4a)3/d ko‘rinishda
bo‘ladi. Tenglamaning koeffitsiyentlari a va b ma’lum j invariant bo‘yicha quyidagicha aniqlanadi [20]:

bu yerda



Elliptik egri chiziqning nuqtasi maydondan olingan ( ) elementlar juftligi bilan aniqlanadi. Bu nuqtani hisoblashning yagona aniq usuli yo‘q. Shuning uchun tanlash usuli bilan – biror -qiymat olinadi va maydonda ifodaning qiymati hisoblanib, bu qiymat biror sonni kvadrat ildizi bo‘lishi yoki bo‘lmasligi tekshiriladi. Agarda kvadrat ildiz mavjud bo‘lsa, bu idiz deb olinadi. Kvadrat ildiz mavjudligi Lejandr simvoli yordamida tekshiriladi [20].
Kriptografik bardoshli raqamli imzo tizimini olish uchun quyidagi shartlar bajarilishi kerak[20, 29]:
1) Elliptik egri chiziq supersingulyar bo‘lmasligi kerak, ya’ni ;
2) barcha lar uchun, bu yerda C yetarli katta son, qaysiki maydonda diskret logarifmlashni hisoblash vaqt nuqtai nazaridan mumkin bo‘lmasin (odatda qilib tanlanadi);
3) Elliptik egri chiziq anomal bo‘lmasligi kerak, ya’ni .
4) Elliptik egri chiziqning ratsional koordinatali nuqtalari soni m quyidagi shartni qanoatlantirsin:
# , bu yerda - katta tub son, va .
Hozirda maxsus chiziqlar sinflariga mavjud bo‘lgan hujumlardan himoyalanishning mavjud usuli - - Elliptik egri chiziqni yuqoridagi shartlarni qanoatlantiruvchi qilib olishdan iboratdir.
Ushbu parametrlar foydalanuvchilar guruhi uchun umumiy bo‘lishi mumkin. Imzoni generatsiya qilish va tekshirish uchun ishlatiladigan individual parametrlar – mahfiy va ochiq kalitlar deb nomlanadi.
Imzo qo‘yish kaliti (mahfiy kalit) – bu intervaldagi ihtiyoriy soni.
Imzoni tekshirish kaliti (ochiq kalit) – bu elliptik egri chiziqdagi nuqta.
Bundan tashqari raqamli imzo algoritmida h-xesh-funksiyadan ham foydalaniladi.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin