Mavzu: Elеmеntlar Davriy sistеmasi va Davriy qonun. Atom tuzilishi nuqtai-nazaridan kimyoviy elеmеntlar Davriy sistеmasi va Davriy qonuni. Davr va guruhlarda elеmеntlar xossalarining o`zgarishi. Darsning maqsadi



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə31/92
tarix26.09.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#149233
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   92
9-sinf kimyo konspekt www.sadikov.uz

Darsning maqsadi:


1. Ta`limiy maqsad Ishqoriy mеtallarning davriy sistеmada joylashgan o`rni.
Ularga atom tuzilishi asosida tavsif. Tabiatda uchrashi va olinishi
haqida bilim ko`nikma va malaka berish;
2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga mavzuda keltirilgan misollar asosida
nutqini oshirish va tarbiya berish;
3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchhilarni ongini tafakkurini o`stirish
dunyoviy bilimlarini rivojlantirish.
Dasrning turi: an`anaviy
Darsning usuli: ma`ruza darsi. Savol- javob
Darsning jihozi: Elementlar davriy jadval. Kodaskop. Ko`rgazmali materillar , darsga
oid sladlar kimyoviy moddalar to`plami va darslik


Darsning tashkiliy qismi:
1.O`quvchilar bilan salomlashish. 2.O`quvchilarning davomatni aniqlash.
3.O`quvchilar bilan siyosiy daqiqa. 4. O`tilgan mavzuni so`rash.


Yangi darsni rejasi.
Yangi darsning bayoni.
Kimyoviy reaksiyalarda ishqoriy metallar o'zlarining valent elektronlarini oson beradi va +1 zaryadli ionga aylanadi. Ishqoriy metallar eng kuchli qaytaruvchilar hisoblanadi va barcha birikmalarida +1 oksidlanish darajasini namoyon qiladi.Atom yadrolarining zaryadi ortib borishi bilan ularda elektron qobiqlar soni va atom radiusi ortib boradi, tashqi elektronlarning yadroga tortilish kuchi va ionlanish energiyasi kamayib boradi, metallarning faolligi kuchayadi. Fransiy tabiatda uchramaydigan sun'iy radioaktiv element, shuning uchun mavjud metallar ichida eng kuchli qaytaruvchi, faol metall seziydir.Ishqoriy metallarning biologik ahamiyati va ishlatilishi.Ishqoriy metallardan litiy stimulatorlik xossasiga ega, teratogen, antidepressant xususiyatlari ham bor. Muskul to`qimasida 0.0023-10 %, qonda 0.004 mg/l miqdorda bo`ladi. Har kungi ovqat tarkibida 0,1-2 mg bo`lishi kerak. Zaharli dozasi 92-200 mg ga teng. Inson organizmida (70 kg) o`rtacha 0,67 mg miqdorda bo`ladi. Natriy muskul to`qimasida 0,26-0,78 %, ilikda 1,0 %, qonda 1970 mg/l miqdorda bo`ladi. Har kungi ovqat tarkibida 2-15 g bo`lishi kerak. Zaharli emas. Inson organizmida (70 kg) o`rtacha 100 g miqdorda bo`ladi.Kaliy muskul to`qimasida 1,6 %, ilikda 0,21 %, qonda 1620 mg/l miqdorda bo`ladi. Har kungi ovqat tarkibida 1,4-3,4 g bo`lishi kerak. Zaharli dozasi 6 g. Inson organizmida (70 kg) o`rtacha 140 g miqdorda bo`ladi.Natriy va kaliy hayotiy faoliyat uchun muhim ahamiyatga ega elementlardir. Tirik organizmlar hujayralaridagi kaliy-natriy nasosi hujayra shirasidagi (ildizdan barglarga tuz eritmalarining yetkazib berilishi, fotosintez jadallashuvini ta'minlash) va demak, muhim hayotiy biokimyoviy faoliyatlar (qon
bosimi, yurak muskullarining ishini me'yorlashtirish) uchun zaruriy jarayondir.



Element


Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin