Mavzu: Elеmеntlar Davriy sistеmasi va Davriy qonun. Atom tuzilishi nuqtai-nazaridan kimyoviy elеmеntlar Davriy sistеmasi va Davriy qonuni. Davr va guruhlarda elеmеntlar xossalarining o`zgarishi. Darsning maqsadi



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə44/92
tarix26.09.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#149233
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   92
9-sinf kimyo konspekt www.sadikov.uz

Yangi darsni rejasi.
Yangi darsning bayoni.
Suvning qattiqligi va uni yumshatish usullari.«Yumshoq» va «qattiq» suvlar bir-biridan qanday farqlanadi?Ma'lumki, sayyoramiz yuzasining 2/3 qismi suv bilan qoplangan. Inson hayotini suvsiz tasavvur qilish mumkin emas. Kundalik turmushda, ishlab chiqarish jarayonlarining ajralmas qismi bo`lgan suv ma'lum darajada tozalashdan o`tkazilishi lozim. Tabiiy suvlar tarkibida magniy va kalsiy xloridlar, sulfatlar, gidrokarbonatlar va boshqa qo`shimchalar mavjud bo`ladi. Qattiq suv - tarkibida Ca+2 va Mg+2 ionlari ko`p bo`lgan suv.
Yumshoq suv - tarkibida Ca+2 va Mg+2 ionlari bo`Imagan yoki juda
kam bo`lgan suv.Qattiq suv ko`p texnik maqsadlar uchun yaroqsiz hisoblanadi. Qattiq suvdan foydalanilganda isitish tizimi bug` qozonlari devorlari magniy, kalsiy karbonatlar va boshqa tuzlardan iborat quyqa bilan qoplanib qoladi. Quyqa suv isishini qiyinlashtiradi, yoqilg`i sarfi ortishiga, qozon devorlarining ishdan chiqishiga sabab bo`ladi.
Qattiq suvda sovun ko`pirmaydi, chunki magniy va kalsiy ionlari sovun bilan suvda erimaydigan birikmalar hosil qiladi. Qattiq suvda go`sht, sabzavotlar, don mahsulotlari yaxshi pishmaydi, sifatli choy tayyorlab bo`lmaydi.Suvda vaqtiuchalik (karbonat), doimiy, kalsiy, magniy va umumiy qattiqlik farqlanadi.
Vaqtiuchalik qattiqlik - suvda magniy va kalsiy gidrokarbonatlar [Ca(HCO3)2;
Mg(HCO3)2] mavjudligi bilan bog`liq.
Doimiy qattiqlik - suvda magniy va kalsiy sulfatlar va xloridlar fCaSO4,
CaCl2; MgSO4, MgCl2 ] mavjudligi bilan bog`liq.
Kalsiy qattiqligi - suvda kalsiy tuzlari mavjudligi bilan bog`liq.
Magniy qattiqligi - suvda magniy tuzlari mavjudligi bilan bog`liq.
Umumiy qattiqlik - suvning kalsiy va magniy qattiqligi yig`indisi.
Suvning qattiqligini pasaytiris H2 yumshatish uchun distillatsiya (suvni haydash) hamda kimyoviy usullardan foydalaniladi. Kimyoviy usullarda magniy va kalsiy ionlari suvdan erimaydigan birikmalar tarzida chiqarib yuboriladi. Buning uchun:



    1. Suvni qaynatish yo'li bilan vaqtinchalik qattiqlik yo'qotiladi:

Ca(HC O3), CaCO3 + H2O +CO2 Mg(HCO3)2 — MgCO3 + H2O +CO2
Uyingizda choy damlash uchun suv qaynatiladi. Doimo suv qaynatadigan idish tubiga e'tibor bering. Suvda erimaydigan toshsimon quyqani ko'rasiz, u CaC O3 va MgC O3 tuzlaridir.

    1. Ohakli suv qo'shiladi:

Ca(HC O3)2 + Ca(OH)2 2CaC O3l + 2H2O Mg(HCO3), + Ca(OH)2 CaCO3 MgCO3 + 2H2O

    1. Ishqor ta'sir ettiriladi:

Ca(HC O3)2 + 2NaOH CaCO3+ Na2CO3 + 2H2O Mg(HC O3), + 2NaOH MgCO3 + Na2CO3 + 2H2O

    1. Soda (Na2C O3) qo'shib Mg2+ va Ca2+ ionlari cho'ktiriladi:

Ca(HC O3)2 + Na2C O3 CaCO3+ 2NaHCO3 Mg(HC O3)2 + Na2C O3 MgCO3 + 2NaHCO3
Bunda kalsiy va magniy ionlari suvda erimaydigan karbonatlar tarzida eritmadan chiqarib yuboriladi.Doimiy qattiqlik suvni qaynatish bilan yo'qolmaydi. Uni soda yoki natriy fosfat qo'shib yo'qotiladi:
CaSO4 + Na2CO3 CaCO3 + Na2SO4 3MgSO4 + 2Na3PO4 — Mg3(PO4)2 + 3Na2SO4
Sanoatda suvning qattiqligini yo'qotish uchun ion almashinuv usuli qo'llaniladi.

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin